Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati. Reja



Yüklə 27.85 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü27.85 Kb.
: attachments -> article
article -> Reja: Hissiyot haqida tushuncha
article -> Xis-tuyg'ular va ularning kasallik munosabati bilan o'zgarishi
article -> Havoni zaqarli chiqindilardan himoyalash Rеja: Atrof muhitning qolati va inson salomatligi
article -> "Ёш даврлари ва педагогика психология"
article -> Matematik modellashtirish Reja
article -> Reja: Guruh va jamoa haqida tushuncha
article -> Xarakter Plan

Aim.uz

Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati.
REJA:


  1. Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari.

  2. Ekologiyada foydalaniladigan uslublar.

  3. Modellashtirish.

  4. Ekologiyani qisqacha tarixi.

  5. O’rta Osiyo O’zbekistonda ekologiya fanining qisqacha rivojlanishi.

  6. Ekologiya fanining vazifalari.


1.Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari.
Ekologiya nima? Bu savolga 30 yil oldin javob berish oson bo’lardi, chunki “ekologiya” terminidan faqat biologlargina foydalanar edi va muhit bilan organizmlarining o’zaro aloqasini o’rganadigan fan deb qaralar edi.

Keyingi vaqtlarda «ekologiya» termini juda keng qo’llanila boshladi va inson bilan atrof-muhit o’rtasida bo’ladigan xoh tabiiy, xoh o’zaro aloqalarni har qanday formasida ishlatilmoqda.

Ekologiya so’zi o’zining ilmiy biologik termin ahamiyati o’rnini, muhim sotsial,siyosiy termin bilan almashdi.Endi ekologiyani mohiyati tabiatni muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish deb tushunila boshlandi.Akademik D.S.Lixachyov ta‘biri bilan aytganda «ekologik madaniyat» deb ham atash mumkin.

Ekologiya { grekcha “oikos”, yashash joyi, uy, boshpana “logos”, fan} terminini nemis olimi E.Gekkel {1866} fanga kiritdi. Rus tilida ekologiya terminini birinchi marta I.I Mechnikov {1868} ishlatdi.

Boshqa fanlar singari ekologiya fani ham o’zining uzoq tarixiga ega.

Ekologiya – demak bu tirik organizmlarni yashash muhiti bilan hamda o’zaro aloqalarini, munosabatlarini o’rganadi.

Muhit, turlar, populyatsiyalar, biostenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologlyaning asosiy ob’ekti hisoblanadi.

Shuning uchun ham umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’linadi.

1.Autekologiya { yunoncha “aytos” – “o’zi” degan ma’noni b}. ayrim turlarni o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro aloqasi, munosabati.

2.Populyastiyalar ekologiyasi { fr. “populyas’on”- “aholi”.}populyastiyalar tuzilishi va dinamikasini o’rganadi.

3.Sinekologiya – { yunoncha “sin” – birgalikda } Biostenozlar tuzilishi va xossalari, tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadi.

4.Biosfera {yunoncha “bio”-hayot, “sfera” – shar degan m.b}Er qobig’idagi tirik mavjudotlarni tarqalishini o’rganadi.


2.Ekologiyada foydalaniladigan usullar.
Ekologiyani foydalaniladigan usullari asosan qo’yidagilardan iborat.

1.Tasvirlash usuli.

2.Taqqoslash usuli.

3.Tajriba usuli.

4.Modellashtirish usuli.

Yuqoridagi birinchi uchta uslublari deyarli biologiya fanlari foydalanadigan uslublardir. Ekologiyada tajriba va modellashtirish uslublaridan keng foydalaniladi.


3.Modellashtirish.
Tabiat bu yaxlit sistemadir, shuning uchun ham uni o’rganishda sistemali uslubdan foydalaniladi. Sistemali uslubning metodologik asosi shundan iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va vaqtda bir-birlari bilan o’zaro aloqada va rivojlanishda deb qaraladi. Tabiatni o’rganishdan asosiy maqsad uning haqiqiy aks ettiruvchi modellar tizimini yaratishdan iboratdir.

Model’ olamidagi muayyan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo’lib , ushbu hodisani nisbatan oldindan aytib berish imkonini beradi. Odatda model’ so’z bilan yoki grafik tarzda ifodalanadi.

Modellashtirish jarayonni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek hodisani ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot uchun yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi.

Model’ haqiqatni to’g’ri aks ettirsa tajriba uchun imkoniyatlar ochib, sistemaga yangi omillarni kiritish va ularni ta’sirini aniqlash mumkin bo’ladi.

Modellar ikki guruhga ajratiladi:

1.Konsteptual’ model’ – ma’lum bir ekotizmni ilmiy tasvirlovchi sxemalar majmui yoki tizimi, jadval, grafiklar va boshqalardan tashkil topadi.

M: energetik model’ blok – sxemalardan tashkil topgan bo’lib, unda bloklar, har bir blokdagi energiya zahirasi hamda energiyaning harakat yo’nalish kabilar ifodalanadi.

2.Matematik model’ – bir necha defferenstial tenglamalar yoki tehgsizliklar yig’indisidan iborat bo’lib, u yoki bu omilning ta’sir kuchi o’zgarishini modelning o’zgarishiga qarab oldindan aytib berish mumkin.

Biz populyastiyalardagi murakkab hodisalarni matematik modellar yordamida o’rganmoqchimiz. Bunda populyatsiyani miqdor dinamikasi uning jinsiy yoki yosh tuzilmasi, tashqi muhit ta’siri, evolyutsiyaning har xil omillari ta’sirida o’tadigan genetik shakl va odamzod faoliyati natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Jonsiz tabiatda dinamik model’ juda ko’p uchraydi va ularni modellashtirish oson, tirik organizmlar uchun dinkamik modellar yaratish nihoyatda qiyin. Shuning uchun dinamik modellar yaratishdan oldin statik modellar yaratish bilan shug’ullanilgan. O’simlik barglarini joylashish tartibini yoki mallyuskalar chig’anoqlari tuzilishini spiral’ chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga harakat qilish statik modellashtirishga misol bo’ladi.

Dastlabki dinamik modelni, ya’ni shaxsni o’sishini tasvirlovchi modelni Bel’giyalik olim Adol’f Ketls tuzgan edi.

Matematik modellash biologik va ekologik hodisalarni aniq sharxlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ahamiyatga ega.
4.Ekologiyaning qisqacha tarixi.
Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi qadimdan ma’lum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o’simliklarni tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog’liqligi haqida ma’lumotlar keltirildi. Uyg’onish davridagi ishlarda o’simlik va hayvonlarning tuzilishi yashash sharoitlari bilan bog’liq holda o’rganildi.

XVII – XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o’rganishga qaratilgan edi. J. Byuffon {1707-1778} hayvonlar tuzilishida tashqi muhit ta’sirini ko’rsatdi. J.B.Lomark {1774-1829} evolyutsion ta’limotni o’rtaga tashlab, hayvon va o’simliklar evolyutsion o’zgarishlarida eng muhim omil bo’lgan tashqi muhit ekanligini aytdi. Ch. Darvin “Turlarning kelib chiqishi”{1859} asarida “tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur bilan muhit o’rtasidagi har qanday qarama –qarshiliklarning ko’rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir ” deb qaraydi.

XIX asrning ikkinchi yarmida A.N. Beketov {1825-1902} o’simlik va hayvon tuzilishi xusisiyatlari ularning geografik tuzilishi bilan bog’liqligi Middindarf A.F.{1870} hayvonlar hayotida buni o’rganadi. K. Myobius {1977} biotsenozlar mohiyatini ochib berdi.

O’simliklar jamoasi haqida G.F.Morozov va Sukachev asos soldi. Rus olimlari Keller B.A., Alyoxin B.B.,Raminskiy B.G., Shennikov A.P. va chet ellik olimlar Klementes F., Raukier,T.Dyu Rie, B raun-Blanke I va boshqalarning fitotsenologik ishlari biogetsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.

Umumiy ekologiya rivojlanishida Ya.N. Kashkarov “Muhit va jamoa” asari birinchi darslik bo’lib qoldi.

Tensli A {1935}ekosistema, Sukachev {1942}tomonidan biogeotsenoz haqidagi ta’limotlarni yaratilishi 1950 yillarning boshida G.Odum,Yu.Odum, R.Untekker, R.Margallef va boshqalar biologik mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratdilar.

Xulosa qilib aytganda ekologiyaning ijtimoiy roli ortib bormoqda va u tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning nazariy asosi hisoblanadi.
5.O’rta Osiyo va O’zbekistonda ekologiyaning rivojlanishi .
O’rta asrlarda O’rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va b.q.r. tabiiy fanlarini rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar.

O’rta Osiyoni o’rgangan olimlardan I.A.Severstov, A.N.Krasnov, D.N. Kashkarov, E.R.Korovin maktablarini shakllanishida ekologik yo’nalish muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

P.A.Baranov, I.A.Raykova, R.I.Abolin, M.V.Kul’taisov,I.I.Garanitovlarning ekologo- fitostenologik qarashlari ham ular chop ettirgan bir qancha asarlarda yoritildi.

Kashkarov D.N, Zoxidov T.Z, Meklenburtsov R.N. biostenozlarni ekologik nuqtai-nazardan tasvirlashdi.

Halqimiz qadimdan ekologik madaniy merosga ega bo’lib kelgan. Shuningdek o’tgan buyuk allomalarimizning ham tabiat, tirik organizmlar va ularning tashqi muhit bilan o’zaro aloqalariga doir masalalarga to’xtalib o’tganligining guvohi bo’ldik. O’zbekiston Respublikasi FA Botanika, Zoologiya institutlari olimlari va hayvonlar ekologiyasiga bag’shlangan ishlarni olib borganlar va bormoqdalar.

O’zbekiston o’simliklar dunyosini ekologik, floragenetik va fitostenologik yo’nalishlarda M.S.Popoov, E.P.Korovin, K.Z.Zokirov, A.Muzaffarov, I.I. Granitov, S.S.Saxobiddinov, M.M.Nabiev, A.Butnov va b.q.r. hisoblanadi.

O’zbekistonda ekologik yo’nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov, va E.P.Korovin hisoblanadi. Ularning 1930 yillarda chop etilgan “Muhit va jamoa”, “O’rta Osiyo va Qozog’ston cho’llarining turlari va ulardan xo’jalikda foydalanish istiqbollari”,” Cho’ldagi hayot” asarlarining yaratilishi bo’ldi.

O’zbekistonda hayvonot olamini o’rganish D.N.Kashkarov faoliyati bilan bog’liq. U 1928 yilda AQSh ga bordi va bu erda ekologiya o’sha vaqtda ancha rivojlangan edi. U 7 oy yirik ekologlarning Adams, Shelvord,Chepman, Grinell,Elli,Teyler,Forxis va boshqalarning ishlarini o’rgandi va 12 ta universitet, muzey va qo’riqxonalar bilan tanishdi.

Uning davomchilari akademiklar T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiev, UzFA sining muxbir a’zolari V.V.Yaxontov,M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov hayvonot olamining tadqiq qilishda ekologik yo’nalishda izlanishlar olib borganlar. Bu borada E.Gan, O.G.Davletshina, M.Qodirova,X.S.Solixboev, O.P.Bog’danov, G.I.Ishunin va b.q.r. ishlari ham taxsinga sazovar.

Bugungi kunda UzFA zoologiya institutining UzFA muxbir a’zosi, prof.D.A.Azimov boshchiligidagi olimlarning olib borayotgan ishlari mustaqil Vatanimizda hayvonot olami ekologiyasining dolzarb muammolariga bag’shlangan.


6.Ekologiya fanining vazifalari.
Ekologlarning kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini yanada qondirishga qaratilgan holda antropogen biostenozlarni qayta ko’rib chiqish va ularni mahsuldorligini va barqarorligini oshirilishga qaratilishi zarur.

“Inson va biosfera ” deb nomlanuvchi xalqaro dasturda keyingi yillarda ekologiya sohasida hamda inson tomonidan atrof-muhitni o’rganishning aniq ilmiy o’ynalishlari belgilab berilgan:

----- Hayot jarayoni qonuniyatlarini o’rganish.

----- Insonni tabiiy tizimlarga va biosferaga ta’sirini bir butun holda o’rganish.

----- Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

----- Inson faoliyati natijasida tabiatdagi o’zgarishlarni oldindan bilish.

-----Biosferada kuzatilgan jarayonlarni boshqarish va insonning yashash muhitini saqlash.

---- Populyastiyalar sonini boshqarish.

---- Zararkunanda turlarga qarshi kurash uchun kimyoviy moddalarni qo’llashni minimum darajada foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

---- Sanoat majmualarini ko’rishda ekologik ekspertiza o’tkazish.

---- Buzilgan va izdan chiqqan tizimlarni qayta tiklash.{K/X oborotidan chiqqan erlarni rekul’tivastiyalash, yaylovlarni tiklash, suv xavzalari mahsuldorligini oshirish.}

---- Ovchilikni xo’jalik sohasiga o’tkazish.



----- Biosferaning ayrim uchastkalarini etolon sifatida saqlash.
Tayanch iboralar: Ekologiya nima? Ekologiyada foydalaniladigan uslublar;taqqoslash; tajriba; modellashtirish; kontsentual’ model’; matematik model’; ekologiyaning qisqacha tarixi; O’rta Osiyo va O’zbekistonda ekologiyaning rivojlanishi; ekologiyaning vazifalari;

Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə