Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72

26
2.1-rasm. Umumiy biologik barqarorlik qonuni.
O‘lish 
doirasi
Organizmlar
faoliyatining 
susayishi
Organizmlarning
yuqori miqdori
Eng qulay oraliq
Barqarorlikning
quyi chegarasi
Barqarorlikning
yuqori chegarasi
Organizmlar
faoliyatining 
susayishi
O‘lish 
doirasi
Eng  past
Eng  yuqori
Ekologik  omillarning
o‘zgarish birligi
magan  holatlarda,  0—50°C  o‘rtasidagi  haroratda  yashash  qobi-
liyatiga ega hisoblanadi. 2.1-rasmda ekologik omillarning, xu-
susan,  haroratning  o‘zgarishi  bo‘yicha  umumiy  biologik  barqa-
rorlik qonunining mohiyati keltirilgan.
«Eng qulay oraliq» organizmlarning barqarorlik «miqdori»ni,
ya’ni ularning u yoki bu ekologik omilga chidamliligi yoki «eko-
logik qobiliyati»ni ifodalaydi.
Har  xil  turlarning  vakillari  bir-birlaridan  «ekologik  qobi-
liyati» jihatidan farq qiladilar. Masalan, Arktikada uchraydigan
suvo‘ti    —  sferillaning  hayoti  harorat  —34°C  sovuq  bo‘lganda
ham davom etadi. Ba’zi bir zamburug‘larning sporalari —190°C da
ham o‘sish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘t o‘simliklari-
ning  quruq  urug‘i  —80°C  sovuq  yoki  120°C  issiqqa  bardosh
bera oladi.
Hayvonlarning  haroratga  moslashish  jarayonlari  natijasida
poykiloterm va gomoyoterm hayvonlar paydo bo‘lgan. Aksariyat
ko‘pchilik  hayvonlar  poykiloterm  organizm  hisoblanadi,  ya’ni


27
ularning  tana  harorati  atrof-muhitdagi  harorat  o‘zgarishi  bilan
o‘zgaradi.  Suvda  va  quruqlikda  yashovchi  hayvonlar,  sudralib
yuruvchilar,  hasharotlar  mazkur  toifa  vakillariga  misol  bo‘ladi.
Hayvonlarning  nisbatan  kam  qismi  gomoyoterm  organizm  hi-
soblanadi,  ya’ni  ularning  tanasida  tashqi  muhit  harorati  o‘zga-
rishlariga bog‘liq bo‘lmagan doimiy tana harorati mavjud bo‘-
ladi.  Sutemizuvchilar  (shu  jumladan,  odam)  36—37°C,  qushlar
40°C tana haroratiga ega.
Faqat gomoyoterm organizmlar nol darajadan past haroratda
faol hayot kechirishi mumkin. Poykiloterm organizmlar ham nol
darajadan  past  haroratga  bardosh  beradi,  biroq  ularda  harakat-
chanlik yo‘qoladi.
Harorat o‘simliklar hayotida ham muhim o‘rin tutadi. 10°C
dan 30—35°C gacha bo‘lgan yuqori haroratda fotosintez jadal-
ligi ikki marta oshadi, keyin uning jadalligi sekin pasayib, 40—
45°C  da  fotosintez  jarayoni  umuman  to‘xtaydi.  Quruqlikdagi
o‘simliklarning  aksariyati  nafas  olish  jadalligiga  bog‘liq  holda
50°C da nobud bo‘ladi.
O‘simliklarning  past  haroratlarga  morfologik  moslashishi,
ya’ni noqulay sharoitlarda o‘simlik kurtaklari yoki uning yuqori
qismida joylashgan novdalarining tuproq va qor qatlamiga, o‘r-
mondagi xazonli to‘shama va shu kabilarga nisbatan joylashishi
bo‘yicha o‘simliklar hayotiy shakllari farqlanadi. Daniyalik olim
K.  Raunkiyer  o‘simliklarni  ularning  hayot  shakliga  qarab,  bir
necha guruhlarga ajratgan:
• epifitlar — tuproqda ildizi bo‘lmaydi va boshqa o‘simliklar
tanasida o‘sadi;
• fanerofitlar  (daraxtlar,  butalar)  —  kurtaklari  yerdan  (qor-
dan) ancha balandda joylashadi va ular tangachasimon qoplamalar
bilan qoplanadi;
• xamefitlar (chala butalar, butachalar) — kurtaklari qor us-
tida va ostida qishlaydi;
• kriptofitlar (ko‘p yillik o‘tlar) — kurtaklari tuproq ostidagi
tugunak, piyozbosh yoki ildizpoyada joylashadi;


28
• terofitlar (bir yillik o‘simliklar) — noqulay mavsum kelishi
bilan nobud bo‘ladi, har yili faqat urug‘idan unib chiqadi (urug‘
qoldiradi).
Iqlim sharoitlariga, shu jumladan, haroratga morfologik mos-
lashish  hayvonlarda  ham  kuzatiladi.  Bir  turga  mansub  hayvon-
larning hayotiy shakllari —20°C dan —40°C gacha bo‘lgan past
haroratda ham shakllanishi mumkin, xususan, yo‘lbarslar ichida
eng kattasi birmuncha shimolda va sovuq iqlim sharoitida yashay-
digan Amur yo‘lbarsi hisoblanadi. Bu qonuniyat Bergman qoidasi
deyiladi: issiqqonli hayvonlarda tana o‘lchamlari populatsiya-
ning  o‘rtacha  ko‘rsatkichidan  katta  bo‘lgan  zotlar  tur  tarqalgan
arealning birmuncha sovuq qismlarida yashaydi.
Hayvonlar hayotida fiziologik moslashish birmuncha muhim
ahamiyat  kasb  etadi.  Ulardan  eng  oddiysi  iqlimga  moslashish
(iqlimlashish)  —  issiq  yoki  sovuqni  o‘tkazishga  fiziologik  mos-
lashish  hisoblanadi.  Masalan,  organizmning  bug‘lanishni  ko‘-
paytirish yo‘li bilan ortiqcha qizib ketishdan saqlanishi, poykilo-
term  hayvonlarning  o‘z  tanasidan  qisman  nam  (suv)  qochirish
yo‘li bilan sovib ketishdan saqlanishi.
Sovuqdan saqlanishning birmuncha qat’iy shakllari ham mav-
jud.  Masalan,  hayvonlar  migratsiyasi  —  hayvonlarning  yashash
sharoiti yoki rivojlanish davri (kunlik, mavsumiy, yillik) o‘zgarishi
bilan bog‘liq yoppasiga ko‘chishi (qushlarning issiq o‘lkalarga uchib
ketishi); hayvonlar qishlovi — hayvonlarning qishki sovuq davrda
uzoq  vaqt  karaxt  bo‘lib,  uyquga  ketishi  (sug‘ur,  olmaxon,  oq
ayiq, ko‘rshapalak va h.k. — ular o‘z tanasida metabolizm jarayonini
susaytirib, shu orqali oziq moddalar sarfini kamaytirib, o‘zgarishi
tana haroratini deyarli nol darajaga tushirish qobiliyatiga ega).
Ko‘pchilik  hayvonlar  (masalan,  hasharotlar)  qishda  tinim
davri,  ya’ni  tashqi  muhitning  noqulay  sharoitlari  bilan  bog‘liq
holda o‘z rivojlanishining turli bosqichlarida (tuxum, qurt, g‘um-
bak) vaqtinchalik fiziologik to‘xtashni boshdan kechiradilar.
Demak,  harorat  —  quruqlik-havo  muhitida  yashovchi  orga-
nizmlar va populatsiyalarning moslashish jarayoniga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadigan eng muhim cheklovchi omillardan biri hisoblanadi.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə