Elektrotexnika materiallari


Qutbli va qutbsiz dielektriklar



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107
elektrotexnika materiallari.

 
2.2. Qutbli va qutbsiz dielektriklar 
Dielektriklar, asosan, qutbli va qutbsiz turlarga bo’linadi. Istalgan moddaning 
molekulalari zarrachalardan (atom yoki guruhlari, ionlardan) iborat bo’lib, ularning 
har biri musbat yoki manfiy elektr zaryadiga egadir. Bu zaryadlar orasidagi o’zaro 
tortishish kuchi jismning mexanik mustahkamligini ifodalaydi. Turli xil
40
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 41-bet. 


50 
moddalarning molekulalaridagi zaryadlarning fazoviy joylashuvi har xil bo’lishi 
mumkin. Agar molekulalarning barcha musbat yoki manfiy zaryadlarini bitta 
umumiy manfiy va bitta umumiy musbat zaryad bilan almashtirsak, mos ravishda 
musbat va manfiy zaryadlarining og’irlik markazlarida joylashgan mazkur 
zaryadlar fazoda bir-biriga mos tushishi yoki mos tushmasligi mumkin (2.9-rasm).
a) b) 
2.9-rasm. Qutbli va qutbsiz dielektrik molekulalarining joylashishi 
Fazoviy bir-biriga mos tushgan zaryadlar qutbsiz molekulaga ega bo’lgani 
sababli, bunday molekulalardan tashkil topgan jismlar qutbsiz jismlar deyiladi. 
Ikkinchi holda molekula tashqi elektr maydoni ta’sir etmagan holatda ham o’z 
elektr momenti noldan farqli bo’lib, dipol hosil qilgani sababli, molekula qutbli 
hisoblanadi va ular asosida tashkil topgan jismlar qutbli jismlar deb ataladi. 
Molekulaning elektr momenti quyidagicha aniqlanadi:
,
ql


Kl∙m
(2.18) 
bunda 
q
-molekulaning jami musbat (yoki unga son jihatdan teng bo’lgan jami 
manfiy) elektr zaryadi
Kl


- dipol yelkasi, 
m
.
41
Qutbli molekulaning elektr momenti 
10
-30
Kl∙m atrofida, qutbsiz molekulaniki 
esa
l=0
bo’lgani sababli

=0
bo’ladi. 
Jismning elektr xossasidan qat’iy nazar, uning qutbliligi molekulaning 
kimyoviy tuzilishi orqali aniqlanadi. Simmetriya markazi bo’lganda, simmetrik 
ravishda joylashgan molekulalar qutbli bo’ladi. Bir atomli molekulalar 
(He, Ne, 
41
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 47-bet 


51 
Kr, Xe)
va ikki atomli gomeoqutbli bog’lanishli 
(H
2
 , Cl
2
va hokazo) molekulalar 
qutbsizdir. Ion bog’lanishli molekulalar qutbli boglanishlar qatoriga kiradi 
uglevodorodli moddalari esa qutbsizdir. Masalan, qutbsiz bog’lanishli moddalarga 
parafin, serezin, polipropilen, poliizobutilen, polistirol, eskapon, neftli izolyatsiya 
moyi va hokazolar, qutblilariga esa polivinilflorid, sellyuloza va uning 
mahsulotlari fenolformaldegid va boshqalar kiradi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə