Ekologiya lotinda p65


Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish davlat organlari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə22/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish davlat organlari


222





  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari: tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish; tabiat resurslaridan foydalanishni tartibga solish; tabiat kadastrining yuritilish tartibini belgilash va ta’minlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash; ekologik tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish; tabiiy ofatlar va yirik avariyalar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish; tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof tabiiy muhitni ifloslantir- ganlik, chiqindilar, zararli ta’sir etuvchi boshqa narsalar joylashtirib tashlaganlik uchun haq to‘lash tartibini, shuningdek, tabiiy resurs- lardan foydalanish va chiqindilar joylashtirish limitlarini belgilash; ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratish hamda uning amal qilishini ta’minlash; tabiatdan alohida tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash; tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va h.k.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakolatlari: vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, ayrim shaxslar tomonidan yer, yerosti boyliklari, suv, o‘rmon, hayvonot va o‘simlik dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar davlat idoralari, korxonalar, muassa- salar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiydir.

  3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari: o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, mintaqa (hudud)ning ekologiya dasturini tasdiqlash; tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning holatiga baho berish, ekologiya jihatidan zararli bo‘lgan obyektlarni ro‘yxatga olish; tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlash; tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi, sanoat yoki ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plash yoki ko‘mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda


223





berish yoki ularni bekor qilish; tabiiy resurslardan foydalanganlik
uchun to‘lovlar undirish; tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat
o‘rnatish, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga
molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta
ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish va h.k.


Ekologik ekspertiza — rejalashtirila-
yotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik
va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga


muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga
chiqarish mumkinligini aniqlashdan iborat.


Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:

  • mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;

  • rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;

  • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash.

Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi.

Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari: qurilishlar uchun yer maydonlarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalari; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkaziladigan hududlarni majmuiy tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari va h.k.


224


Ekologik ekspertiza





Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari: qonuniylik; xolislik; asoslilik; ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik farazi; xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va foqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning majmuiyligi.


Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda:

  • taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘ri- sidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiriladi;

  • rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lu- motlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi;

  • biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholashning asosliligi tekshiriladi;

  • rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi;

  • ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir chora-tad- birlarning yetarliligi va asosliligi aniqlanadi va h.k.

Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa tuzilib, obyektni ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalanishi, shuningdek, ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi.

Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilinmaydi. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.

Ekologik audit — ekologik auditor (firma)lar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir. Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat obyekti mulkdorining qaroriga binoan o‘tkaziladi.


225





Atrof tabiiy muhit holati va uning resurs-
larini kuzatish, hisobga olish, ularga baho
berish va istiqbolini belgilashni ta’minlash


maqsadida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil
etilgan.


Atrof tabiiy muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish usti-
dan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek, faoliyati
atrof tabiiy muhit holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi
mumkin bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan amalga
oshiriladi. Maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek, korxona,
tashkilot va muassasalar o‘z kuzatuvlariga doir materiallarni tegishli
davlat idoralariga taqdim etadilar.


Ekologik monitoring «O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy
muhit monitoringi dasturi»ga muvofiq olib boriladi. Mazkur
monitoring umumbashariy, milliy va mahalliy darajalarda bir qancha
mustaqil yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan murakkab tizim hisoblanadi
(23.1-chizma). Ushbu tizimning yuritilishiga davlat tuzilmalari
(vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar) va tabiatdan foydalanuv-
chilarni o‘z ichiga olgan ijrochilarning keng qatlami jalb etiladi.


Muayyan hududdagi ekologik vaziyat keng ko‘lamli ekologik
mezonlar
asosida aniqlanadi. Ekologik mezonlar muayyan
ko‘rsatkichlar majmuyi hisoblanib, atrof-muhit holati va uning
odamlarga ta’siri, ekotizimlar va vositalar, atrof-muhitga o‘tkazila-
yotgan tazyiq va bu boradagi kuchlar hamda mas’uliyat birligining
o‘ziga xos ifodasi hisoblanadi. 300 dan ortiq ekologik mezon ama-
liyotda foydalanish uchun tavsiya etilgan. Mazkur ekologik mezonlar
atmosfera havosi, suv, yer va biologik resurslar, chiqindilar, ener-
getika, Orol dengizi va Orolbo‘yi, iqlim o‘zgarishi va aholi salomatligi
holatini tavsiflaydi.


Ekologik nazorat oldiga atrof tabiiy
muhit holatini hamda xo‘jalik yuritish va
boshqa faoliyat ta’siri ostida unda bo‘ladigan


o‘zgarishlarni kuzatib borish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sog‘-
lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari



Ekologik nazorat


Ekologik monitoring


226



23.1-chizma


O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tashkiliy tuzilmasi









va atrof tabiiy muhit sifati me’yorlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajarilishini tekshirish vazifalari qo‘yilgan.


Ekologik nazorat tizimi: davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati (tabiiy muhitda sodir bo‘layotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, yerusti va yerosti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri oqibatlarini kuzatib boradi), tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi), vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ekologiya xizmati (tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyati ustidan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi idoraviy nazoratni amalga oshiradi), tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ishlab chiqarish nazorati (korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ekologiya xizmati), tabiatni muhofaza qilish sohasidagi jamoat nazorati (jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi).


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Qaysi huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining asosiy manbayi hisoblanadi?

  2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qanday vakolatlarga ega?

  3. Ekologik ekspertiza deganda nima tushuniladi?

  4. Davlat ekologik ekspertizasi obyektlariga misollar keltiring.

  5. Ekologik audit nima?

  6. Nima maqsadda atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil etiladi?

  7. Ekologik mezonlar deganda nimani tushunasiz?

  8. Ekologik nazorat tizimi nimalarni o‘z ichiga oladi?

  9. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini kimlar amalga oshiradi?


228



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Asosiy adabiyotlar

  1. Ю. Одум. Экология. Пер. с англ. Т. 1—2. М., «Мир», 1986.

  2. I. Xolliyev, A. Ikromov. Ekologiya. (Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma). Т., «Mehnat», 2001.

  3. H. Yo‘ldoshev, Sh. Avazov. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari. (Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T., «Mehnat», 2003.

  4. A.E. Ergashev, A.Sh. Sheraliyev, X.A. Suvonov, T.A. Ergashev. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. Т., «Fan», 2009.

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. A.A. Rafiqov. Tabiatda ekologik muvozanat. Т., «Fan», 1990.

  2. T.A. Alimov, A.A. Rafiqov. Ekologik xatolik saboqlari. Т., «O‘z- bekiston», 1991.

  3. Sh. Otaboyev, M. Nabiyev. Inson va biosfera. Т., «O‘qituvchi», 1997.

  4. A.A. Горелов. Экология. Учебное пособие. М., «Центр», 1998.

  5. В.И. Коробкин, Л.В. Переделъский. Экология. Изд. 4-е, доп. и переработ. Ростов-т-Дону, «Феникс», 2003.

  6. O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risida milliy ma’ruza (1988—2007-yillar bo‘yicha retrospektiv tahlil). Tuzuvchilar: S.V. Samoylov, U.B. Abdujalilov, L.A. Aksenova va boshq.; B.B. Alixonovning umumiy tahriri ostida; mas’ul muharrir S.A. Jakbarov. Т., «Chinor ENK», 2009.

  7. B.A. Вронский. Экология и окружающая среда. Учебный курс. Ростов-на-Дону, «Феникс»; М., ИКЦ «МарТ», 2009.

  8. A. Nigmatov. Ekologiyaning nazariy asoslari. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2013.

  9. A. Nigmatov. Ekologiya huquqi. Darslik. T., «Noshir», 2013.


229



So‘zboshi


MUNDARIJA


3


Kirish. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasining

muxtasar tavsifi 4

Birinchi qism. NAZARIY EKOLOGIYA

I bo‘lim. Umumiy ekologiya

  1. bob. Organizm — tirik yaxlit tizim sifatida 11

  2. bob. Organizm va muhitning o‘zaro munosabati 19

  3. bob. Populatsiyalar 45

  4. bob. Biotik to‘p — biotsenozlar 49

  5. bob. Ekologik tizimlar 55

II bo‘lim. Biosfera haqida ta’limot

  1. bob. Biosfera — Yerning umumiy ekologik tizimi 65

  2. bob. Yerning tabiiy ekotizimlari — biosferaning

makoniy birligi sifatida 73

  1. bob. Biosfera evolutsiyasining asosiy yo‘nalishlari 82

III bo‘lim. Odam ekologiyasi

  1. bob. Odamning bioijtimoiy tabiati va ekologiya 89

  2. bob. Antropogen ekologik tizimlar 97

  3. bob. Ekologiya va inson salomatligi 101


230



Ikkinchi qism. AMALIY EKOLOGIYA


IVbo‘lim. Biosferaga antropogen ta’sirlar

  1. bob. Biosferaga antropogen ta’sirning asosiy turlari 105

  2. bob. Atmosferaga antropogen ta’sirlar 108

  3. bob. Gidrosferaga antropogen ta’sirlar 116

  4. bob. Litosferaga (tuproqqa) antropogen ta’sirlar 126

  5. bob. Nabotot va hayvonot dunyosiga antropogen ta’sirlar 135

  6. bob. Biosferaga ta’sir ko‘rsatishning alohida turlari 141

  7. bob. Biosferaga favqulodda ta’sirlar 149

Vbo‘lim. Atrof-muhitning ekologik himoyasi va muhofazasi

  1. bob. Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan to‘g‘ri foydalanishning asosiy tamoyillari 159

  2. bob. Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekologiyasi — agroekologiya asoslari 168

  3. bob. Qishloq xo‘jaligi hayvonlari ekologiyasi 181

  4. bob. Qishloq xo‘jaligi ekologiyasi, tabiatdan foydalanish

va atrof-muhit himoyasi 188

  1. bob. Ekologiya huquqi asoslari 219

Foydalanilgan adabiyotlar 229


231



A69 Avazov Sh.M. EKOLOGIYA VA ATROF- MUHIT MUHOFAZASI (Kasb-hunar kollejlari uchun darslik). 3-nashr. T.: «ILM ZIYO», 2014. — 232 b.

UO‘K: 629.331. (075) KBK 41ya722

ISBN 978-9943-16-149-8


SHERIMMAT MATYOQUBOVICH AVAZOV

EKOLOGIYA VA ATROF- MUHIT MUHOFAZASI


Kasb-hunar kollejlari uchun darslik

3-nashr


^shkent — «ILM ZIYO» — 2014

Muharrir I. Usmonov Badiiy muharrir M. Burhonov Texnik muharrir F. Samadov Мusahhih T. Mirzayev

Noshirlik litsenziyasi AI № 166, 23.12.2009-yil.

2014-yil 23-oktabrda chop etishga ruxsat berildi. Bichimi 60x84'/16. «Tayms» harfida terilib, оfset usulida chop etildi. Bosma tabog‘i 14,5. Shartli b.t. 13,5. Nashr b.t. 13,0. 3792 nusxa. Buyurtma J№

«ILM ZIYO» nashriyot uyi, Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. Shartnoma J№ 56 — 2014.


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi. Toshkent, Shayxontohur ko‘chasi, 86-uy.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə