Ekologiya lotinda p65


Hayotiy muhim biogen moddalarning biogeokimyoviy davrlari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə7/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22

Hayotiy muhim biogen moddalarning biogeokimyoviy davrlari


71





maishiy sohalar ehtiyojiga sarflanadi. Shu tufayli, fotosintezni kuchaytirish, ko‘kalamzorlashtirish kabi chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish talab etiladi.


Azotning biogeokimyoviy aylanishi biosferaning barcha soha- larini qamrab oladi. Organizmlar azotni birikmalar holida, asosan, vodorod va kislorod bilan birikmalari shaklida o‘zlashtiradi.

Azotning atmosferadagi zaxirasi (78 %) amalda cheklanmagan. Redutsentlar (destruktorlar), aniqrog‘i, tuproq bakteriyalari nobud bo‘lgan organik moddalar oqsillarini ammoniy birikmalari, nitrat va nitritlarga aylantiradi. Nitratlarning bir qismi aylanma harakat davomida suv havzalariga tushib, ularni ifloslantiradi. Eng xavflisi, azot nitratlar va nitritlar shaklida o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilib, oziqlanish zanjiriga kiritilishi mumkin.

Fosfor va oltingugurtning tabiatda biogeokimyoviy aylanishi o‘ziga xos tarzda amalga oshadi. Odam faoliyati ta’sirida fosfor va oltingugurtning tabiatda aylanish jarayoni buzilishi mumkin. Masalan, mineral o‘g‘itlar qazib chiqarishda fosfor suvga tushib, evtrofikatsiya jarayonini kuchaytirishi mumkin.

Shunday qilib, biosfera gomeostazi tabiatda moddalarning turg‘un biogeokimyoviy aylanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. «Biosfera» nima va u Yerning boshqa qobiqlaridan nimasi bilan farq qiladi?

  2. Umumiy ekologik tizim (ekosfera) sifatida biosferaning abiotik va biotik tarkibiy qismlari nimalarni o‘z ichiga oladi?

  3. Biosfera chegaralarini tavsiflang.

  4. Tabiatda moddalarning katta aylanma harakati mohiyatini tushuntiring.

  5. Tabiatda suvning katta aylanma harakati qanday kechadi?

  6. Tabiatda moddalarning kichik aylanma harakati — biogeokimyoviy harakat mohiyatini tushuntiring.

  7. Quyosh energiyasi bilan bog‘lanish va uni o‘zida g‘amlab qo‘yish ibora- sining mohiyatini tushuntiring.

  8. Tabiatda uglerodning biogeokimyoviy aylanishini izohlang.

  9. Tabiatda azotning biogeokimyoviy aylanishini izohlang.

  10. Mahalliy materiallar asosida tabiatda moddalar aylanishiga misollar keltiring.


72



  1. bob. YERNING TABIIY EKOTIZIMLARI - BIOSFERANING MAKONIY BIRLIGI SIFATIDA


Biosfera tabiiy tizimlari tasnifi landshaft yon-
dashuvga tayanilgan holda ishlab chiqiladi. Buning
sababi shundaki, ekotizimlar tabiiy-geografik land-
shaftlarning ajralmas tarkibiy qismidir.


Landshaft (manzara, ko‘rinish) — muayyan hududda asosiy tarkibiy qismlari (litosferaning yuqori sathi, relyefi, iqlimi, suvlari, tuprog‘i, biotasi) murakkab o‘zaro bog‘lanishda bo‘lib, rivojlanish sharoitlari bo‘yicha bir jinsli yaxlit tizimni hosil qilgan tabiiy-geografik majmua.

Ekologiyada landshaft yondashuvi eng avval tabiatdan foy- dalanish maqsadlari yo‘lida katta ahamiyat kasb etadi. Landshaft- lar kelib chiqishiga ko‘ra ikki asosiy tipga: tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi.

Tabiiy landshaft faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllanadi va odam xo‘jalik faoliyati ta’sirida qayta o‘zgartirilmagan bo‘ladi. Tabiiy landshaftlarning quyidagi turlari farqlanadi:

  • geokimyoviy landshaft — kimyoviy elementlar va birikmalar tarkibi hamda miqdorining birligi asosida ajratilgan maydonni anglatadi;

  • oddiy landshaft — bir xil relyef, yerosti suvlari, o‘simlik va tuproq qatlamli maydonni bildiradi;

  • qo‘riqlanadigan landshaft — odam xo‘jalik faoliyati umuman yoki qisman taqiqlangan maydon.

Antropogen landshaft — odam xo‘jalik faoliyati ta’sirida qayta o‘zgartirilgan, natijada tabiiy tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar o‘zgargan sobiq tabiiy landshaft. Antropogen landshaftlarning quyidagi turlari farqlanadi:

  • agromadaniy landshaft (qishloq xojaligi landshafti) — tabiiy o‘simliklari qishloq xo‘jaligi ekinlari va madaniy daraxtlar bilan sezilarli darajada almashtirilgan maydon;

  • texnogen landshaft — qudratli texnika vositalaridan foydalanish bilan bog‘langan va odam xo‘jalik faoliyati bilan shartlangan


Tabiiy

ekotizimlar

tasnifi


73





tuzilishga ega bo‘lgan maydonlar (yerlarning buzilishi, sanoat
chiqindilari bilan ifloslanishi va h.k.);


  • yirik sanoat majmualarining muhitga ta’siri natijasida hosil
    bo‘lgan
    industrial landshaft ham shu turga kiradi; shahar land-
    shafti — binolar, ko‘chalar, istirohat bog‘lari qurilgan maydon.


Muayyan hududlardagi o‘simlik va hayvonot turlari maj-
muyi —
biom nuqtayi nazaridan biosferaning tabiiy ekotizimlari
quyidagicha tasniflanadi:

  1. Quruqlik biomlari:

  • Arktika va Alp tundrasi;

  • ignabargli o‘rmon;

  • mo‘tadil mintaqadagi bargi to‘kiladigan o‘rmon;

  • mo‘tadil mintaqa dashti;

  • tropik dasht va savanna;

  • chaparral (qishi yomg‘irli va yozi quruq hududlar);

  • o‘t-o‘lanli va butali cho‘l;

  • yarim doimiy yashil tropik o‘rmon;

  • doimiy yashil tropik yomg‘irli o‘rmon.

  1. Suv biomlari:

  1. chuchuk suv ekotizimlari: sokin suv ekotizimlari (ko‘l,
    hovuz va h.k.); oqar suv ekotizimlari (daryolar, irmoqlar, bu-
    loqlar); botqoqlik ekotizimlari (botqoq, botqoqlashgan o‘rmon);


  2. dengiz ekotizimlari: ochiq okean ekotizimi; qirg‘oqbo‘yi
    ekotizimi; baliq ovlanadigan hududlar ekotizimi; ko‘rfaz, bo‘-
    g‘oz va daryo manbayi ekotizimlari.


Yuqorida ta’kidlanganidek, biosferada qu-
ruqlik biomlarining o‘ndan ortiq turi farqlanadi.
Quyida o‘t-o‘lanli va butali cho‘l biomlari ha-
qida fikr yuritiladi.


O‘t-o‘lanli va butali cho‘l ekotizimlari O‘zbekiston hududining aksariyat qismini tashkil etadi. Cho‘lning asosiy mezoni — yiliga 200—250 mm.dan kam yog‘in yog‘ishi va ochiq suv yuzasidan yiliga 1000 mm.dan ortiq bug‘lanish sodir bo‘lishidir.

Cho‘lda asosan bo‘z va oqish-qo‘ng‘ir tuproqlar keng tarqalgan. Cho‘llar paydo bo‘lgan jinslariga ko‘ra, gilli, sho‘rxok, qumli va toshloq cho‘llarga ajratiladi.


Cho‘l

ekotizimlari


74





Cho‘lda, asosan, kserofill o‘tlar, chala buta, sukkulent va efe-
mer o‘simliklar o‘sadi. Hayvonlari (kiyiklar, ayrim qushlar) asosan
to‘da bo‘lib hayot kechiradi va ular suvsizlikka yaxshi moslashgan
(tuyalar). Cho‘lda sug‘orish ishlarini amalga oshirmasdan dehqon-
chilik qilib bo‘lmaydi. Yetarli quyosh yorug‘ligi sharoitida sug‘orish
tizimini yo‘lga qo‘yish orqali cho‘ldan yaxshi hosil olish mumkin.


Cho‘l ekotizimining biologik mahsuldorligi past: sof birlamchi
mahsulot — 10—250 g/m
2 (o‘rtacha 90 g/m2 ). Cho‘ldagi madaniy
yerlarda bu ko‘rsatkich 100—3500 g/m
2 (o‘rtacha 2000 g/m2)ni
tashkil etishi mumkin.


O‘zbekistonda chuchuk suv ekotizimlari: sokin
suv ekotizimlari (ko‘l, hovuz va h.k.), oqar suv
ekotizimlari (daryolar, irmoqlar, buloqlar) va
botqoq ekotizimlari mavjud.


Odamlar uchun chuchuk suv ekotizimlari katta ahamiyatga ega. Buning sabablari quyidagilar bilan izohlanadi:

  1. mintaqada chuchuk suvning nihoyatda taqchilligi;

  2. chuchuk suv maishiy va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yagona manba ekanligi;

  3. qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida (paxtachilik, sholichilik va h.k.) chuchuk suvdan keng foydalanish;

  4. chiqindilarni qayta ishlashning qulay va arzon tizimi ekanligi;

  5. tashqi muhit haroratini muvofiqlashtirib turishi va h.k.

Chuchuk suv muhitida harorat, tiniqlik, oqim, sho‘rlik kabilar asosiy cheklovchi omillar hisoblanadi. Suvda yashovchi hayvonlar suv harorati, tiniqligi va oqimiga nihoyatda ta’sirchan bo‘- ladi. Shuningdek, suvdagi kislorod miqdori, biogen tuzlar (nitrat va fosfatlar) ham cheklovchi omil bo‘lishi mumkin.

Chuchuk suv zootsenozining asosini baliqlar tashkil etadi. Suvdagi tuzlar «organizm — suv» tizimiga katta ta’sir ko‘rsatadi va uning miqdori yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yordan ortsa, suv hayvonlari, xususan, baliqlar uchun halokatli ta’sir ko‘rsatadi.

Suv havzalarida oziqlanish zanjiri (produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar) faoliyati yaxshi rivojlangan bo‘ladi.


Chuchuk suv ekotizimlari


75





Suv organizmlarini ekologik nuqtayi nazardan va suv havza- sida yashash joyi bo‘yicha quyidagicha tasniflash mumkin:


  • bentos — suv havzasining serbalchiq tubida yashovchi orga- nizmlar;

  • perifiton — suv ostidagi do‘ngliklar, suv o‘simliklari tanasi va yaproqlariga mahkam yopishib yashaydigan organizmlar;

  • plankton — suvda qalqib-suzib yashaydigan organizmlar;

  • nekton — suvda erkin ko‘chib, aralashib yuradigan organizmlar (baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar).

Quyosh yorug‘ligining suv havzasi tubigacha yetib borish ko‘r- satkichi suv ekotizimlari faoliyatida muhim o‘rin tutadi.

Fotosintez jarayonlari natijasida quyosh nuri suv havzasining tubigacha yetib boradigan qirg‘oqbo‘yi (litoral) qismlarida eko- tizimlarning jadal rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi.

Suvi oqar va tubi loysiz havzalarda perifiton hamda bentos- ning narsalarga yopishib yashaydigan shakllari ko‘proq uch- raydi. Oqar suv ekotizimlarida nekton guruhiga mansub organizmlar keng tarqalgan.

Suv oziqa muhitidir. U katta zichlikka va kuchli bosimga ega bo‘lib, quyosh nurini yutish xususiyatiga ega. Suv havzalarining tuz rejimi, oqish tezligi va boshqalar organizmlar hayotida mu- him ahamiyatga ega. Suv muhitida yashaydigan organizmlar uning umumiy xususiyatlariga moslashishi lozim bo‘ladi. Suv muhitida yashashga moslashgan organizmlar umumiy nom bilan gidrobiontlar deb yuritiladi.

Suv zichligi organizmlarning unga «tayanish» imkonini beradi, bu ayrim organizmlar, masalan, planktonlar (bir hujayrali suv- o‘tlari, meduzalar, molluskalar, mayda qisqichbaqa va baliqlar va h.k.) uchun katta ahamiyatga ega. Planktonlar oqimga qarshi harakat qila olmaydi, shuning uchun suv oqimi ularni uzoq masofa- larga olib ketadi. Nektonlar esa suv oqimiga qarshi suzish, tikkasiga harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, bir necha 10 metrdan ayrim hollarda 100 metrgacha harakat qilishlari mumkin (baliqlar, delfinlar).

Kislorod bilan to‘yingan suv tarkibidagi kislorod miqdori atmosferadagi kisloroddan 21 marta kam bo‘ladi. Shu sababli


76





gidrobiontlarning nafas olish jarayoni juda murakkabdir. Ular tanasi yoki nafas olish organlari — jabralari, o‘pkasi va traxeyasi orqali nafas oladi. Suvda yashaydigan organizmlarning ba’zi vakillari ham havoda, ham suvda nafas olish imkoniyatiga egadir. Ikki tomonlama nafas oladigan suv organizmlariga baliqlar, mol- luskalarning ayrim vakillari va qisqichbaqasimonlarni misol qilib keltirish mumkin. Suvda kislorod yetishmasa organizmlarga katta ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni gidrobiontlarning ko‘pchiligi halok bo‘ladi.


Agar suv tarkibidagi organik moddalar qoldiqlarining chirishi natijasida metan va CO2 ko‘payib ketsa, kislorod miqdori ka- mayadi, natijada suv havzalarining havo rejimi buziladi. Masalan, Amudaryoga dehqonchilikda foydalanilgan oqova suvlar oqizilishi tufayli suv tarkibida zaharli moddalar miqdori ortib ketishiga, natijada eng qimmatli baliqlardan biri hisoblangan bak- raning, sifatli mo‘yna beradigan ondatralarning yo‘qolib ketishiga sababchi bo‘lgan.

Keyingi yillarda oqova suvlarni suvo‘tlari yordamida tozalash mumkinligi to‘la isbotlandi. Masalan, xlorella suvdagi azot miqdorini 7—11,5 baravar, fosfor miqdorini esa 10—17,2 baravar kamaytirishi mumkin.

Ko‘l, hovuz kabi sokin suv ekotizimlarining qirg‘oqbo‘yi qismlarida produtsentlarning ikki turi: suv havzasi tagiga birikkan gulli o‘simliklar va oqib-qalqib yuruvchi yashil o‘simliklar — suv- o‘tlari mavjud bo‘ladi. Suv havzasi tagiga mustahkamlangan o‘simliklar ham ikki guruhga ajratiladi: bir qismi suv ustida joylashgan o‘simliklar (qamish, qo‘g‘a) va butun tanasi suv ostida joylashgan o‘simliklar (suvo‘tlari).

Suv havzasining qirg‘oqbo‘yi qismlarida konsument hayvonlar keng tarqalgan bo‘ladi. Masalan, perifiton guruhiga mansub bo‘lgan molluskalar, yumaloq chuvalchanglar, moxlar, hasharotlarning qurtlari, nekton guruhiga mansub bo‘lgan baqalar, samandarlar, toshbaqalar. Baliqlar hayotining asosiy qismini shu yerda o‘tkazadi va ko‘payadi. Baliqlarga yem bo‘ladigan zooplanktonlar — qisqich- baqasimonlar (dafniya va h.k.) ham shu joydan makon topadi.


77





Suv havzasi qirg‘oqlaridan uzoqlashgan sari fitoplanktonlar populatsiyasining zichligi fasllarga qarab o‘zgarib turadi. Masalan, bahorda diatom suvo‘tlari, yozda yashil, kuzda ko‘k-yashil suv- o‘tlari «gullaydi». Zooplanktonlardan o‘simlikxo‘r qisqichba- qasimonlar va yumaloq chuvalchanglar, qolganlari yirtqichlar, nektonlardan faqat baliqlar uchraydi.


Suv havzasi tubiga yorug‘lik yetib kelmaydi va organik mod- dalar to‘planadigan loyqada bakteriyalar va zamburug‘lar, shu- ningdek, hasharotlarning qurtlari, molluskalar, halqali chuval- changlar hayot kechirishi mumkin. Agar suv havzasi oqova suvlar bilan ifloslansa, qizil halqali chuvalchanglar soni ko‘payadi.

Ko‘llar — tabiiy chuchuk suv havzalari hisoblanadi. Ko‘llar quruqlikdan kelib tushadigan tabiiy biogen moddalar bilan doimiy ta’minlanib tursa, ularning mahsuldorligi yuqori bo‘ladi. Odatda, kichik ko‘llar birmuncha mahsuldor bo‘ladi. Hovuzlar turli xil chuqurliklarda paydo bo‘lib, ko‘pincha, yozda yoki qurg‘oqchil yillarda qurib qoladi. Suv omborlari gidroenergetika va gidro- melioratsiya maqsadlarida odam tomonidan barpo etiladi. Suv omborlari tabiiy ekotizim emas, ular tabiiy-texnik tizim hisoblanadi. Ularda issiqlik va biogen moddalar taqsimoti to‘g‘on tu- riga bog‘liq bo‘ladi. Agar suv tagigacha oqiziladigan bo‘lsa, suv ombori issiqlik to‘playdi va biogen moddalarni o‘zidan chiqarib yuboradi, agar suv to‘g‘onning yuzasi bo‘yicha oqiziladigan bo‘lsa, issiqlik chiqarib yuboriladi va biogen moddalar uning tagida to‘planadi.

Oqar suv ekotizimlari — daryolar, irmoqlar va buloqlar suvi oqishi, suv bilan quruqlik o‘rtasida moddalar almashinuvi tezligi, kislorodning nisbatan tekis taqsimlanganligi bilan tavsiflanadi.

Oqim tezligi daryolarda baliqlarning turli pana joylarga mos- lashib, tarqalishiga ta’sir ko‘rsatadi. Daryo — ochiq ekotizim, unga atrof-muhitdan juda ko‘p miqdorda organik moddalar doimiy tushib turadi. Oqar suv havzalarida yashovchi konsu- mentlar 60 % energiyani tashqaridan kirib kelgan moddalardan oladi. Suv havzalarining yoyilib oqadigan sayoz joylarida ipsimon suvo‘tlar va yaxshi suzuvchi organizmlar (gulmohi) yashaydi.


78





Botqoq ekotizimlari — botqoqlashgan chuchuk suvli may-
donlar — yerosti suvlari yoki atmosfera yog‘inlari hisobiga har
qanday past yerlarda vujudga kelishi mumkin. Ular, odatda, bot-
qoq o‘simliklari va butalar bilan qoplangan bo‘ladi.


Yer shari maydonining 70 % ini dengiz
(okean) muhiti qoplagan. Okeanning barcha
qismlari va nuqtalarida hayot mavjud, biroq ma-
teriklar va orollar atroflari turli xildagi suv


organizmlariga nihoyatda boy. Biroq chuchuk suvda yashaydigan
organizmlar dengizda, dengizda yashaydigan turlar esa chuchuk
suvda hayot kechira olmaydi.


Okeanlarda doimiy harakatdagi passat shamollari tufayli doimiy suv aylanishi sodir bo‘ladi. Shu sababli okeanlarning chu- qur qismlarida ham kislorod tanqisligi jiddiy kuzatilmaydi. Suvga kislorod, asosan, suvo‘tlari va havodan shimilib o‘tadi. Suvning ustki qismi tubiga nisbatan kislorodga boy bo‘ladi. Suv tarkibida tuzlar miqdori ortishi bilan uning harorati ko‘tariladi, kislorod miqdori esa kamayadi. Agar suv tarkibida bakteriya va mikroorganizmlar miqdori ko‘p bo‘lsa, kislorod ko‘proq o‘zlashtiriladi, natijada uning miqdori kamayib ketadi.

Masalan, okeanlarda 50—1000 metr chuqurlikda hayot ke- chiruvchi hayvonlar va bakteriyalarning ko‘p tarqalganligi, shuningdek, ularning hayotiy faoliyati tufayli ko‘plab kislorod o‘z- lashtirilishi natijasida bu qatlamda kislorodga to‘yinish jarayoni juda yomon kechadi. Suv muhitida yashaydigan ko‘pgina turlar kislorod miqdorining o‘zgarib turishiga bardosh bera oladi (masalan, molluskalarning ayrim turlari, baliqlardan zog‘ora baliq (sazan).

Okean suvlarining yuza qismida harorat o‘rtacha 10—15°C dan oshmaydi, suv havzalarining chuchuk qatlamlarida harorat ha- misha deyarli bir xil bo‘ladi. Ekvator atrofidagi suvlarning yuza qismida yillik o‘rtacha harorat 26—27°C atrofida, shimoliy va ja- nubiy qutbda esa 0°C va undan past bo‘lishi mumkin. Suvning ustki qatlamidagi harorat yil fasllariga qarab o‘zgarib turadi, pastki qatlamida esa issiqlik rejimi doimiy bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning yuqori qatlami bilan pastki qatlami harorati kes- kin farq qiladi


79


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə