Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72


O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O‘RTA
MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI
O‘RTA  MAXSUS,  KASB-HUNAR  TA’LIMI  MARKAZI
Sh.M. AVAZOV
EKOLOGIYA VA ATROF-
MUHIT MUHOFAZASI
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
3-nashr
Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2014


2
UO‘K: 629.331. (075)
KBK 41ya722
A69
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Ushbu  darslikda  ekologiya  va  atrof-muhit  muhofazasi  haqida  asosiy  tu-
shunchalar berilgan. O‘quv adabiyoti nazariy va amaliy qismdan iborat bo‘lib,
unda  ekologiya,  atrof-muhit  muhofazasi  va  tabiatdan  foydalanishning  asosiy
masalalari  va  muammolari  qarab  chiqilgan.  Xususan,  organizmlar,  ularning
muhit bilan o‘zaro ta’siri, populatsiyalar, biotsenozlar, ekologik tizimlar, biosfera
va uning evolutsiyasi, odam ekologiyasi,  biosferaga antropogen ta’sirlar, atrof-
muhit muhofazasi va tabiatdan to‘g‘ri foydalanishning asosiy tamoyillari, agro-
ekologiya asoslari, yerdan foydalanish va atrof-muhit himoyasi, ekologiya huquqi
asoslari kabi masalalar tavsifi bayon etilgan.
Shuningdek, darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar,
oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va o‘quvchi-talabalariga ham tavsiya eti-
ladi.  U  tabiatdan  foydalanish  va  atrof-muhit  muhofazasi  masalalari  bilan
shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun ham zarur.
ISBN 978-9943-16-149-8
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2003-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2014-y.
S.S. FAYZULLAYEV — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti «Biologiya va uni o‘qitish metodikasi»
kafedrasi  professori,  biologiya  fanlari  nomzodi;
Q.B.  BOBOJONOVA  —  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi
markazi «Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish va ta’lim
yo‘nalishlarini bir xillashtirish boshqarmasi» bosh mutaxassisi.
Òaqrizchilar:


3
SO‘ZBOSHI
Keyingi yarim asr mobaynida jahonda ro‘y bergan ekologik xavfli
jarayonlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Xususan, Orol va
Orolbo‘yi  hududi  ekologik  tanazzulga  yuz  tutmoqda,  yerlarning
cheklanganligi, sho‘rlanganligi va sifat tarkibi pastligi bilan bog‘liq
xavflar  oshmoqda,  shamol  va  suv  ta’sirida  yemirilish  tuproq
unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, atmosfera havosi va chuchuk
suv  zaxiralari  taqchilligi  va  bunday  sharoitda  uning    ifloslanishi
ro‘y bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2014-
yil 28—29-oktabrda Urganch shahrida «Orol dengizi mintaqasidagi
ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlan-
tirish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Orol fojiasi
chuqur tahlil etilganligi va uning mintaqa aholisi va tabiatiga salbiy
ta’sirlarini  kamaytirish,  bioxilma-xillikni  saqlash,  mintaqada
cho‘llanishga qarshi kurashish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan
foydalanish, hayvonot va o‘simlik olamini asrab-avaylash borasida
keng  qamrovli  ishlar  amalga  oshirilayotganligi  ta’kidlanib,  Orol
inqirozining atrof-muhit va bu yerda yashayotgan millionlab aholi
hayotiga halokatli ta’sirini, xususan, puxta o‘ylangan, aniq manzilli
va moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlangan loyihalarni amalga
oshirish orqali kamaytirish bugungi kunning eng muhim vazifasi
sifatida belgilandi.
«Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi» darsligining zaruriyati
shundaki, XXI asrda atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona
foydalanish va barqaror rivojlanish masalalarining yechimi ommaviy
ekologik  savodxonlikni,  barcha  fanlarni,  shu  jumladan,  qishloq
xo‘jaligi yo‘nalishidagi fanlarni ham ekologiyalashtirishni taqozo
qilmoqda.


4
Kirish.  EKOLOGIYA  VA  ATROF-MUHIT
MUHOFAZASINING  MUXTASAR  TAVSIFI
Ekologiya  (yunon.  oikos  —  yashash  mu-
hiti, turar joyi; logos — ta’limot) — tirik mav-
judotlarning yashash shart-sharoitlari va orga-
nizmlar bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro muno-
sabatlarni o‘rganadigan fan. Azaldan ekologiya biologiya fanining
tarkibiy qismi sifatida kimyo, fizika, geologiya, geografiya, tup-
roqshunoslik kabi boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq-
likda rivojlanib kelgan.
Ekologiyaning  mavzu  bahsi  (predmeti)  organizmlar  bilan
muhit  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘lanishlar  majmuyi  yoki  tuzilishi
hisoblanadi. Ekologiyaning asosiy o‘rganish obyekti — ekologik
tizimlar (ekotizimlar), ya’ni tirik organizmlar bilan ularning yashash
muhitidan tashkil topgan tabiiy majmualardir. Bundan tashqari,
uning sohasiga organizmlarning ayrim turlari (organizm darajasi),
ularning populatsiyasi, ya’ni bir turga mansub zot yoki navlar maj-
muyi  (populatsiya-tur  darajasi)  va  biosferani  bir  butun  (biosfera
darajasi)  o‘rganish  ham  kiradi.
Ekologiya biologiya fanining asosiy, an’anaviy qismi sifatida
istalgan tirik organizm (odam) bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro mu-
nosabatlarning  umumiy  qonuniyatlarini  o‘rganadigan  umumiy
ekologiya hisoblanadi. Umumiy ekologiya tarkibida quyidagi asosiy
bo‘limlar ajratib ko‘rsatiladi:
• autekologiya  —  ayrim  organizm  (tur)ning  atrofdagi  muhit
bilan o‘ziga xos aloqalarini o‘rganadi;
•  populatsiya  ekologiyasi  —  ayrim  turlar  populatsiyasining
tuzilishi va o‘zgarish sur’atini o‘rganadi;
Ekologiyaning
mavzu bahsi
va vazifalari


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə