Ekologiya lotinda p65


Dengiz (okean) ekotizimlari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə8/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22

Dengiz (okean) ekotizimlari





Suv hayvonlarining rangi ularning qaysi qatlamda yashagan- ligiga qarab o‘zgarib turadi. Suvning pastki qatlamlarida yashay- digan organizmlar asosan qizil rangda (dengiz okuni, har xil qis- qichbaqasimonlar) bo‘ladi. Bu moslashish suv organizmlarining o‘z dushmanlaridan himoyalanishida muhim o‘rin tutadi. Qirg‘oq bo‘yida yashaydigan organizmlar har xil rangda bo‘ladi


Okean suvo‘tlari, asosan, yorug‘lik yetarli bo‘lgan hududlarda o‘sadi. Boshqa suvo‘tlarga nisbatan qizil suvo‘tlari chuqur (20— 40 metr) joylarda hayot kechiradi. Suvning tiniqlik darajasi yuqori bo‘lsa, ular 100—200 metr chuqurlikda ham o‘sishlari mumkin.

Gidrobiontlar yorug‘lik kam va yetishmaydigan joylarda hayot kechirishlari tufayli ularning ko‘rish qobiliyati juda cheklangan bo‘ladi. Suvda tovush quruqlikdagiga nisbatan tez tarqaladi, shu- ning uchun ham suvda yashaydigan organizmlarda tovushning tarqalishiga qarab mo‘ljal olish ko‘rish xususiyatiga nisbatan juda yaxshi rivojlangan.

Ko‘pchilik gidrobiontlar oziqa topishda va mo‘ljal olishda exo- lokatsiyadan foydalanadilar (kitsimonlar). Ular qaytarilgan tovush to‘lqinlari hamda elektr impulslarini qabul qilish orqali ham mo‘ljal oladi. Baliqlarning 300 dan ortiq turi shunday xususiyatga ega. Shunday turlar borki, ular juda ham past darajadagi tovush to‘l- qinlarini tutib oladi. Bunday tovush to‘lqinlari ritm o‘zgarishi bilan hosil bo‘ladi. Ayrim organizmlar dengizda kuchli dovul ko‘tarilishi- dan oldin dengiz tubiga tushib ketadilar (masalan, meduzalar).

Suv muhitida yashaydigan sutemizuvchilar, baliqlar, mollus- kalar, qisqichbaqalar ovoz chiqaradi. Tovush signallari turlar o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bu xususiyat loyqa suvda yashaydigan bentos or- ganizmlarda juda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Suv hayvonlariga xos bo‘lgan mo‘ljal olishlardan yana biri hidga qarab mo‘ljal olish hisoblanadi. Masalan, baliqlar hid bilishlari tufayli juda aniqlik bilan uvildiriq sochadigan va oziqlanadigan joylarini izlab topadi.

Okeanlarning qirg‘oq bo‘yi qismlarida Quyosh va Oyning tortish kuchi ta’sirida vujudga kelgan suvning ko‘tarilishi va qay- tishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ular suv biotsenozlari hayotida davriylikni («biologik soatlar») vujudga keltiradi.


80



Okean suvining o‘rtacha sho‘rligi 35 g/l. Uning taxminan 25 % ini
natriy xlorid, qolgan qismini sulfatlar, karbonatlar va bromidlar
tashkil qiladi. Suv tarkibida tuzlar miqdori o‘zgarsa, organizmlar
o‘zlari uchun qulay muhitga ko‘chadilar. Masalan, agar kuchli
yomg‘ir tufayli dengiz suvining yuza qatlamlarida tuz miqdori
kamayib ketsa, dengiz qisqichbaqasi 100 metrgacha chuqurlikka
tushishi mumkin. Dengiz suvlariga ishqoriy muhit xos
(pH =8,2).

Dengiz biotalarining tabaqalashuvida uning chuqurligi asosiy
omil bo‘lib, 200 m.gacha bo‘lgan materik shelfi (qirg‘oq bo‘yi
hududlari) suv hayvonlariga eng boy hisoblanadi. Okean orga-
nizmlari asosan plankton, nekton va bentos guruhlariga mansub
bo‘ladi. Yirik hayvonlarining aksariyati yirtqich hisoblanadi. Okeanda
biogen moddalar juda kam bo‘lib, ular kuchli cheklovchi omil
hisoblanadi.


Har xil chuqurlikda yashaydigan turlar 100 atm bosimiga qa-
dar bardosh berishi mumkin. Masalan, chuchuk suvlarda yashay-
digan tufelkalar 100 atm bosimiga bardosh bersa, dengiz va
okeanlarda yashaydigan ayrim organizmlar (baliqlar, molluska-
lar, qisqichbaqalar, dengiz yulduzlari) eng chuqur joylarda hayot
kechirib, 400—500 atm bosimiga qadar bardosh bera oladi.


Bundan 3 mlrd yil avval okeanda paydo bo‘lgan hayot biosfera
shakllanishining ibtidosi bo‘lgan.


Yuqorida keltirilgan tabiiy ekotizimlar tavsifi
shundan dalolat beradiki, ekotizimlar va land-
shaftlarning bir butunligi — biosferaning bir bu-
tunligini ta’minlaydi.


Landshaftlar umumiy energetikasining o‘zga-

rishi, masalan, yog‘inlar miqdori va haroratning o‘zgarishi biosfe-
raning boshqa tarkibiy qismlari o‘zgarishiga olib keladi. Masalan,
Janubiy Amerikada joylashgan Atakama cho‘lida (yog‘in miqdori
yiliga 10—50 mm) okeandagi sovuq va issiq oqimlar ta’sirida yog‘in
miqdori ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli ko‘p bo‘lsa,
Afrikada joylashgan Sudan, Efiopiyada qurg‘oqchilik bo‘lishiga olib
keladi. Bu shundan dalolat beradiki, tabiatdan to‘g‘ri foydala-
nishning amaliy vazifalarini hal etishda
biosfera yaxlitligi qonunini,
albatta, hisobga olish kerak bo‘ladi.


Biosferaning

bir

butunligi


81





Mazkur qonunga amal qilmaslik oqibatini tanazzulga uchra- gan Orolbo‘yi ekotizimlari misolida yorqin tasavvur etish mumkin. Orol dengizining qurishi va Orolbo‘yidagi cho‘lga aylanish ja- rayonlari tabiiy qonuniy hodisa emas, balki sobiq sho‘ro tuzumi davrida O‘zbekistonning xomashyo va paxta yetishtirish o‘lkasiga aylantirilganligi hamda suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘langan antropogen ta’sirlar oqibatidir.


Biosferaga ko‘rsatilayotgan salbiy ta’sirlarga oid misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Xususan, sayyoramizda quruqlik may- donining taxminan yarmi antropogen landshaftlarga aylantirilgan.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. «Landshaft» nima va ekologiyada landshaft yondashuvining mohiyati nimadan dalolat beradi?

  2. Tabiiy landshaftlar antropogen landshaftlardan nimasi bilan farq qiladi?

  3. Landshaftlar tasnifini bayon eting.

  4. «Biom» nima? Ularning tasnifini keltiring.

  5. O‘t-o‘lanli va butali cho‘l biomlarini tavsiflang.

  6. Odamlar uchun chuchuk suv ekotizimlari qanday ahamiyatga ega?

  7. Suv organizmlarining yashash joyi qanday xususiyatlarga ega? Gidro- bionlar mazkur belgisi bo‘yicha qanday tasniflanadi?

  8. Chuchuk suv ekotizimlariga tavsif bering.

  9. Chuchuk suvda yashaydigan organizmlar dengizda, dengizda yashaydigan turlar esa chuchuk suvda hayot kechira olmasligini isbotlang.

  10. Okean (dengiz) suvlari qanday xususiyatlarga ega? Organizmlarning ularga moslashishiga oid misollar keltiring.

  1. bob. BIOSFERA EVOLUTSIYASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI


Biosfera — Yerda hayot paydo bo‘l-
ganidan boshlab bir necha milliard yillar
davomida tadrijiy rivojlanish natijasida hosil
bo‘lgan biologik tuzilmalar majmuyi va tirik


organizmlar bilan uzluksiz almashinishda bo‘ladigan moddalardan
tashkil topgan umumiy tizim bo‘lib, Yer kurrasining noyob qobig‘i
hisoblanadi.



V.I. Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limoti


82





Bu tushuncha V.I. Vernadskiyning (1863—1945) biosfera haqidagi ta’limotiga asoslanadi. Uning tasavvuriga ko‘ra, biosfera quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tirik tabiat (barcha tirik organizmlar); biogen moddalar (ko‘mir, ohaktosh, neft va h.k.); qotib qolgan moddalar (ularning paydo bo‘lishida organizmlar ishtirok etmaydi, masalan, magmatik tog‘ jinslari); biologik qotib qolgan moddalar (tirik organizmlar yordamida hosil bo‘lgan moddalar); radioaktiv moddalar; koinot moddalari (meteoritlar, asteroidlar va h.k.); tarqoq (kuchsiz) atomlar. Moddalarning shu turlari bir-biri bilan geologik bog‘langan bo‘ladi.

V.I. Vernadskiy ta’limotining mohiyati shundaki, Yer sayyorasi- ning qayta o‘zgargan qiyofasida «tirik moddalar»ning o‘ziga xos xizmatini tan olishdan iboratdir. Aynan tirik organizmlar Quyoshning nurli energiyasidan foydalanib, tabiatda cheksiz rang-baranglik yaratgan.

Ta’limotning ikkinchi muhim qirrasi, jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro aloqadorligi, organizm va muhitning o‘zaro moslashuvida namoyon bo‘ladigan biosferaning birligi va batartibligidir.

Ta’limotining uchinchi muhim jihati uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi tasavvur hisoblanadi. Hozirgi kundagi biosfera birdaniga paydo bo‘lgan emas, balki abiotik va biotik omillarning domiy o‘zaro ta’siri jarayonida uzoq davom etgan evolutsiya natijasidir.

Olimning biosfera evolutsiyasi haqidagi g‘oyalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

  1. Dastavval litosfera — atrof-muhit nishonasi, keyin yerda hayot paydo bo‘lgach, biosfera shakllangan.

  2. Hozirgi tirik mavjudotlar o‘tgan geologik davrlardagi tirik moddalar bilan genetik bog‘langan.

  3. Tirik organizmlar — yer po‘stida kimyoviy elementlarning ko‘chib yurishini ta’minlovchi bosh omildir.

  4. Organizmlar faoliyatining samarasi shundaki, ularning soni cheksiz katta bo‘lib, cheksiz katta vaqt oralig‘i davomida harakat qiladilar.

  5. Biosferadagi jarayonlar rivojini harakatga keltiruvchi asosiy omil tirik moddalarning biokimyoviy energiyasidir.

V.I. Vernadskiy ijodining gultojisi noosfera, ya’ni aql sferasi haqidagi ta’limot bo‘lgan.


83





Turli darajadagi ekotizimlar va eng katta
ekotizim — biosferada kechadigan jarayon-
larga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi:


  1. allogen (tashqi) omillar — geologik

va iqlim omillari;

  1. avtogen (ichki) omillar — faqat tirik mavjudotlar bilan shartlangan jarayonlar.

Bu omillarning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida tur ichidagi, tur- lararo va biosfera darajasida biologik xilma-xillik shakllangan. Biosfera (ekosfera) barqarorligining asosi — uni tashkil etuvchi ekotizim- larning xilma-xilligidir.

Meteoritlar va asteroidlar kimyosiga oid ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, quyosh tizimining dastlabki rivojlanish bosqichlarida organik moddalarning paydo bo‘lishi o‘ziga xos va oddiy hodisa bo‘lgan.

Qudratli ultrabinafsha nurlanishlar ta’sirida sintezlangan organik moddalardan eng sodda anaerob organizmlar paydo bo‘lib, Yerning dastlabki ekotizimi ularni o‘z ichiga olgan. O‘sha paytda atmosferada kislorod, shunday ekan, ozon qatlami ham bo‘lmagan.

Eng sodda anaeroblar (achitqiga o‘xshash) bundan 3,5 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan va bu davrda hayot kislorodsiz atmosferada faqat suv qatlamlarining ultrabinafsha nurlanishlardan himoya- lanishi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan. Bu sodda organizmlar kichik suv havzalarining issiq manbalarida keragidan ortiq bo‘lgan organik moddalar bilan oziqlangan. Organik oziq moddalar sodda organizmlarda samoviy sintezni vujudga keltirgan.

Shunday qilib, biosfera asoslari gidrosferada vujudga kelgan va dastlab geterotrof tabiatli bo‘lgan. Mavjud shart-sharoitlar eng sodda organizmlarning ko‘payib, turli yashash sharoitlariga tar- qalishini ta’minlagan. Tarqalish, kengayish va oziq tanqisligi bilan shartlangan tanlanish «bosimi» bundan 3,5 mlrd yil oldin fotosin- tezning paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Prokariotlar — ko‘k-yashil suvo‘tlari dastlabki avtotrof organizmlar bo‘lgan. 1,5—2 mlrd yildan keyin dastlabki bir hujayrali eukariot organizmlar paydo bo‘lgan va azaldan mavjud bo‘lgan tanlanish hukmronligida avtotrof suvo‘tlari populatsiyasining bir- dan ko‘payishi yuz bergan. Bu jarayon suvda kislorodning ko‘-


84


Biologik xilma- xillik — evolutsiya natijasi sifatida





chilik olimlar Homo sapiens ikki kenja turga: neandertal va hozirgi odamga bo‘lingan, deb hisoblashadi (9.1-rasm). 4 mlrd yillik tirik tabiat taraqqiyotida atigi 3,5—5 mln yil oldin odam, Homo sapiensning paydo bo‘lishi nisbatan uzoq davr emas.







9.1-rasm. Yerda odamning paydo bo‘lishi.


Dastlabki odam o‘zini tabiat bilan birgalikda his qilgan. Tirik- chilik yo‘lida ovchilik va o‘simlik mevalarini yig‘ish bilan shu- g‘ullangan, vaqtinchalik kichik manzilgohlar qurib, o‘simlik va boshqa oziq moddalarga boy maydonlarga ko‘chib yurishgan. Bu



90





vaqtda odam o‘zini o‘rab turgan tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsat- magan. Shuningdek, bundan 1,5 mln yil oldin odamning umr uzoqligi 20 yildan ortiq bo‘lmagan, umumiy soni esa 500 mingdan oshmagan. Bunga odamning o‘z-o‘zidan tartibga solinuvchi tabiiy kuchlar hukmronligi muhitida yashaganligi sabab bo‘lgan.


Odam ham, istalgan tur kabi, nafaqat atrof-muhitga bog‘lan- gan, balki unga ta’sir ham ko‘rsatgan. Biroq odamning hayvonlardan farqli tomoni shundaki, u aqlga ega mavjudot. Aql odamga oziq resurslari yetishmovchiligini bartaraf qilish imkonini bergan: qish- loq xo‘jaligi — chorvalik va dehqonchilik rivojlana boshlagan. Bu hodisa taxminan 10 ming yil oldin ro‘y bergan. Aynan shu davrda odam o‘ziga qarashli bo‘lgan ekologik tizimni yarata boshlagan.

Odamning fikrlash va zaruriy mehnat qurollarini yaratish qobiliyati oddiy abiotik va biotik omillar ta’sirini yengib chiqi- shiga imkon bergan. B. Nebelning ta’kidlashicha, odam bu ta’si- rotlarni bartaraf etib: oziq mahsulotlari serobligini ta’minlagan; suv omborlari qurib, aholi yashash joylariga suv keltirgan; yirt- qichlarga qarshi kurash vositalarini yaratgan; o‘ziga yashash ma- koni qurib, isinish va sovishni o‘rgangan; boshqa turlar bilan raqobat kurashida g‘olib bo‘lgan.

Odam tabiatdagi cheklovchi omillar ta’sirini bartaraf etish usullarini o‘rgangan bo‘lsa-da, ularning ustidan 100 % g‘alabaga erishmagan. Masalan, odam iqlim omillariga (sovuq, issiq, qurg‘oqchilik, namgarchilik va h.k.) hamisha qaram bo‘lib kelgan. Biroq odam sun’iy yashash muhitini qay darajada qulay yarat- masin, tabiat hamisha inson mavjudligining bosh omili, uning yashash muhiti bo‘lib qolaveradi.

Homo sapiensning genetik dasturi odamni biologik tur si- fatida aniqlab bergan. Genetik dastur DNK molekulalariga yozil- gan bo‘lib, eng noyob tabiiy resurs hisoblanadi. Odam DNKsi avloddan avlodga o‘tishida turli xil genetik jarayonlarga:

  1. DNK tuzilmasini o‘zgartiruvchi mutatsiya jarayoniga;

  2. genlar migratsiyasiga — boshqa populatsiyalardan genlar- ning kelishi yoki ketishiga;


91





  1. genlar dreyfi (siljishi) — genlar chastotasining tasodifiy
    tebranishiga;


  2. tabiiy tanlanish — genetik belgilar moslashuviga jalb etiladi.

Demak, odam irsiyati, genofondi va genotipini muhofaza etish


uning biologik tur sifatida mavjudligini ta’minlaydi.

Odam evolutsiyasiga uning atrofida yaratilgan sun’iy muhit o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Odam buyuk yaratuvchi sifatida o‘zi uchun
qulay yashash muhiti — sun’iy shahar (urbanizatsiya) tizimlarini
vujudga keltirgan. U o‘zi uchun, hayvonlardan farq qilgan holda
keng ekologik maskan sharoitlarini yaratgan. Biroq atrof-muhit-
ning turli omillar ta’sirida majmuaviy ifloslanishi odamning yangi
sharoitlarga (maskanga) moslashish imkoniyatlarini cheklaydi.
Bunday nomuvofiqlik natijasida qattiq hayajon (stress) holati
vujudga kelib, odamning kasallanishi yoki genetik buzilishlar ro‘y
berishi mumkin. Shu sababli, odamning yashash muhiti sharoiti
uning salomatligi holati bilan o‘lchanadi va baholanadi.


Yerdagi jami odam insoniyat (sotsium)
deb ataluvchi populatsiya tizimini hosil qi-
ladi. Mazkur populatsiyaning o‘sishi tabiiy
resurslar va hayot shart-sharoitlari, ijti-


moiy-iqtisodiy va genetik mexanizmlar bilan cheklangan. Biroq
odam mazkur cheklovchi omillarni bilgani holda ularning aha-
miyatiga yetarlicha e’tibor qaratmayapti.


Yerda aholi sonining o‘sishi uzluksiz davom etmoqda. Agar o‘tgan asrning 60-yillarida sayyoramizda 3 mlrd.dan ortiq aholi yashagan bo‘lsa, hozirgi kunda 7 mlrd.dan ko‘p aholi istiqomat qiladi. O‘tgan asrning 60-yillarida aholining yillik o‘sishi 50 mln kishini tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda 100 mln kishidan ortib ketgan. Bu odam populatsiyasining «demografik portlash» holatida ekanligidan darak beradi. Boshqacha ifodalasak, bundan taxminan

  1. ming yil oldin Yerda 10 mln odam yashagan bo‘lsa, eramizning boshlarida 200 mln, XVII asr o‘rtalarida esa 500 mln kishiga yetgan.

Odam o‘z hayotida cheklovchi omillar ta’sirini kamaytira bo- rib, shu tariqa XIX asr o‘rtalarida o‘z populatsiyasi sonini mil


Odam populatsiyasi tavsifi


92





liard miqdoriga yetkazdi. XX asrda ro‘y bergan turli kasalliklar,
ochlik, urush kabi mahalliy va mintaqaviy halokatlarga qaramasdan
odam texnologik, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar yordamida
yashashga qulay hayot muhitlarini vujudga keltirdi va oqibatda,
dunyo aholisi soni hozirgi kunda ham to‘xtovsiz oshib bormoqda.


Demograf olimlarning bashoratiga ko‘ra, aholining o‘sish
sur’ati hozirgidek saqlanib qolsa, XXI asrning 40—50-yillarida
jahon aholisi soni odam populatsiyasining eng so‘nggi biologik
sig‘imiga (12—15 mlrd kishi) yetib keladi, bu esa, o‘z navbatida,
odam populatsiyasi hayotida muayyan qiyinchiliklarni keltirib
chiqarishi mumkin.


Resurs — odamning o‘z ehtiyojlari va
istaklarini qondirish maqsadida tabiiy mu-
hitdan oladigan barcha narsalari. Odam eh-
tiyojlarini shartli ravishda
moddiy va ma’na-
viy
ehtiyojlarga ajratish mumkin.

Tabiiy resurslar — odamning moddiy farovonlik va sifatli hayot kechirishi yo‘lida foydalanadigan tabiiy obyektlar va hodisalar. Tabiiy obyekt va hodisalar — odam tomonidan resurs sifatida foydalaniladigan turli xil jismlar va tabiat kuchlari majmuyi. Boshqacha aytganda, inson tomonidan foydalaniladigan tabiiy resurslar ahamiyati, kelib chiqishi va foydalanish usullariga ko‘ra xilma-xildir:

  1. Kelib chiqish manbalariga ko‘ra, biologik, mineral va ener- getika resurslari farqlanadi.

Biologik resurslarga barcha tirik mavjudotlar: produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar mansub bo‘lib, ular odamlarning moddiy va ma’naviy farovonlik manbayidir. Ularga ovchilik obyekt- lari, madaniy o‘simliklar, uy hayvonlari, go‘zal landshaftlar, mikroorganizmlar va tabiiy o‘simlik va hayvonot dunyosi kiradi.

Mineral resurslar — xo‘jalik yuritishda mineral xomashyosi yoki energiya manbayi sifatida foydalaniladigan iste’molga yaroqli litosfera moddalari. Mineral xomashyolar rudali (metall) va noruda (nometall) bo‘lishi mumkin. Agar mineral resurslardan yoqilg‘i (ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, yog‘och, atom energiyasi) sifatida foydalaniladigan bo‘lsa, ular yoqilg‘i-energetika resurslari deyiladi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə