Elektron jadvallar



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

Eshtem irov  Sadik

99 
Elektron jadvallar: 
( 0 ‘quv q o ‘ll.)/S.E shtem irov. -  Т.:  «Platinum   Publishers»,
 
2 0 0 6 .- 1 7 6  b.
ББК 3 2 .9 7 3 .2 6 - 0 18.2я7
№ 4 1 5 - 2 0 0 6  
'
“O'ZBEKISTON” NiVHU, 2006 
© «PLATINUM PUBLISHERS» MCHJ, 2006


SO‘ZBOSHI
Bugungi kunda inson faoliyatining barcha sohalariga yangi informatsion texnologiyalar 
joriy  qilinayotganligining  guvohi  boMib  turibmiz.  Ushbu  texnologiyalami joriy  qilishda 
kompyuter asosiy texnik vosita bo'lsa, undan ahamiyati kam boMmagan dasturiy vositalar 
ham mavjud  ekanligini qayd qilish  lozim.  Haqiqatan, zamonaviy kompyuterlar yetarlicha 
boy va xilma-xil dasturlar to‘plami bilan ta’minlangan. Aynan shu dasturlar kompyuterlar- 
ning  imkoniyatlari  doirasini  kengaytiradi.  Qolaversa,  aksariyat  foydalanuvchilar  faqat 
tayyor dasturlardangina foydalanishni bilishadi.
Elektron jadval lar ham EHM dasturiy ta’ minotining ajralmas tarkibiy qismlaridan biridir. 
Hozir elektron jadvallar katta imkoniyatlarga ega boMib, ulardan statistika ma’lumotlarini 
tayyorlashda, ta’lim jarayonida, hisobchilar, bank, moliya xodimlari faoliyatida va boshqa 
sohalarda turli xil maqsadlarda foydalanilmoqda. Elektron jadvallaming paydo boMishi va 
rivojlanish  tarixi  uzoq  muddatni  tashkil  qilmaganligi  tufayli  ularning  turlari  ham  ko‘p 
emas.  Dastlab,  80-yillarda  Lotus  Development firmasi tomonidan  yaratilgan  Lotus  1-2-3 
elektron jadvallari,  Computer  Assosiates  firmasi  tomonidan  yaratilgan  SuperCals  nomli 
elektron jadvallaridan foydalanilgan.
Zamonaviy  va  yetarlicha  katta 
quvvatli  kompyuterlar  paydo  boMgandan  keyin 
ma’lumotlami qayta ishlashda  yuqori imkoniyatlarga ega boMgan yangi elektron jadvallar 
yaratildi.  Microsoft  korporatsiyasi  tomonidan  yaratilgan  Excel  elektron  jadvali  bunga 
misol boMa oladi.
QoMlanma  mamlakatimizda  juda  keng  tarqalgan  Excel  elektron  jadvali  va  uning 
imkoniyatlarini o‘rganishga bag'ishlangan.
Lekin  kompyuterlar  dasturi  ta’minotidan  foydalanish  uchun  ham  foydalanuvchidan 
ma’lum bilim vako‘nikmalar talab etiladi. Shu sababli, deyarli, barcha ta’lim maskanlarining 
o‘quv dasturlarida elektron jadvallar va ularning imkoniyatlarini o'rganish uchun anchagina 
soat ajratilgan.
Elektron  jadvallaming  imkoniyatlarini  toMaroq  o'rganish,  ulardan  foydalanish 
jarayonida  foydalanuvchi  va  boshlovchilarga yordam  qilish  o'quv  qo'llanmaning  asosiy 
maqsadi qilib qo'yildi.
Qo'llanmada  nafaqat  kerakli  mavzu  yoki  tushunchalar,  balki  ushbu  mavzu  yoki 
tushunchalar bilan bog'liq har bir amalning mohiyatini to'liq ochib berish maqsadida ushbu 
amalni bajarish algoritmi ham keltirilgan.
Har bir tushuncha yoki  amalning  mazmunini  yoritishga yordam  beradigan  rasmlar va 
o'rganilayotgan amallar bilan bog'liq darchalaming rasm lari keltirilgan bo'lib, ulardagi har 
bir band va bo'limlaming nimaga mo'ljallanganligi misollar asosida to'liq tushuntirilgan.
Ko'pchilik  amallarni  bajarishga  mo'ljallangan  algoritmlaming  bir  nechta  variantlari 
bayon  qilingan  va  foydalanuvchi  ulardan  o'ziga ma’qul  bo'lganini  tan lash  imkoniyatiga 
ega.
Har bir bob yakuni ushbu bobga doir yetarlicha ko'p sonli savollar va topshiriqlar bilan 
ta’minlanganligi  foydaianuvchiga o'z  bilimlarini  mustaqil  sinab  ko'rishida katta yordam 
beradi.
3


0 ‘quv  qoMlanma  Windows  operatsion  tizimining  eng  oxirgi  Windows  XP  talqini 
asosida yozilgan.
QoMlanma  sodda  va  ravon  tilda  yozilganligi,  har  bir  tushuncha,  mavzu  va  amallar 
mohiyati batafsil bayon qilinganligi elektron jadvallar bilan bogMiq barcha tushunchalami 
tashqi yordamlarsiz mustaqil o'rganish imkoniyatini yaratadi.
QoMlanmadan  oliy  o‘quv  yurtlari,  akademik  litseylar,  kasb-hunar  kollejlarida  taMim 
olayotgan talabalar va, umuman, elektron jadvallar bilan qiziquvchilar muvaffaqiyat bilan 
foydalanishlari mumkin.



Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə