Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72

222
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eko-
logiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi masalalari
bo‘yicha  ko‘plab  qarorlar  qabul  qilinib,  amaliy  chora-tadbirlar
belgilanadi. Bunga 1992-yil 9-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qizil
kitobi to‘g‘risida»gi, 1998-yil 1-apreldagi «Biologik xilma-xillikni  saqlab
qolish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy harakatlar rejasi va
strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2004 -yil 10-martdagi «Suv  toshqini  va  sel
oqimlarini    bexatar  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  oldini  olish  va  bartaraf
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlar misol bo‘ladi.
4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Òabiatni  muhofaza  qilish  davlat
qo‘mitasining  me’yoriy  rasmiy  hujjatlari  qarorlar,  yo‘riqnomalar,
buyruqlar  ko‘rinishida  ekologiya,  tabiatdan  foydalanish  va  atrof-
muhit muhofazasining turli masalalari bo‘yicha chiqariladi. Òabiatni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy hujjatlari boshqa vazirlik
va idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
5.  Mahalliy  hokimiyatlarning  me’yoriy  qarorlari  ekologiya,
tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha amaldagi
me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘ldiradi va ularga aniqliklar kiritadi.
Atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish
va tabiat resurslaridan foydalanishning dav-
lat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar  Mahkamasi,  O‘zbekiston  Res-
publikasi Òabiatni  muhofaza  qilish davlat
qo‘mitasi,  davlat  boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga taalluqli huquqiy munosa-
batlarni tartibga soluvchi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari:
1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi
va  Senatining  birgalikdagi  vakolatlari:  tabiatni  muhofaza  qilish
sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash; davlat
ekologiya dasturlarini tasdiqlash; tabiatni muhofaza qilish sohasidagi
qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish; hududlarni favqulodda
ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb e’lon
qilish,  bunday  zonalarning  huquqiy  rejimini  va  jabrlanganlar
maqomini belgilash;  tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni muvofiqlashtirib borish va h.k.
Atrof tabiiy muhitni
muhofaza qilish
davlat organlari


223
2.  O‘zbekiston  Respublikasi    Vazirlar  Mahkamasining    tabiatni
muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari: tabiatni muhofaza qilishga doir
yagona  siyosat  yuritish;  tabiat  resurslaridan    foydalanishni  tartibga
solish; tabiat kadastrining yuritilish tartibini belgilash va ta’minlash,
respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash;
ekologik tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish
yuzasidan  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish;  tabiiy  ofatlar  va  yirik
avariyalar  oqibatlarini  tugatish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish;
tabiiy  resurslardan  foydalanganlik,  atrof  tabiiy  muhitni  ifloslantir-
ganlik, chiqindilar, zararli ta’sir etuvchi boshqa narsalar joylashtirib
tashlaganlik uchun haq to‘lash tartibini, shuningdek, tabiiy resurs-
lardan  foydalanish  va  chiqindilar  joylashtirish  limitlarini  belgilash;
ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratish  hamda  uning amal
qilishini  ta’minlash;  tabiatdan  alohida  tartibda  foydalaniladigan
hududlarning chegaralarini, tabiatni  muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati
rejimlarini tasdiqlash; tabiatni muhofaza  qilish  va tabiatdan foydalanish
sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va h.k.
3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Òabiatni  muhofaza  qilish  davlat
qo‘mitasining  vakolatlari:  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari,  idoralar,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, ayrim shaxslar
tomonidan yer, yerosti boyliklari, suv, o‘rmon, hayvonot va o‘simlik
dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza
qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga
oshirish. Òabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari
doirasida qabul qilgan qarorlar davlat idoralari, korxonalar,  muassa-
salar,  tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiydir.
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni
muhofaza  qilish  sohasidagi  vakolatlari:  o‘z  hududida  tabiatni
muhofaza  qilishning  asosiy  yo‘nalishlarini  belgilash,  mintaqa
(hudud)ning ekologiya dasturini tasdiqlash; tabiiy resurslarni hisobga
olish va ularning holatiga baho berish,  ekologiya jihatidan zararli
bo‘lgan obyektlarni  ro‘yxatga olish; tabiatni muhofaza qilishga doir
tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlash; tabiiy resurslardan
foydalanish huquqini beruvchi, sanoat yoki ro‘zg‘or chiqindilarini
to‘plash yoki ko‘mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda


224
berish  yoki  ularni    bekor  qilish;  tabiiy  resurslardan  foydalanganlik
uchun to‘lovlar undirish; tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat
o‘rnatish,  atrof-muhitga  zarar  yetkazayotgan  mahalliy  ahamiyatga
molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta
ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish va h.k.
Ekologik  ekspertiza  —  rejalashtirila-
yotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik
va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga
muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga
chiqarish mumkinligini aniqlashdan iborat.
Ekologik ekspertiza quyidagi  maqsadlarda o‘tkaziladi:
• mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning  ekologik
talablarga muvofiqligini aniqlash;
• rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa
xil  faoliyat  atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy
ta’sir  ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan
bo‘lsa, bunday faoliyatning  ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
• atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan
oqilona  foydalanish  bo‘yicha  nazarda  tutilayotgan  tadbirlarning
yetarliligi va asosliligini aniqlash.
Ekologik  ekspertiza  davlat  va  jamoat  ekologik  ekspertizasi,
shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasi  Òabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  davlat
ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi.
Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari: qurilishlar uchun yer
maydonlarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish  bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil
faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy
hujjatlar  loyihalari; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar,
mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga  doir hujjatlar; atrof tabiiy
muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; muhofaza etiladigan
tabiiy  hududlar,  favqulodda  ekologik  vaziyat  va  ekologik  ofat
zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkaziladigan hududlarni
majmuiy tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha
turlari va h.k.
Ekologik ekspertiza


225
Ekologik  ekspertizaning  asosiy  prinsiðlari:  qonuniylik;  xolislik;
asoslilik; ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;
har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol
tutilgan ekologik xavflilik farazi; xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof
tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning majmuiyligi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda:
• taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘ri-
sidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiriladi;
• rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa
xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lu-
motlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi;
• biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy
muhitga ta’sirini baholashning asosliligi tekshiriladi;
• rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa
xil  faoliyatni  amalga  oshirish  oqibatlarining  ekologik  xavfliligi
darajasini baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi;
• ekologik  xavfsizlik  talablarini  ta’minlashga  doir  chora-tad-
birlarning yetarliligi  va asosliligi aniqlanadi va h.k.
Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa tuzilib,
obyektni  ro‘yobga  chiqarish  mumkinligi  yoki  mumkin  emasligi
to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasining
xulosasi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  ijro  etilishi
majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay
turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan
moliyalanishi, shuningdek, ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi.
Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan
har  qanday  faoliyat  sohasida  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va
fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Jamoat ekologik
ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilinmaydi. Jamoat ekologik
ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Ekologik audit – ekologik auditor  (firma)lar tomonidan  qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof
tabiiy  muhit  holatiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatayotgan,  ishlab  turgan
korxonalar  va  boshqa  obyektlarni  mustaqil  ekologik  ekspertiza
qilishdir.  Ekologik  audit  xo‘jalik  va  boshqa  xil  faoliyat  obyekti
mulkdorining qaroriga binoan o‘tkaziladi.


226
Atrof tabiiy muhit holati va uning resurs-
larini kuzatish, hisobga olish, ularga baho
berish va istiqbolini belgilashni ta’minlash
maqsadida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil
etilgan.
Atrof tabiiy muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish usti-
dan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek,  faoliyati
atrof tabiiy muhit holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi
mumkin bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan amalga
oshiriladi. Maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek, korxona,
tashkilot  va  muassasalar o‘z kuzatuvlariga doir materiallarni tegishli
davlat idoralariga taqdim etadilar.
Ekologik monitoring «O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy
muhit  monitoringi  dasturi»ga  muvofiq  olib  boriladi.  Mazkur
monitoring umumbashariy, milliy va mahalliy darajalarda bir qancha
mustaqil yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan murakkab tizim hisoblanadi
(23.1-chizma).  Ushbu  tizimning  yuritilishiga  davlat  tuzilmalari
(vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar) va tabiatdan foydalanuv-
chilarni o‘z ichiga olgan ijrochilarning keng qatlami jalb etiladi.
Muayyan  hududdagi  ekologik  vaziyat  keng  ko‘lamli  ekologik
mezonlar  asosida  aniqlanadi.  Ekologik  mezonlar  muayyan
ko‘rsatkichlar  majmuyi  hisoblanib,  atrof-muhit  holati  va  uning
odamlarga ta’siri, ekotizimlar va vositalar, atrof-muhitga o‘tkazila-
yotgan tazyiq va bu boradagi kuchlar hamda mas’uliyat birligining
o‘ziga xos ifodasi hisoblanadi. 300 dan ortiq ekologik mezon ama-
liyotda foydalanish uchun tavsiya etilgan. Mazkur ekologik mezonlar
atmosfera  havosi,  suv,  yer  va  biologik  resurslar,  chiqindilar,  ener-
getika, Orol dengizi va Orolbo‘yi, iqlim o‘zgarishi va aholi salomatligi
holatini tavsiflaydi.
Ekologik  nazorat  oldiga  atrof  tabiiy
muhit  holatini  hamda  xo‘jalik  yuritish  va
boshqa faoliyat ta’siri ostida unda bo‘ladigan
o‘zgarishlarni kuzatib borish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,
tabiiy  resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sog‘-
lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari
Ekologik monitoring
Ekologik nazorat


227
R
23.1-chizma
O‘zbekiston 
Respublikasida 
atrof 
tabiiy 
muhit 
davlat 
monitoringi 
tashkiliy 
tuzilmasi
Monitoring obyektlari
Tabiiy 
va 
texnogen 
omillar,
atrof 
tabiiy 
muhitga 
ta’sir
ko‘rsatuvchi 
manbalar
Tabiiy 
muhit 
va
tabiiy 
resurslar
Monitoring
turlari 
va
ijrochilari
Ifloslanish manbalari monito-
ringi
(Tabiatni muhofaza
qilish 
davlat
qo‘mitasi)
Atmosfera ifloslanishi monitoringi
(«O‘zgid- romet» markazi)
Yerusti 
va 
yerosti
suvlari 
ifloslanishi
monito
ringi
(«O‘z
gidromet»
markazi, 
Davlat
geologiya 
qo‘mi-
tasi, 
Sog‘liqni
saqlash 
vazirligi,
Qishloq 
va 
suv
xo‘jaligi 
vazirligi)
Yer 
va 
yerusti
ekotizimlari ifloslanishi monito
ringi

Yergeodez-
kadastr» 
davlat
qo‘mitasi,
Tabiatni 
muhofaza
qilish 
davlat
qo‘mitasi) 
Xavfli 
tabiiy
va 
texnogen
jarayonlar monitoringi
(Davlat geologiya qo‘mitasi)
Tovush
monitoringi
(«O‘zgid- romet» markazi)
Monitoring vazifalari
Monitoring natijalari
Ifloslanishni nazorat 
qilish
Ifloslanishning me’yoriy 
holatini
baholash
Atrof-muhitga
ta’sirlarni 
nazorat
qilish
Atrof-muhit 
sifatini
nazorat 
qilish
Ifloslanish 
darajasini 
baholash, 
prognoz 
qilish 
va 
atrofdagi
tabiiy 
muhitga 
salbiy 
ta’sir 
jarayonlarining 
oqibatlarini
bartaraf 
qilish 
chora-tadbirlarini 
ishlab 
chiqish
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
R
RR
R
R


228
?
NAZORAT SAVOLLARI
va  atrof  tabiiy  muhit  sifati  me’yorlariga  rioya  etish  borasidagi
dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajarilishini tekshirish vazifalari
qo‘yilgan.
Ekologik nazorat tizimi: davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib
borish xizmati (tabiiy muhitda sodir bo‘layotgan fizik, kimyoviy,
biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, yerusti va yerosti
suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o‘simlik va hayvo-
not dunyosiga ta’siri oqibatlarini kuzatib boradi), tabiatni muhofaza
qilish sohasidagi davlat nazorati (Òabiatni  muhofaza  qilish  davlat
qo‘mitasi,  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  Sanoatda,  konchilikda  va
kommunal-maishiy  sektorda  ishlarning  bexatar  olib  borilishini
nazorat qilish  davlat inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq
va suv xo‘jaligi vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya
va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi),
vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralarning  ekologiya  xizmati
(tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyati  ustidan  tabiatni
muhofaza  qilish  sohasidagi  idoraviy  nazoratni  amalga  oshiradi),
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ishlab chiqarish nazorati (kor-
xonalar,  birlashmalar,  tashkilotlarning ekologiya  xizmati), tabiatni
muhofaza qilish sohasidagi jamoat nazorati (jamoat birlashmalari,
mehnat jamoalari, fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi).
1. Qaysi huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining asosiy manbayi hisoblanadi?
2. O‘zbekiston Respublikasi Òabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qanday
vakolatlarga ega?
3. Ekologik ekspertiza deganda nima tushuniladi?
4. Davlat ekologik ekspertizasi obyektlariga misollar keltiring.
5. Ekologik audit nima?
6. Nima maqsadda atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil
etiladi?
7. Ekologik mezonlar deganda nimani tushunasiz?
8. Ekologik nazorat tizimi nimalarni o‘z ichiga oladi?
9.  Òabiatni  muhofaza  qilish  sohasidagi  davlat  nazoratini  kimlar  amalga
oshiradi?


229
FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar
1. Þ. Îäóì. Ýêîëîãèÿ. Ïåð. ñ àíãë. Ò. 1—2. Ì., «Ìèð», 1986.
2. I. Xolliyev, A. Ikromov. Ekologiya. (Kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma). Ò., «Mehnat», 2001.
3. H. Yo‘ldoshev, Sh. Avazov. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
asoslari.  (Qishloq  xo‘jaligi  kasb-hunar  kollejlari  uchun  darslik).  T.,
«Mehnat», 2003.
4.  A.E.  Ergashev,  A.Sh.  Sheraliyev,  X.A.  Suvonov,  Ò.A.  Ergashev.
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. Ò., «Fan», 2009.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. A.A. Rafiqov. Òabiatda ekologik muvozanat. Ò., «Fan», 1990.
2. T.A. Alimov, A.A. Rafiqov. Ekologik xatolik saboqlari. Ò., «O‘z-
bekiston», 1991.
3.  Sh. Otaboyev, M. Nabiyev.  Inson va biosfera. Ò., «O‘qituvchi», 1997.
4. À.À. Ãîðåëîâ. Ýêîëîãèÿ. Ó÷åáíîå ïîñîáèå. Ì., «Öåíòð», 1998.
5. Â.È. Êîðîáêèí, Ë.Â. Ïåðåäåëüñêèé. Ýêîëîãèÿ. Èçä. 4-å, äîï. è
ïåðåðàáîò. Ðîñòîâ-ía-Äîíó, «Ôåíèêñ», 2003.
6. O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan
foydalanish  to‘g‘risida  milliy  ma’ruza  (1988—2007-yillar  bo‘yicha
retrospektiv  tahlil).  Tuzuvchilar:    S.V.  Samoylov,    U.B.  Abdujalilov,
L.A.  Aksenova  va  boshq.;  B.B.  Alixonovning  umumiy  tahriri  ostida;
mas’ul muharrir  S.A. Jakbarov. Ò., «Chinor ENK», 2009.
7. Â.À. Âðîíñêèé. Ýêîëîãèÿ è îêðóæàþùàÿ ñðåäà. Ó÷åáíûé êóðñ.
Ðîñòîâ-íà-Äîíó, «Ôåíèêñ»; Ì., ÈÊÖ «ÌàðÒ», 2009.
8. A. Nigmatov. Ekologiyaning nazariy asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.,
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2013.
9. A. Nigmatov. Ekologiya huquqi. Darslik. T., «Noshir», 2013.


230
MUNDARIJA
So‘zboshi ....................................................................................... 3
Kirish. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasining
muxtasar  tavsifi ................................................................. 4
Birinchi qism. NAZARIY EKOLOGIYA
I bo‘lim.Umumiy ekologiya
1-bob. Organizm — tirik yaxlit tizim sifatida ................................11
2-bob. Organizm va muhitning o‘zaro munosabati ........................19
3-bob. Populatsiyalar ....................................................................45
4-bob. Biotik to‘p — biotsenozlar ................................................49
5-bob. Ekologik tizimlar .................................................................55
II bo‘lim. Biosfera haqida ta’limot
6-bob. Biosfera — Yerning umumiy ekologik tizimi ......................65
7-bob. Yerning tabiiy ekotizimlari — biosferaning
makoniy birligi sifatida......................................................73
8-bob. Biosfera evolutsiyasining asosiy yo‘nalishlari ......................82
III bo‘lim. Odam ekologiyasi
9-bob. Odamning bioijtimoiy tabiati va ekologiya .........................89
10-bob. Antropogen ekologik tizimlar ............................................97
11-bob. Ekologiya va inson salomatligi ........................................ 101


231
Ikkinchi qism. AMALIY EKOLOGIYA
IV bo‘lim. Biosferaga antropogen ta’sirlar
12-bob. Biosferaga antropogen ta’sirning asosiy turlari ............... 105
13-bob. Atmosferaga antropogen ta’sirlar .................................... 108
14-bob. Gidrosferaga antropogen ta’sirlar .................................... 116
15-bob. Litosferaga (tuproqqa) antropogen ta’sirlar .................... 126
16-bob. Nabotot va hayvonot dunyosiga antropogen ta’sirlar ...... 135
17-bob. Biosferaga ta’sir ko‘rsatishning alohida turlari ................. 141
18-bob. Biosferaga favqulodda ta’sirlar ......................................... 149
V bo‘lim. Atrof-muhitning ekologik himoyasi va muhofazasi
19-bob. Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan to‘g‘ri
foydalanishning asosiy tamoyillari ................................ 159
20-bob. Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekologiyasi —
agroekologiya asoslari .................................................... 168
21-bob. Qishloq xo‘jaligi hayvonlari ekologiyasi ......................... 181
22-bob. Qishloq xo‘jaligi ekologiyasi, tabiatdan foydalanish
va atrof-muhit himoyasi ................................................ 188
23-bob. Ekologiya huquqi asoslari ............................................... 219
Foydalanilgan  adabiyotlar ............................................ 229


232
SHERIMMAT  MATYOQUBOVICH  AVAZOV
EKOLOGIYA VA  ATROF-
MUHIT MUHOFAZASI
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
3-nashr
Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2014
Muharrir  I. Usmonov
Badiiy  muharrir  M. Burhonov
Texnik  muharrir  F.  Samadov
Ìusahhih T. Mirzayev
Noshirlik litsenziyasi AI ¹ 166, 23.12.2009-yil.
2014-yil 23-oktabrda chop etishga ruxsat berildi. Bichimi 60×84
1
/
16
.
«Òayms» harfida terilib, îfset usulida chop etildi. Bosma tabog‘i 14,5.
Shartli b.t. 13,5. Nashr b.t. 13,0. 3792 nusxa. Buyurtma ¹
«ILM  ZIYO»  nashriyot  uyi,  Òoshkent,  Navoiy  ko‘chasi,  30-uy.
Shartnoma ¹ 56 — 2014.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi.
Òoshkent,  Shayxontohur  ko‘chasi,  86-uy.
Avazov  Sh.M.  EKOLOGIYA  VA  ATROF-
MUHIT MUHOFAZASI (Kasb-hunar kollejlari
uchun darslik). 3-nashr. T.: «ILM ZIYO», 2014.
— 232 b.
UO‘K: 629.331. (075)
KBK 41ya722
ISBN 978-9943-16-149-8
A69

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə