Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72

46
Har  bir  hayvon  o‘z  hududini  saqlashga  va  o‘ljasini  tutishga
sarflanadigan hamda oziqlanishdan olinadigan energiya balan-
siga rioya qiladi. Hayvonlar oziqa miqdori kamayganda o‘z hu-
dudini kengaytiradi (odam, masalan, «qo‘riq yer» ochadi). Hay-
vonlarning bunday xulq-atvori hududiy xulq-atvor deyiladi. Hay-
von qanchalik yirik bo‘lsa, unga shuncha katta maydon zarur bo‘-
ladi.  Shu  sababli  zotning  tana  o‘lchami  qancha  katta  bo‘lsa,
populatsiya zichligi shuncha kichik bo‘ladi.
Hududiy  chegaralar  nihoyatda  o‘zgaruvchan  bo‘lishi  mum-
kin.  Lokal  populatsiyalar  deb  ataladigan  ko‘chmas  hayvonlar
(kemiruvchilar,  molluskalar)  chegarasini  aniq  belgilash  mum-
kin.  Ko‘chib  yuradigan  hayvonlar,  masalan,  bug‘ular,  qushlar-
ning hududiy chegaralarini aniqlash g‘oyat qiyin.
«Yirtqich—qurbon»  koevolutsiyasida  muvozanat  yirtqich  to-
monga siljib, qurbon hududi torayib boradi, bir tur ikkinchi turni
hududdan siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu turlararo raqobatdir.
Populatsiya  mavjudligining  muhim  shartlaridan  biri  uning
muhit omillariga chidamliligi hisoblanadi. Har xil zot yoki nav-
ning chidamliligi turlichadir. Shu sababli populatsiya barqarorligi
ayrim tur yoki zot chidamliligiga nisbatan sezilarli katta bo‘ladi.
O‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar qandaydir vaqt
oralig‘idagi  populatsiyada  kechadigan  jarayon-
larni tavsiflaydi. Òug‘ilish, o‘lish va o‘sish tezligi
populatsiyaning  asosiy  o‘zgaruvchan  ko‘rsat-
kichlari hisoblanadi.
Òug‘ilish yoki tug‘ilish tezligi — populatsiyada vaqt birligi ichida
tug‘ilgan  zotlar  soni.  Organizmlarning  ko‘payish  jadalligi  tur-
licha bo‘lib, bakteriyalar — soat, fitoplanktonlar — sutka, hasha-
rotlar — hafta yoki oy, yirik sutemizuvchilar — yil davomida ko‘-
payishi  mumkin.
O‘lim  miqdori  yoki  o‘lish  tezligi  —  populatsiyada  vaqt  birligi
ichida nobud bo‘lgan zotlar soni. Organizmlarning o‘lish jadalligi
ham turlicha bo‘lib, ular turli xil ekologik omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Populatsiyada organizmlarning ko‘payishi yoki kamayishi na-
faqat tug‘ilish yoki o‘lishga, balki ularning vaqt birligi ichida ko‘chib
Populatsiyaning
o‘zgaruvchan
ko‘rsatkichlari


47
kelish va ko‘chib ketish tezligiga ham bog‘liqdir. Sonning ortishi,
ko‘payishi muayyan vaqt davomida tug‘ilgan va ko‘chib kelgan zotlar
soniga, sonning kamayishi, qisqarishi esa muayyan vaqt davomida
nobud bo‘lgan va ko‘chib ketgan zotlar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Populatsiyada son o‘zgarishining oniy tezligi (a) oniy solishtirma
tug‘ilish (b) va o‘lish (d) ko‘rsatkichlarining nisbati orqali aniqlanadi:
a=b–d.
Son o‘zgarishining oniy tezligini aniqlash asosida popula-
tsiya sonining holati, ko‘payishi yoki kamayishi to‘g‘risida xulo-
salar  chiqariladi.  Masalan,  O‘rta  Osiyoda  hayot  kechiradigan
ko‘pchilik hasharotlar bir yilda bir necha marta nasl, ya’ni avlod
beradi. Jumladan, g‘o‘za, makkajo‘xori, beda, sabzavot va poliz
ekinlariga  katta  zarar  yetkazadigan  kuzgi  tunlam  hasharoti  bir
yozda 4—5 marta avlod qoldiradi. G‘o‘za tunlami ham bir yozda
o‘zidan bir necha avlod qoldirish qobiliyatiga ega.
Òur  hayoti  davomiyligi  mavjud  hayot  sha-
roitlariga (omillariga) bog‘liq bo‘ladi. Fiziologik
va eng ko‘p hayot davomiyligi farqlanadi.
Fiziologik hayot davomiyligi — organizmning
faqat fiziologik imkoniyatlari asosida aniqlanadi. Agar organizmga
hayoti davomida cheklovchi omillar ta’sir ko‘rsatilmagan deb fa-
raz etilsa, fiziologik hayot davomiyligini nazariy jihatdan hisoblab
chiqish  mumkin.
Eng ko‘p hayot davomiyligi — zot yoki navning ekologik muhit
sharoitlarida ozgina bo‘lsa-da, ma’lum vaqtgacha yashashi mum-
kinligi. Bu kattalik har xil vaqt o‘lchamlarini: bakteriyalarda bir
necha minutni, daraxtlarda (sekvoya) esa bir necha ming yillarni
o‘z ichiga oladi. Odatda, o‘simlik yoki hayvon tanasi qanchalik
katta bo‘lsa, ularda hayot davomiyligi shuncha katta bo‘ladi (ayrim
istisnolarga qaramasdan, masalan, ko‘rshapalaklar ayiqlarga nis-
batan ko‘proq — 30 yilgacha yashashi mumkin).
Hindiston  fillari  hayotining  8—12  yili  jinsiy  jihatdan  to‘liq
voyaga  yetib,  ular  60—70  yil  yashaydi.  Urg‘ochilari  taxminan
har 4 yilda bitta, ayrim hollarda ikkita bola tug‘adi. Fillar poda-
Hayot
davomiyligi


48
sida katta yoshdagilar soni taxminan 80 % ni, bolalari esa 20 % ni
tashkil qiladi. Agar tur ko‘proq avlod bersa, ular o‘rtasidagi yosh
bo‘yicha  munosabatlar  boshqacha  kechishi  mumkin.  Popula-
tsiyada  hayot  davomiyligi  hamisha  murakkab  bo‘ladi,  bunday
murakkablikni  har  xil  avlod  vakillari  va  ularning  har  xil  yoshli
avlodlari keltirib chiqaradi.
Organizmlarda yosh bilan bog‘liq holda tug‘ilish va o‘lish jid-
diy o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni «omon qo-
lish jadvali» yoki «demografik jadval»dan olish mumkin bo‘ladi.
Yashashning  ekologik  mohiyati  —  organizmlarning  omon
qolib,  yashashga  intilishidir.  Yashashning  bir  qancha  ekologik
strategiyalari ishlab chiqilgan. Masalan, L.G. Ramenskiy o‘tgan
asrning  30-yillarida  o‘simliklar  o‘rtasida  yashash  ehtimolligini
oshirishga va o‘zidan keyin nasl qoldirishga yo‘naltirilgan omon
qolishning uch asosiy strategiyasini aniqlagan:
•  violentlar  (zo‘rakilar)  —  barcha  raqiblarni  bo‘ysundiradi,
masalan, o‘rmon hosil qiluvchi asosiy daraxt;
• patiyentlar (yalqovlar) — noqulay sharoitda yashashga xu-
susiyatli  turlar  (soyasevarlar,  sho‘rsevarlar  va  h.k.);
• eksplerentlar  (to‘ldiruvchilar)  —  to‘pda  buzilishlar  bo‘lgan
joyda  (masalan,  daraxtlar  kesilgan,  yong‘in  bo‘lgan  joylarda  va
h.k.) tez paydo bo‘lishga qobiliyatli turlar.
1. Populatsiya nima?
2. Yer biotasida populatsiyaning tutgan o‘rni nimalarda namoyon bo‘ladi?
3. Populatsiyaning miqdoriy ko‘rsatkichlari nimalarni aks ettiradi?
4. Hayvonlarda nima sababdan hududiy xulq-atvor paydo bo‘ladi?
5. Nima uchun populatsiya barqarorligi ayrim tur yoki zot chidamliligiga
nisbatan sezilarli katta bo‘ladi?
6. Populatsiyaning o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari nimalarni aks ettiradi?
7. Populatsiyada organizmlarning ko‘payishi yoki kamayishi nimalarga bog‘liq?
8. Òur hayotining davomiyligi nimani ifodalaydi?
9. «Demografik jadval»dan nimani aniqlash mumkin?
10. Yashashning ekologik mohiyati nimani ifodalaydi?
?
NAZORAT SAVOLLARI


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə