Emom o'zbek doc



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə18/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104

13-§. Vaqtni bilish


Kichik guruhda bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt oraliqlari haqidagi tasawuri aniqlanadi. Bir kunni kichkintoylar o'z faoliyatlari mazmunining o'zgarishiga hamda shu vaqt oralig'ida o'z atroflarida bo'lgan katta yoshli kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar.
Aniq kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabki gimnastika, nonushta, mashg'ulot vaqtlari qat'iy belgilab qo'yilgan ligi va hokazolar kunning bo'laklari haqida tasawur hosil qiUsh uchun sharoitlar yaratadi.j|
Pedagog (tarbiyachi) vaqt bo'lagininfwrriini aytadi va bolalarning shu vaqtga mos bo'lgan faoliyat turlarini sanab chiqadi. ,,Hozir ertalab. Biz gimnastika qildik, yuvindik, endi esa nonushta qilamiz". Yoki: ,,Biz allaqachon nonushta qilib bo'ldik, shug'ullanib ham bo'ldik, hozir kunduzi. Tez orada tushki ovqatni yeymiz".
Masalan, boladan quyidagilar so'raladi: „Hozir ertalab. Sen erta bilan nima qilasan? Sen o'rningdan qachon turar.an?" va shu kabilar. Rasmlar shunday bo'lishi kerakki, ularda vaqt uchun xarakterli bo'lgan belgilar aniq ko'rinib tursin. U bolalarga savollar beradi: »Sen erta bilan nima qilding? Kunduzichi?". Yoki:
,,Sen qachon o'ynaysan? Qay vaqtda sayr qilasan? Sen qachon uxlaysan?" Keyin bolalar, masalan, erta bilan, kunduzi yoki kechqurun kattalar y°ki bolalar nima qilayotganliklari tasvirlangan rasmni tanlab oiadilar. Bolalar asta-sekin erta bilan, kunduzi, kechqurun, kechasi s° zlarining aniq mazmunini tushunib oiadilar, ularda vaqt haqida ushuncha va tasawur hosil qilinadi. Bolalar o'z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar.


14-§. Mashg'ulotlarda ishni tashkil qilish


Kichik guruhlarda boshlangan elementar matematika tushun chalarini rivojlantirish ishi o'rta guruhda davom ettiriladi. 4-5 yoshdagi bolalarning matematik bilimlari ancha kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Matematika mashg'ulotlari sentabr oyidan boshlab bar haftada, haftaning ma'lum bir kunida o'tkaziladi. Mashg'ulotlar 20 minut davom etadi, Har bir
mashg'ulotda yangi mavzu yuzasidan va o'tilgan mavzularni takrorlash bo'yicha bir vaqtda ish olib boriladi.
O'rta guruhda faqat 2 mavzu ustida ishlash bilan cheklanish zarur. Agar boshqa mavzularni takrorlash yangi material ustida ishlashning tarkibiy qismini tashkil etsa, uni yaxshiroq o'zlash tirishga yordam bersa, ayrim hollarda yo'1 yo'lakay boshqa mavzularga oid bilimlarni ham mustahkamlash mumkin.
O'rta guruh bolalarining diqqati juda o'zgaravchan b fiadi.Bilimlarni puxta o'zlashtirishlari uchpn ularni albatta ish bilan qiziqtirish zarur. Bolalar bilan shoshilmasdan olib boriladigan bamaylixotir suhbat, ko'rsatmali ko'rgazmalarning qiziqarliligi, o'yinli mashqlardan va didaktik o'yinlardan keng foydalanish bularning hammasi bolalarda yaxshi kayfiyat paydo qiladi. O'yin harakatlari ayni bir vaqtda elementar matematik harakat harn bo'ladigan ,,Yana shunchani top!",
,,Tartib bilan terib qo'y boshqa o'yinlardan foydalaniladi.
Mashg'ulot oxirida ko'pincha yurish va yugurishni o'z ichifc oladigan harakatli o'yinlar: ,,Nima o'zgardi?", ,,Avtomobillar ular saqlanadigan joy" o'yinlari o'tkaziladi. Bu o'yinlar bolalar harakatlanish imkonini beradi.

Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə