Nisbiy murojaat Excelning kamchiligi emas, balki uning oddiy jadvallarga qaraganda
eng katta ustunlik tomonlaridan biridir. Agar G1 katakchada Avtosummani ishga tushirib,
bu formulani katakchaning o‘ng quyi burchagidagi kvadratdan pastdagi beshinchi satriga
sursangiz, bimga ishonch hosil qilasiz.
Absolut murojaatni tashkil qilish uchun katakchaning ham ustun, ham satr nomlari
oldiga dollar ($) belgisini qo'yish kerak. Masalan, $B$2, $F$28,
kabi murojaatlar
absolut murojaatlar hisoblanadi. Absolut murojaatda katakcha manzilini o‘zgartirsak ham
murojaatlar o‘zgarmasdan qolaveradi.
Xuddi nisbiy murojaatda bo‘lgani singari, F7 katakchasidagi formulani endi
=$D$3+$E$3 kabi o‘zgartirib, uni to‘rttala yo‘nalish bo‘yicha sursangiz, katakchalardagi
formulalar va ularga mos yig‘indi natijalari ham o‘zgarmayotganligining guvohi bo‘lasiz.
Demak, absolut murojaat yo‘li bilan go‘yo formulaning biror qismini qotirib (fiksirlab)
qo‘yish mumkin.
Yuzaki qaraganda, Excelning bu imkoniyati keraksizdek tuyuladi. Absolut murojaat
ham o‘z o‘mida Excel ning yaxshi imkoniyatlaridan biridir. Masalan, hozircha biz
avtosummadan foydalanib (boshqa o‘zgarishlar qilmasdan), faqat ma’lum satr va ustunlar
bo‘yicha yig‘indini hisoblashni bilamiz. Endi jadvalingizdagi barcha sonlar yig‘indisini
topishga harakat qilib ko‘ring. Bu ishni hozircha bitta usul bilan bajara olasiz. Ya’ni, sonlar
yozilgan sohani belgilab, natijani holat satridan o‘qishingiz mumkin. Ammo bu yig‘indidan
sizning varag‘ingizda iz qolmaydi.
Endi G1 katakchani joriy qilib, Avtosummani ishga tushiring va =SUMM(A1; FI) formu
lani =SUMM ($A$1; FI) kabi o‘zgartirib, G1 katakchaning o‘ng quyi uchidagi kvadratdan
beshinchi satrgacha suring. Natijalarga e’tibor qilsangiz, G1 ustunning har bir satrida birinchi
satridan qaralayotgan satrigacha boMgan barcha satrlardagi sonlar yig‘indisi turganligining
guvohi bo‘lasiz (5.7.2- rasm). Bu ishni ustunlar bo‘yicha ham amalga oshirishingiz mumkin.
G1 katakchadagi formulani =SUMM($A$1;$F$1) kabi o‘zgartirib, yuqoridagi amalni
takrorlasangiz, G ustundagi barcha sonlaming o‘zgarmayotganligini ko‘rasiz.
Dostları ilə paylaş: