Ekotizimlarning faoliyati


rasm Lokal va global barkarorlik



Yüklə 294 Kb.
səhifə4/7
tarix01.02.2023
ölçüsü294 Kb.
#99928
1   2   3   4   5   6   7
Biosfera tushunchasi. I.V.Vernadskiy ta’limoti. Noosfera.

6.2.rasm Lokal va global barkarorlik

SHarik topografik yuzada joylashtirilgan bo’lib, uning holati tashqi sharoitlarga bog’liq: bunday yuzaning cho’kkan qismi barqarorlikning har xil sathlarini gomeostatik jarayonlar orqali tavsiflaydi. A holatda har qanday ta‘sirda ham tizim muvozanat holatiga qaytishi mumkin (global yoki lokal). V holatda lokal muvozanat bo’lib, u agar tashqi ta‘sir kritik sathdan oshsa buziladi. Ekologik suktsessiya (quyiga qarang) qiya topografik yuzadan harakatlanayotgan sharik ko’rinishida tasavvur qilinishi mumkin.


Umuman olganda ahamiyatsiz ta‘sirdan so’ng muvozanat (dinamik muvozanat) holatiga qaytuvchi tizim lokal muvozanatga ega bo’ladi (masalan, o’tloqni urib olingandan keyin yana o’z holatiga qaytishi). Agar tizim kuchli ta‘sirdan so’ng ham muvozanat holatiga qayta olsa bu uning global muvozanat holdaligini ko’rsatadi.
6.7 Rezistent va elastik barqarorlik.

SHunday qilib, ekotizimning barqarorligi deganda, tashqi ta‘sir natijasida muvozanat holatidan chiqarib, boshlang’ich holatga qayta olish xusuyati tushuniladi.

Har qanday ekotizim bunday ta‘sirning mezonli chegarasi bilan tavsiflanadi. Bu chegara rezistent barqarorlik miqdorini belgilaydi. (6.3. sxema). Boshqacha qilib aytganda, rezistent barqarorlik – o’zini tuzilishi va faoliyatining o’zgarishiga, buzilishiga qarshilik ko’rsatuvchi ekotizim xususiyatidir.Ekotizim boshlang’ich holati buzilgandan keyin o’z holatiga tez yoki sekin qaytishi mumkin (yoki, agar mezon chegarasi buzilgan bo’lsa umuman qaytmasligi mumkin). Bunday vaqtinchalik tavsif elastik barqarorlik deb ataladi (6.3. sxemaga qarang).



6.3. rasm Ekotizimda mavjud bulgan barkarorlik turlari ( Odum, 1986; Tsvetkova va boshk.,1999 b¢yicha).
Barqarorlikning ikki turi xam teskari bog’langan. Sekvoyadan tashkil topgan kaliforniya o’rmonlarining daraxtlari po’stlog’i qalin (30 smgacha) bo’lganligi uchun yong’inga chidamli (yuqori rezistent barqarorlik), lekin yonib ketsa juda sekin tiklanadi (bunday o’rmonning 100 hatto 1000 yilda tiklanishi uning past elastik barqarorligini ko’rsatadi). Ingichka daraxtlar oson yonib ketadi (past rezistent barqarorlik) lekin tez tiklandi (yuqori elastik barqarorlik).
6.8 Suktsessiya. O’simliklar suktsessiyasi haqidagi ta‘limot F.E. Klemints tomonidan (Clements, 1916) yaratilgan. O’simliklarning rivojlanish ketma- ketligi uning fikricha bir - necha davrlardan iborat bo’lib, joyning iqlimi bilan jamoa energetikasi mos tushganda u muvozanat holatiga ega bo’ladi.
F.E.Klementsga ko’ra, o’simliklar rivojlanishining ketma-ketligi beshta davrga bo’linadi: birinchi davr-substrat yuzasida paydo bo’lishi; ikkinchi davr – migratsiya, o’simliklarda urug’ paydo bo’lishi; uchinchi davr – urug’ning o’sishi; to’rtinchi faza qarama-qarshi harakat davri, ya‘ni o’simlikning unib chiqishi va uning atrof- muhitga ta‘siri; beshinchi davr – o’zini tutib olish, populyatsiya turlari yashash joyi sharoiti bilan mos holatga kelishi.



Hozirgi davrda suktsessiya deganda, tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida bitta xududda (biotopda) paydo bo’lgan jamoalar (biogeotsenozlar)ni vaqt bo’yicha almashishi tushuniladi. Qandaydir ta‘sir natijasida jamoa muvozanat holatdan chiqqandagina suktsessiya kuzatiladi

Bu holatda paydo bo’ladigan jamoalar ketma-ketligi seriya yoki bosqich deb ataladi. Suktsessiyaning oxirgi davri klimaksdir.






Yüklə 294 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə