Elektr maydon energiyasi



Yüklə 44,57 Kb.
tarix30.05.2023
ölçüsü44,57 Kb.
#114260
elektr maydon energiyasi



Elektr maydon energiyasi

Ma’lumki, elektrostatik kuchlar konservativ kuchlardir. Konservativ kuchlarning bajargan ishi zaryadni qanday trayektoriya bo`ylab, qanday tekislik bilan va qanday yo’nalishda ko’chirishga bog’liq bo’lmay, faqat boshlang’ich va oxirgi holat parametrlari orqali aniqlanadi.


Konservativ kuchlar maydonida turgan jism potensial energiyaga ega bo’ladi. Maydon kuchlari ana shu energiya hisobidan ish bajaradi.
O’zaro ta’sirlashayotgan ikkita zaryadlangan jismlarni kuzatsak, ularning har biri ikkinchisining maydonida
(3.12)
potensial energiyaga ega bo’ladi.
- lar mos holda q1 va q2 zaryadlangan jismlarning berilgan nuqtada hosil qilgan potensiallari bo’lib, u quyidagicha ifodalanadi.
(3.13)
(3.12) va (3.13) dan (3.14) ni hosil qilamiz.
W1=W2=W yoki W= (3.14)
Sistemasining energiyasi ifodasiga har ikkala zaryad ham simmetrik ravishda kirishi uchun (3.14) ni quyidagi ko’rinishda yozamiz:
(3.15)
Bu ifoda barcha zaryadlar sistemasi uchun o’rinli bo’lib, umumiy holda
(3.16)
(3.16) zaryadlar sistemasi maydonining energiyasini ifodalaydi.
Zaryadi q-bo’lgan o’tkazgich zaryadini dq-ga oshirish uchun potensiali -bo’lgan maydon kuchlari ustidan ma’lum bir ish bajarish lozim.
(3.17)
Bu ish o’tkazgichning potensial energiyasini oshirishga sarflanadi.
(3.18)
(3.18) ni integrallab, yakkalangan o’tkazgichning potensial energiyasini hosil qilamiz.
(3.19)
boshlang’ich shartga ko`ra const=0, chunki zaryadlanmagan o’tkazgich elektr energiyasiga ega emas.
Elektr sig’imi va potensiali orasidagi munosabatni hisobga olib (8) ni quyidagicha ifodalash mumkin.
(3.20)
Zaryadlangan kondensator energiyasini ifodalash uchun -potensial o’rniga qoplamalar orasidagi potensiallar ayirmasi dan foydalanish kifoya.
(3.21)
Ma’lumki, zaryadlangan o’tkazgich ichida elektr maydon bo’lmaydi shu tufayli maydon ham, energiya ham, fazoda kuchlanganlikka bog’liq holda biror zichlik bilan taqsimlangan bo’ladi.
Agar (3.21) ga yassi kondensator elektr sig’imi ifodasini qo`ysak,

S·d=V ekanligini hisobga olib:
(3.22)
Maydon bir jinsli bo’lsa, energiya o’zgarmas zichlik bilan taqsimlanadi. Hajm birligidagi energiya miqdoriga son jihatdan teng kattalik energiya hajmiy zichligi deb yuritiladi va quyidagicha ifodalanadi:
(3.23)
Yüklə 44,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə