Elektrotexnika materiallari


-Bob.  O’tkazgich materiallar



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
elektrotexnika materiallari.

3-Bob. 
O’tkazgich materiallar
…………………………………………
 
167 
3.1. 
O’tkazgich materiallarining klassifikasiyasi….………………. 
167 
3.2. 
O’tkazgich materiallarining asosiy xossalari……………………. 169 
3.3. 
O’tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo’lgan materiallar………… 175 
3.4. 
Nometall o’tkazgichlar………………………………………… 
180 
4-Bob. 
Yarim o’tkazgich materiallar
…………………………………. 184 
4.1. 
Yarim o’tkazgichlar haqida umumiy ma’lumotlar……………… 184 
4.2. 
Yarim o’tkazgichlarning o’tkazuvchanligi ……………..…… 
188 
4.3. 
Yarim o’tkazgich tarkibidagi qo’shimchalar …………………… 185 



4.4. 
Yarim о‘tkazgichlarning xususiyatlari........................................ 
190 
4.5. 
Yarim о‘tkazgichli diodlar............................................................ 
191 
5-Bob. 
Magnit materiallar…
………………………………………….. 196 
5.1. 
Magnit materiallar haqida umumiy ma’lumotlar…………….. 
196 
5.2. 
Yumshoq magnit materiallar……………………………………. 
205 
5.3. 
Qattiq magnit materiallar………………………………….……. 
212 
Глоссарий…
………………………………………………….. 
215 
 
Foydalanilgan adabiyotlar
…………………………………….. 223 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
 
Elektr texnikada vujudga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish uchun 
yangidan-yangi materiallarni ishlab chiqarish, shu bilan birga mavjud materiallar 
xossalarini uzluksiz takomillashtirib borish va ularning sifatini yaxshilash kerak 
bo’ladi. Bu esa yangi texnologiya asosidagi yuqori sifatli elektr texnika 
materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni juda tez rivojlantirishni taqozo etadi.
Qo’yilgan maqsadga amaliy ravishda yondoshish uchun qo’llanishi mumkin 
bo’lgan materiallarning kimyoviy, fizik va mexanik xossalarini chuqur talqin eta 
bilish kerak. Bunda fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlar, olingan 
ma’lumotlarni talabalarga atroflicha yoritib berish zarur. Zamonaviy elektr 
texnikada qollaniladigan materiallarni tadqiq etish va yuqorida qayd etilgan 
maqsadlarga erishish uchun ”Elektr texnika materiallari” kursi o’qitiladi. 
Elektrotexnika materiallari - fani keng ma’noda elektr va magnit hodisalardan 
amaliy maqsadlarda foydalanish usullarini о‘rganadigan fandir. 
Xozirgi paytda elektrlashtirish asosida ishlab chiqarish protsesslarini 
kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kengroq joriy qilinmoqda.
Elektrotexnologiya, ya’ni metallar olish va ularga ishlov berishning 
elektrotermik va elektrolitik usullari jadal rivojlanmoqda. Yildan-yilga 
mashinalarning yangi-yangi avtomatik liniyalari, sexlar va zavod avtomatlar ishga 
tushirilmoqda. Elektronika bu fanning bir necha о‘n yil oldin tashkil topgan yangi 
sohasidir. Elektronika zaryadlangan zarrachalarning vakuumda, gaz muhitida yoki 
qattiq jismdagi harakatini hamda elektr kattaliklarni har xil о‘zgartirish yoki bir tur 
energiyani ikkinchi tur energiyaga aylantirish maqsadida shu harakatlarni 
boshqarish masalasini kо‘rib chiqadi. Bu fan elektrotexnik materiallarni о‘zini va 
uning ichki tuzilishini bevosita yoritib beradi. Agar moddalar qanday va 
nimalardan tuzilganligini bilmoqchi bо‘lsak, har qanday modda juda mayda 
zarrachalar – molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tashkil topgan. Oddiy 
moddalarda (mis, allyuminiy va hokazo) shu moddaning bir xil atomlaridan tashkil 
topgan molekulalar bо‘ladi. Murakkab moddalarning molekulalari esa har xil 



ximiyaviy elementlarning atomlaridan tashkil topgan. Masalan: suv molekulasi 
tarkibiga ikkita vodorod atomi va bitta kislorod atomi kiradi. 
Elektr texnika materiallari fanida o’quvchilar e’tiboriga quyidagilar havola 
etiladi va o’rganiladi: elektr texnika materiallarini o’rganish va tekshirish asoslari; 
ularning xossalari va tuzilishi; muayyan xossalari orqali materiallarni 
elektrotexnikada ishlatishini aniqlash va amaliy jihatdan qo’llash. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə