Dunyoviy va diniy madaniyat



Yüklə 46,28 Kb.
səhifə1/7
tarix24.06.2022
ölçüsü46,28 Kb.
#90054
  1   2   3   4   5   6   7
Dunyoviy va diniy madaniyat


Dunyoviy va diniy madaniyat
1. Yaxudiylik dinining vujudga kelishi va bayramlari.
2. Xristianlikning vujudga kelishi. «Bibliya» xristianlikning muqaddas kitobi.
3. Islom – jahon dini. Islamning asosiy manbalari.


Yahudiyliknipg vujudga kelishi va ta'limoti. Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik goyasini targab qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Bu dinning ta'limotiga ko‘ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go‘yoki yahudiylar Yahvening yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va keyingi dunyoda berilajak in'omlarning eng haqlisi, Muso Yaxvening elchisi, Tora (Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog‘ida berilgan Muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kunni dam olishni buyurdi. Shuning uchun yahudilik diniga ko‘ra shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hyech qanday mexnatga qo‘l urilmaydi. Bundan tashkari yahudiyliqda messiya - xaloskorni kelishi ta'limot ham keng urin olgan. Unga ko‘ra oxirzamonda Yaxve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) dunyoni qaytadan, isloh qiltan holda qurish;
2) butun yahudiylarni Sion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to‘plash;
3) ularning barcha dushmanlarini jazolash.
Muso Tur tog‘ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:

  1. Yahvedan boshqani iloh deb ushlamaslik;

  1. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;

  2. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;

  3. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;

  4. Ota-onani hurmat qilish;

  5. Nohaq odam o‘ldirmaslik;

  6. Zino qilmaslik;

  7. O‘g‘irlik qilmaslik;

  8. Yolg‘on guvoxlik bermaslik;

  9. Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.



Yüklə 46,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə