Emom o'zbek doc


Uzoqroq", ,,yaqin", ,,uzoq" so'zlari haqida tasawur hosil qilish. Bolalar



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə29/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104

,,Uzoqroq", ,,yaqin", ,,uzoq" so'zlari haqida tasawur hosil qilish. Bolalar


,,yaqinroq", ,,uzoqroq", ,,yaqin", ,,uzoq" so'zlari haqidagi, tasawurlarga o'yinchoqlar va narsalar bilan u yoki bu ishlarni bajarish davomida ega bo'ladilar. ,,Kimning koptogi uzoqroqqa yumaladi?, Qani, kim uzoqqa otdi?" — kabi savollar bolalar e'tiborini masofaga jalb etadi. Ular yaqinroq, uzoqroq, yaqin, uzoq kabi so'zlarning ma'nosini asta-sekin o'zlashtira boradilar.

Qog'oz varag'ida va stol yuzasida tasawur qila bilishga o'rga- tish.


O'rta guruhdagi matematika mashg'ulotlarida bolalarda qog'oz varag'ida va stol yuzasi ustida tasawur qilishni o'stirishga katta e'tibor beriladi. Birinchi mashg'ulotlardan boshlaboq ularga sanoq kartochkasining yuqorigi va pastki doskasini topish, ma'lum miqdordagi predmetlarni yuqoriga hamda pastga yoki chap va o'ngga terib qo'yish topshiriladi.
Stol ustida geometrik figuralarning fazoviy joylanishini aniq belgilashga, joylanishni eslab qayta tiklashga bolalarni rgatish maqsadida maxsus mashg'ulotlar o'tkaziladi. Namuna lum tartibda ko'rib chiqiladi. Bolalar awal markazda (o'rtada)

23-§. Vaqtni bilish


Kichik guruhdagi singari o'rta guruhda ham vaqtni bilish asc bolalarning kundalik hayotida o'stirib boriladi. Muhimi o'rgatishning puxta hissiyot asosida amalga oshirilishidir. Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilishlari bilan bog'lab, bolalarning sutka qismlari haqidagi' tasavvurlarini aniqlaydi.
Bolalarning sutka haqidagi tasawurini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o'tkazilishi mumkin: awal tarbiyachi bolalardan ular bolalar bog'chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, bolalar bog'chasida ertalab, kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishlarini so'raydi.
U bolalarning sutkaning har bir qismida nima qilayotganliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi. Suhbat oxirida ertalab, kunduzi, kechqurun va tun — bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi. ,,Bugun", ,,ertaga", ,,kecha" kabi vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalar ularni o'zlashtirishlari qiyin.
Shuning uchun imkoni boricha bugun, ertaga, kecha so'zlari dan ko'proq foydalanish va bolalarni bu so'zlarni ishlatishga undab turish zarur. Tarbiyachi muntazam ravishda ularga: ,,Biz qachon rasm chizdik? Biz bugun (kecha) nimani ko'rdik? Ertaga qayerga boramiz?" savollari bilan murojaat qilib turishi lozim.
Tez, sekin so'zlarining ma'nosi aniq misollar bilan ochib beriladi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o'yin davomida ular bajar magan harakatlarning tezlik darajasiga jalb etadi (,,Poyezd sekin yurayapti, keyin borgan sari tezroq va tezroq yura boshladi").

Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə