Ekotizimlarning faoliyati


Ekotizimlarda o’zaro munosabat va jarayonlar fluktuatsiyasi uning vaqtinchalik tuzilishini tashkil qiladi



Yüklə 294 Kb.
səhifə3/7
tarix01.02.2023
ölçüsü294 Kb.
#99928
1   2   3   4   5   6   7
Biosfera tushunchasi. I.V.Vernadskiy ta’limoti. Noosfera.

Ekotizimlarda o’zaro munosabat va jarayonlar fluktuatsiyasi uning vaqtinchalik tuzilishini tashkil qiladi

Ekotizimlar tuzilishining vaqtinchalik asosiy ko’rsatkichlari, uning tashkil etuvchi elementlari, ekologik omillar va jarayonlar hisoblanib, tebranishlar amplitudasi dinamikasi, inertligi va assinxronligidan iboratdir.
Takrorlanish bo’yicha barcha jarayon va hodisalarni yuqori, o’rta va quyi qismlarga bo’lish mumkin. Yuqori, masalan kun davomida havo harorati va namligining o’zgarishini kiritish mumkin. O’rtacha chastotali tebranishlarga yil davomida fitomassaning o’zgarishini misol qilsa bo’ladi. Past chastotali tebranishlar uzok vaqt bir yildan ko’proqqa (masalan, o’rmonlarda fitomassa o’zgarishi) cho’ziladi.
Qaralayotgan ekotizimni tavsiflochi ko’rchatkichlar – har xil tebranishlar aplitudasiga ega. Alohida jarayon va hodisalarninng tebranishlar manbasi, tabiiy tanlanishiga bog’liq holda assinxron bo’lishi mumkin (masalan, quyosh radiatsiyasi va yer osti suvlari rejimi).
Ko’pincha ekotizimlarda, xususan ekotoplarda inertsiya samarasi kuzatiladi. Masalan to’proqning chuqur qismlarida maksimal harorat kuzda va ba‘zan qishga surilishi mumkin. Bunda chuqurlikda tebranishlarning «o’chishi» va amplitudasining kamayishi kuzatiladi.



Ekotizimlar ba‘zi butunlik xududining holatini, uni vaqtinchalik shaxsiy tarkibini sintezlaganda bilish mumkin.

Ekotizimlar holati deganda aniq vaqt oralig’ida ekotizimni tavsiflovchi ekologik omillarning ba‘zi munosabatlari tushuniladi. Bu holatni ham chastotaviylik ko’rsatkichi bo’yicha tasniflash mumkin (qisqa, o’rtacha, uzoq chastotali holat).


Ekotizim holatining o’zgarishini, uning tuzilishi va faoliyatining invariant xususiyatlari o’zgarishidan farqash lozim.
Ekotizimning almashishi-uning evolyutsion jarayonidir (keyingi bobga qarang).
6.4 Ekotizimning mintaqaviyligi. Ekotizimlar yerning boshqa tabiiy tizimlari kabi mintaqaviylik qonuniga bo’ysunadi.
Mintaqaviylik iqlimga xos (sinonimlari: geografik, kenglik, gorizontallik) va vertikallik (geologik, sferik) tavsifga ega. Kengliklar bo’yicha Quyoshning iqlimga xos energiyasi (ekvatordan qutblarga qarab energiya miqdorining kamayishi)ga va notekis namlanish (quruqlik uchun) xususiyatiga ega. Bunday mintaqaviylik katta tekisliklarda (sharqiy Yevropa, G’arbiy-Sibir) aniq ko’rinadi. Vertikal mintakaviylik uzoq vaqt davom etuvchi geologik jarayonlar va Yerning sferik tuzilishida ko’zatiladi (gidrosfera, atmosfera va litosferaning o’zaro ta‘siri). Vertikal mintakaviylikni balandlik mintakaviyligidan farqlash lozim.
Nafaqat quruqlik ekotizimlari, balki dengiz ekotizimlari ham ajratilish jarayoni quruqliknikidan farq qilsa ham mintaqaviydir. Umuman dengiz (okean)lar uchta katta mintaqaga ajratiladi: qirg’oqoldi yoki litoral; ochiq dengiz yoki batial va chukursuvlilik yoki abissal.
Tabiatda tabiiy-tarixiy mintaqaviylik XIX asr oxirida V.V.Dokuchaev tomonidan to’proqlar mintaqaviyligi misolida yaratilgan. Lekin V.V. Dokuchaev mintaqaviylik qonuniyati ta‘sirini faqat to’proqlar bilan chegaralamagan. 1898 yilda u okean, dengiz va daryolarda mintaqaviylikning aniq ko’rinishini ko’rsatdi. Hozirgi vaqtda faqat tuprokniki emas, balki yer osti va yer usti suvlari, iqlim, meteoxodisalar, o’simliklar va hayvonot dunyosi mintaqaviyligi aniq belgilangan. Ekologik nuqtai-nazardan iqlimning mintaqaviyligi muhimdir. Iqlim, gumid, arid, semiaridga ajratiladi. Gumid iqlim mintaqasi (okeanlar ustida) bir yilda atmosfera yog’inlarining suv yuzasidan bo’ladigan bug’lanishga nisbatan ko’p yog’ishi bilan tavsiflanadi. Quruqlikda esa, ortiqcha namlanish mintaqasi gumid mintaqa deb yuritiladi. Arid mintaqada (okeanlar ustida) suv yuzasidan bo’layotgan bug’lanish, yog’ayotgan yog’in miqdoridan ko’pdir. Quruqlikda esa, bu ilik yoki issik iklimga ega bulgan qurg’oqchil kenglikdir.U namlik yetishmaslik mitaqasi deb yuritiladi.
Semiarid (yarim arid, qurg’oqchil) mintaqa davriy qaytarilib turuvchi qurg’oqchilik va barqaror bo’lmagan namlanish mintaqasi bilan tavsiflanadi.



SHunday qilib, ekotopning uchta komponenti (tuproq- edafatop, suv- gidratop, iqlim-klimatop) mintaqaviydir. Bundan biotsenoz va umuman biogeotsenozlarning mintaqaviyligi kelib chiqadi.

Ko’pincha yirik ekotizimlarning (biomlar) geografik (kenglik) mintaqaviyligi, hayvonot va o’simliklar dunyosining Yer geografik qobig’ida morfologik bo’linishiga bog’liqdir. Ular qonuniyat bo’yicha bir-birini almashtiruvchi yo’l ko’rinishdagi katta maydonlarni egallaydi. Ularning har biri issiqlik, yorug’lik va suv rejimi, to’g’ri keladigan tuproq turi, o’zining flora va faunasiga ega. Kenglik bo’yicha qutbdan ekvator yo’nalishiga qarab sobiq ittifoq xududi quyidagi mintaqalarga ajratilgan: muzlik, tundra, o’rmon tundrasi, tayga, Rus tekisligining aralash o’rmonlari, Uzoq Sharqning mussonli aralash o’rmonlari, subtropik chullar, urmon chul, chul, O’rtaer dengizi va namli subtropiklarga. Chet el xududlari: tropik chul, savanna, yapaloq bargli o’rmon, tropik nam o’rmon va okean o’tloqlari mintaqalariga bo’linadi (Reymers, 1990).


Tog’li hududlarning asosiy ekologik xususiyati shundaki, flora va fauna joylashishining balandlik mintaqaviyligi gorizontal mintaqaviylikning aks etishi bo’lib, toqqa ko’tarilgan sari mintaqalarning almashishi qonuniyati, ekvatordan qutbga qarab kenglik mintaqalarining ketma-ketligiga mos keladi.
6.5 Mintaqaviylikning vaqtinchalik jihatlari. K.K. Markov (1978) hammualliflar bilan geografik mintaqaviylik tarixini o’rganib, bir-birini almashtiruvchi ikkita geografik mintaqani aniqladi.
Birinchi turdagi geografik mintaqa, Yer yuzasining, harorati nisbatan yuqori bo’lgan geologik davr shakllangan. Bunday davr uchun kuchli tropik rivojlangan geografik mintaqalar tuzilishi xosdir.
Sovuq davrlarda ikkinchi turdagi mintaqaviylik hukmronlik qilgan: geografik mintaqalarning va poyaslarning umumiy miqdori ko’paydi, ichki tropik bo’shliq qisqardi va mintaqalar chegarasi ekvatordan surilib, uning hisobiga tropiklarda tashqari bo’shliq kengaydi (Markov va boshqalar, 1978, 137-138 b.).
Issiq davrda, masalan poleogenda deyarli butun Grelandiya tropik mintaqa chegarasida joylashgan edi.
O’sha paytda iqlim shunchalik iliq ediki, hatto Shimoliy qutbda o’rtacha
yillik harorat 15-170С tashkil qilgan. Quruklik relefi asosan tekisliklardan iborat bo’lib, u uncha chuqur bo’lmagan, yaxshi isiydigan dengizlar bilan qurshalgan.
Paleogen davri oxirida (oligetsenda) iqlimning global sovishi kuzatilib, uni ko’pchilik mualliflar quruqlikning ko’tarilishi va tog’lar paydo bo’lishi bilan bog’lashadi. Sovush tendentsiyasi miotsenda (quyi neogen) yanada kuchaygan. Natijada Yer yuzasi tuzilishida mintaqaviy o’zgarishi paydo bo’ldi. Pliotsenda (yuqori neogen) uning qayta qurilishi sodir bo’lgan:
Tropik mintaqa qisqarib, muntazam bir necha mustaqil mintaqalarga bo’linadi. Pliotsenda (to’rtlamchi davr), maksimal sovush va muzlash davrida mintaqalar tuzilishining qayta qurilishi yuqori nuqtaga yetdi: Yer tarixida eng murakkab bo’lgan hozirgacha ba‘zi o’zgarishlari bilan saqlanib qolgan geografik mintaqaviylik vujudga keldi. Bu bizning muz qoplamlari (Antarktida, Grenlandiya, baland tog’lar va boshq.) keng tarqalgan sovuq davrda yashayotganligimizga asos bo’ladi.
6.6 Ekotizim barqarorligi. Ekotizim barqarorligi oldin aytib o’tilganidek, statik emas dinamik bo’lib, gomeostoz hodisasi bilan tavsiflanadi. Dinamik barqarorlikning (yoki unga intilishning) ekotizimda mavjudligi, uning faoliyat ko’rsatayotganligiga asos bo’ladi.
Lekin boshqa tomondan ekotizimning dinamikligi –uning o’zgaruvchanligidir. Bizni bu holatda, harakat shakli (o’zgarishi), mavjudlik vaqtining tavsifi qiziqtiradi. Ekotizimni ajratib ko’rsatuvchi haqiqiy ko’rsatkichlaridan biri uning vaqt bo’yicha barqarorligidir, barqaror bo’lmagan harakat shakllari (o’zgarishlar) paydo bo’lsa juda tez yemiriladi.
SHunday qilib qarama-qarshilik, tizim statikada ham tizimdir, lekin bunday tizim faoliyat ko’rsatmaydi. Faqat dinamik tizim faoliyat ko’rsatishi mumkin bo’lib, Yerning har qanday ekotizimi bunga kiradi. Biroq, haqiqiy xudud sifatida bunday tizim uzoq vaqt mavjud bo’lgandagina ya‘ni, qandaydir vaqtning makrobo’limida barqaror bo’lsa ajratilishi mumkin.
R.Levontin (Lewontin, 1969) ekotizimning har xil ta‘sirlarga qarshilik ko’rsatish xususiyatini lokal va global barqarorlik atamalari bilan tavsiflashni taklif qildi. Bu hodisa sharikli modelda (6.2.rasm) ko’rsatilib, u ekotizim (populyatsiya, jamoa)ni namoyon etadi.


Yüklə 294 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə