Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   231
Educational materials

Reinvestitsiyalar
- investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan 
foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta 
kiritishdir.
Rekonstruktsiya 
(qayta tiklash)
 

faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy 
va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo’g’inlar va yordamchi 
xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq 
yoki qisman o’zgartirish. Qayta tiklashda eski tsexlar o’rniga yangi tsexlarni 
qurishga ruxsat beriladi.
Rentabellik 
– korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil 
ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va 
sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko’rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda 
ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik qiymati, muomalaga 
chiqarilgan aktsiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot 
tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi. 
Risk 
– bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy 
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning 
paydo bo’lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bulgan xatar bo’lib, 
investitsiyadan mo’ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan umidsizlikdir. 
Riskdan qochish
– risk bilan bog’liq tadbirlardan voz kechishni (demak, 
bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi. 
Riskni pasaytirish
– ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira 
mablag’larini tashkil etish yo’li bilan yo’qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. 
Bunda asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. 
Loyiha qiymatining boshlang’ich bahosini hisobga olgan holda zahira summasi 
aniqlanadi.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə