Elektr tejamkorlik muammolari va ularning yechimlari. Reja



Yüklə 123,64 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü123,64 Kb.
#111097
10-маьруза


Elektr tejamkorlik muammolari va ularning yechimlari.

Reja:

  1. Andozaviy sanoat mexanizmlarining tejamkor ishlash rejimlari;

  2. Elektr yuritmaning energiya kanali.



Tayanch so’z va iboralar: elektr tejamkorlik, normal ish rejimi, energetik ko’rsatkichlarini optimallash, mikroprosessorli boshqariluvchi tiristorli kuchlanish rostlagichlar, elektr yuritmaning energiya kanali.

Kundan kunga doimo o’sib borayatgan energiya tansiqligi sharoitlarida elektr energiya va energiya resurslaridan samarali foydalanish masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Shu tufayli elektr energiyani tejash imkoniyatini beruvchi texnologiyalar, asbob va uskunalarni ishlab chiqish, ularni har taraflama tadqiqjt qilish va keng qo’lamda tadbiq etish hozirgi kun va kelajakda o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.


Ushbu elektr yuritmalari elektr tarmog’iga to’g’ridan-to’g’ri ulanadi, bunday holatda motorlar chulg’amlarida 6-10 karralik ishga tushirish to’klari o’tadi. Bu toklar katta elektr dinamik va mexanik kuchlarni paydo bo’lishiga olib kelib, natijada motorlarning chulg’amlari yuqori darajada yemirilish holatiga duch keladi, elektr yuritmalar va mexanizmni mexanik va elektr qismlarining ishlash muddatini kamayishiga sabab bo’ladi. Elektr tarmog’ida esa kuchlanishni keskin pasayishi kuzatiladi va ushbu tarmoqga ulangan boshqa mexanizm yuritmalarining normal ish rejimiga manfiy ta’sir ko’rsatadi.
Belgilangan aylanish tezligiga chiqib olgandan so’ng elektr yuritmalar chala yuklanganlik rejimida ishlaydi, natijada iste'mol qilinadigan to’liqquvvatni meyoridan ortiqcha sarflanishi yuzaga keladi va qurilmani texnik-iqtisodiy ishalatish ko’rsatgichlari kamayadi va maxsulot birligiga to’g’ri keladigan elektr energiyaning solishtirma sarfi oshadi.
Tezlik bo’yicha rostlanmaydigan asinxron elektr yuritmalar energetik ko’rsatkichlarini optimallash mikroprosessorli boshqariluvchi tiristorli kuchlanish rostlagichlar vositasida amalga oshirish mumkim.
Elektr yuritmaning energiya kanali, energiyani o’zgartirish rejimlari
Energetik qismida elementlari ketma-ket birlashtirilib, kuchli kanalni hosilqilgan elektr yuritma misolida uzatish jarayonlari va energiyani o’zgartirishni ko’rib chiqamiz. 31.1-rasmda bunday elektr yuritmaning tuzilmasi keltirilgan. Uning tarkibiga kuchli elementlar, y’ani elektr energiyani to’g’ridan to’g’ri mexanik energiyaga (va teskari) o’zgartirish jarayonida ishtirok etuvchilar va axborotni o’zgartiruvchi elementlar hamdao’zgartirish energiya jarayonini boshqarish uchun kerakli elementlar kiradi.


31.1- rasm. Elektr yuritmaning tuzilmasi

Ma’lumot qismi bloklarga bo’linmagan holda ko’rsatilgan. Umumiy holatda ma’lumot barcha kuchli elementlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu bog’lanish 2 xil bo’lishi mumkin: axborot qismidan energetik qismiga- boshqarish va energetik qismidan axborot qismiga –teskari bog’lanish signallari.


Rasmda shuningdek elektr yuritmani kuchli kanalini amalga oshirilishiningfizikaviy ketma-ketligi ko’rsatilgan. Kuch kanalini elementlarini shartli “chapdan-o’ngga” ko’rib chiqamiz. Ikki yoqqa yo’nalgan strelka energiyani ikkita elementlar orasida uzatilishini ko’rsatadi, umumiy holatda istalgan yo’nalishda bo’lishi mumkin.
Birinchi bo’lib, elektr energiya ulanadigan kuchli kanalning taqsimlovchi tarmoq (TT) uchastkasini ifodalaydigan element ko’rsatilgan. TT ni ko’rsatkichlari yuritmaning elementlariga keluvchi elektr energiya ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. TT bilan ta’minot kuchlanishining simmetriyasi, chastotasi, tok o’zgarishi bilan kuchlanish o’zgarishi kabilar bog’liq deb faraz qilamiz.
Ta’minlovchi kuchlanishning sifati ketma ket bog’langan elementlarning ishlash rejimiga ta’sir etadi, ularning tavsiflari va rejimlari esa taqsimlovchi tarmoqning rejimi va energiyasi isroflarini belgilaydi.
Elektr o’zgartirgich (EO’) kirishidagi elektr energiyani tavsiflovchi o’zgaruvchan ko’rsatkichlarini elektr mexanik o’zgartirgich (EMO’) mexanik ishga aylantirib beradigan talab etilgan ko’rsatkichli energiyaga o’zgartirib beradi. Umuman olganda, EO’ elektr o’zgartirgichlarda keladigan energiya oqimining yo’nalishi va kattaligi boshqariladi. Sxemadagi EO’ funktsiyasini amalga oshirish kuchlanish tiristorli kommutator orqali bajarilgan.
Elektr mexanik o’zgartirgich (EMO’) elektr energiyani mexanik energiyaga o’zgartirib berib, mexanik qismini xususiyati va yuklanmani inobatga olgan holdaishchi organing harakatini ta’minlovchi ko’rsatkichlar: elektr magnit moment va burchak tezligi.
EMO’ tomonidan berilgan mexanik energiya o’zgaruvchi mexanizm ishchi qismida talab etilgan ko’rsatkichlar ko’rinishga o’zgaradi. Shuning uchun kuchli qism tarkibiga umumiy holatda uzatuvchi mexanizm (UM) bo’lishi kerak. UM elektr mexanik o’zgartirgichni (EMO’) va ijrovchi mexanizmni (IM) mexanik bog’laydi. Keltirilgan misolda mexanik reduktor EMO’ dan chiqqan tezlikni ijrovchi mexanizmga kerakli bo’lgan qiymatgacha rostlaydi.
Shunday qilib, kuchli kanaldagi energiyani o’zgartirish va uzatish har bir elementda qisman quvvat isrofi paydo bo’lishiga olib keladi.
Yüklə 123,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə