Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


yilda Kanada ayol aholisining statik demografik jadvali



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə40/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

1980 yilda Kanada ayol aholisining statik demografik jadvali
(Krebs bo‘yicha, 1985)



YOsh
guruhi

Har bir yosh guruhidagi odam soni

Har bir yosh guruhida o‘lganlar soni

1000 kishi hisobiga o‘lim miqdori

0-1

173 400

1 651

9,52

1-4

685 900

340

0,50

5-9

876 600

218

0,25

10-14

980 300

234

0,24

15-19

1 164 100

568

0,49

20-24

1 136 100

619

0,54

25-29

1 029 300

578

0,56

30-34

933 000

662

0,71

35-39

739 200

818

1,11

40-44

627 000

1 039

1,66

45-49

622 400

1 664

2,67

50-54

615 100

2 574

4,18

55-59

596 000

3 878

6,51

60-64

481 200

4 853

10,09

65-69

413400

6 803

16,07

70-74

325 600

8 421

25,86

75-79

235 100

10 029

42,66

80-84

149 300

10 854

72,50

85 va katta

199 200

18 085

151,70

Bunday jadvallar populyasiya rivojlanishining vaqtinchalik qir-qimi, ya’ni ma’lum bir paytini aks ettiradi. Agar muayyan populyasiya-ning o‘lish va tug‘ilish miqdorida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, statik va dinamik jadvallar bir-biriga to‘g‘ri keladi.
Omon qolish jadvali ma’lumotlari muayyan yoshgacha umr ko‘rgan in-dividlar sonining organizmlar tug‘ilganidan boshlab bu oraliq davo-miyligiga bog‘liqligini aks ettiruvchi omon qolish egri chizig‘i yoki qolgan umr egri chizig‘ini tuzishga imkon beradi (3.4-rasm).
Omon qolish egri chizig‘ining uch turi farqlanadi:

  • birinchi (I) turdagi egri chiziq – butun hayoti davomida o‘lim miqdori taxminan doimiy (o‘zgarmas) bo‘lib qoladigan turlarga xos bo‘lib, bunga sudralib yuruvchilar, qushlar va ko‘p yillik o‘t o‘simlik- lari hayoti misol bo‘ladi. Birinchi turdagi egri chiziq gidralarga eng xos bo‘lganligi uchun ko‘pincha «gidra egri chizig‘i» deb ham ataladi;

  • ikkinchi (II) turdagi egri chiziq – individlar hayotining bosh-lang‘ich davridagi ommaviy o‘lim holatini ifodalaydi. Nasli haqida qayg‘urmaydigan gidrobiontlar va boshqa ayrim organizmlar juda ko‘p miqdorda lichinka, uvildiriq va urug‘ qo‘yish hisobiga yashab qoladi. Masalan, mollyuskalar planktonda o‘z rivojlanishining lichinka bos-qichini o‘taydiki, bunda juda katta miqdordagi lichinkalar nobud bo‘ladi, shu sababli ikkinchi turdagi egri chiziq ko‘pincha «ustritsa egri chizig‘i» deb ham ataladi;

  • uchinchi (III) turdagi egri chiziq – odatda tuxum qo‘yganidan ke-yin nobud bo‘ladigan hasharotlarga xos bo‘lib, o‘lim miqdori butun hayoti davomida juda kam bo‘ladi, biroq hayoti oxirida birdan oshib (ko‘tarilib) ketadi. Odam va ayrim yirik sut emizuvchi hayvonlarning omon qolish egri chizig‘i ham shunga yaqin. Uchinchi turdagi egri chiziq ko‘pincha «drozofila egri chizig‘i» deb ham ataladi.

Umurtqali hayvonlar populyasiyalarida eng uzoq hayot davomiyligi turlicha shakllangan: grenlandiya kiti - 211 yil, galapagos toshbaqasi - 177 yil, ko‘l balig‘i - 152 yil, ot - 67 yil, qoramol - 40 yil, qo‘y - 21 yil va odam - 122,5 yil yashashi mumkinligi qayd etilgan. Odam bu rey-tingda 11 o‘rinni egallaydi. Odam hayoti davomiyligining o‘rtacha ko‘r-satkichi YAponiyada - 83,7 yilni, SHveysariyada - 83,4 yilni, O‘zbekis-tonda - 69,2 yilni tashkil qiladi.



YAshashning ekologik mohiyati organizmlarning omon qolib, yashash
ga intilishini ifodalaydi. Har bir populyasiyada yashash – omon qo-lishning o‘ziga xos strategiyasi mavjud bo‘ladi. Masalan, o‘simlik po-pulyasiyalari o‘rtasida omon qolish ehtimolligini oshirishga, o‘zidan keyin nasl qoldirishga yo‘naltirilgan quyidagi strategiyalar farq-lanadi:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə