35
3.1-jadval
Elektrotexnikaning turli sohalarida misdan tashqari o‘tkaz-
gich material sifatida uning qo‘rg‘oshin, kremniy, fosfor, berilliy,
xrom, magniy, kadmiy bilan qotishmalari ham qo‘llaniladi.
Bunday qotishmalar
bronza deb ataladi. Bronza tok o‘tkazuvchi
prujinalar va h.k. tayyorlashda ishlatiladi. Elektrotexnikada qo‘lla-
niladigan ba’zi mis qotishmalarining tarkibi va xossalari 3.2-jad-
valda keltirilgan.
Kadmiyli bronza eng yuqori mexanik mustahkamlik va qattiqlikka
ega. Shuning uchun u maxsus kontakt simlarda va mas’ul vazifalarni
bajaradigan plastina kollektorlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Latun yetarli darajada yuqori solishtirma qarshilikka ega va shu
sababli oson shtampovkalanadi, chuqur so‘riladi va h.k. Elektro-
texnikada turli shakldagi va profildagi tok o‘tkazuvchi detallar
yasashda keng qo‘llaniladi.
Mis ancha qimmat va kamyob material hisoblanadi va
o‘tkazgich material sifatida ko‘p hollarda boshqa metallar bilan,
asosan, aluminiy bilan almashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: