Elektron jadvallar


VI BOB. FORMATLASH IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

VI BOB. FORMATLASH IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
6.1.  Hujjat katakchalarini formatlash
Oldingi  mavzularda  qayd  qilinganidek,  hujjat  katakchalariga  har  xil  ma’lumotlarni 
yozish  mumkin.  Excelda  ushbu  ma’lumotlami  har  xil  tarzda  formatlash  imkoniyatlari 
mavjud.  Hujjat  katakchalarini  formatlash  deyilganda,  aslida  ulardagi  ma’lumotlami  va 
katakchalaming  chegara  chiziqlarini  har  xil  ko‘rinishlarda  ifodalash  nazarda  tutiladi. 
Masalan,  katakchadagi  ma’lumotlaming  shrifti,  rangini  o‘zgartirish,  sonlami  o‘nli  kasr 
shaklida ifodalashning har xil ko‘rinishlaridan foydalanish, ma’lumotlaming katakchadagi 
o‘mini  tayinlash,  belgilaming  oMchamlarini  tanlash  va  shu  kabi  bir qator  parametrlami 
joriy  qilish  kabi  ishlaming  har  biri  formatlash  jarayoniga  misol  bo‘la  oladi.  Ushbu 
imkoniyatlardan  foydalanib,  tayyorlanayotgan  hujjatni  o'zingizga  ma’qul  ko‘rinishlarda 
tasvirlay  olasiz.  Katakchani  formatlash  uchun joriy  katakchaga  kelib,  o‘ng  tugmachani 
chertsangiz, ostpanel ochiladi. Undan Формат ячеек (Katakchalami formatlash) bandini 
cherting. Natijada, shu nomli muloqot darchasi ochiladi (6.1.1- rasm).
6.1.1- rasm.
Muloqot  darchasida  katakchadagi  ma’lumotlami  formatlashga  mo'ljallangan  oltita 
menyu  bor.  Ulardan  siz  keraklisini  tanlab,  formatlash  amallarini  bajarishingiz  mumkin. 
Ammo joriy katakchada kursor turgan paytda katakchalami formatlash muloqot darchasini 
ekranga  chaqirsangiz,  faqat  Шрифт  nomli  bitta  menyudan  foydalanishingiz  mumkin 
boMadi.  Chunki  katakchada  kursor  turgan  paytda  boshqa  menyulardan  foydalanish 
zarurati boMmaydi. Keyingi mavzularda siz Формат ячеек muloqot darchasining barcha 
menyulari, ularning boMimlari va bandlari bilan batafsil tanishasiz.
89


Elektron  jadvallardagi  qayta  ishlanadigan  ma’lumotlaming  aksariyat  qismini  sonlar 
tashkil  qiladi.  Oldingi  mavzularda  qayd  qilganimizdek,  Excel  sonlami  katakchaning 
o'ng tomoniga joylashtiradi.  Agar sonlar yozuvida  raqamlardan boshqa aqalli  bitta belgi 
ishtirok etsa,  uni katakchaning chap taraflga joylashtiradi va bu hoi ushbu yozuvni Excel 
matn sifatida e’tirof etayotganligidan dalolat beradi. Matnlar ustida esa hisoblash ishlarini 
bajarib bo'lmaydi.
Shuningdek,  katakchalardagi  formulalami  ham  formatlash  mumkin.  Bunda  albatta 
katakchalardagi formulalaming son qiymatlari formatlanadi.
Ba’zan  formatlash  jarayonida  hujjatingizning  biror  katakchasi  #  kabi  belgi  bilan 
to'ldirilgan bo'ladi. Demak, formatlanayotgan  son joriy katakchaga sig'mayapti.  U holda 
sondagi raqamlar sonini kamaytirish (masalan, kasr qismidagi raqamlar sonini kamaytirish) 
yoki katakcha o' lchamlarini eniga uzaytirish kerak. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini 
katakcha joylashgan ustun  nomining o'ng chegarasiga keltirib, o'ngga suring.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə