Ekologiya lotinda p65


Organizmlar hayotida muhitdagi fizikaviy va kimyoviy omillarning ahamiyati



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə3/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Organizmlar hayotida muhitdagi fizikaviy va kimyoviy omillarning ahamiyati


25

Barqarorlikning Barqarorlikning

quyi chegarasi Eng qulay oraliq yuqori chegarasi






Eng.past Ekologik omillarning Eng_yuqori

o‘zgarish birligi




  1. rasm. Umumiy biologik barqarorlik qonuni.

magan holatlarda, 0—50oC o‘rtasidagi haroratda yashash qobi- liyatiga ega hisoblanadi. 2.1-rasmda ekologik omillarning, xususan, haroratning o‘zgarishi bo‘yicha umumiy biologik barqarorlik qonunining mohiyati keltirilgan.

«Eng qulay oraliq» organizmlarning barqarorlik «miqdori»ni, ya’ni ularning u yoki bu ekologik omilga chidamliligi yoki «ekologik qobiliyati»ni ifodalaydi.

Har xil turlarning vakillari bir-birlaridan «ekologik qobi- liyati» jihatidan farq qiladilar. Masalan, Arktikada uchraydigan suvo‘ti — sferillaning hayoti harorat —34oC sovuq bo‘lganda ham davom etadi. Ba’zi bir zamburug‘larning sporalari —1WC da ham o‘sish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘t o‘simliklari- ning quruq urug‘i —80OC sovuq yoki 120OC issiqqa bardosh bera oladi.

Hayvonlarning haroratga moslashish jarayonlari natijasida poykiloterm va gomoyoterm hayvonlar paydo bo‘lgan. Aksariyat ko‘pchilik hayvonlar poykiloterm organizm hisoblanadi, ya’ni




26





ularning tana harorati atrof-muhitdagi harorat o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar mazkur toifa vakillariga misol bo‘ladi. Hayvonlarning nisbatan kam qismi gomoyoterm
organizm hisoblanadi, ya’ni ularning tanasida tashqi muhit harorati o‘zga- rishlariga bog‘liq bo‘lmagan doimiy tana harorati mavjud bo‘- ladi. Sutemizuvchilar (shu jumladan, odam) 36—37OC, qushlar 40OC tana haroratiga ega.

Faqat gomoyoterm organizmlar nol darajadan past haroratda faol hayot kechirishi mumkin. Poykiloterm organizmlar ham nol darajadan past haroratga bardosh beradi, biroq ularda harakat- chanlik yo‘qoladi.

Harorat o‘simliklar hayotida ham muhim o‘rin tutadi. 10OC dan 30—35OC gacha bo‘lgan yuqori haroratda fotosintez jadal- ligi ikki marta oshadi, keyin uning jadalligi sekin pasayib, 40— 45OC da fotosintez jarayoni umuman to‘xtaydi. Quruqlikdagi o‘simliklarning aksariyati nafas olish jadalligiga bog‘liq holda 50OC da nobud bo‘ladi.

O‘simliklarning past haroratlarga morfologik moslashishi, ya’ni noqulay sharoitlarda o‘simlik kurtaklari yoki uning yuqori qismida joylashgan novdalarining tuproq va qor qatlamiga, o‘r- mondagi xazonli to‘shama va shu kabilarga nisbatan joylashishi bo‘yicha o‘simliklar hayotiy shakllari farqlanadi. Daniyalik olim K. Raunkiyer o‘simliklarni ularning hayot shakliga qarab, bir necha guruhlarga ajratgan:



  • epifitlar — tuproqda ildizi bo‘lmaydi va boshqa o‘simliklar tanasida o‘sadi;

  • fanerofitlar (daraxtlar, butalar) — kurtaklari yerdan (qor- dan) ancha balandda joylashadi va ular tangachasimon qoplamalar bilan qoplanadi;

  • xamefitlar (chala butalar, butachalar) — kurtaklari qor us- tida va ostida qishlaydi;

  • kriptofitlar (ko‘p yillik o‘tlar) — kurtaklari tuproq ostidagi tugunak, piyozbosh yoki ildizpoyada joylashadi;


27





  • terofitlar (bir yillik o‘simliklar) — noqulay mavsum kelishi bilan nobud bo‘ladi, har yili faqat urug‘idan unib chiqadi (urug‘ qoldiradi).

Iqlim sharoitlariga, shu jumladan, haroratga morfologik mos- lashish hayvonlarda ham kuzatiladi. Bir turga mansub hayvonlarning hayotiy shakllari —20OC dan —40OC gacha bo‘lgan past haroratda ham shakllanishi mumkin, xususan, yo‘lbarslar ichida eng kattasi birmuncha shimolda va sovuq iqlim sharoitida yashay- digan Amur yo‘lbarsi hisoblanadi. Bu qonuniyat Bergman qoidasi
deyiladi: issiqqonli hayvonlarda tana o‘lchamlari populatsiya- ning o‘rtacha ko‘rsatkichidan katta bo‘lgan zotlar tur tarqalgan arealning birmuncha sovuq qismlarida yashaydi.

Hayvonlar hayotida fiziologik moslashish birmuncha muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan eng oddiysi iqlimga moslashish (iqlimlashish) — issiq yoki sovuqni o‘tkazishga fiziologik moslashish hisoblanadi. Masalan, organizmning bug‘lanishni ko‘- paytirish yo‘li bilan ortiqcha qizib ketishdan saqlanishi, poykiloterm hayvonlarning o‘z tanasidan qisman nam (suv) qochirish yo‘li bilan sovib ketishdan saqlanishi.

Sovuqdan saqlanishning birmuncha qat’iy shakllari ham mavjud. Masalan, hayvonlar migratsiyasi — hayvonlarning yashash sharoiti yoki rivojlanish davri (kunlik, mavsumiy, yillik) o‘zgarishi bilan bog‘liq yoppasiga ko‘chishi (qushlarning issiq o‘lkalarga uchib ketishi); hayvonlar qishlovi — hayvonlarning qishki sovuq davrda uzoq vaqt karaxt bo‘lib, uyquga ketishi (sug‘ur, olmaxon, oq ayiq, ko‘rshapalak va h.k. — ular o‘z tanasida metabolizm jarayonini susaytirib, shu orqali oziq moddalar sarfini kamaytirib, o‘zgarishi tana haroratini deyarli nol darajaga tushirish qobiliyatiga ega).

Ko‘pchilik hayvonlar (masalan, hasharotlar) qishda tinim davri, ya’ni tashqi muhitning noqulay sharoitlari bilan bog‘liq holda o‘z rivojlanishining turli bosqichlarida (tuxum, qurt, g‘um- bak) vaqtinchalik fiziologik to‘xtashni boshdan kechiradilar.

Demak, harorat — quruqlik-havo muhitida yashovchi orga- nizmlar va populatsiyalarning moslashish jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim cheklovchi omillardan biri hisoblanadi.


28

Yorug‘lik va uning organizmlar hayotida tutgan o‘rni



Yorug‘lik — energiyaning dastlabki manbasi bo‘lib, usiz Yerda hayot bo‘lishi mumkin emas.

Yorug‘lik Yerda o‘simliklarning anorganik moddalardan organik moddalar hosil qilishini ta’minlaydigan fotosintez ja- rayonida ishtirok etadi. Fotosintez jarayonida fiziologik faol radia- tsiya doirasi deb ataladigan 380—760 nm chegarasidagi nurlar ishtirok etadi. Uning ichida fotosintez uchun qizil-to‘q sariq (600—700 nm) va binafsha-zangori (400—500 nm) nurlar eng ko‘p, sariq-yashil (500—600 nm) nurlar esa eng kam ahamiyat kasb etadi. Aynan sariq-yashil nurlar xlorofill moddali o‘sim- liklarga yashil rang beradi.

Yorug‘lik nafaqat energiya manbayi, balki organizmlarning moslashish jarayoni va biotaga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim ekologik omildan biridir.

Ko‘rinadigan yorug‘lik va fiziologik faol radiatsiya doirasidan tashqarida infraqizil va ultrabinafsha nurlar bo‘ladi. Quyosh nurining 1—3 % ultrabinafsha, 49—84 % infraqizil nurlarga to‘g‘ri keladi. Ultrabinafsha nurlanish katta energiya va foto- kimyoviy ta’sirga ega bo‘lib, organizmlar unga nisbatan juda sezgir. Infraqizil nurlanish nisbatan kichik energiyaga ega bo‘lib, suvda yengil yutiladi, biroq ba’zi organizmlar undan tana haro- ratini ko‘tarishda foydalanadi.

Organizmlar uchun yoritilish jadalligi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘simliklar yoritilganlik darajasiga munosabati bo‘yicha oftobsevar (geliofit), soyasevar (ssiofit) va soyaga chidamli o‘sim- liklar guruhiga ajratiladi.

Yorqin quyosh nuri — geliofitlar (yaylov o‘tlari, boshoqli g‘alla o‘simliklari, g‘o‘za) uchun; kuchsiz yoritilganlik — ssiofitlar (tayga qarag‘ayzori, o‘rmon-dasht dubzorlari, tropik o‘rmonlar) uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. Oftobsevar o‘simliklarning soyaga, soyasevar o‘simliklarning oftobga toqati yo‘q. Soyaga chidamli o‘simliklar yorug‘likka chidamlilikning keng ko‘lamiga ega bo‘lib, ham oftobda, ham soyada rivojlanishi mumkin.




29





Yorug‘lik signallari organizmlarning moslashishini tartibga soladi. Organizmlarning vaqt mobaynidagi faolligini tartibga so- luvchi eng ishonchli signallardan biri kun uzunligi — fotodavr hisoblanadi. Fotodavriylik — organizmlarning kun uzunligi tufayli kelib chiqqan mavsumiy o‘zgarishlardan ta’sirlanishidir. Muayyan joyda yilning muayyan davrida kun uzunligi hamisha bir xil bo‘ladi, bu esa o‘simlik va hayvonlarga muayyan kenglikda yil davomida (gullashning boshlanish vaqti, pishib yetilish vaqti) shakllanishiga imkon beradi. Boshqacha ifodalasak, fotodavr — bu tirik organizmlarda fiziologik jarayonlar ketma-ketligini o‘z ichiga olgan «vaqt relesi» yoki «ishga solish tartibi» hisoblanadi.

Fotodavriylikni kun va tun almashinuvi bilan kechadigan tashqi sutkalik ritmlar (maromlar) — muayyan joyda Yerning o‘z o‘qi atrofida harakatlanishi tufayli vujudga keladigan mikroiqlim sha- roitlarining davriy almashinib turishiga javoban organizmlarning o‘ziga xos moslashuvi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Yorug‘lik omili mavsumiy maromlarda bo‘lgani kabi sutkalik maromlarda ham asosiy signal (ogohlantirish) vazifasini o‘taydi. Sutkalik dav- riylikda tinch holat va faol faoliyat davri o‘zaro almashinib turadi. Har holda hayvonlar va odam hayot faoliyatidagi sutkalik davriylik turning tabiiy xossasiga, ya’ni ichki maromiga aylangan. Orga- nizmdagi ichki maromlarning davom etish muddati aniq son (24 soat) bilan ustma-ust to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Bu maromlar organizmga vaqtni his etishga yordam beradi. Tirik organizmlarning vaqtni his etish qobiliyati «biologik soat» deb yuritiladi. Biologik soat hayvonlarga to‘g‘ri mo‘ljal olishga yordam beradi, ya’ni har bir organizm o‘zi yashab turgan joyning yorug‘lik omiliga asoslanib vaqtini o‘lchaydi.

Fotodavriylik irsiy mustahkam bo‘lsa-da, boshqa ekologik omillar, masalan, harorat bilan birgalikda namoyon bo‘ladi: agar X kuni sovuq bo‘lsa, o‘simlik keyin gullaydi; agar sovuq X kuni- dan oldin boshlansa, hosil kam bo‘ladi va h.k. Fotodavriylik sub- tropik va tropik mintaqalarda muhim ekologik omil bo‘lib xizmat qilmaydi; uning o‘rnini quruq va yomg‘irli mavsumlar bosadi. Baland tog‘larda asosiy ogohlantiruvchi omil harorat hisoblanadi.




30





Tirik tabiatning yil fasllari bo‘yicha rivojlanishi Xopkinsning bioiqlim qonuniga muvofiq, ya’ni turli mavsumiy hodisalarning boshlanish vaqti joyning geografik kengligi va uzunligiga, uning dengiz sathidan balandligiga bog‘liq amalga oshadi. Demak, joy qanchalik shimolda, sharqda va balandda bo‘lsa, bahor shunchalik kech, kuz esa erta kirib keladi.

Yil fasllarining qachon kirib kelishi (boshlanishi)ni bilish qishloq xo‘jaligi ishlarini rejalashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Organizmlar hayotida suvning tutgan o‘rni

Suv — organizm hujayrasining asosini tashkil qiluvchi proto- plazmaga fiziologik zarur bo‘lgan suyuq modda. Agar yerusti yoxud suv muhitida suv miqdori keskin o‘zgarishlarga uchrasa yoki kuchli sho‘rlanish muhitida osmotik yo‘l bilan organizmdan suvning ajralishi ro‘y bersa, u ekologik nuqtayi nazardan cheklovchi omilga aylanadi.

Quruqlik-havo muhitidagi suv atmosfera yog‘inlari miqdori, havo muhitining namligi, havoning qurituvchi ta’siri va suvdan foydalanish zaxirasiga ega bo‘lgan hududlar (maydonlar) bilan tavsiflanadi.



Atmosfera yog‘inlari miqdori
tabiiy-geografik sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, yer yuzasida notekis taqsimlangan. Masalan, Osiyo qit’asida yiliga 2000 mm.dan ziyod (Hindiston, Bangladesh) va 200 mm.dan kam (Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Qozo- g‘istonning ayrim qismlari) yog‘in yog‘adigan hududlar mavjud. Biroq tirik organizmlar uchun yog‘inlarning yil fasllari bo‘yicha taqsimlanishi eng muhim cheklovchi omil hisoblanadi.

Mo‘tadil mintaqalarda yillik yog‘in miqdori yetarli bo‘lishiga qaramasdan, uning notekis taqsimlanishi tufayli o‘simliklar qur- g‘oqchilik yoki ortiqcha namgarchilikdan nobud bo‘lishi mum- kin. Tropik mintaqa organizmlari quruq va namli mavsumni bosh- dan kechirishga to‘g‘ri keladi.

Cho‘l sharoitiga moslashgan o‘simliklarda o‘sish ingibitori — o‘simliklarning o‘sishini sekinlashtiruvchi tabiiy moddalar (tuzlar, zaharli moddalar) mavjud bo‘lib, ular vegetatsiya uchun yetarli


31





bo‘lgan yog‘in miqdori (masalan, 10 mm) bilan ham unib, ko‘ka- rib chiqadi. Bunda, asosan, bahorda «cho‘l gullashi» boshlanadi.

Havo muhitining namligi
nisbiy namlik ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Namlik haroratning ta’sirini o‘zgartiradi: muayyan haroratda namlikning ayrim chegaradan pastga tushishi havoning qurituvchi ta’sirini keltirib chiqaradi.

Havoning qurituvchi ta’siri o‘simliklar uchun muhim ekologik ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchilik o‘simliklar ildiz tizimi bilan tuproqdagi suvni so‘radi. Tuproqning qaqrashi — suvsizlanishi suvning so‘rilishini qiyinlashtiradi. Agar o‘simlik ildizining so‘rish kuchi va faol yuzasi kattalashsa, uning bu sharoitga moslashishi ta’minla- nadi. Ildizning so‘rish kuchiga muvofiq hajmda suv qabul qilinsa, o‘simlikning ildiz tizimi har tomonlama, masalan, boshoqli o‘sim- liklar ildizi 1000 sm3 tuproqda 13 km uzunlikda o‘sishi mumkin.

Demak, suv ta’minoti turlicha sharoitda o‘simliklarning ildiz tizimi turlicha rivojlanadi. Ildiz tizimi orqali olingan suvlar fo- tosintezga sarflanadi — 0,5 % hujayralarga so‘riladi, 97—99 % transpiratsiyaga — o‘simlik barglari orqali bug‘lanishga ketadi. Transpiratsiya foydaliligi modda (toza mahsulot) ko‘payishining bug‘langan suv miqdoriga nisbati orqali aniqlanadi. 1000 sm3 suvga quruq modda grammlarida o‘lchanadi. Ko‘pchilik o‘sim- liklarda bir gramm tirik modda olish uchun 500 gr suv sarflanadi. Moslashishning asosiy shakli — bug‘lanishning kamayishi emas, balki qurg‘oq davrda o‘sishdan to‘xtash hisoblanadi.

100 % nisbiy namlikka ega bo‘lgan tropik o‘rmonzorlarda o‘zi- dan suv ajratish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, cho‘llarda, hatto qurg‘oqchilik davrida ham suv balansi — olingan va sarf- langan suv nisbati buzilmaydigan ayrim o‘simliklar mavjud.

O‘simliklar namlikka moslashish usullariga bog‘liq holda bir necha ekologik guruhlarga bo‘linadi:



  • gigrofitlar — sernam muhit, botqoqlik va nam tuproqlarda o‘suvchi quruqlik o‘simliklari (sholi, qamish);

  • mezofitlar — uncha ko‘p bo‘lmaydigan qurg‘oqchilikni bosh- dan kechiradigan, nami yetarli darajada yoki eng qulay yerlarda


32





o‘suvchi o‘simliklar (turli iqlim mintaqalariga mansub daraxtlar, o‘rmonlardagi o‘t o‘simliklari, aksariyat madaniy o‘simliklar);

  • kserofitlar — suv tanqisligiga uchrab turadigan, namni qalin etli bargida (saksovul, yantoq, chalov, shuvoq) va poyasida (suk- kulentlar — aloe, kaktus) saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan quruq dasht va cho‘l o‘simliklari;

  • sklerofitlar — ildizining so‘rish kuchi katta bo‘lgan va mayda kichik barglari bilan bug‘lanishni pasaytirishga qobiliyatli o‘simliklar.

Sukkulentlar ichida konvergensiya hodisasi — har xil turga mansub, amalda bir xil shaklga ega bo‘lgan o‘simliklar uchraydi. Masalan, Afrika ixroji va kaktus sharsimon shaklga ega.

Suvdan foydalanish zaxirasi
— o‘simlikning ildiz tizimi shi- mib olishga layoqatli suvlar bo‘lib, muayyan hududdagi yog‘in miqdori va yuza qatlamlarning suv o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Yog‘inlar miqdori ko‘p bo‘lsa-da, qumli qatlamlarning yuqori suv o‘tkazuvchanligi suvning tezlik bilan tuproqda filtrlanib, uning past qismiga sizib o‘tishiga olib keladi.

Agarda tabiiy manba suvdan foydalanishning yetarli zaxirasini ta’minlay olmasa, uning o‘rni irrigatsiya tizimlari qurilmalari yor- damida sug‘orish bilan sun’iy usulda to‘ldiriladi.

Hayvonlarda suvga nisbatan o‘ziga xos ekologik guruhlar ajratiladi:


  • gigrofillar — namsevar hayvonlar (qon so‘ruvchi pashshalar);

  • kserofillar — qurg‘oqsevar hayvonlar;

  • mezofillar — oraliq guruhdagi hayvonlar.

Hayvonlarda xulqiy, morfologik va fiziologik yo‘llar (uslublar)

bilan suv balansi tartibga solinadi.

Xulqiy uslubga namli joylarga ko‘chib o‘tish, vaqt-vaqti bilan suvloqqa borish-kelish, tungi hayotga o‘tish va h.k.; morfologik moslashishga tanada suvni to‘xtatib qoluvchi: shilliqqurtning chi- g‘anog‘i, sudralib yuruvchilarning muguz qoplami va h.k.; fiziologik moslashishga ichimlik suvini chetlab o‘tishga imkon be- ruvchi va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan me- tabolik suv hosil bo‘lishi kabilar mansubdir.

Hayvonot dunyosining aksariyat vakillari, xususan, tuya, qo‘y va it tanasining muvofiq ravishda 27, 23 va 17 % miqdorda suv




33

yo‘qotishiga chidashi mumkin. Odam tanasidan 10 % suv yo‘qol- ganda halok bo‘ladi. Issiqqonli hayvonlarga nisbatan poykiloterm organizmlar suvga birmuncha chidamli hisoblanadi.

Harorat va namlikning birgalikdagi ta’siri

Harorat va namlik birlikda uzluksiz ta’sirlashib, muayyan hududda iqlimning o‘ziga xos «sifatini» ta’minlaydi: quyosh nuri va havoning quruqligi haroratning keskin o‘zgarishiga — materik iqlimining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston keng- liklaridagi iqlim o‘zgarishlari turli xil ekologik sharoitlarni vujudga keltirganki, mamlakatimiz florasi va faunasi boy biologik xilma- xillikka ega.

Organizmlarning umr uzoqligi ekogrammasi modeli uch asosiy tarkibiy qismdan tashkil topadi: harorat, nisbiy namlik va o‘lish miqdori. 1°C dan 100°C gacha bo‘lgan harorat va 1 % dan 100 % gacha bo‘lgan nisbiy namlikning o‘zaro gorizontal va vertikal tu- tash nuqtalaridan hosil bo‘lgan egri chiziqlar umr uzoqligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni birlashtiradi va o‘lish miqdorini quyi va yuqori chegaralar bo‘yicha foizlarda ifodalashga, muayyan orga- nizm uchun umr uzoqligi yoki qisqaligini belgilaydigan muhim ko‘rsatkichlarni topishga imkon beradi.

Bunday ekogrammalar tuzish orqali organizmlar faolligini aniqlash va hasharotlarga qarshi kurashish mumkin.

Suv muhiti

Suv muhitining asosiy ekologik omillari — daryolar, dengizlar va okeanlardagi doimiy harakatdagi oqimlar va to‘lqinlar hisoblanadi. Ular suvning mineral moddalarga to‘yinishi va ion tarkibini o‘zgartirib, organizmlarga bilvosita ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, o‘simlik va hayvonlarning oqimga moslashishini keltirib chiqa- ruvchi bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, tinch oqa- digan daryolar baliqlarining tanasi asosan yassi, tez oqar daryolar- niki esa yumaloq bo‘ladi; suvo‘tlari ham oqimga morfologik moslashib, muhitdagi asosga mustahkam yopishib oladi.




34





Suvning to‘lqinlanishi — katta kuch bilan qirg‘oqqa urilishi qirg‘oqbo‘yida, qoyalarga yopishib hayot kechiradigan organizmlarga (mo‘ylovoyoqli qisqichbaqa, qorinoyoqli molluska) ta’sir ko‘rsatadi.

Suv — hayvonlarning harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatuvchi yetarlicha quyuq muhit. Shu sababli suv hayvonlari, asosan, suyri shaklida bo‘ladi. Suvli muhitga eng mukammal morfologik mos- lashish delfinlarda shakllangan.

Atmosfera gazlari ekologik omil sifatida

Havo muhiti kichik zichlik va ko‘tarish kuchiga, shuningdek, tutib (ko‘tarib) turadigan ozgina asosga ega. Shu sababli, unda doimiy yashaydigan organizmlar yo‘q va uning barcha jonzotlari yer yuzasi bilan bog‘langan.

Biroq havo muhiti organizmlarga nafaqat fizikaviy, balki na- fas olish va fotosintezni ta’minlab, kimyoviy ta’sir ham ko‘rsatadi.

Havo muhitining fizikaviy omillari

Bu omilga havo massalarining harakati va atmosfera bosimi mansubdir.

Havo massalarining harakati sust ko‘chish — atmosferada yuqorigi va pastki havo qatlamlarining almashinib turishi yoki shamol — atmosferada siklonlar faoliyati tufayli paydo bo‘ladigan havo oqimlari ko‘rinishida ro‘y beradi.

Sust ko‘chish jarayonida sporalar, gul changlari, urug‘lar, mikroorganizmlar va mayda hasharotlar alohida ajralib, ane- moxorlar: juda kichik o‘lchamga, parashutsimon qo‘shimcha qismlar va shu kabilarga ega bo‘lgan maxsus moslamalar orqali turli joylarga tarqalib o‘rnashadilar. Organizmlarning mazkur majmuyi aeroplankton deb ataladi.

Shamol sust ko‘chish jarayonidan farq qilgan holda aero- planktonni birmuncha uzoq masofalarga eltadi, bunda iflos- lantiruvchi moddalar ham ko‘chishi mumkin. Shamol o‘simlik- larning o‘sishiga bevosita, masalan, bayroqsimon shaklda o‘si- shiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


35





Havoda qarshilikning kamligi tufayli ko‘pchilik (taxminan 75 %) quruqlik hayvonlari evolutsiya davomida turli xil usullar bilan uchishga moslashganlar. Qushlar, ko‘rshapalak kabi hayvonlar uchun uchish — oziq izlash degani.

Atmosfera bosimi, ayniqsa, umurtqali hayvonlarga jiddiy ekologik ta’sir ko‘rsatadiki, shu tufayli ular dengiz sathidan 6000 m balandda yashay olmaydilar.

Havo muhitining kimyoviy omillari

Atmosferaning kimyoviy tarkibi hajmiga ko‘ra, g‘oyat bir xil: azot — 78,8 %, kislorod — 21 %, argon — 0,9 %, karbonat angidrid — 0,03 %. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, kislorod (O2) va karbonat angidrid (CO2) miqdori sezilarli darajada cheklovchi omil hisoblanadi: o‘simliklarning CO2 miqdoriga chidamliligi eng past, O2 miqdoriga chidamliligi eng yuqori darajada.

Tuproqlarda yerosti suvlari sathiga qadar karbonat angidrid 10 % ni tashkil qilgani holda kislorod aerob-redutsent organizmlar uchun cheklovchi omilga aylanganki, bu nobud bo‘lgan organik moddalarning parchalanishini sekinlashtiradi.

Suvda kislorod atmosferaga nisbatan 20 marta kam bo‘lib, muhim cheklovchi omilga aylangan. Kislorod suvda atmosfera havosidan shimilish va suvo‘tlari fotosintezi hisobiga mavjud bo‘ladi, shamol va to‘lqinlar esa uni suvga qorishtiradi. Suvda CO2 hisobiga ko‘mir kislotasi tuzlari — karbonat va bikarbo- natlar hosil bo‘ladi. Ular suv muhitining vodorod ko‘rsatkichini (pH) neytral darajada saqlashga xizmat qiladi.

Yong‘inlar

Quruqlik-havo muhitidagi biotaga fizikaviy va kimyoviy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan bin yong‘inlar hisoblanadi. U azaldan iqlimning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli, uni harorat, atmosfera yog‘inlari va tuproq kabi eng muhim ekologik omillar sirasiga kiritish lozim. Ekologik ta’siriga ko‘ra yuqori va quyi yong‘inlar farqlanadi.




36



Yuqori yong‘inlar tegishli hududdagi deyarli barcha o‘sim- liklar va aksariyat hayvonlarni nobud qiladi. Yong‘in sodir bo‘l- gan hudud biotasining qayta tiklanishi uchun bir necha o‘n yillar kerak bo‘ladi.

Quyi yong‘inlar ajratish xususiyatiga ega bo‘lib, organizmlarda olovga nisbatan moslashishni rivojlantirishga imkon beradi, bak- teriyalarning chiritish faoliyatini rag‘batlantirib, o‘simliklar oziq- lanishi mumkin bo‘lgan mineral moddalar hosil qiladi. Odam muhitni boshqarish omili sifatida o‘rmon va to‘qayzorlarni sun’iy kuydirib, yangi yerlar ochadi. Bu mo‘tadil mintaqada o‘rmonlarni qayta yangilash va sog‘lomlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Biogen moddalar ekologik omil sifatida



Biogen elementlar — organizmlar tarkibida doimiy uchraydi- gan va ma’lum biologik ahamiyatga ega bo‘lgan kimyoviy elementlar (uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor va boshq.) bo‘lib, ular organizmlar uchun cheklovchi omillar va resurslar hisob- lanadi. Organizmlarga ko‘p talab etiladigan kimyoviy elementlar makroelementlar deb, kam talab etiladiganlari esa mikroele- mentlar deb ataladi. Ularni o‘simliklar tuproq va suvdan, hayvonlar va odam esa oziq-ovqatdan oladi.

Biogen makroelementlar ichida fosfor va azot muhim ahamiyatga ega. Fosfor — hujayra protoplazmasiga eng zarur element, azot esa oqsil molekulalari tarkibiga kiradi. Azotning asosiy manbasi — atmosfera havosi, fosforniki esa qisman tog‘ jinslari va nobud bo‘lgan organizmlar hisoblanadi. Azot aksariyat o‘simlik va geterotrof organizmlar tomonidan to‘planadi va moddalarning biologik aylanishiga qo‘shiladi. Fosfor dast- labki tabiiy manbalariga nisbatan organizmlarda salmog‘i bo‘- yicha ko‘proq to‘planadi.

Keyingi o‘rinlarda o‘z ahamiyatiga ko‘ra kaliy, kalsiy, oltin- gugurt va magniy turadi. Kaliy hujayra tarkibiga kirib, osmos jarayonida, hayvonlar va odamning asab tizimi ishida muhim o‘rin tutadi hamda o‘simliklarning o‘sishiga yordam beradi. Kalsiy




37





hayvonlar suyagi va chig‘anog‘ining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘sim-
liklarga zarur hisoblanadi. Oltingugurt ayrim aminokislotalar,
kofermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi va xemosintezni ta’min-
laydi. Magniy xlorofill molekulasining zaruriy qismi bo‘lib,
o‘simliklar va hayvonlar ribosomalari tarkibiga kiradi.

Biogen mikroelementlar
fermentlar tarkibiga kirib, ko‘pincha,
cheklovchi omil bo‘ladi. O‘simliklar uchun, birinchi navbatda,
temir, marganes, mis, qalay, bor, kremniy, molibden, xlor,
vanadiy va kobalt zarur bo‘ladi. Agar temir, marganes, xlor, vana-
diy yetishmasligi bo‘lsa, fotosintez jarayoni to‘liq amalga osh-
maydi, agar temir, bor, molibden, kobalt yetishmasligi bo‘lsa,
azot almashinuvi buziladi. Mazkur elementlar hayvonlar va
odamga ham zarur, ularning yetishmasligi yoki ifloslanish orqali
ortiqchaligi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Edafik omillar (yunoncha edaphos
tuproq) — o‘simliklar o‘sishining tup-
roq sharoitlari. Ular:

  • kimyoviy (tuproq reaksiyasi, tup-
    roqning tuz rejimi, tuproqning kimyo-

viy tarkibi, kationlar almashinish qobiliyati va almashuvchi ka-
tionlar tarkibi va h.k.);

  • fizikaviy (tuproqning suv, havo va issiqlik tartiboti, zichligi, donadorligi, tuzilishi va h.k.);

  • biologik (tuproqda yashaydigan o‘simlik va hayvon organizmlari) turlarga bo‘linadi.

Ulardan tuproq muhitining namligi, harorati, tuzilishi va g‘ovakligi, reaksiyasi, sho‘rlanishi eng muhim ekologik omillar hisoblanadi.

Tuproqning tarkibi va tuzilishi



Tuproq — suv, havo va tirik organizmlarning birgalikdagi ta’sirida litosferaning ustki qismi o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan o‘ziga xos tabiiy-tarixiy hosila. Tuproq hosil bo‘lgan jins (tog‘ jinsi) ona jins deyiladi. Dastlabki minerallar va jinslar tuzilishi yemiriladi,


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə