Elektron tijorat tizimlari va ularning ahamiyati Elеktron tijorat tushunchasi


Xalqaro axborot tarmoqlari tezligining o’zgarish tendensiyasi



Yüklə 60,84 Kb.
səhifə5/10
tarix19.02.2023
ölçüsü60,84 Kb.
#101118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Elektron pul

Xalqaro axborot tarmoqlari tezligining o’zgarish tendensiyasi

Muammolar…Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, o’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo’lib, ularning to’gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin.Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillash-gmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz:

  • internetning global tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko’rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  • viloyatlarda ko’rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko’rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to’gridan to’g’ri qo’ng’iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o’z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo’lmasligiga olib keladi.

Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi (O’zbekiston bo’yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq 4). To’gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar) o’smoqda. Ko’pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo’lmasdan turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir.Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to’lovni amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to’lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, to’lovni qabul qilish uchun o’rnatilgan maxsus modullar orqali, to’g’ridan to’g’ri on-line do’konlarda to’lovni amalga oshirish mumkin.Asosiy muammo shundaki, O’zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog’ida yoki mobil aloqa yordamida o’z hisoblarini boshqarish va to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo’lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun mo’ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to’siq bo’layotgan muammolardan biridir.To’rtinchidan, mavjud internet-do’konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma’lumotlarga ko’ra 01.01.2008 yil holatiga bo’yicha O’zbekistonda 24 internet-do’kon faoliyat yuritadi. Kompyuter va elektron-mayishiy texnika mahsulotlarini sotishga bo’yicha-8, sovg’a va gullar bo’yicha-4, raqamli tovarlar bo’yicha -6, iste’mol va ma’ishiy tovarlar bo’yicha-3, kitob, musiqa va kompakt diskda filmlar sotishga mo’ljallangan-3 do’kon mavjud. Bu veb-saytlarning 4-ishlov berilish jarayonida, 4-to’lovni xalqaro to’lov tizimidagi plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshirish imkonini yaratadi, 12-WM Transfer to’lov tizimidan foydalanadi. Qolgan 7 do’kon naqdsiz to’lovni amalga oshirishni imkonini, yozma shartnoma imzolanganidan so’ng, yaratadi.

Yüklə 60,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə