Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O‘RTA  MAXSUS
TA’LIM  VAZIRLIGI
O‘RTA  MAXSUS,  KASB-HUNAR  TA’LIMI  MARKAZI
ELEKTRORADIO  ASHYOLAR  VA
TIBBIYOT   TEXNIKASINI
TA’MIRLASH  MANBALARI
Kasb-hunar  kollejlari  uchun  o‘quv  qo‘llanma
Òoshkent  —  «ILM  ZIYO»  —  2016
R. S. MARDONOV


2
Oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  ilmiy-metodik
birlashmalar  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  Kengash
tomonidan  nashrga  tavsiya  etilgan.
UO‘K:  612.014.421(075)
KBK:  32.843
M26
ISBN 978-9943-16-246-4
©   R. S.  Mardonov,  2016-yil
© «ILM  ZIYO»  nashriyot  uyi,  2016-yil.
Ò a q r i z ch i :
M.I.  Mahmudov  —  Buxoro  muhandislik
texnologiyalari  instituti  «Elektroenergetika»
kafedrasi mudiri:
Mazkur darslikda  elektroradio va tibbiyot  texnikasida qo‘llani-
ladigan  dielektrik,  yarimo‘tkazgich,  elektr  o‘tkazgich  va  magnit
materiallarning tuzilishi, ularda sodir bo‘ladigan hodisalarning fizik
asoslari yoritilgan. Elektr xususiyatlari, ularning chastotaga bog‘liqligi
ko‘rilgan, fizik-kimyoviy va mexanik tavsiflari keltirilgan. Elektroradio
va  tibbiyot  texnikasida  qo‘llaniladigan  radiotexnik  materiallar  va
ulardan turli detallar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari qisqa
yoritilgan.  Elektron  asbob  va  qurilmalarni  mikrominiatur  (kichik
o‘lchamlarda)  tayyorlashda  zarur  bo‘ladigan  turli  materiallarning
xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Elektroradio va tibbiyot texnikasida elektronika passiv elementlari:
rezistorlar,  kondensatorlar,  induktivlik  g‘altaklari,  transformator  va
drossellar,  almashlab  ulagichlar,  filtrlarning  tasniflari,  asosiy  para-
metrlari va tavsiflari haqida to‘liq ma’lumotlar to‘plangan.
O‘quv qo‘llanmada keltirilgan rasmlar va jadvallar uning matnini
to‘ldiradi.
O‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlarining «Asbob-
sozlik» yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.


3
KIRISH
Ma’lumki, radioning kashf etilishi fan va texnika rivojlanishida
yangi davrni  boshlab berdi.  Zamonaviy elektroradio  va tibbiyot
texnikasining  ahamiyati  radioeshittirish  va  aloqa  bilan  chega-
ralanmaydi,  balki  uning  negizida  boshqa  yondosh  sohalar  ham
rivojlanmoqda, misol tariqasida tibbiyot texnikalarida qo‘llanishini
keltirish  mumkin.  Ishlab  chiqarish,  ilmiy  va  kundalik  hayotga
axborot  texnologiyalari  kundan kunga  ko‘proq  kirib  bormoqda,
axborot  qabul  qiluvchilarga  ma’lumotlar  yangi  usullarda  —
elektron pochta, Internet va h.k. orqali yetkazilishi kuzatilmoqda.
Axborotlar  oqimini  uzatishning  yangi  usullari  axborotlarni
tarqatish,  optik  tolali  aloqa  liniyalari  hamda  sun’iy  yo‘ldoshlar
orqali uzatish tarmoqlaridan foydalanishni talab qiladi.
Ilgari  elektroradio  va  tibbiyot  texnikasi  rivojlanishi  uchun
ko‘plab katta detallar va qurilmalar kerak bo‘lar edi. Ular qo‘pol,
katta  hajmga  ega,  og‘ir,  yetarlicha  ishonchlilikka  ega  bo‘lmay,
ishlab chiqarishda katta xarajatlar talab etar edi.
Texnikaning  jadal  rivojlanishi  natijasida  yangi  yo‘nalish  —
mikroelektronika  yuzaga  keldi.  Mikroelektronika  —  integral
sxemalar va ular asosida radioelektron qurilmalarni tadqiq etish,
konstruksiyalash va ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan elektroni-
kaning  zamonaviy  yo‘nalishidir.  Mikroelektronikaning  asosiy
vazifasi  ishonchliligi  va takrorlanuvchanligi  yuqori,  arzon,  kam
energiya talab qiladigan va yuqori funksional murakkablikka ega
mikrominiatur  qurilmalar  hosil  qilishdan  iborat.  Bu  jarayonni
faqat elektron sxemalardagi energetik jarayonlarni minimizatsiya-
lash  asosidagina  amalga  oshirish  mumkin.  Bu  masalani  hal


4
qilishning  bir  necha  usullari  mavjud:  detal  va  elementlar  o‘l-
chamlarini kichraytirish; yangi elementlar yaratish (yarimo‘tkaz-
gichlar, aktiv  dielektriklar, ferritlar);  elementlarni ratsional  joy-
lashtirish; osma bog‘lanishlarni bosma montajlari bilan almash-
tirish (fotolitografiya, vakuumli purkash va boshqa usullar bilan),
elementlarga  bir  xil  shakl  va  o‘lchamlar  berish  yo‘li  bilan
(modullar  va mikromodullar); pardali texnologiya yoki  yarim-
o‘tkazgich  material  sirtini  qayta  ishlash  —  qattiq  sxema  hosil
qilish asosida  elementlar, qismlar va yaxlit  (integral)  sxemalar
yaratish.
Mikroelektronikaning ko‘pgina masalalari yarimo‘tkazgich va
dielektrik moddalar yordamida hal qilinadi. Chunki ularda elektr
o‘tkazuvchanligi turlicha  bo‘lgan kontakt sohalarni  olish imko-
niyati mavjud.
Radioelektronikaning  barcha  materiallarining  konstruktiv
belgilariga binoan: elektrotexnik, konstruksion va maxsus elektro-
texnik materiallarga; elektr maydonidagi xususiyatlariga binoan:
elektr o‘tkazgich, dielektrik va yarimo‘tkazgich; magnit maydo-
nidagi xususiyatlariga binoan esa magnit va nomagnit materiallarga
ajratish  mumkin.
Elektroradio  va  tibbiyot  texnikasining  rivojlanishi  yuqori
texnologiya asosida radiotexnik materiallar ishlab chiqarish bilan
bog‘liq.  Zamonaviy  texnik  tizimlar  yaratish  uchun  nochiziqlik
xususiyatiga, kuchaytirish va xotiraga ega bo‘lgan element bazasi
zarur. Ilgari bu maqsadda yarimo‘tkazgich va dielektrik materiallar
qo‘llanilgan  vakuum  lampalar,  keyin  esa  yarimo‘tkazgich  aso-
sidagi  elementlar  bazasi,  hozirgi  kunda  esa  qattiq  jism,  gaz,
plazma  va  hatto  yadro  hamda  elementar  zarrachalar  fizikasi,
kimyosi kabi butun klassik va yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlari
qo‘llanilyapti.


5
I BOB. ELEKTRORADIO ASHYOLARNING ASOSIY

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə