Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#108002
  1   2   3   4   5   6
72-78



Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
72
 
ZIRADOSHLAR (APIACEAE) OILASI VAKILLARINING 
 DORIVORLIK XUSUSIYATLARI 
 
Xudoyberdiyeva Xusnora Numonjon qizi 
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika
universiteti biologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi 
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ziradoshlar oilasiga mansub bo‘lgan bir nechta o‘simliklarning 
dorivorlik xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Ziradoshlar 
oilasi vakillarining tarqaladigan hududlarini bilib olish mumkin . 
Kalit so‘zlar
: aktinomorf, kallakcha, reduksiya, soyabon, pistacha, alkaloid, 
daucus carota, pimpinella anisum, ferula, carum carvi. 
Tabiatimizdagi ko‘p o‘simliklar oziq-ovqatga sifatida ishlatilishi bilan qolmay 
dorivorlik xususiyatini ham namoyon qiladi. Olimlar tomonidan har bir o‘simlikning 
o‘ziga xos bo‘lgan dorivorligi o‘rganib chiqilgan. Ziradoshlar oilasining ba’zi turlarida 
ham shifobaxshlik bor.
Ziradoshlar (Soyabondoshlar) oilasi — Apiaceae (Umhelliferae). Bu oila 300 taga 
yaqin turkumga mansub 3000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ular butun Yer yuzi 
bo‘ylab keng tarqalgan. O‘rta Osiyoda oilaning 97 turkumga mansub 422 ta turi
yurtimizda 69 ta turkumga oid 198 ta turi o‘sadi. Hayotiy shakliga ko‘ra ziradoshlar 
oilasida bir va ko‘p yillik o‘simliklar ustunlik qiladi, ba’zan yarim buta va butalar ham 
uchraydi. Barglari turli darajada qirqilgan, butunlari ham mavjud. Ko‘pchilik turlarida 
(kavrak) bargining asosida qini (novi) bo‘ladi. To‘pguli oddiy yoki murakkab bo‘ladi 
. Soyabon, kallakcha turi uchraydi. Gullarining rangi juda ham xilma-xil, gulqo‘rg‘oni 
murakkab, gulkosachabarglari reduksiyalangan 5 tadan, mayda, gultojibarglari 5 ta, 
tutashmagan. Changchisi 5 ta, urug‘chisi 2 ta, tugunchasi ostki tuguncha. Mevasi — 
pistacha. Gul formulasi: Ca5-0 Co5 A5 G(2). Oila soyabonguldoshlar deb nomlangan, 
chunki bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning to‘pgullari murakkab soyabondan iborat. 
Barglari, asosan, murakkab, yon jinsli, aktinomorf, gulqo‘rg‘oni ikki doira hosil qilib 
o‘rnashgan. Gul bargchasiz, barg bandi kengayib, nov hosil qiladi hamda poyani o‘rab 
turadi. Oila vakillari efir moylariga boy hisoblanadi. Bu oilaga zira (Buniurn), qora zira 
(Carum carvi), kashnich (Coriandrum sativum), sabzi (Daucus), ukrop (Anethum), 
petrushka (Petroselium sativum), kovrak (Ferula), arpabodiyon (Pimpinella anisum) 
kiradi. Turkum vakillari alkaloid, smola, asalli, sabzavot ekinlari, efir moyli o‘simliklar 
sifatida ahamiyatga egadir.[4] 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə