Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 26.21 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü26.21 Kb.
: ld
ld -> Koncepcja widza w krytyce filmowej
ld -> Mühazirə otağı/Cədvəl Məsləhət saatları Prerekvizitlər
ld -> Davranış; bireyin herhangi bir durum karşısındaki tepkileridir. Davranış kapsamındaki hareket ve etkinlikler iki başlık altında toplanmaktadır
ld -> Məntiq və imtahan kitabı
ld -> Azərbaycan Respublikası Təhsil Nazirliyi Ministry of Education of the Azerbaijan Republic

E
WwW.Student.BiZ.uZ
kologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti vazifalari va rivojlanish tarixi.

REJA:


1 .Ekologiya fani to’g'risida umumiy ma'lumot.

2.Tabiatni muhofaza qilishning predmeti va vazifasi.

3.Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

4.Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining rivojlanish tarixi.

Tayanch so’zlar:

Ekologiya, populyatsiya, autekologiya, biosfera, landshaft, ijtimoiy ekologiya, koinot ekologiyasi, urbanizasiya, taqqoslash, tajriba, modellashtirish, tasvirlash.

Ekologiya, biologiya fanlari turkumiga mansub bo'lgan mustaqil fan hisoblanadi. U tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan qonuniyatlarni o'rganadi.

Ekologiya; tushunchasini fanga birinchi bcflib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. «Ekologiya» yunoncha so"z bo’lib uning ma'nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini bildiradi. Populyatsiya, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya 4 bo'limga bo’lib o'rganiladi.

1. Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi.

2.Populyatsion ekologiya «populyason» - fransuzcha so’z bo"lib, «aholi» degan ma'noni bildiradi. Populyatsiyalar dinamikasi, ma'lum sharoitda turli organiznilar sonining o"zgarishi biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi.

3.Sin ekologiya «sin» - yunoncha so'z bo’lib, uning ma'nosi «birgalikda» demakdir. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o'rganadi.

4. Biosfera «bios»- hayot- «sfera»- shar so'zlaridan olingan bo’lib, ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ushbu ta'limotni vujudga keltirgan. Ushbu talimot asoschisi Vernadskiy V.I. hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya'ni yer qobig'idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.Hozirgi vaqtda ekologiyaning juda kcf p tarmoqlari mavjud. Jumladan filologik ekologiya, bioximik ekologiya, poliekologiya, landshaftlar ekologiyasi, qishloq xo'jaligi ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keladi.

Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan foydalanadi. Ularning keng tarqalgani quyidagilar: 1. Tasviriy, 2. Taqqoslash, 3. Tajriba, 4. Modellashtirish. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlarda foydalaniladi. Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi. Fan texnika sohasida ro'y bergan inqilobiy o'zgarishlar va sanoat va transportning tez o'sishi, aholining ko’payib borishi, urbanizatsiya xodisasi, shaharlarning kengaya borishi, shaharlar ta'sirining orta borishi, qishloq xo'jaligida kimyolashtirishning kuchli ta'siri va boshqa hollar, bir tomondan tabiiy resurslardan ko’proq foydalanishga olib kelsa, ikkinchi tomondan atrof muhitga salbiy ta'sirlarini ortishiga olib keladi. Natijada tabiiy resurslarning miqdori va sifatiga putur eta boshladi. Bunday munosabatni bartaraf etish hozirgi kunda ekologiya oldiga qo'yilgan birdan-bir dolzarb muammodir. Bu muhim masalani hal etishning amaliy va ilmiy asosi -tabiatni muhofaza qilishdir.

TMQ fani tabiiy resurslarning antropogen dinamikasi qonuniyatlarini, ularning murakkab o'zaro aloqalarini o'rganadi. Bu dinamikaning inson uchun ahamiyatini aniqlaydi, tabiiy boyliklardan ratsional foydalanishni asoslab beradi. Hozirgi avlod va kelajak avlod uchun muhim bo’lgan tabiiy resusrlarning miqdor va sifat xususiyatlarini - saqlash va tiklash usullarini ishlab chiqarish lozim.

TMQ fani kompleks fan bo’lib, tabiiy fanlar ijtimoiy-iqtisodiy va texnika fanlari negizida rivojlanadi. TMQ termini birinchi marta 1913 yilda TMQ ga bagishlangan 1-xalqaro s'ezddan song olimlar tomonidan ishlatila boshlandi. Inson butun mehnat faoliyati davomida tabiat bagrida yashab, unga ta'sir etadi. Va ozi uchun zarur bo’lgan barcha ne'matlarni, oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, energiya va mineral ashyolar va hakozolarni o'z mehnat faoliyati natijasida tabiatdan foyda oladi va sarflaydi. Masalan: dunyo bo'yicha hozirgi kunda har xil yoqilg'ilar ishlatilishi tufayli 10,1 ralyard tonna sarflanadi. qishloq xo'jaligiga yaroqli bo’lgan tuproqning 70 %, o'rmonlarning 50%, chuchuk daryo suvlarining20%, biologik resurslarning 70% kishilar tomonidan o'zlashtirilib foydalanilmoqda. Yer yuzida har yili 4 mlyard tonnadan ortiq neft, gaz 2 mlyard tonnadan ortiq komir yoqilib, 20 mlyard tonna har xil ma'danlar qazib olinadi. uning chang tozonlari, zaharli gazlar, tutun -qurumlari atrofga chiqib uni ifloslantirmoqda. Bularning hammasi insonning tabiatga ko’rsatgan ta'sirining natijasidir. Shunday ekan, tabiatdan to’g^ri foydalanish, tabiat qonunlari bilan hisoblashish va unga rioya qilish shartdir. Aks holda inson qator salbiy oqibatlarga duch keladi. Bugungi kunda shunday oqibatlarga duch kelmoqdamiz ham. Masalan, bundan 3000 yil ilgari yer sharidagi quriqlik yuzasi umumiy maydonining 47 % ni o'rmonlar tashkil qilgan edi. Insonning o'rmonlardan rejasiz ravishda foydalanishi natijasida hozir uning miqdori 27% ga tushib qoldi. Bu esa 2 mlyardga yaqin unumdor yerning Eroziyaga uchgashiga sabab bo'ldi. Bu korsatgich butun quriqlik maydonining 15% ni tashkil qiladi. O'zaro iqtisodiy yordam kengashi (O'IYOK) ning tabiatni muhofaza qilish bo'yicha 1974 yil tasdiqlangan dasturiga binoan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning quyidagi muammolari o'ta muhimdir.

l.Atrof muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy tashkiliy huquqiy va pedagogik tomoni.

2. TMQ ning gigienik tomoni.

3.. Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash.


4.. Suvni ifloslanishdan saqlash.

5. Maishiy- kommunal, sanoat, transport, qishloq xo'jalik chiqindilarini va boshqalarni zararsizlantirish va tashlab yuborish masalasi.

6.Yer osti boyliklaridan oqilona foydalangan holda atrof-muhitning musaffoligini buzmaslik masalasi. 7. Ekosistema va landshaftlarni muhofaza qilish masalasi.

8. Shahar va shahar atrofi zonasini rivojlantirishda va aholini


joylashtirishda tabiat muhofazasi hamda yon-atrof muhitini
sog'lamlashtirish masalasi.

9. Shovqin suron va turli xil tebranishlarning oldini olish masalasi.


Bundan tashqari bir qancha muammolar dasturda o'z aksini topgan. Faqatgina ularni izchillik bilan hal qilmoq darkordir. Ekologiya fan sifatida biologiyaning sohalari fiziologiya, genetika, biofizikaga asoslanadi. Shuningdek, biologiyadan tashqari fizika, ximiya, geologiya, geografiya, matematika va boshqa fanlar bilan bog'langan. Ekologik tadqiqotlarning samarali olib borilishi natijasida «Geografik ekologiya», «Kimyoviy ekologiya», «matematik ekologiya» va boshqa tushunchalar joriy qilindiki, ular ekologiyaning naqadar rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Hozirda inson o'z yashash doirasini keskin kengaytirgan, uning qadami nafaqat yer tevarak atrofidagi bo'shliqlarga, balki uzoq fazo bo'shliqlariga ham etib boradi. Bu holat butunlay yangi muammolarni keltirib chiqaradiki, ular tibbiyot ekologiyasi bilan yaqindan bog'liq bo’lgan antropo-ekologiyasini o'rganadi. Inson va mashinalarning o'zaro munosabatlari to'g'risidagi fan Ergonomika nomini olgan va mehnat muhofazasining bir qismi hisoblanadi. TMQ fanining ham boshqa fanlar bilan o'zaro aloqadorligi mavjud. Hozirgi kunda TMQ ning ayrim muammolari bilan geografik, biologik, tuproqshunoslik kabi qadimiy fanlar, shuningdek ulardan ajralib chiqqan biogeoximiya, gidrobiologiya, geogigiena kabi yangi sohalar ham shug’ullanmoqda.

Ekologiya va TMQ fanlarining rivojlanish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog'liqligi haqidagi fikr qadimdan malum bo’lgan. Antik davrda yashagan faylusuflarning asarlarida hayvonlarning turli instiktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi, tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog'liqligi, tabiatni muhofaza qilish haqidagi malumotlar keltiriladi. Jumladan O’zbekiston va markaziy Osiyoda ham Ekologiya va TMQ bo'yicha olib borilgan ishlar o'zining uzoq tarixiga ega. Orta asrlarda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso Al- Xorazmiy, Abu-nasr Farobiy, A.R.Beruniy, A.A.Ibn Sino va boshqa allomalarimiz ushbu fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shishgan. Muhammad Al-Xorazmiy 847 yilda «Kitob surat al-arz» degan asarlarini yozgan. Unda dunyo okeanlari, quruqligi qitalar, qutblar, ekvatorlar, gullar, tog'lar, daryolar va dengizlar, ko'llar, o'rmonlar, shuningdek boshqa tabiiy resurslar yerning asosiy boyliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. A.N. Farobiy ham tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug'ullangan bo'lib uning «Kitob al-xajm va al-miqdor» , «Kitob al-mabodi-insonie» insonning boshlanishi haqida kitob va boshqa asarlari bunga dalil bo'la oladi. Farobiy tabiiy va inson qo'li bilan yaratilgan narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratiladi, degan xulosaga keladi. Tabiatga inson omilining ta'siri katta ekanligini, tabiiy va sun'iy tanlash hamda tabiatga ko’rsatiladigan boshqa ta'sirlarni atroflicha baholaydi. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan tushuntirishga urinadi. U erdagi ba'zi hodisalarni quyoshning ta'siri bilan izohlaydi. Uningcha, inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda to’g'ri o'rgana oladi. Beruniy asarlarida o'simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo'jalikdagi ahamiyati haqida malumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari asosan; Mineralogiya, qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar asarida ko’plab uchraydi.

Beruniyning «Saydana»nomli asarida 1116 tur dori darmonlarni tavsiflagan, ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinadi. Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483-1530 ning g'azallari har kimga manzur. U faqat shoirgina bo'lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi, mashshoq, ovchi, bog'bon, sayyox va tabiatshunos ham bo'lgan. «Boburnoma» Boburning eng yirik asari bo'lib, asarda Boburning ko'rgan kechirganlari, yurgan joylarining iqlim sharoitlari, tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari. hayvonot va o’simlik olami tasvirlangan. Asar muhim atamalar va toponimik manbalarga boy.

Bobur o'z asarlarida xar bir hududni ma'lum bir tartibda lasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o'rni, so'ngra qaysi iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh joylari. o'simliklari, hayvonlari, jumladan o’zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega ekan.

Ekologiya fanini rovojlantirish, tabiatni muhofaza qilishga doir amalga oshirilayotgan ishlar hozirgi kunda ham davom etayapti. (Tzbekistonda Fanlar Akademiyasi qoshida ish olib borgan botanika, zoologiya va parazitologiya institutlari olimlari o'simliklar va hayvonlar ekologiyasiga bag'ishlangan ishlarni olib bormoqdalar. O’zbekistonda ekologik yo'nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Qashqarov va E.P.Korovinlar hisoblanadilar. Ular ekologik-ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ekolog mutaxassislar tayyorlash masalasini o'rtaga tashlaydilar va uning nihoyatda zarur ekanligini ta'kidlaganlar. (Tzbekiston Fanining akademiklari T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiev muxbir a'zolaridan V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov kabilar O'zbekistonda hayvonlarni o'rganish va ekologiya faniga hissa qo'shgan bo'lsalar E.P.Korovin, I.I.Granitov, V.A.Burigin, O.X. Xasanov kabi olimlar O’zbekiston o’simliklarini o'rgandilar va ekologiya fanini rivojlantirdilar.

Insonda tevarak atrofdagi muhitni saqlashga bo’lgan extiyoj qadim zamonlarda vujudga kelgan. Shuning uchun ham TMQ tarixi insoniyat tarixining ilk davrlariga to"g'ri keladi. Masalan: Foydali hayvonlarni ko’plab qirib yuborish ko’pgina xalqlarda o'lim jazosiga sabab bo'lgan, bu esa TMQ tarixining boshlanishi edi. Qimmatli hayvonlar ov qilinadigan va eyishga yaroqli hayvonlar, yovvoyi hayvonlar, o'simliklar o'sadigan joylar muqaddas deb e'lon qilinib, bu yerda ov qilish va o’simliklarni terish ma'n etilgan. Quldorlik jamiyatida o'rmon va daraxtlarni ko'riqlash haqida qonunlar vujudga kela boshlagan. Qadimgi Misrda uy hayvonlarini o'ldirish zararli va gunoh hisoblanadi. Ma'n etilgan joylarda baliq tutish, tangri yerlari ya'ni ko’riqxonalardan hayvonlarni haydab ketish ham gunoh hisoblan-gan. Feodalizm davrida tabiatni muhofaza qilish konkret shakl oladi. O'z yerlarida ov hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlashdan manfaatdor feodallar ularni qo'riqlash uchun qonunlar chiqara boshladi. qonunni buzgan kishi jazolanar edi. Bundan ming yilcha oldin Buxoro yaqinida Shoisabad ko’rikxonasi barpo etilganligi, atrof devor bilan uralgan, ko'riq ichida bug'u, kiyik, tulki, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar yashaganligi haqida tarixchi Narshaxiy yozib qoldirgan.

Hozirgi kunga kelib ham TMQ borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan: TMQ xalqaro tashkilotlarining tuzulganligi, ko’plab qoriqxona, buyurtmaxonalarining tashkil etilganligi TMQ bo’yicha qator qonunlarning joriy etilishi fikrimizningyaqqol dalidir.

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar:



  1. Ekologiya fani qachon vujudga kelgan va nimani o’rganadi?

  2. ekologiyaning rivojlanishini qanday bosqicjlarga bo’lish mumin?

  3. ekologiya fani ilmiy tadqiqot ishlarida qanday uslublardan foydalanadi?

  4. O’zbekistonda ekologik bilimlarning asoschilari kimlar?


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə