Elektrostatika. Reja


KONDENSATORLAR. KONDENSATORLARNING ELEKTR SIG`IMI



Yüklə 357 Kb.
səhifə6/11
tarix23.12.2023
ölçüsü357 Kb.
#156334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Elektrostatika. Reja

9. KONDENSATORLAR. KONDENSATORLARNING ELEKTR SIG`IMI


Tajribalar shuni ko`rsatadiki, agar o`tkazgichlar o`zaro yaqinlashtirilsa, ularning umumiy sig`imi keskin ortadi. Agar o`tkazgichlar orasiga dielektrik muhit kiritilsa, o`tkazgichlar sistemasining sig`imi yanada ortadi. Bu prinsip o`tkazgichlardan kondensator yasashda ishlatiladi.
Kondensator deb, qoplamalari deb ataladigan bir-biriga cheksiz yaqin joylashtirilgan va dielektrik muhit bilan ajratilgan o`tkazgichlar sistemasiga aytiladi.
Faraz qilaylik, ikki parallel yuzalari bo`lgan metall plastinka shaklidagi o`tkazgichlar nisbiy dielektrik singdiruvchanlik koeffitsienti bo`lgan dielektrik muhit bilan bir-biridan izolyatsiya qilingan bo`lsin. Zaryadlarning yuza zichliklari va , potensiallari 1 va 2 bo`lsin. (6.3) ifodadan


(9.1)
kelib chiqadi. Ikki parallel plastinka orasidagi maydon kuchlanganligi


(9.2)


ekanini hisobga olib, yassi kondensatorning sig`imi uchun:


(9.3)
ifodani yoza olamiz. (9.3) dan ko`rinadiki, kondensatorning elektr sig`imi S plastinkalarning yuzi S va ular orasidagi masofa d hamda elektr xossalariga bog`liq.
Har qanday olingan o`tkazgich ham elektr sig`imga ega. Masalan, radiusi R bo`lgan va dielektrik singdiruvchanligi ga teng bo`lgan muhitda joylashgan metall sferaning elektr sig`imi:


(9.4)

Kondensatorlar konstruksiyalariga ko`ra yassi, silindrik, sferik formalarda bo`lib, dielektrik muhit materillariga qarab har xil: qog`ozli, slyudali, keramikali, elektrolitli va hokazo turlari mavjud. Ular radio va elektrotexnikada keng ishlatiladi. Ayniqsa hozirga zamon texnikasida mikrominiatyura (jajji) sopol (keramika) li kondensatorlar kichik o`lchamli va katta sig`imga ega bo`lganliklari uchun keng qo`llanilmoqdi.





Yüklə 357 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə