Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72

213
•  chiqindilarning  fuqarolar  hayoti  va  sog‘lig‘i,  atrof-muhit
uchun xavflilik darajasini belgilangan tartibda aniqlash;
• resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan
chiqindilarning to‘planishi, lozim darajada saqlanishini ta’minlash
hamda ularning yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• chiqindilarning  ruxsat  etilmagan  joylarda  yoki  obyektlarda
saqlanishi, qayta ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va ko‘mib tashla-
nishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• chiqindilar  joylashtirilgan  o‘z  obyektlarining  sanitariya  va
ekologiya holati ustidan nazorat olib borish;
• chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish paytida  holati
buzilgan yer maydonlarida rekultivatsiya ishlarini o‘tkazish;
• chiqindilarni mumkin qadar ko‘proq utilizatsiya qilish, ularni
chiqindi bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga berish,
shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan
xavfsiz tarzda ko‘mib tashlanishini ta’minlash;
•  chiqindilarni  joylashtirganlik  uchun  belgilangan  tartibda
kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash;
•  chiqindi  bilan  bog‘liq  ishlarni  amalga  oshirish  natijasida
fuqarolarning  hayoti,  sog‘lig‘i  va  mol-mulkiga,  atrof-muhitga,
yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va h.k.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda fuqarolar hayoti
va sog‘lig‘iga yoki atrof-muhitga zarar yetkazilganda, shuningdek,
xavfsizlikni  ta’minlashning  texnikaviy  yoki  boshqa  imkoniyati
bo‘lmay turib, xavfli chiqindilar hosil bo‘lgan hollarda korxona,
tashkilot va muassasalar faoliyati cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi
yoki tugatilishi mumkin.
Chiqindilarni saqlash sanitariya me’yorlari va qoidalari va ekologik
xavfsizlik  talablariga  muvofiq  hamda  chiqindilardan  oqilona
foydalanilishni ta’minlovchi usullarda amalga oshiriladi. Chiqindilar
ko‘mib  tashlanadigan  joy  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari
tomonidan  belgilanadi.  Xavfli  chiqindilarni  tashish  ruxsatnoma
asosida maxsus jihozlangan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish,
sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-


214
madaniy ahamiyatga molik yerlarda, suvni muhofaza qilish zonalari
va  suv  obyektlarining  sanitariya  muhofazasi  zonalari  atrofida,
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, alohida muhofaza etila-
digan  tabiiy  hududlar  hamda  obyektlarga  tahdid  kelib  chiqishi
mumkin  bo‘lgan  boshqa  joylarda  saqlash  va  ko‘mib  tashlash
taqiqlanadi.
Chiqindilarni  yig‘ish va  tashishda yuzaga  keladigan  qiyinchiliklar
va  yetishmovchiliklar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• chiqindilarni olib ketadigan maxsus avtomobillar yetishmasligi;
• chiqindi konteynerlari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik;
• korxonalar va aholi tomonidan chiqindilarni mo‘ljallanmagan
hududlarga noqonuniy olib chiqish va yig‘ish;
• aholi  istiqomat  qiladigan  hududlarda chiqindixonalarning
tartibsiz  ko‘payishi va h.k.
Chiqindixonalar tegishli muhandislik-himoya chorasi ko‘rilgan
holda tashkil etilishi, ularning atrof-muhitga yetkazayotgan ta’siri
nazoratga olinishi, chiqindixonalar joylashgan maydonlarda yoqim-
siz changlar paydo bo‘lishi, qo‘lansa hidlar tarqalishi, suv obyekt-
lari ifloslanishi va havoga metan va boshqa zaharli gazlar ajralib
chiqishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Zaharli  chiqindilar,  jumladan,  margimush,  og‘ir  metallar  va
pestitsidlar inson organizmida o‘tkir va surunkali xavfli kasalliklarni
keltirib  chiqaradi.  Òez  yonuvchan  moddalar,  jumladan,  turli  xil
erituvchilar va bo‘yoqlar qoldig‘i esa tirik organizmlar to‘qimalarini
shikastlantiradi. Kimyoviy faol chiqindilarga foydalanish muddati
tugagan preparatlar va kislotalar mansub bo‘lib, ular suv va havo-
dagi  moddalar  bilan  kimyoviy  reaksiyaga  kirishib,  portlash  yoki
zaharlovchi moddalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ayrim toifadagi shifoxonalar chiqindilari ham aholi salomatligiga
katta xavf tug‘diradi. Atrof-muhitni shovqin, elektromagnit maydon-
lari va nurlanishlardan, shuningdek, biologik ta’sir ko‘rsatishlardan
himoyalashga ham jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.
Atrof-muhitning ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bilan
ifloslanishining oldini olish, shovqin va nurlanishlardan himoyalash
tabiiy  sharoit  hamda  resurslardan  bioekologik  muvozanatni


215
buzmasdan  oqilona,  majmuiy  foydalanishga,  turmushda,  xo‘jalik
yuritishda ekologik xavfsiz zamonaviy texnika-texnologiyalarning keng
joriy etilishiga, shuningdek, aholining ekologik madaniyat darajasi
va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatiga chambarchas bog‘liqdir.
Odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘-
lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi,
jiddiy  moddiy  talafotlar  keltirib  chiqarishi
hamda  hayot  faoliyatining  sharoiti  izdan
chiqishiga  olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki
olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa
ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat favqulodda
vaziyat deyiladi.
Muayyan  hududda  favqulodda  vaziyatlar  ro‘y  berish  xavfini
imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda
esa odamlar sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan
zarar  va  moddiy    talafotlar  miqdorini  kamaytirishga  qaratilgan
tadbirlar majmuyi qo‘llanilib, favqulodda vaziyatlarning oldi olinadi.
Muayyan hududda favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda,  odam-
lar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan
zarar va  moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek,
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalar chegaralanib, xavfli omil-
lar  ta’sirini  tugatishga  qaratilgan  tashkiliy  chora-tadbirlar  va
kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar majmuyi o‘tkazilib, favqu-
lodda vaziyatlar bartaraf etiladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  hududi  mavjud  ekologik  vaziyat
murakkabligi darajasidan kelib chiqilgan holda quyidagi zonalarga
taqsimlangan:
• 0-zona –  qulay ekologik vaziyatli;
• 1-zona – og‘ir ekologik vaziyatli;
• 2-zona – favqulodda  ekologik  vaziyatli;
• 3-zona – ekologik  ofat (halokat).
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ekologik vaziyatni maj-
muiy  baholash  ma’lumotlarining  ko‘rsatishicha,  ekologik  ofat
(halokat)  zonasida  respublika hududining 8 % i joylashgan bo‘lib,
unda  mamlakat aholisining 0,1 % i yashaydi, favqulodda ekologik
Favqulodda
vaziyatlarning oldini
olish va ularni
bartaraf etish


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə