Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72

5
•  sinekologiya  —  populatsiyalar,  har  xil  turlarni  o‘z  ichiga
olgan uyushmalar (fitotsenoz, zootsenoz) va ekotizimlarning mu-
hit bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi.
Òirik mavjudotlarning atrof-muhitda saqlanib qolishi va ularning
biologik xususiyatlari: organizmlar va uyushmalarning atrof-muhitga
moslashishi, ekotizimlar va biosferaning o‘z-o‘zidan boshqarilishi,
barqarorligi kabi qonuniyatlarni o‘rganish yuqorida ta’kidlangan
barcha yo‘nalishlarga xosdir. Umumiy ekologiyani yuqorida bayon
etilgan tarzda tushunish, ko‘pincha, bioekologiya deb ham yuritiladi.
Vaqt omili nuqtayi nazaridan tarixiy va tadrijiy ekologiya ajralib
turadi. Ekologiya, bundan tashqari, o‘rganishning aniq obyektlari
va muhitlari bo‘yicha ham tasniflanadi, ya’ni hayvonlar ekologiyasi,
o‘simliklar ekologiyasi va mayda organizmlar ekologiyasi farqlanadi.
Asosiy  o‘rganish  obyekti  biosfera  (umumiy  ekologik  tizim)
bo‘lgan dunyo ekologiyasi Yer sayyorasining ekologik muammo-
lari bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda «kishilik jamiyati — tabiat»
tizimidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi ijtimoiy ekologiya,
uning bir qismi bo‘lgan va odamning bioijtimoiy mavjudot sifatida
atrofdagi  muhit  bilan  o‘zaro  munosabatini  o‘rganuvchi  odam
ekologiyasi jadal rivojlanayotir.
Ekologiyaning  umumnazariy  vazifalariga  quyidagilar  kiradi:
• ekologik tizimlar barqarorligining umumiy nazariyasini ishlab
chiqish;
• muhitga moslashishning ekologik  tuzilmasini o‘rganish;
• populatsiyalar  sonining  boshqarilishini  tekshirish;
• biologik xilma-xillik va uni saqlash tuzilmasini o‘rganish;
• biologik mahsuldorlik jarayonlarini tadqiq etish;
•  biosferaning  barqarorligini  saqlash  maqsadida  unda  ke-
chayotgan  jarayonlarni  tekshirish;
• ekologik tizimlar holati va biosferada kechayotgan jarayon-
larni modellashtirish.
Ekologiyaning amaliy vazifalariga quyidagilar kiradi:
• odamning xo‘jalik faoliyati ta’sirida atrof tabiiy muhitda yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni oldindan aytib be-
rish va baholash;
• atrofdagi tabiiy muhit sifatini yaxshilash;


6
Ekologiyaning
rivojlanish tarixi
• tabiiy  resurslarni  saqlash,  qayta  tiklash  va  ulardan  to‘g‘ri
foydalanish;
• ekologik xavfsiz barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida,
birinchi navbatda, ekologik jihatdan birmuncha noqulay hududlarda
muhandislik,  agrotexnik,  iqtisodiy,  tashkiliy-huquqiy,  ijtimoiy-
madaniy va ma’rifiy masalalar yechimini maqbullashtirish.
Ekologiyaning rivojlanish tarixi, dastlabki
ilmiy-ekologik bilimlarning kurtaklari kishilik
jamiyatining  ilk  davrlariga  borib  taqaladi.
Odamlarning atrofdagi tabiiy muhitga munosa-
bati hamda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar
mohiyatini tushuntiruvchi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlar juda qadim
zamonlarda paydo bo‘lgan.
O‘rta  Osiyo  mutafakkirlari  —  Muhammad  al-Xorazmiy
(783—850),  Abu  Rayhon  Beruniy  (973—1048),  Abu  Ali  ibn
Sino  (980—1037),  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  (1483—1530)
asarlarida,  xususan,  Abu  Rayhon  Beruniy  tadqiqotlarida  odam
bilan  tabiat  o‘rtasidagi  aloqadorlik,  muvozanat  va  munosabat
masalalari,  o‘simlik  va  hayvonlarning  biologik  xususiyatlari,
ularning tarqalishi, tabiatdagi ahamiyati bayon etilgan.
Ekologiyaning rivojlanish tarixini uch bosqichga ajratish mum-
kin. Birinchi bosqichda ekologiya fan sifatida vujudga keladi (XIX asr-
ning 60-yillariga qadar). Mazkur bosqichda tirik organizmlarning
yashash muhiti bilan o‘zaro aloqasi haqida ma’lumotlar yig‘ilib,
dastlabki ilmiy asoslangan xulosalar qilinadi. Shu davrda J.B. Lamark
(1744—1829)  va  Ò.  Maltus  (1766—1834)  insoniyatni  odamning
tabiatga ta’sir ko‘rsatishi tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy
oqibatlar haqida ilk bor ogohlantirgan edi.
Ikkinchi  bosqichda  ekologiya  mustaqil  bilim  sohasi  sifatida
rasmiylashadi (XIX asrning 60-yillaridan keyin). Mazkur bosqich
ibtidosida K.F. Rule (1814—1858), N.A. Seversov (1827—1885),
V.V.  Dokuchayev  (1846—1903)  kabi  rus  olimlari  ekologiyaning
bir  qancha  tushunchalari  va  tamoyillari  asoslangan  ilmiy  ish-
larini e’lon qiladi. Amerikalik ekolog Y. Odum tuproqshunos
olim  V.V.  Dokuchayevni  ekologiyaning  asoschilaridan  biri,  deb
hisoblagani bejiz emas. XIX asrning 70-yillarida nemis olimi


7
K. Myobius fanga «biotsenoz» haqidagi tushunchani, ya’ni orga-
nizmlarning  muayyan  tashqi  muhit  sharoitlarida  bir-biriga  mu-
vofiq kelishi, mujassam yashashi qonuniyatlarini kiritadi.
Mazkur mavzu biologiyaning mustaqil va eng muhim sohasi
ekanligini birinchi bo‘lib nemis biologi E. Gekkel (1834—1919)
tushungan  va  uni  ekologiya  deb  atagan.  Uning  ta’rifiga  ko‘ra,
ekologiya — organizmlar bilan tashqi muhit o‘rtasidagi murakkab
o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi.
Ekologiya mustaqil fan sifatida XX asr boshlarida to‘la-to‘kis
shakllangan. Mazkur davrda amerikalik olim Ch. Adams ekologiya
bo‘yicha dastlabki umumlashgan ma’lumotlarni e’lon qiladi. Rus
olimi V.I. Vernadskiy (1862—1945) esa biosfera haqidagi ta’limotni
yaratadi. Amerikalik olim R. Makkenzi odam ekologiyasi masalasi
bilan shug‘ullanib, ijtimoiy ekologiyaning asoslarini ishlab chiqadi.
XX asrning ikkinchi yarmida odamning tabiatga ta’siri va at-
rof-muhit  ifloslanishining  keskin  kuchayishi  tufayli  ekologiya
alohida ahamiyat kasb etib, uning uchinchi bosqichi (XX asrning
50-yillaridan hozirga qadar) boshlanadi. Ekologiya mazkur bos-
qich ibtidosida tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishga
oid bilimlarni o‘z ichiga olgan majmuaviy fanga aylanib, tegishli
geografik, geologik, kimyoviy, fizikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy-ma-
daniy tushunchalarni ham o‘zida mujassamlaydi.
Ekologiya rivojining mazkur bosqichida A. Abulqosimov,
Z. Akramov, L. Alibekov, P. Baratov, K. Zokirov, Ò. Zohidov,
A. Muzaffarov, A. Muhamadiyev, M. Muxamedjanov, S. Nisho-
nov, A. Rafiqov, M. Rasulov, A. Saidov, Y. Sultonov, M. Umarov,
J. Xolmo‘minov, Y. Shodimetov, A. Ergashev, P. G‘ulomov kabi
o‘zbek olimlari tomonidan ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va
tabiatdan foydalanishning turli jihatlari chuqur tadqiq etilgan.
Qadimda ovchilar uchun ovlanadigan qush-
lar, baliqchilar uchun baliqqa mo‘l suvlar, deh-
qonlar  uchun  ekin  ekishga  yaroqli  va  qulay
hududlar  joylashgan  yerlar  muhim  ahamiyat
kasb etgan. Chorvachilik va dehqonchilik rivoj-
lanib borgani sari tabiat va atrof-muhit haqidagi
ma’lumotlarning ahamiyati ham ortib, odam-
Òabiatdan
foydalanish va
atrof-muhit
muhofazasining
ahamiyati


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə