|
«elektrotexnika»Murakkab elektr zanjirlari va ularni hisoblash usullari
|
səhifə | 6/44 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 157,43 Kb. | | #136896 |
| Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika» fakulteti-hozir.org2.2 Murakkab elektr zanjirlari va ularni hisoblash usullari.
Elektr zanjirlarini hisoblashdan asosiy maqsad tokni zanjir tarmoqlarida qanday taqsimlanganligini aniqlashdir. Bu vazifa Om va Kirhgof qonunlaridan foydalanib hal etiladi. Kirhgof qonunlarini qo`llab elektr zanjirlarini hisoblash uchun barcha tarmoqlarda tok va kuchlanishlar nT tenglamalar tizimsini yechish orqali amalga oshiriladi. Bunda Kirhgofni birinchi qonuni bo`yicha tuzilgan tenglamalar soni mustaqil tugunlar soniga teng bo`ladi. Kirhgofni ikkinchi qonuni asosida tenglamalar soni esa mustaqil konturlar soniga teng bo`ladi: Tugun kuchlanishlari usulini qo`llash zanjir tenglamalar tizimini tartibini mustaqil konturlar sonigacha qisqartirishga imkon beradi. Murakkab elektr zanjirlarini hisoblash uchun turli usullar mavjud bo`lib, ularni qaysi birini qo`llash sxemalarda elementlarni qanday joylashishiga va masala shartiga bog’liq.
Kontur toklar usulini qo`llash esa zanjirlar tenglamalar tizimi tartibini mustaqil tugunlar sonigacha qisqartirish imkonini beradi. Quyida ushbu usullarni alohida ko`rib chiqamiz. Ikki va undan ortiq manbaaga ega elektr zanjiri murakkab hisoblanadi. Bunday
6-rasm: Murakkab elektr zanjirining prinsipial sxemasi
murakkab zanjirlarni bir necha usulda o`rganish mumkin, masalan, Kirhgof qonunlarini
bevosita qo`llash usulida 1 va 2 qonunlar asosida elektr zanjirini tugunlari va konturlari uchun tenglamalar tuziladi va bu tenglamalar yechilib noma`lum toklar topiladi.Tenglamalarni umumiy soni noma`lum toklar soniga teng bo`lishi kerak. Kirhgofning 1 qonuni asosida tuzilgan tenglamalar soni zanjir tugunlari sonidan bitta kam bo`lishi kerak. Qolgan tenglamalar Kirhgofning 2 qonuni asosida tuziladi. Masalan, 6-rasmda keltirilgan zanjirda tugunlar soni 2-ta, demak 1 qonun bilan bitta tenglama tuzamiz. I1 I2 + I3 0
Zanjirda uchta noma`lum tok kuchi bor, demak yana ikkita tenglamani Kirhgofning ikkinchi qonuniga binoan tuzamiz, masalan 1 va 2 belgilangan konturlar uchun:
Dostları ilə paylaş: |
|
|