Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72

20
Organizmlar tashqi muhitning ta’sirini ekologik  omillar deb
ataluvchi vositalar orqali qabul qiladi.
Ekologik  omillar  —  muhitning  organizmga  o‘ziga  xos  ta’sir
ko‘rsatuvchi muayyan sharoitlari va unsurlari. Ular abiotik, biotik
va antropogen omillarga bo‘linadi.
Abiotik  omillar  —  anorganik  muhitning  o‘simliklar  va  hay-
vonlar  hayoti  va  tarqalishiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  barcha  omillari
majmuyi. Ularning  fizikaviy, kimyoviy va edafik turi farqlanadi.
Fizikaviy omillar — tabiiy holat yoki hodisaga xizmat qiluvchi
manbalar. Masalan, harorat, agar u yuqori bo‘lsa — kuyish, juda
past bo‘lsa — sovuq urish sodir bo‘ladi. Harorat boshqa omillarga
ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin: suvda — oqimga, quruqlikda —
shamol va namlikka va h.k.
Kimyoviy omillar — muhitning kimyoviy tarkibidan kelib chi-
qadigan holat yoki hodisalar. Masalan, suvning sho‘rligi. Agar u
yuqori  bo‘lsa,  suv  havzasida  hayot  bo‘lmasligi  mumkin  (O‘lik
dengiz),  biroq  chuchuk  suvda  ko‘pchilik  dengiz  organizmlari
yashay olmasligi mumkin.
Edafik  omillar  (tuproq  omili)  —  tuproq  va  tog‘  jinslarining
kimyoviy,  fizikaviy  va  mexanik  xossalari  bo‘lib,  ular  tuproqda
yashaydigan  organizmlar  va  o‘simliklarning  ildiz  tizimiga  ta’sir
ko‘rsatadi. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga kimyoviy tar-
kibiy qismlar (biogen elementlar), harorat, namlik, tuproq tuzi-
lishi va chirindi tarkibining ta’siri yaxshi ma’lum.
Aksariyat hollarda abiotik omillar orasida iqlim (harorat, ha-
voning  namligi,  shamol  va  h.k.)  va  gidrografik  —  suv  muhiti
(suv, oqim, sho‘rlik va h.k.) omillari ajratib ko‘rsatiladi.
Organizmlar  uyushmalar  (jamoalar)  hosil  qilib,  oziq  mod-
dalar  va  muayyan  hududni  egallash  uchun  o‘zaro  kurashadilar,
ya’ni bir-birlari bilan raqobatga kirishadilar. Bunda muayyan tur
ichida va turlararo darajada yirtqichlik, parazitlik kabi murak-
kab  o‘zaro  munosabatlar  sodir  bo‘ladi.  Bular  tirik  tabiat  yoki
biotik omillar hisoblanadi.
Biotik omillar — ayrim organizm hayot faoliyatining boshqa
organizmlar  hayot  faoliyatiga,  shuningdek,  jonsiz  yashash  mu-


21
hitiga ta’sirlari majmuyi. Organizmlarning o‘zida jonsiz yashash
muhitiga  muayyan  darajada  ta’sir  ko‘rsatish  qobiliyati  mavjud.
Masalan,  o‘rmonda  o‘simliklar  qoplami  ta’sirida  ochiq  dalaga
nisbatan o‘zining harorat-namlik rejimiga ega bo‘lgan o‘ziga xos
mikroiqlim  yoki  mikromuhit  yaratiladi:  qishda  nisbatan  iliq,
yozda salqin va nam bo‘ladi. Shuningdek, daraxtlarning kova-
gida, inlarda, g‘orlarda ham o‘zgacha mikromuhit bo‘ladi.
Abiotik tabiatda ro‘y beradigan qor qoplami tagidagi mikromu-
hit sharoitini alohida qayd etish lozim. Qishda qorning issiqni
tutadigan ta’siri natijasida 30—50 sm.dan kam bo‘lmagan «qor ko‘r-
pasi» tagida taxminan 3—5 sm qatlamda qulay haroratli (0—2°C gacha)
muhit vujudga kelib, kichik kemiruvchi hayvonlar yashaydi. Ay-
nan shu ta’sir tufayli qor ostida kuzgi boshoqli o‘simliklar (bug‘-
doy)  maysalari  saqlanadi.  Qishning  qattiq  sovuqlarida  ayrim
hayvonlar  ham  qordan  panoh  topadi  (quyon,  tulki,  bo‘ri).
Bir  turga  mansub  organizmlar  o‘rtasidagi  tur  ichidagi  o‘zaro
munosabatlar  guruhli  va  ommaviy  ta’sirlar  hamda  tur  ichidagi
raqobat  tufayli  yuzaga  keladi.  Guruhli  va  ommaviy  ta’sirlar
deyilganda bir turga mansub bo‘lgan hayvonlarning ikki yoki un-
dan  ortiq  organizmni  o‘z  ichiga  olgan  guruhlarga  birlashuvi
tushuniladi.  Ular,  populatsiya  darajasida,  tur  ichidagi  raqobat
asosida organizmlar guruhlari sonining rivojlanish sur’ati va zich-
ligini tavsiflaydi. Ular hayvonlarning o‘z inlari va muayyan may-
donni  himoyalash  borasidagi  hududiy  xulq-atvorida  namoyon
bo‘ladi.  Masalan,  qushlar,  baliqlar  xulq-atvori.
Òurlararo munosabatlar sezilarli darajada xilma-xildir. Yonma-
yon  yashovchi  ikki  tur  bir-biriga  umuman  ta’sir  ko‘rsatmasligi,
qulay  yoki  noqulay  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Òurlararo  muno-
sabatlarning quyidagi turlari farqlanadi:
• xolislik — har ikki turning mustaqil bo‘lib, bir-biriga hech
qanday  ta’sir  ko‘rsatmasligi;
• raqobat — turlarning bir-biriga noqulay ta’sir ko‘rsatishi;
• mutualizm  —  turlarning  bir-birisiz  yashay  olmasligi,  ya’ni
bir turning ikkinchisiga qandaydir foyda keltirishi;


22
Organizmlarning
moslashishi
• hamjihatlik — ikkala turning to‘da hosil qilishi, biroq to‘da
ikkalasiga  ham  foyda  keltirgani  holda  ularning  ayrim  yashashi
mumkinligi;
• beparvolik  —  birga  yashashdan  bir  turning  foyda  ko‘rishi,
ikkinchi  turning  (xo‘jayin)  hech  qanday  naf  ko‘rmasligi;
• jabrdiydalik — o‘sish va ko‘payishda bir turning boshqa turdan
ezilishi;
• yirtqichlik — yirtqich turning o‘z o‘ljasi bilan oziqlanishi.
Biotik  uyushmalar  (biotsenoz)  hayotining  asosida  turlararo
munosabatlar  yotadi.
Antropogen omillar — odam tomonidan keltirib chiqarilgan va
atrof-muhitga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar  (ifloslanish,  tuproq
eroziyasi, o‘rmonlarning yo‘q qilinishi va h.k.) amaliy ekologiyada
qarab chiqiladi (darslikning ikkinchi bo‘limiga qarang).
Ko‘pgina omillar vaqt o‘tishi bilan miqdor va sifat o‘zgarish-
lariga uchraydi. Masalan, iqlim omili bir kecha-kunduz, fasllar,
yil davomida o‘zgarib turadi (harorat, yoritilganlik darajasi va h.k.).
Vaqt  o‘tishi  bilan  o‘zgarishlar  doimo  takrorlanib  turadigan
omillar davriy omillar deyiladi. Ularga iqlim, shuningdek, ayrim
gidrografik omillar (suvning ko‘tarilishi va qaytishi, ayrim okean
oqimlari) mansubdir. Òo‘satdan paydo bo‘ladigan omillar (vulqon
otilishi, yirtqich hujumi va h.k.) nodavriy omillar deyiladi.
Adaptatsiya  —  organizmlarning  muhitga
moslashishi.  Bu  jarayon  organizmlar  (zotlar,
navlar, turlar, populatsiyalar) va uning a’zola-
rining tuzilishi va vazifalarini qamrab oladi.
Adaptatsiya hamisha uch asosiy omil — o‘zgaruvchanlik, irsiyat
va tabiiy tanlanish (odam tomonidan amalga oshiriladigan sun’iy
tanlash) ta’sirida rivojlanadi.
Organizmlarning tashqi muhit sharoitlariga adaptatsiyasi ir-
siy  jihatdan  shartlangan  bo‘ladi.  Ular  biotaning  tarixiy-tadrijiy
rivojlanishida shakllanadi va ekologik omillarning o‘zgarib tu-
rishi bilan birga o‘zgaradi. Organizmlar doimiy harakatdagi dav-
riy omillarga moslashgan bo‘ladi, biroq ularning orasida birlamchi
va ikkilamchi omillarni farqlash muhimdir.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə