44
aluminiydan tashkil topgan yuqori issiqlikka chidamlilikka ega
bo‘lgan qotishmaga mos keladi.
Agar oksid uchuvchan bo‘lsa, qolgan metallni oksidlanish-
dan himoyalashi mumkin. Volfram va molibden oksidlari oson
uchadi, shuning uchun bunday metallar kislorod ta’sirida qizigan
holatda ishlay olmaydi. Agar oksid uchuvchan bo‘lmasa, oksid-
lanish jarayonida metall sirtida parda hosil bo‘ladi.
TKl va uning oksid pardalari qiymati bir-biriga yaqin bo‘lgan
qotishmalar havoda, yuqori temperaturada katta barqarorlikka
ega bo‘ladi. Xrom-nikelli qotishmalarning bardoshliligi shu bilan
tushuntiriladi.
Temperatura keskin o‘zgarganda oksid pardada yoriqlar hosil
bo‘lishi mumkin; u holda yana qizish natijasida havo kislorodi hosil
bo‘lgan yoriqlarga kirib, qotishmaning oksidlanishini davom etti-
radi. Shu sababli nixromdan yasalgan elektr qizdirgich element
qisqa vaqtlarda ishlatilganda, xuddi shu temperaturada uzluksiz
ishlashi natijasida tezroq kuyib ketishi mumkin.
3.3-jadval
Dostları ilə paylaş: