Ekzogen va jarayonlar va ularning okibatlari



Yüklə 34,85 Kb.
tarix08.06.2022
ölçüsü34,85 Kb.
#89075
EKZOGEN VA JARAYONLAR

EKZOGEN VA JARAYONLAR VA ULARNING OKIBATLARI




Injenerlik-geologiyasining birinchi kismida biz yerning shakli, ximiyaviy tarkibi, fizik xossalari va tuzilishini kurib chikdik. Lekin, litosfera doimo uzgarib turadi. Vakt utishi bilan yer yuzasining relfi uzgaradi; dengiz va okeanlar xamda ularning kirgok chegaralari almashadi; daryolar uz uzanini uzgartiradi, mavjud kullar kuriydi va yangilari xosil buladi. Tog jinslari va ularni tashkil kilgan minerallar yemiriladi xamda ulardan yangi tog jinslari va minerallar xosil buladi. Bu uzgarishlarni yer kobigining ichki kismida xam kuzatishimiz mumkin.

Injenerlik-geologiyasi geologiya fanining bir kismi bulib, yer yuzasi va yer pustida buladigan injener-geologik jarayonlar bilan shugullanadi. Geologiyaning bu kismi fiziografik (fizik) geologiyaga taalluklidir.

Bu masalani yoritishda geolog va geograflar olib boradigan izlanishlarning farki shundaki, geolog tabiiy jarayonlarning konuniyatlarini tarixiy yusinda tekshirsa, geograf geologlarning xulosalariga asoslanib, yer morfologiyasi konuniyatlarini Yer yuzasining xozirgi kurinishiga karab geografik nuktai nazardan tekshiradilar.

Injener-geologik jarayonlar yerning xamma katlamlarida va ularning bir-biriga yondosh chegaralarida xam sodir buladi. Atmosferada sodir buladigan jarayonlarni meteorologiya, gidrosferadagilarini – gidrologiya, litosferadagilarini – litologiya urganadi.

Atmosfera va litosfera chegarasida eol jarayonlar, gidrosfera va litosfera chegarasida denudatsiya, eroziya, abraziya jarayonlari yuz beradi. Yer katlamlari ichida esa, yer osti suvlvri xarakat kiladi, ya'ni gidrogeologik jarayonlar (karst, suffoziya, chukish va boshkalar) yuz beradi. Yer pustidagi xarakatlar geologiyada tektogenez yoki kengrok kilib aytganda geotektogenez deb ataladi. Magmaning xosil bulishi, xarakati, kotishi va aralashish jarayonlari magmatizm deb ataladi.

Magma va lava xakida tushincha. Magma (zich moy –grekchadan) yer bagrining chukir kismidan chikib keluvchi gazsimon maxsulotlar bilan tuyingan sovishidan magmatik tog jinslari xosil bulivchi va yer karining asosiy kismini tashkil kiluvchi silikat korishma. Vulkan otilishidan magma yer yuzasiga okib chikadi, uzida erigan uchuvchi komponentlardan xolos buladi va lava deb nomlanadi.


Zamonaviy tasavvurga kura 50km dan keyin agar yuza sharoitida bulganida tog jinslari moddalarini eritib yuboradigan 1500 S temperatura bulishiga karamasdan yer butun bir kattik jism deb yuritiladi . Lekin bu shu chukurlikda mavjud bulgan katta ya'ni 130 ming kgsG`sm* bosim evaziga yuz bermaydi .Shuning uchun yerning xar xil chukirliklarida anik termodinamik tenglik urnatiladi , bu tenglik xar kanday buzilishni - temperaturani ortishi yoki bosimning pasayishi moddaning suyuk xolatga utishga ,ya'ni magmaning shakilanishiga olib keladi. Magma planetaning yulduz xolatidan kolgan koldik eritma xisobiga emas, balki muayyan maydondagi termodinamik tengliknining buzilishidan kelib chikadi. Bu maydonlarda tektonik jarayonning keyingi yunalishiga boglik magmatik uchog shakilanadi, ya'ni intruziv formada yoki vulkan xarakati sifatida shakilanishi mumkin .Magmatizmning ikkala kurinishini xam –turli fizik-ximiyaviy sharoitda chikayotgan magmaning xar xil formalarda xarakti va sovishi aynan bir jarayonning uzidir. Yer ka'ridagi magmatizim–intruziv yer yuzasidagi–effuziv magmatizm deyiladi.
Yerning chukir ka'rida materiyaning rivojlanishidan ajralayotgan energiya xisobiga boruvchi jarayonlar ichki yoki endogen jarayonlar deyiladi
Endogen jarayonlarning Yer karidagi materiyaning bir formadan boshka formaga utishda uning xarakati va bulinishi natijasida yuzaga keladigan magnitizm , metamorfizm va deformatsiya kurinishlarida shakilanada .Bu jarayonlarning xarakteri va intensivligi borasida suz borganda bevosita uning otilayotgan vulkan , zilzila ,yorik va boshka deformatsiyalarning yer yuzasidagi shakillanishini kuzatish lozim .
Endogen jarayonlarda materiyaning bulinishi foydali kazilmalarni juda muxim gruxlarini shakillanishiga ( kupchilik metall rudalarni , slyudalarni , kimmatbaxo toshlarni va boshkalarni ),shuningdek stixiyali fojia kurinishlarini keltirib chikaradi ,kaysiki ularni urganish ular bilan boglik bulgan fojialar xakida oldindan ogoxlantirish imkonini beradi . Shuning uchun endogen jarayonlarni urganish fakatgina ilmiy axamiyatga ega bulmasdan balki amaliy axamiyatga xam ega.
Endogen jarayonlar chukur yer karidan chikayotgan magmaning shakilanishi va uning yer yuzasiga chikishi xisobiga yer tarkibini va shaklini uzgartiradi. Relyef xam chukir magmatik jinslar xam yer yuzasi sharoitiga mutlok turgun emas. Yer karida shakilangan jinslar usha sharoitdagina turgun bulib ular yer yuzasida ekzogen jarayonlar tasirida sutkali va mavsumiy teks turani uzgarishi ,suvning ,xavoning va tirik organizmlarning mexanik va ximiyaviy tasirida tezda buziladi .Natijada yer yuzasida turgin bulgan boshka yangi moddalar shakilanadi .Birlamchi magmatik tog jinslarining xisobiga yuzaga keladigan ikkilamchi materiyaning yangi formalari , yangi tog jinslari xosil buladi .

Kuzatishlardan bizga malumki uzgarish va buzilish fakatgina yer karidan yer yuzasiga chikkan jinsgagina tegishli bulmaydi. Uzgarish yer yuzasida xosil bulgan jinslarni yerning chukirok zonalariga tushib kolishida yuz beradi. Masalan ,chukindi jinslarni yer karidan chikayotgan magma yakiniga ya'ni yukori tekstura va bosim tasiriga tushib kolishda ,yoki bulmasa yer kobigining deformatsiyasi natijasida temperatura va bosimning keskin uzgarishi xisobiga uzgaradi .Yer yuzasida shakillangan jinslar turgunlik xolati juda past kursatgichga ega ,jinslarning kayta shakilanishidan avvalgisiga uxshamaydigan yangi jinslar xosil buladi . Bu jinslar metamorfik tog jinslari, ularni xosil kiluvchi jarayonga metamorfizm jarayoni deyiladi. Metamorfizm jarayoni vaktida foydali kazilma konlari xam xosil bulishi mumkin, misol uchun asbest, talk, mramorlar, kupchilik metallar va boshkalar.



Shunday kilib endogen jarayonlar ya'ni ichki agentlar doimo uzgartiradi va bir vaktni uzida yangi sharoitga turgun moddalar xosil kiladi, yer yuzasiga shakilangan materiya yer ka'rida turginsiz xolatda uchraydi, agar shu muxitga tushib kolsa ularni kayta shakilantiradi.
Download 22.94 Kb.
Yüklə 34,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə