17.3. O’zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari va ularga qo’yiladigan talablar. Aksiyadorlar jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga
binoan uyushgan sherikchilik jamiyati.
Aktsiyadorlik jamiyati - bu jismoniy shaxslar kapitallarning birlashuvi
bo‘lib, u aktsiyalar chiqarish yo‘li bilan bunyod etiladi. Aktsiyalar fond birjalarida
muomalada bo‘ladi - bir shaxsdan ikkinchisiga erkin o‘tadi va aktsiyador uchun
uning xissasi xakidagi xujjat hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati boshqa
sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko‘rsatilgan
aksiyalar chiqarish va uni sotish yo‘li bilan tarqatish bunday jamiyatning
moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad
oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari
bor:
Yopiq aksiyadorlar jamiyati – aksiya egalari maʼlum guruh, masalan,
taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning o‘rtasida tarqatiladi.
Ochiq aksiyadorlar jamiyati – jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib
olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor
yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi bo‘la
oladi.
Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to‘plab biznesga qo‘yish uchun
tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar,
banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining
afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital bo‘la
oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga
qo‘yishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi –
aksiyadorlar majlisi, so‘ngra – direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini – bo‘linmalar
boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini,
nizomdagi o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini,
taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar
qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo bo‘lgan, hozir keng
tarqalib, ommaviy tus olgan. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari
davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida
paydo bo‘ldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy
o‘zgarishlarning yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi
bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida
ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. O‘zbekistonda aksiyadorlar
jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat
belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko‘radi. Ularning faoliyati O‘zbekiston
Respublikasining “Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida” (yangi tahrir 6-may 2014-yilda qabul qilingan) qonuniga binoan
olib boriladi.