Elektrotexnika materiallari


 Metallarni kristall tuzilishi va uning xossalari



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107
elektrotexnika materiallari.

 
1.8. Metallarni kristall tuzilishi va uning xossalari 
Metallning kristall tuzilishini oddiy kо‘z bilan aniqlasa bо‘ladi.Metalldan 
biror namuna olib, uning yuzasini yaxshilab jilvirlasak, yirik donachalarni 
kurishimiz mumkin.Bu donachalar yorug‘lik nurini qaytarish xossasiga ega bо‘lsa, 
qattiq jism kristall tuzilishga ega ekan degan xulosaga kelish mumkin lekin har 
qanday qattik jism kristall jism bо‘lavermaydi.
16
Kristall jism deb zarrachalarning jismda fazoviy joylashishining ma’lum bir 
geometrik tartibiga aytiladi. 
Odatda bunday joylashish aniq simmetriyaga ega bо‘lish bilan bir qatorda 
kо‘p qirrali jismni eslatadi.Aslida ana shu qirrali jismni kesilgan joyi (jismning 
uchi) atomlarning joylashish urnini kо‘rsatadi. Demak, kristallar uchta о‘lchamda 
joylashgan atomlar tartibi bо‘lib, muvozanat sharoitda tо‘g‘ri simmetriyaga ega 
bо‘lgan kо‘p kirrali jismdir. Kristall jismda zarrachalarning (atom, ion yoki 
molekula) uch о‘lcham bо‘yicha doimiy takrorlanishi (kaytarilishi) natijasida 
kristall panjarada zarrachalarning о‘zaro tortishish va itarilish muvozanatida 
saklanadi, bunda ichki potensial energiya ana shu muvozanatni saklash uchun 
kerak bо‘lgan eng kam kiymatga ega bо‘ladi (1.25-rasm).
 
a) b) 
1.25-rasm. Metallning kristall panjarasi 
16
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 12-bet. 


26 
Zarrachalarning kristall jismdagi bunday joylashish tartibi yuzlab, minglab 
kristall panjara davri sifatida kaytarilishi mumkin. 
Kristall jismlarda kristall panjaraning turlari atomlarning о‘zaro joylashishiga 
qarab har xil bо‘ladi.Kristall katakchaning turi koordinatsion son tushunchasi bilan 
ifodalanadi. Kristall panjarada eng yaqin bir xil masofada turgan atomlar soniga 
shu kristall panjaraning koordinatsion soni deb ataladi va u harflar bilan 
belgilanadi. Masalan: oddiy kub katakning koordinatsion soni 6 ga teng bо‘lib K
6

markazlashgan kub katakchaniki hisoblanadi. 
K
8
, yoqlari markazlashgan kub katakniki esa K
12
, atomlari zich joylashgan 
cheksagonal katakniki G
12
va shuningdek oddiy tetragonal katakniki T
6
deb 
belgilanadi. Kub katakchaning о‘lchamlari qiymati atom о‘lchamlari qiymati bilan 
belgilanadi, bunday ulchov birligi nanometr (nm) deb ataladi.
17 
1.1-jadval 
Ba’zi metallarning polimorf о‘zgarishlari 
Element 
Elementning 
polimorf kо‘rinishi 
Muvozanat xolatining 
harorat oralig‘i 
Kristall tuzilishi 
Fe 
α 
β 
0-911va 1392-1539 
911-1392 
K

K
12
Co 
α 
β 
0-450 
450-1480 
G
12 
K
12
Si 
α 
β 
0-18 
18-232 
K

T
8
Ti 
0-882 
882-1660 
G
12 
K
8
Mn 
α 
β 


0-700 
700-1079 
1079-1143 
1143-1244 
K

K

T
12 
K
8
17
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 21-bet 


27 
Birgina kimyoviy elementning sharoitga qarab bir necha elementar kristall 
panjara turlariga ega bо‘lishi metallardagi polimorfizm yoki allotropik shakl 
о‘zgarishi deb ataladi.
Metallardagi polimorf о‘zgarish izotermik (harorat о‘zgarmasdan sodir 
bо‘ladigan) jarayon bо‘lib, u issiklik chiqarish yoki yutish xususiyatiga ega. 
Boshkacha qilib aytganda polimorf о‘zgarishda qayta kristallanish sodir bо‘ladi.
18
Birgina elementning bir necha turdagi kristall panjara kо‘rinishlari polimorf 
qatorni tashkil qiladi. Elementlarning har xil polimorf shakllari misol tariqasida 
quyidagi 1.2-jadvalda keltirilgan. 
1.2-jadval 
Ba’zi metallarning elementlar katakcha о‘lchamlari. 
Atom katakchaning 
turi 
Metallar 
Elementar panjara qirralari o’lchami, 
nm (1 nm=10
-3
sm) 
K
6
Fe 
a=b=s; a=0,28606 
K
8
Cr 
a=b=s; a=0,28788 
K
12
Ni 
a=b=s; a=0,35165 
G
12
Ti
α
a=b=0,2951;s=0,4679; s/a=1,5873 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə