Ekologiya lotinda p65


bob. NABOTOT VA HAYVONOT DUNYOSIGA ANTROPOGEN TA’SIRLAR



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə14/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22

bob. NABOTOT VA HAYVONOT DUNYOSIGA ANTROPOGEN TA’SIRLAR

Tabiatda va inson hayotida o‘rmonlarning tutgan o‘rni nihoyatda katta. O‘rmonlar va boshqa o‘simliklar dunyosiga antropogen ta’sirlarning asosan ikki turi farqlanadi:


  1. bevosita — o‘rmonlarni yoppasiga kesish, yong‘inlar, xo‘- jaliklar infrastrukturasini yaratishda o‘simliklar dunyosini yo‘q qilish, turizmning siquvi;

  2. bilvosita — transport, pestitsid va ma’danli o‘g‘itlarni ishla- tish, tuproq, suv va havoning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi.

O‘simliklar dunyosiga antropogen ta’sirlarning ekologik oqibatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • yer yuzasi albedosining o‘zgarishi;

  • jarliklar, o‘pirilish-siljishlar va sellarning yuz berishi;

  • fotosintezning kamayishi;

  • atmosfera gaz tarkibining yomonlashuvi;

  • suv obyektlari gidrologik rejimining o‘zgarishi, o‘simliklar turlarining yo‘qolishi va h.k.

Hayvonot dunyosining ahamiyati ham juda katta bo‘lib, odamning ta’siri oqibatida ularning qirilib yoki kamayib ketish holatlari kuzatilmoqda. Buning sabablari turlicha:


135



  1. hayvonlar yashash muhitining buzilishi;

  2. hayvonlarning haddan tashqari ko‘p ovlanishi;

  3. hayvonlarning boshqa turlarini introduksiyalash-iqlim-
    lashtirish;


  4. hayvonlarni muayyan maqsadlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘q
    qilish, tasodifan, kutilmaganda yo‘q qilish;


  5. atrof-muhitning ifloslanishi.

Keyingi paytlarda biologik xilma-xillikni

saqlash muammosi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Aynan biologik xilma-xillik insonning antro-


pogen ta’siri — tabiiy-ekologik tizimlarni butkul yo‘q qilishi, tabiiy
o‘simliklar va hayvonot turlarini qirib tashlashi natijasida ko‘p
zararlangan.


O‘simlik va hayvonot turlari keng tarqalgan joylarning qis- qarishi va qayta o‘zgartirilishi mahalliy biologik xilma-xillikka katta xavf solmoqda.

Antropogen omillarning ikki guruhi — yerlarni o‘zlashtirish va suv resurslarini qayta taqsimlash hamda yaylov chorvachiligi tabiiy-ekologik tizimlarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir- lar sirasiga quyidagilar kiradi:

  • cho‘lga aylanish jarayonining kuchayishi;

  • chorva mollarini me’yoridan ortiq boqish;

  • ekin dalalariga suv chiqarish va sug‘orish;

  • agrotexnik tadbirlar tufayli yerlarning sho‘rlanishi;

  • gidrotexnik inshootlar yordamida kanallar oqimini boshqa- rish va suvni qayta taqsimlash;

  • suv ekologik tizimida gidrologik prinsiplarning buzilishi, uning minerallashuvi va ifloslanishi;

  • aholining haddan ziyod qishloq xo‘jaligi faoliyati;

  • to‘qaylarda o‘sadigan daraxtlarni kesish va qirg‘oqbo‘yi da- raxtlarini yo‘q qilish;

  • dorivor va oziqa o‘simlik xomashyosini tayyorlash;

  • brakonyerlik va boshqalar.

Bular biologik xilma-xillik sifatining juda past bo‘lishiga olib kelmoqda.


Biologik xilma- xillikka tahdid


136





Bugungi kunda biologik xilma-xillikka tahdid borasidagi ishlar
samaradorligini oshirishni ta’minlash maqsadida:


  • rekreatsiya hududlari, suvni muhofaza qilish hududlari, sohil
    bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi hu-
    dudlari, yerusti va yerosti suvlarining hosil bo‘lish hududlari —
    muhofaza etiladigan landshaftlarni;


  • alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va
    majmualarni asl holatida saqlashga mo‘ljallangan majmua (land-
    shaft) buyurtma qo‘riqxonalarini;


  • alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan
    tabiiy obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish, rek-
    reatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ular-
    dan foydalanishga mo‘ljallangan tabiat bog‘larini;


  • o‘simliklar va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit
    yaratish yo‘li bilan ularni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va
    tiklash uchun mo‘ljallangan tabiiy parvarishxonalarni muhofaza
    etiladigan tabiiy hududlar sifatida har bir tumanda mahalliy sha-
    roitlardan kelib chiqqan holda bir necha shakllarda tashkil qilish,
    yuridik va jismoniy shaxslarni faoliyatning mazkur turlariga keng
    jalb qilish taqozo etilmoqda.


O‘simlik olami obyektlari quyidagilardan
iborat:


  • yovvoyi organizmlar — daraxtlar, butalar

va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘-
sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining
barcha xilma-xil turlari bilan;


  • yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik jamoalari yoki ularning har qanday majmuyi;

  • kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlari;

  • yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qism- lari yoki ular hayotiy faoliyatining mahsullari.

Tabiiy ekologik tizimlarda o‘simlik olamining biologik xilma- xilligi bir necha yuz turdan ortadi. O‘simliklar dunyosi o‘ziga xos turlardan tashkil topgan. Biroq o‘simliklar dunyosini saqlab qo- lishga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lish va undan noto‘g‘ri


O‘simliklar

olami


137





foydalanish oqibatida uning kamayishi yuz beradi. Ilgari yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan (ayniqsa, qizilmiyadan) dorivor va oziq-ovqat xomashyosi sifatida cheklanmagan holda ayovsiz foydalanilgan.


O‘simliklar dunyosi obyektlaridan foydalanish quyidagi tur- larda amalga oshiriladi:

  • chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi oziqa mahsulotini tayyorlash;

  • chorva mollarni o‘tlatish;

  • o‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;

  • yovvoyi o‘simliklar texnik xom ashyosini tayyorlash;

  • yovvoyi o‘simliklar dorivor xomashyosini tayyorlash (yig‘ish);

  • yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun tayyor- lash (yig‘ish);

  • daraxt va butalarni kesish;

  • o‘simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy tadqiqot maqsadlarida foydalanish;

  • o‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya- viy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foy- dalanish;

  • o‘simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish.

Muhofaza qilish va oqilona foydalanishni talab etuvchi o‘sim- liklar dunyosi o‘rmon (to‘qay) o‘simliklari (daraxtlar va butalar) hisoblanadi. Masalan, XX asr boshlaridan Quyi Amudaryo to‘- qaylari maydoni 6—7 baravar qisqardi. Qishloq xo‘jaligi dalalariga aylantirilgan to‘qaylar (asosan, endem turong‘il teraklari), ayniqsa, qat’iy antropogen ta’sirga uchradi. Bunday harakatlar natijasida Amudaryo sohili bo‘yida ularning maydoni 150 ming ga.dan (1928-yilda) 20—22 ming ga.gacha (1998-yilda) qisqargan. To‘qay bilan qoplangan yerlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida o‘rmonlashuv darajasining pastligiga olib kelindi. Haddan ziyod va tartibsiz chorva mollarining boqilishi, daraxtlar va butalarni noqo- nuniy kesish o‘rmon fondiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


138





Daraxt ko‘chatlarini ekish o‘rmonzor barpo etishning eng
samarali uslubi hisoblanadi. So‘nggi yillarda o‘rmonzorlar barpo
etishda bu usulning ulushi asta-sekin ortib bormoqda, biroq ta-
lablar darajasida emas. Jumladan, Orol dengizining qurigan tu-
bida ihota daraxtzorlari tashkil etishga eng asosiy e’tibor qaratil-
moqda. Har yili dengizning qurigan tubida saksovul va boshqa
qumda o‘sadigan o‘simliklardan iborat o‘rtacha 15—20 ming
gektar ihotazor barpo etiladi.


Ihota daraxtlarining ildizi qum-tuproqning ustki qatlamini
mustahkamlaydi, o‘t-o‘lanlarning paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi
va, o‘z navbatida, biosenotik xilma-xillikning ko‘payishiga yordam
beradi. Shuningdek, ihotazorlar shamollar tezligini pasaytirib,
zararli qum zarrachalari havoga ko‘tarilishining oldini oladi. Hozir
va kelgusida Orol dengizining qurigan tubida daraxtzorlar tashkil
etish eng dolzarb muammolardan bin bo‘lib qolmoqda.


Hayvonot olami obyektlari quyidagilar hi-
soblanadi:


  • sutemizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruv-

chi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar,
baliqlar, umurtqasizlar va ularning populatsiyalari;


  • yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to‘dalari;

  • yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlari;

  • yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari.

Biologik xilma-xilligida hayvonot dunyosi turlarining salmog‘i

nisbatan ko‘p bo‘lib, ularning katta qismini bo‘g‘imoyoqlilar tash- kil etadi. Hayvonot dunyosining keng tarqalgan turlari qushlar, sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar va baliqlardir.

Hayvonot dunyosi va uning yashash muhitini muhofaza qilish hamda undan foydalanish quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi:

  • hayvonlarning tur bo‘yicha xilma-xilligini va ular galalari- ning butligini tabiiy erkinlik holatida saqlab qolish;

  • hayvonlarning yashash muhitini, urchish shart-sharoitlarini va ko‘chib yurish yo‘llarini saqlab qolish;


Hayvonot

olami


139





  • hayvonot dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni
    tiklash va takror yetishtirish;


  • aholi sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga
    zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida hayvonot dunyosi
    obyektlarining miqdorini tartibga solish.


Masalan, Ustyurt hududida sayg‘oqlar miqdorini saqlab qo-
lish va ko‘paytirish uchun quyidagilar zarur:


  • sayg‘oqlar muhofazasini kuchaytirish va yil davomida na-
    zorat qilish. Buning uchun tarkibida kamida 5—6 kishidan iborat
    maxsus yegerlik xizmatini tashkil qilish, uni tez yuradigan trans-
    port va boshqa jihozlar bilan ta’minlash, ayniqsa, kuzgi-qishki-
    bahorgi davrda ommaviy qo‘llanadigan joylarida muhofazasini
    yanada kuchaytirish kerak;


  • ushbu noyob hayvon turini saqlab qolish haqida oyiga bir
    marta namoyish etiladigan teleradioko‘rsatuv tashkil qilish. Ma-
    halliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish, brakonyer-
    larni qat’iy jazolash;


  • sayg‘oqlar ko‘payish joylarida (Teranquduq, Churuq, Be-
    leuli, Allan, Airobolda) «osoyishtalik zonasi»ni tashkil qilish, bu
    yerda kamida bir oy davomida 15-maydan 15-iyungacha trans-
    portning har qanday harakatini taqiqlash, sayg‘oqlar suv ichishi
    uchun sardobalar qurish;


  • qish uzoq davom etadigan yillarda hayvonlarni yem bilan
    ta’minlash.


Hayvonlar migratsiyasi — ularning atrof-mu-
hit sharoitlariga moslashish maqsadida ko‘chib
yurishi. Hayvonlarning aksariyati ko‘chib yura-
digan turlar sanaladi. Qushlar uchib o‘tishiga,


birinchi navbatda, ob-havo sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi. Lekin qush-
lar dam olish yerlarining mavjudligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.


Sayg‘oq — Ustyurt platosida yashaydi. U Qozog‘istondan qish- lash va ko‘payish uchun Qoraqalpog‘istonning Ustyurtiga mav- sumiy ko‘chib o‘tadi. Qushlardan farqli ravishda sayg‘oqlar yerdan yurib ko‘chadi va muvaffaqiyatli migratsiyasi uchun birorta to‘sqinlik (mashinalar tez yuradigan yo‘llar, kanallar, to‘siqlar va h.k.lar) bo‘lmasligi kerak.


140


Hayvonlar

migratsiyasi



NAZORAT SAVOLLARI


  1. O‘simliklar dunyosiga antropogen ta’sirlarning ekologik oqibatlari ni- malarda namoyon bo‘ladi?

  2. Hayvonot dunyosining qirilib yoki kamayib ketish sabablari nimada?

  3. Qanday antropogen ta’sirlar biologik xilma-xillikka tahdid soladi?

  4. O‘simlik olami obyektlari nimalarni o‘z ichiga oladi?

  5. Hayvonot olami obyektlari nimalarni o‘z ichiga oladi?

  6. Hayvonot dunyosi va uning yashash muhitini muhofaza qilish hamda undan foydalanish qanday talablar asosida amalga oshiriladi?

  7. Hayvonlar migratsiyasining ahamiyati nimada?

  1. bob. BIOSFERAGA TA’SIR KO‘RSATISHNING ALOHIDA TURLARI


Biosferaga ta’sir ko‘rsatishning alohida turlari quyidagilarni
o‘z ichiga oladi: 1) muhitning xavfli chiqindilar bilan ifloslanishi;


  1. shovqindan ifloslanish; 3) biologik ifloslanish; elektr magnit
    maydonlari va nurlanishlar ta’siri.


Hozirgi o‘tkir ekologik muammolardan biri
atrof-muhitning ishlab chiqarish va iste’mol
chiqindilari, birinchi navbatda, xavfli chiqin-
dilar bilan ifloslanishi hisoblanadi. Chiqin-


dilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli
ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va
ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanishni ta’minlash dolzarb
muammolardan biriga aylangan. Axlatxonalarda to‘planib qolgan
chiqindilar atmosfera havosini, yerusti va osti suvlarini, tuproq va
o‘simliklar dunyosini ifloslovchi manbalar hisoblanadi.


Chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlardan hosil bo‘lgan qoldiqlar, shuningdek, o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan mahsulotlardir.

Chiqindilarni saqlash hamda ko‘mib tashlash uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joylar chiqindilarni joylashtirish obyektlari hisoblanadi. Chiqindilar ko‘mib tashlash, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida olib ketilguncha maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlanadi.


Atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishi


141





Chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish uchun utilizatsiya qilinadi. Chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalar amalga oshirilib, qayta ishlanadi. Chiqindilar, ifloslantiruvchi moddalar atrof-mu- hitni bulg‘atishining oldini olish maqsadida ajratib, ko‘mib tashlanadi.


Barcha chiqindilar maishiy va sanoat chiqindilariga bo‘linadi. Maishiy chiqindilar qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo‘lishi mumkin. Qattiq maishiy chiqindilar — qattiq moddalar (plast- massa, qog‘oz, oyna, teri va h.k.) va maishiy ro‘zg‘orda hosil bo‘lgan oziq-ovqat chiqitlari. Suyuq maishiy chiqindilar maishiy xo‘jalikda hosil bo‘lgan oqova suvlar. Gazsimon maishiy chiqindilar esa turli gazlar otqindilarini o‘z ichiga oladi.

Sanoat chiqindilari — mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlarni bajarish jarayonida paydo bo‘lgan va o‘zining dastlabki iste’mol xossalarini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan xomashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar qoldiqlari. Ular ham qattiq (metall, yog‘och-taxta va h.k.), suyuq oqova suvlar, ishlatilgan organik erituvchilar va h.k.) va gazsimon (sanoat pechlari va transport otqindilari) holatda bo‘lishi mumkin.

Sanoat chiqindilarining aksariyat miqdorini ko‘mir, metallurgiya va qurilish materiallari sanoati korxonalari hamda issiqlik elektr stansiyalari hosil qiladi. O‘zbekistonda har yili o‘r- tacha 100 million tonnaga yaqin sanoat chiqindilari paydo bo‘lib, ularning taxminan 14 % zaharli hisoblanadi. Respublikamizda sanoat chiqindilarining asosiy salmog‘i Toshkent, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida paydo bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘plangan har 10 ming tonna maishiy chiqindilar bilan birga qayta ishlashga yaroqli bo‘lgan 3600 tonna oziq-ovqat chiqindilari, 1600 tonna qog‘oz va karton chiqin- dilari, 550 tonna gazlama chiqindilari, 450 tonna plastmassa va boshqa ko‘plab mahsulotlar ham yo‘q qilinadi. Umuman, qattiq chiqindilar tarkibida o‘rtacha 10—25 % qog‘oz-karton, 35— 40 % oziq-ovqat chiqindilari, 2—6 % yog‘och, 1—3 % metall,


142





2—5 % gazlama, 1—2 % charm, rezina, 2—4 % shisha, 1—2 % tosh, 1,5—4 % plastmassa, 10—18 % boshqa jismlar mavjud bo‘ladi.


Chiqindilarni yig‘ish va tashishda yuzaga keladigan muammolar sirasiga quyidagilar kiradi: maxsus jihozlangan to‘plagichlar — konteynerlar bilan yetarli ta’minlanmaganlik; korxonalar va aholi tomonidan chiqindilarni mo‘ljallanmagan joylarga (hududlarga) noqonuniy olib chiqish va yig‘ish; aholi istiqomat qiladigan hududlarda chiqindilarni joylashtirish obyektlarining tartibsiz ko‘- payishi va h.k.

Havo haroratining yuqori bo‘lishi ayrim toifadagi organik moddalarning tez parchalanishiga va mikrofloraning, shu jum- ladan, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning tezlik bilan rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Shu sababli, qattiq maishiy chiqindilarni saqlash muddatini keskin kamaytirish va ularni chiqarib tashlash, zarur hollarda qayta ishlash muhim muam- molardan biriga aylangan.

Shaharlarda bir kishi uchun to‘planadigan o‘rtacha qattiq maishiy chiqindilar me’yori ishlab chiqilgan: bir kunda 1,2 kg; bir yilda — 453 kg (1,1 m3); eng ko‘p miqdori kuzda — kuniga 1,6 kg; eng kam miqdori qishda — kuniga 0,8 kg. Shu sababli katta shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar to‘planadigan markaz- lashtirilgan obyektlarni tashkil etish, ularni maxsus transport vositasida tashish va zararsizlantirib, qayta ishlaydigan korxonalar faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish lozim.

Aslida, qayta ishlangan materiallar zararli va zaharli chiqindi hisoblanadi va ular noto‘g‘ri usullar bilan yo‘q qilinsa, atrof-muhit va aholi salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Zaharli chiqindilar, jumladan, margimush, og‘ir metallar va pestitsidlar inson orga- nizmida o‘tkir hamda surunkali xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tez yonuvchan moddalar, jumladan, turli xil erituvchilar va bo‘yoqlar qoldig‘i esa tirik organizmlar to‘qimalarini shikastlantiradi. Kimyoviy faol chiqindilarga foydalanish muddati tugagan preparatlar va kislotalar mansub bo‘lib, ular suv hamda havodagi moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, portlash yoki za- harlovchi moddalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.


143





Shuningdek, ayrim toifadagi shifoxonalar chiqindilari ham aholi salomatligiga katta xavf tug‘diradi.


Xavfli chiqindilar deyilganda tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruv- chanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyat- lardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud bo‘lgan, bunday moddalar fuqarolar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga o‘zi mus- taqil tarzda ham, shuningdek, boshqa moddalarga qo‘shilganda ham bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan chiqindilar tushuniladi.

Metall va galvani kukunlari, shisha tola va toshtaxta chiqindilari, changlari, nordon yelim, qatron va gudronni qayta ishlash qoldiqlari, ishlatilgan radiotexnika buyumlari va shu kabilar keng tarqalgan xavfli chiqindilar hisoblanadi.

Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit xavfsizligi ta’min etilishiga eng ko‘p tahdid soladigan xavfli chiqindilarga radioaktiv izotoplar, dioksinlar, pestitsidlar, benzapiren va shunga o‘xshash moddalar mansubdir.

Radioaktiv chiqindilar radioaktiv izotoplar miqdori tasdiqlangan me’yorlardan oshib ketgan qattiq, suyuq va gazsimon mahsulotlar.

Radioaktiv elementlar, masalan, stronsiy-90 organizmlarning oziqlanish (trofik) zanjirida biridan ikkinchisiga o‘tib, organizm va to‘qimalarda nobud bo‘lish darajasiga qadar buzilishlar keltirib chiqaradi. Radionuklidlardan ayrimlari 10—100 mln yil davomida zahri qotillik xossasini saqlashi mumkin. Ular solishtirma faolligi bo‘yicha past (0,1 Ku/m3.dan past), o‘rtacha (0,1—100 Ku/m3) va yuqori (0,1—100 Ku/m3.dan baland) radionuklidlarga ajratiladi.

Atom elektr stansiyalariga ega bo‘lgan ko‘p mamlakatlarda radioaktiv chiqindilarning katta miqdori to‘plangan. Masalan, Ros- siya Federatsiyasida ko‘mib tashlanmagan radioaktiv chiqindilarning umumiy faolligi 1,5 mlrd Ku.ni tashkil qiladi. Bu 30 ta Chernobil atom elektr stansiyasi deganidir. Buyuk Britaniyada 2000-yilda atom sanoati chiqindilari quyidagicha bo‘lgan: faolligi past chiqindilar 500 ming m3, o‘rtacha 80 ming m3 va yuqori 5 ming m3.

Rossiya Federatsiyasidagi qator korxonalarning maxsus idish- larga joylashtirilgan suyuq radioaktiv chiqindilari ochiq suv hav-


144





zalariga joylashtirilgan bo‘lib, ular to‘satdan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin) paytida shikastlanishi, shuningdek, radioaktiv moddalarning yerosti suvlariga kirishi na- tijasida katta hududlarda radioaktiv zaharlanish ro‘y berishi mumkin. Bunday xavf hisobdan chiqarilgan yadroviy qurilmali harbiy kemalarda ham mavjud.


Dunyoning qator mamlakatlarida chiqindilarni joylashtirish obyektlari mavjud. Radioaktiv chiqindilar muammosi vaqt o‘tishi bilan yanada dolzarb va o‘tkir bo‘lishi shubhasiz. MAGATE ba- shoratlariga ko‘ra, 2005-yilda foydalanish muddati tugaganligi sababli atom elektr stansiyalarining 65 ta reaktori va boshqa 260 ta yadro qurilmalari faoliyati to‘xtatilgan.

Tarkibida dioksin moddasi bo‘lgan chiqindilar asosan sanoat va shahar chiqindilari, kimyo, selluloza-qog‘oz va elektr texnikasi sanoatlari qo‘shimcha mahsulotlarini yoqish jarayonida paydo bo‘ladi. Dioksinlar suvni xlorlab zararsizlantirishda va xlor, pestitsidlar ishlab chiqarish jarayonida ham hosil bo‘lishi aniqlangan.

Dioksinlar va dioksinli birikmalar xlorli uglevodorodlar sinfiga mansub bo‘lgan sintetik organik modda hisoblanadi. Ular odam uchun eng zaharli moddalar bo‘lib, mutagen, kanserogen va homilani zaharlash ta’sirlariga ega va organizmning immunitet tizimini susaytiradi. Agar ular oziq-ovqatlar va aerozollar orqali eng kichik miqdorda bo‘lsa ham odam organizmiga tushsa, ozib- to‘zish va aniq belgilarga ega bo‘lmagan o‘lim ro‘y beradi. Atrof- muhitning dioksinlar bilan katta miqyosda ifloslanishi 1991-yilda Rossiya Federatsiyasining Ufa shahri yaqinidagi Ufa daryosida ro‘y berib, uning suvdagi miqdori ruxsat etilgan eng yuqori miqdordan 50 ming marta ortib ketgan. Bunga 40 kg.dan ortiq ko‘mib tash- langan dioksinning shahar sanoat-ro‘zg‘or chiqindilari axlatxo- nasidan suv tozalash inshootiga tushishi sabab bo‘lgan. Natijada Ufa va Sterlitamak shaharlari va uning atrofida istiqomat qiluvchi aholi qonida, yog‘ to‘qimalarida va ko‘krak sutida dioksinlar miqdori ruxsat etilgan eng yuqori miqdordan 4—10 marta ko‘paygan.

Umuman, chiqindilar, ayniqsa, tarkibida pestitsidlar va benza- piren moddalari bo‘lgan chiqindilar odam va biota uchun jiddiy ekologik xavf tug‘diradi. Chiqindilarning fuqarolar hayoti va


145





sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar
hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona
foydalanilishini ta’minlash asosiy vazifalar bo‘lishi lozim.


Shovqin — atrofdagi tabiiy muhitga zararli
fizikaviy ta’sir ko‘rsatish shakllaridan biri.
Atrof-muhitning shovqindan ifloslanishi ta-
biiy tovush tebranishlarining yo‘l qo‘yib bo‘l-
maydigan darajada oshib ketishi natijasida


paydo bo‘ladi. Shovqin ekologik nuqtayi nazardan nafaqat quloq —
eshitish uchun noqulay, shuningdek, u odamda jiddiy fiziologik
oqibatlarni ham vujudga keltiradi. Rivojlangan mamlakatlarning
shaharlashgan hududlarida o‘n millionlab odamlar shovqin
ta’siridan aziyat chekishadi.


Odamning eshitish uquviga bog‘liq holda 16—20000 Hz tezlik darajalari chegarasidagi egiluvchan tebranishlar tovush deb,

  1. Hz.dan pasti — infratovush, 20000 dan 1-09 gacha — ultra- tovush va 1-09 dan yuqori tebranishlar — haddan ortiq yuqori tovush deb ataladi.

Inson faqat 16—20000 Hz tebranish tezligi darajalari che- garasidagi tovushlarni qabul qilishga qobiliyatli. Tovush balandligini o‘lchash birligi detsibel (dB) deb ataladi. Odam 0 dan 170 dB chegarasidagi tovushlarni eshita oladi (17.1-jadval).

Noqulay tovushlar shovqinning antropogen manbayi bo‘lib, odamda tez charchashlik, mehnat unumdorligining pasayishi, asabiylik va qattiq hayajon holatlarini keltirib chiqaradi. 60 dB.dan yuqori da- rajali shovqinlar shikoyatlarni, 60 dB darajali shovqin eshitish orga- nida inqirozlarni, 110—120 dB darajali shovqinlar og‘riq bosh- lanishini, 120 dB.dan yuqori darajali shovqinlar esa yemirilishni keltirib chiqaradi. 180 dB shovqinda metallar darz ketishi aniqlangan.

Antropogen shovqinlarning asosiy manbalari transport (av- tomobil, temiryo‘l va havo transporti) va sanoat korxonalari hisoblanadi. Atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan jami shovqinlar ta’sirining 80 % avtotransportga to‘g‘ri keladi. Dunyoning aksariyat yirik shaharlarida transport shovqini darajasi 90—100 dB.dan yuqori hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida ayrim paytlarda kunduzlari 75—85 dB.gacha yetadi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə