Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72

23
Birlamchi davriy omillar — Yerda hayotning paydo bo‘lishiga
qadar mavjud bo‘lgan omillardir (harorat, yoritilganlik darajasi,
suvning  ko‘tarilishi,  qaytishi  va  h.k.).  Organizmlarning  mazkur
omillarga adaptatsiyasi eng qadimiy va mukammal hisoblanadi.
Ikkilamchi davriy omillar — birlamchi omillarning o‘zgarishi
natijasida paydo bo‘ladi: haroratga bog‘liq havoning namligi; o‘sim-
liklar rivojining davriyligiga bog‘liq o‘simliklardan tayyorlanadi-
gan oziqlar va h.k. Ular birlamchi omillardan keyin paydo bo‘ladi
va ularga bo‘lgan moslashish hamma vaqt ham aniq aks etmaydi.
Yashash joyidagi me’yoriy shart-sharoitlarga faqat davriy omil-
lar  ta’sir  ko‘rsatishi,  nodavriy  omillar  bo‘lmasligi  kerak.
Nodavriy omillar, odatda, halokatli ta’sir ko‘rsatadi: tirik orga-
nizm kasallikka chalinishi, hatto o‘lishi mumkin. Odam nodavriy
omillarni sun’iy kiritish (qo‘llash) yo‘li bilan ulardan o‘z manfaati
yo‘lida foydalanadi: masalan, kimyoviy zahar biron organizmga
zararli bo‘lgan boshqa organizmlarni (parazitlarni, qishloq xo‘jaligi
ekinlari zararkunandalarini, kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriya-
larni, viruslarni va h.k.) yo‘q qiladi. Biroq ma’lum bo‘ldiki, bu
omilning uzoq vaqt davomida ta’sir ko‘rsatishi unga nisbatan mos-
lashishni vujudga keltirishi mumkin ekan: hasharotlar — DDÒga,
bakteriya va viruslar — dorivor organik moddalarga moslashdilar.
Adaptatsiyaning manbayi organizmdagi genetik o‘zgarishlar —
mutatsiyalar hisoblanadi. Mutatsiyalar organizmga tabiiy omillar
ta’sirida, shuningdek, sun’iy ta’sir ko‘rsatish natijasida paydo bo‘ladi.
Organizmlarga tarixiy-tadrijiy rivojlanish yo‘lida abiotik va
biotik omillar majmuaviy ta’sir ko‘rsatadi. Organizmlar mazkur
omillarga  muvaffaqiyatli  (masalan,  otning  taxminan  60  mln  yil
davomida  past  bo‘yli  ajdodlaridan  bo‘yi  1,6  m  bo‘lgan  uchqur
otga aylanish evolutsiyasi) yoki muvaffaqiyatsiz moslashishi (ma-
salan, o‘simlik ozig‘i yetishmasligi yoki yo‘qligi tufayli mamont-
larning  muhitga moslasha olmay yoki ibtidoiy odamlar tomoni-
dan ovlanib qirilib ketishi) mumkin.
Mamontlar to‘g‘risida keltirilgan misolda o‘simlik ozig‘i chek-
lovchi yoki me’yorni belgilovchi omil ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.


24
Cheklovchi omillarning ahamiyati XIX asr
o‘rtalarida  nemis  olimi  Y.  Libix  tomonidan
birinchi marta ko‘rsatib berilgan. U eng kam
miqdor qonunini aniqlagan: hosil (mahsulot) eng kam miqdorda
bo‘lgan omilga bog‘liq. Agar tuproqdagi foydali tarkibiy qismlar
tenglashtirilgan yaxlit tizim deb tasavvur etilsa va faqat qandaydir
modda, masalan, fosfor eng kam miqdorni tashkil etsa, bu hosilni
kamaytirishi mumkin. Biroq ma’lum bo‘ldiki, tuproqdagi foydali
mineral  moddalarning  eng  maqbul  miqdori  ham,  agar  ular
keragidan ortiq bo‘lsa, hosilni kamaytiradi. Demak, omillarning
eng ko‘p miqdori ham cheklovchi bo‘lishi mumkin ekan.
Cheklovchi  ekologik  omillar  deyilganda  ehtiyojga  nisbatan
kamligi  yoki  ortiqchaligi  tufayli  organizmlarning  rivojlanishini
chegaralovchi omillar tushuniladi. Demak, hosil nafaqat kimyoviy
moddalar  omiliga,  balki  o‘simliklar  hayotining  barcha  omillari,
shu  jumladan,  harorat,  namlik,  yorug‘lik  va  shu  kabilarning
majmuaviy ta’siriga bog‘liq.
Umumiy  va  alohida  ta’sir  ko‘rsatishlardagi  farqlar  boshqa
omillarga ham taalluqlidir. Masalan, shamol va yuqori namlik ta’si-
rida nomaqbul harorat ta’siri kuchayadi, biroq, ikkinchi tomon-
dan, yuqori namlik baland haroratning ta’sirini pasaytiradi.
Omillarning  o‘zaro  ta’siriga  qaramasdan,  ular  bir-birining
o‘rnini  bosa  olmaydi.  Bu  V.R.  Vilyams  tomonidan  aniqlangan
omillarning  mustaqillik  qonunida  o‘z  aksini  topgan:  hayotning
sharoitlari  bir  xil  ahamiyatga  ega,  hayot  omillaridan  birortasini
boshqasi bilan almashtirish mumkin emas. Masalan, namlikning
ta’sirini karbonat angidrid gazi yoki quyosh yorug‘ligining ta’siri
bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Har  bir  ekologik  omilning  organizmga  ta’sir  ko‘rsatish  che-
garasi bo‘ladi. Omil yetishmasa yoki ko‘p bo‘lsa, organizm hayotiy
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatiladi. Ekologik omil organizmning
rivojlanishiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatsa,  eng  maqbul  (optimal)  sha-
roit vujudga keladi. U qanchalik cheklansa, omilning organizmga
salbiy ta’siri shunchalik kuchayadi. Organizm ekologik omilning
eng yuqori va quyi nuqtalari doirasida, ya’ni chidamlilik chegara-
Cheklovchi
ekologik omillar


25
larida  hayot  kechirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Agar  mazkur
me’yordan chetga chiqilsa, organizm nobud bo‘ladi.
V. Shelford tomonidan aniqlangan chidamlilik qonuni maz-
mun-mohiyati shundan iboratdir. Demak, ekologik omillar (ha-
rorat, namlik va h.k.) o‘zgarishiga bardosh bera oladigan va ol-
maydigan  organizmlar  farqlanadi.  Masalan,  donli  o‘simliklar-
ning  urug‘lari,  odatda,  tuproq  harorati  2—3°C  bo‘lganda  unib
chiqa  boshlaydi,  lekin  tuproq  harorati  5—16°C  dan  ko‘tarilsa,
urug‘ning unish jarayoni sekinlashadi; harorat 30°C dan oshganda
urug‘ o‘sishdan umuman to‘xtaydi.
Organizmdagi  hayotiy  jarayonlar  ma’lum  davrlarda  yuzaga
chiqadi,  ya’ni  organizmning  faoliyati  (oziqlanishi,  o‘sishi,  ko‘-
payishi,  tarqalishi  va  h.k.)  tashqi  muhit  omillari  majmuyining
o‘zgarishi  bilan  bog‘liqdir.  Masalan,  o‘simliklarda  fasllar  bo‘-
yicha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ya’ni bahorda havo isishi bilan
o‘simliklar uyg‘onib, ko‘k maysalar hosil qiladi, yozda esa sifat
o‘zgarishlari ro‘y berib, mevalar tugadi va h.k.
Cheklovchi  ekologik  omillarni  bilish  qishloq  xo‘jaligi  ama-
liyotida katta ahamiyatga ega. Shu orqali ekinlar hosildorligi yoki
hayvonlar  mahsuldorligini  oshirish  mumkin.  Xuddi  shuning-
dek,  agrotexnik  usullarni  qo‘llash  natijasida  tuproq  tarkibidagi
organik  moddalarning  miqdorini,  uning  suv-havo  rejimini  tar-
tibga  solish  mumkin.  Shunday  qilib,  ekologik  omillarni  muvo-
fiqlashtirish  yo‘li  bilan  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  miqdorini
ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash mumkin.
Haroratning organizmlarga ta’siri
Harorat  —  eng  muhim  cheklovchi
omillardan biri. Chidamlilik darajasi is-
talgan tur uchun o‘limga olib boradigan
eng yuqori va eng past harorat hisobla-
nadi. Mazkur me’yordan oshib ketilganda
issiq  yoki  sovuq  har  bir  turni  qattiq  shikastlaydi.  Barcha  tirik
mavjudotlar, kamdan kam uchraydigan istisnolar e’tiborga olin-
Organizmlar hayotida
muhitdagi fizikaviy va
kimyoviy omillarning
ahamiyati


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə