Elektrotexnika materiallari


Elektrotexnika materiallarining rivojlanish tendensiyasi



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
elektrotexnika materiallari.

 
1.3. Elektrotexnika materiallarining rivojlanish tendensiyasi 
Hozirgi paytda fan va texnika rivojlangan, texnologik jarayonlar 
takomillashgan bir vaqtda elektr texnika ham yangi bosqichlarga ko’tarilib, turli
xildagi materiallar ishlab chiqarilmoqda va o’zlashtirilmoqda. Ishlab 
chiqarilayotgan elektr texnika materiallarining yangi xossalarga ega turlari ko’p 
miqdorda tayyorlanmoqda. Yangi turdagi materiallarni yaratishga ularning fizik, 
4
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 9-bet 


15 
kimyoviy va mexanik xossalarini chuqur o’rganish orqali erishilmoqda (1.10-
rasm).
5
1.10-rasm. Elektrotexnika materiallarining rivojlanishi 
Elektr texnika uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish va tekshirishda 
mutaxassis turli-tuman xossaga ega bo’lgan elektr texnika materiallari bilan 
to’qnashadi. Bu materiallar elektr mashinasi va jihozlarida kuzatiladigan 
elektromagnit jarayonida ishtirok etadi. Elektr texnika materiallaridan ma’lum 
darajada elektr, mexanik va magnit xossalar talab etiladi (1.11-rasm). 
1.11-rasm. Elektr texnika materiallari asosiy turlari
6
5
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States 
of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 10-bet. 
6
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 7-bet. 


16 
Elektr texnika materiallari asosan 4 turga - o’tkazgich, dielektrik, yarim 
o’tkazgich va magnit materiallariga bo’linadi. 
Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr tokini havo va kabel orqali 
uzatuvchi uzatgichlar bilan iste’molilarga yetkazib berishda o’tkazuvchi 
materiallar ishlatiladi. Bu materiallar katta elektr o’tkazuvchanlikka ega sof 
metallardan tayyorlanadi (1.12-rasm). 
1.12-rasm. O’tkazgichlar 
Agar metallarning qarshiligi katta bo’lishi talab etilsa, u holda metallar 
aralashmasidan iborat qotishmalardan foydalaniladi. 
Izolyatsion materiallar yoki dielektriklar apparat uskunalarda elektr toki 
oqimini cheklash uchun ishlatilgani sababli, ular juda katta elektr qarshilikka ega 
bo’lishi shart. Dielektrik sifatida juda ham ko’p turdagi organik va anorganik 
materiallar qo’llaniladi. Bu materiallar gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo’lishi 
mumkin (1.13-rasm). 
7
a) b) 
1.13-rasm. Dielektriklar 
7
http://tek.prom.ua 


17 
Yarim o’tkazgichlar o’zining elektr o’tkazuvchanligi jihatidan o’tkazgich 
bilan dielektrikl orasida joylashgan bo’lib, zamonaviy texnikada keng qo’llaniladi. 
Materiallarda yarim o’tkazuvchanlik xossalari, ko’pincha, tayyor mahsulot olish 
paytida hosil bo’ladi (1.14-rasm).
8
a) b) 
1.14-rasm. Yarim o’tkazgichlar 
Magnitli elektr texnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki 
o’tkazish maqsadida magnit materiallari qo’llaniladi.Bu materiallardan ma’lum 
darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli (nikelli, 
kobaltli va hokazo) qotishmalarida mavjuddir (1.15-rasm). 
1.15-rasm. Magnit materiallari 
Elektr texnikaning rivojlanishi elektr texnika materiallariga bog’lig bo’lib, u 
o’z navbatida yangi xossali materiallar ishlab chiqish kerakligini taqozo etadi. 
Xossalari yaxshilangan, issiqqa chidamli izolyatsiya va magnit materiallari kichik 
hajmli, yengil va ixcham elektr mashina va apparatlarni yaratish imkonini beradi. 
8
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 12-bet 


18 
Yuqori ish haroratiga ega bo’lgan yangi turdagi dielektriklar aviatsiya, raketa 
texnikasida va boshqa sohalarda ishlatilmoqda (1.16-rasm).
9

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə