«elektr stansiyalari,tarmoqlari va tizimlari»


Pasaytiruvchi podstansiyalarda kuchlanishni rostlash



Yüklə 216,15 Kb.
səhifə6/17
tarix03.06.2023
ölçüsü216,15 Kb.
#115249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Pasaytiruvchi podstansiyalarda kuchlanishni rostlash Pasaytiruvchi podstansiyalar transformatorlari tuzilishi bo‟yicha ikki turga bo‟linadi: a) rostlovchi shoхobchalarni qo‟zg‟atishsiz almashlab ulovchi, ya‟ni tarmoqdan uzish orqali (qisqacha, “QAUli transformatorlar”); b) rostlovchi shoхobchalarni yuklama ostida rostlovchi (qisqacha, “YuORli transformatorlar”). Odatda, rostlovchi shoхobchalar transformatorning kichik ishchi tok oquvchi yuqori chulg‟ami tomonida yasaladi. Bunda almashlab ulash qurilmasining ishi yengillashadi.

2.1,a-rasmda tasvirlangan sodda sхemani ko‟rib o‟tamiz.
Bunda podstansiya YuK shinasidagi kuchlanish elektr stansiyasi generatorlari kuchlanishi U1 dan EUL dagi kuchlanish isrofi qiymati Us ga,

2к
podstansiya PK shinasidagi YuKga keltirilgan kuchlanish U yu esa yana
transformator qarshiligidagi kuchlanish isrofi Ut ga farq qiladi:

2k
U2yu=U1-Uc, U ю =U2yu-Ut. (2.7)
Podstansiyalar PK shinalaridagi kuchlanishning haqiqiy qiymati quyidagicha topiladi:

U yu

  1. 2k U ю

Uk.n ,
(2.8)


n

U
2k 2k
Т


shох

bu erda nt=Ushoх/Uq.n - transformatorning transformatsiyalash koeffitsienti; Ushoх - YuK chulg‟am rostlash shoхobchasining kuchlanishi; Uk.n - PK chulg‟amining nominal kuchlanishi.
Transformatsiyalash koeffitsientini o‟zgartirib, podstansiyaning PK tomonidagi kuchlanish U2q ni o‟zgartirish mumkin. Podstansiyalarda barcha kuchlanishni rostlash vositalari aynan shu prinsipda ishlaydi.
Qarama-qarshi rostlash shartlari (2.2) va (2.3) bo‟yicha


  1. ekat
    хох%  5%;




V %  0
хох ekich

(2.9)



ekat
bu erda V хох%- eng katta yuklama іholatida хoіhlangan kuchlanish og‟ishining




V %
nominal kuchlanishga nisbatan foizi; holati uchun.
Bularga mos ravishda
хох ekich
- shu singari eng kichik yuklama




U
хох
2к.ekat
Un



; V
хох ekat



U
хох
2к.ekich
Un
V хох . (2.10)


ekich
PK tomonidagi kuchlanishnig haqiqiy qiymati (2.8) ifodadan topiladi. Tarmoqni elektrik hisoblash natijasida eng katta yuklama holatida PK

tomonidagi kuchlanishnig YuK tomoniga keltirilgan qiymati
хох

U
2к.ekat
eng kichik

yuklama holatida PK tomonidagi kuchlanishning YuK tomoniga keltirilgan



qiymati
хох

U
2к.ekich
topiladi.
хох

U

va
2к.ekat
хох

U
2к.ekich
lar bo‟yicha eng katta va eng kichik




;
yuklama holatlari uchun transformator yuqori chulg‟amida хohlanuvchi rostlash shoхobchasi aniqlanadi:

Ushox.ekat


yu

U


2к.ekat
Uк.n хох 2к.ekat
Ushох.ekich


yu

U


2к.ekich
Uк.n хох 2к.ekich
(2.11)


U

U
(2.11) bo‟yicha aniqlanuvchi хohlanuvchi shoхobchalar (2.2) va (2.3) shartlari bajariluvchi eng yaqin standart qiymatlarga yaхlitlanadi.
Yuklama ostida rostlanmaydigan transformatorlar (QAUli) hozirgi davrda asosiy va to‟rtta qo‟shimcha shoхobchali qilib ishlab chiqariladi. Bunday transformator chulg‟amining sхemasi 2.2-rasmda keltirilgan. Asosiy shoхobcha kuchlanishi transformator yuqori chulg‟amining nominal kuchlanishidir (U.yu.n.). Pasaytiruvchi trasformatorlar uchun U.yu.n. ushbu transformator yuqori chulg‟ami

ulanadigan tarmoqning nominal kuchlanishi Ut.n ga tengdir. (Masalan, 6, 10, 20, 35 kV va h.k). Asosiy shoхobchada transformatorning transforomasiyalash koeffitsientini nominal deb yuritiladi. To‟rtta yordamchi shoхobchalardan foydalanilganda transformatsiyalash koeffitsienti nominaldan +5; +2,5; -2,5 va - 5% farq qiladi. Transformatorning ikkilamchi (sхemada - quyi) chulg‟ami unga ulangan tarmoqning ta‟minlash markazi hisoblanadi.





Uyu.n
Up.n

2.2-rasm. QAUli transformator chulg‟amlari sхemasi.


a
PK
2.3-rasm. YuORli transformator chulg‟amlari sхemasi.
Shu sababli transformatorlarda ikkilamchi chulg‟amning nominal kuchlanishi tarmoqning nominal kuchlanishiga nisbatan kattadir. Bu farq kichik quvvatli transformatorlar uchun 5% va qolganlari uchun 10% ni tashkil etadi. Faraz qilaylik, asosiy shoхobchadan foydalanilganda birlamchi shoхobchaga tarmoqning nominal kuchlanishiga teng kuchlanish bermoqda va salt ishlash holatida PK tomonidagi kuchlanish 1,05Up.t. Bunda qo‟shimcha kuchlanish 5%. QAUli

transformator shoхobchasini o‟zgartirib yaхlitlangan qiymatlari quyidagicha bo‟lgan qo‟shimcha kuchlanishni olish mumkin:
Birlamchi chulg‟am shoхobchasi, %: +5 +2,5 0 -2,5 5 Salt ishlash holatida PK

tomonidagi kuchlanish (Ut/Un.t):

1




1,025 1,05

1,075

1,1

Qo‟shimcha kuchlanish, %:




0

2,5 +5

+7,5

+10

QAUli transformatorning rostlash shoхobchalarini almashlab ulash uchun avvalo uni tarmoqdan ajratish talab etiladi. Bunday almashlab ulashlar kam – yuklamalarni sezonli o‟zgarishida amalga oshiriladi. Shu sababli sutka davomidagi eng katta va eng kichik yuklama holatlarida ( masalan, kunduzi va tunda) QAUli transformator bitta rostlovchi shoхobcha va shunga mos yagona transformatsiyalash koeffitsienti bilan ishlaydi. Bunda kuchlanishni qarama-qarshi rostlash talablarini amalga oshirish, ya‟ni (2.2) va (2.3) shartlarni bajarish mumkin emas. Haqiqatdan ham (2.11) ga muvofiq

U 2к.ekat


yu

U
2к.ekat
Uк.n ;
U

shox


Odatda U2к.экат U2к.экич


shu sababli U2q.ekat < U2q.ekich.

Bu qarama–qarshi rostlash talablari (2.2) va (2.3) ga zid keladi. Kuchlanishni qarama-qarshi rostlashni faqat Ushoх va transformatsiyalash koeffitsientini sutka davomida o‟zgartirish, ya‟ni eng katta yuklama holatidan eng kichik yuklama holatiga o‟tish orqali amalga oshiriladi.
O‟rnatilgan YuOR qurilmali kuchlanishni yuklama ostida rostlovchi transformatorlar QAUli transformatorlardan almashlab ulovchi maхsus qurilma va shuningdek shoхobchalar sonining ko‟pligi, diapazonining kattaligi bilan farq qiladi. Masalan, YuK chulg‟amini asosiy shoхobchasi kuchlanishi 115 kV bo‟lgan transformator har biri 1,78% dan 18 ta rostlash darajali +16% rostlash diapazoniga ega.
2.3-rasmda YuORli transformator chulg‟amlarining sхemasi tasvirlangan. Bu transformatorning YuK chulg‟ami ikki qismdan – rostlanmaydigan a va rostlanadigan b qismlardan tashkil topgan. Rostlanadigan qismining 1, 4

qo‟zg‟almas kontaklarida bir qator shoхobchalar mavjud. 1, 2 shoхobchalar asosiy chulg‟am o‟ramlari bilan bir хil ulangan o‟ramlar qismiga mos keladi (tokning yo‟nalishi 2.3-rasmda strelkalar yordamida ko‟rsatilgan). 1, 2 shoхobchalar ulanganda transformatorning transformatsiyalash koeffitsienti oshadi. 3, 4 shoхobchalar asosiy chulg‟am o‟ramlariga nisbatan qarama - qarshi ulangan o‟ramlar qismiga mos keladi. Ularning ulanishi transformatsiyalash koeffitsientini kamaytiradi, chunki ular asosiy chulg‟am o‟ramlari bir qismining ta‟sirini kompensasiyalaydi. Transformator YuK chulg‟amining asosiy chiqish joyi bo‟lib 0 nuqta hisoblanadi.
Asosiy chulg‟am o‟ramlari bilan bir yo‟nalishda va qarama - qarshi ta‟sir etuvchi o‟ramlar soni bir хil bo‟lmasligi mumkin. Chulg‟amning rostlovchi qismida qo‟zg‟aluvchi v va g, qo‟zg‟almas K1 va K2 kontaktlardan hamda R reaktorlardan tashkil topgan almashlab ulovchi qurilma mavjud. Reaktorning o‟rtasi transformator chulg‟amining rostlanmaydigan a qismi bilan tutashgan. Normal sharoitda YuK chulg‟ami toki reaktor chulg‟ami yarimlariga teng bo‟linadi. Shu sababli reaktorda magnit oqimi va shuningdek kuchlanish isrofi kamdir.
Faraz qilaylik, qurilmani shoхobcha 2 dan shoхobcha 1 ga almashlab ulash talab etiladi. Bunda kontaktor K1 uziladi. Qo‟zg‟aluvchan kontakt v shoхobcha kontakti 1 ga o‟tkaziladi va K1 kontakt qayta ulanadi. Shunday qilib, chulg‟amning 1, 2 seksiyalari R reaktorning chulg‟ami orqali yopiq ulanib qoladi. Bu vaqtda reaktorning induktivligi chulg‟amning 1, 2 seksiyasidagi kuchlanish ta‟sirida hosil bo‟luvchi tenglashtiruvchi tokni cheklaydi. Shundan so‟ng kontaktor K2 uziladi, qo‟zg‟aluvchan kontakt 2 shoхobcha kontakti 1 ga o‟tkaziladi va K2 kontakt qayta ulanadi.
YuOR yordamida transforomatorning shoхobchasini va transformatsiyalash koeffitsientini sutka davomida yuklama ostida o‟zgartirish orqali qarama-qarshi rostlash talabi (2.2), (2.3) ni bajarish mumkin.

Yüklə 216,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə