Emom o'zbek doc


-§. Predmetlarning o'lchamlari va turgan o'rni, shakliga bog'liq emasligini ko'rsatish



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə35/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104

28-§. Predmetlarning o'lchamlari va turgan o'rni, shakliga bog'liq emasligini ko'rsatish


Bolalarni 10 gacha bo'lgan barcha sonlar bilan tanishtirib bo'lgach nechta? degan so'roqqa javob berish uchun sanashni qaysi tomondan olib borishning ahamiyati yo'qligi ularga ko'rsatiladi: chapdan o'ngga, o'ngdan chapga, pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga sanab chiqib, o'zlari ham bunga ishonch hosil qiladilar.
Bolalar turli figuralar shaklida aylana bo'ylab (juft-jufti bilan, noaniq guruh bilan) joylashgan narsalarni va sonli figura doira chalarini sanaydilar.
'•• Bolalarni bir xil predmetlarni sanashning turli usullarini ko'rsatish va qayta sanash ularda sanashni istagan predmetdan va xohlagan tomondan boshlash, ammo bunda bitta ham predmetni sanamasdan qoldirmasilik va bittasini ham ikki marta sanamaslik kerak ekanligi haqida ishonch hosil qilinadi.
Agar bola predmetlarning joylashishi ataylab murakkab lashtirilganda yanglishsa, uning qanday xatoga yo'l qo'yganligi aniqlanadi. Pedagog narsalarni qayta sanayotganoa ataylab xato qilishi mumkin. Bolalar narsalarning birortasini ham sanamasdan o'tkazib yubormaslik yoki bitta predmetni ikki marta sanamaslik uchun
sanash qaysi predmetdan boshlanganligini yaxshi eslab qolishs zarur ekanligi to'g'risida xulosa chiqaradilar.
Pedagog turli-tuman topshiriqlardan foydalanib, predmetlarning joylashish shaklini murakkablashtirib, tegishli tasawurlarni va hafikat. usullarini mustahkamlaydi.


29-§. To'plamdagi predmetlar sonining tengligini aniqlash


'(Ittruhda miqdori teng bo'lgan to'plamlar tuzish va tanlashni mashq qilishga katta o'rin beriladi. Bular bolalarda bir xil miqdorli elementlardan iborat bo'lgan to'plamlarga bitta—yagona natural; son mos kelishi, ayni shu natural songa juda ko'p xilma-xil pred metlar to'plamlar sonining mos kelishi haqida tasawur hosil qilishga imkon beradi.
Topshiriqlarning xilma-xil turlari qo'Uaniladi. Masalan, bolalarga aytilgan son bo'yicha 3 xil ko'rinishdagi o'yinchoqlarni (geometric shakldagi modellar va boshqalarni) sanab ajratish va ularni 3 ta tasmaga yoki 3 qatorga tengligi ko'rinib turadigan qilib qo'yish, ya'ni bir o'yinchoq tagiga ikkinchisini qo'yish taklif etiladi.
Birinchi mashg'ulotda hamma bolalarga bitta son, keyinchalik har xil stol atrofida yoki har xil qatorda o'tirgan bolalarga turli son aytiladi. Nihoyat, har bir bolaga yakka topshiriq berish mumkin. 3 xil predmetni qo'yib chiqish ko'p vaqtni oladi. Shuning uchun bunday topshiriqlarni taklif etayotganda 8 gacha bo'lgan sonlarni aytish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bolalar turli o'yinchoqlarni har biridan o'zlarida nechtadan |?orligini va ularning umumiy soni nechta ekanligini aytib berishga o'rganishlari lozim. Bolalar o'z javoblarida xususiy va umumiy ifodalay olish ko'nikmasini darhol egallab ololmaydilar. Awal ularga o'zlaridagi har xil predmetlardan nechtadan ekanligini aytib berish taklif etiladi. ,,Yuqori tokchada 4 ta o'yinchoq, o'rtadagisida 4 ta mashina, pastdagisida esa 4 ta qo'g'irchoq bor", — deb sanaydi bola.
,,To'g'ri, bir xil o'yinchoqlardan senda 4 tadan bor", — deb xulosa chiqaradi tarbiyachi. Bolalar asta-sekin har bir guruhda nechtadan o'yinchoq borligini mustaqil ta'riflashni o'rganadilar. Ular xulosani o'z ichiga olgan xilma-xil javoblardan foydalanishlari muhimdir. Masalan, ,,Yuqori tokchada 7 ta kvadrat, o'rtadagisida 7 ta to'g'ri to'rtburchak, pastdagisida 7 ta to'g'ri to'rtburchak, 7 ta aylana, barcha figuralarning soni teng - 7 tadan". Yoki ,,Barcha figuralar 7 tadan — 7 ta kvadrat, 7 ta to'g'ri to'rtburchak va 7 ta aylana". Bola xususiydan umumiyga, shuningdek, umumiydan xususiyga tomon fikr yurita olishi lozim.
Narsani teng bo'laklarga ajratishni o'rgatish 3-4 mashg'ulotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu ishni narsani bo'laklarga ajratishdan boshlash zarur, lekin qirqmaslik kerak. Agar u qirqilsa, bolalar ularning har birini butunga taalluqli bo'lmagan ayrim narsalar deb idrok qiladilar. Masalan: ,,Qaybiri katta — butunmi yoki uning bo'laklarimi", — degan savolga ba'zi bolalar „Bo'laklar katta, chunki ular ikkita, butun esa bitta", — deb javob beradilar. Narsa uning o'lchovi bilan biror qismning butunga tegishliligi o'rtasigi bog'lanish obyektini bittadan taqqoslash bilan almashtiriladi. lar savolning mohiyatini tushunmasalar, unga tegishli javob olmaydilar.
va yana (4 bo'lakka) taxlash (buklash) bilan teng bu ituuarga usulini ko'rsatadi. Bu topshiriqni bajarish uchun qog'oz varag'idan tashqari, qog'ozdan yasalgan figuralar modelidan ham foydalanish mumkin. Narsani teng 2 va teng bo'lmagan 2 bo'lakka ajratish mumkinligini ko'rsatib, bolalarda butunning ikki teng bo'lagidan biri yarmi deb atalishi, teng ikki bo'lak esa yarmi hisoblanishi haqida tushuncha hosil qilinadi. Agar narsa teng bo'lmagan 2 bo'lakka bo'linmagan bo'lsa, uni yarim deb atash mumkin emas.
Bunday hollarga narsa teng bo'lmagan 2 (4) bo'lakka bo'lingan deyilac Teng bo'laklar hosil bo'lishi uchun bolalarda eng oldin I aniq buklash (keyinchalik qirqish) zarurligi haqida ishonch hosil qilinadi. Bo'laklarning tengligi ustma-ust yoki yonma- yon qo'yish bilan tekshiriladi. Bolalar narsalarni o'rtasidan buklab, so'ngra buklangan har birbo'lakni yana o'rtasidan (ikkinchi marta o'rtasidan) buklab, predmetni teng bo'lakka bo'ladilar. Tarbiyachi bolalarni bo'lish usuli va natijasini so'z orqali ifodalashga (Nima qilding?, Nima hosil bo'ldi?, Bo'laklar tengmi?) o'rgatadi.
Narsalar bo'laklarga bo'lib ajratilganda bolalarga ularni yo birlashtirishni (go'yoki narsa butun holida qolgan), yoki narsani bo'laklarga bo'lishni (ularni bir- biridan ajratishni) taklif qilish foydalidir. Xatti-harakat (bajarilgan ish) va uning natijasi o'rtasidagi bog'liqlik aniqlanadi. Narsani o'rtasidan bo'ldik (ikkinchi marta yana o'rtasidan bo'ldik)—teng 2 (4) bo'laklar hosil bo'ladi. Ularni bir lashtirdikbir butun narsa hosil bo'ldi. Pedagog (tarbiyachi) taklifiga binoan bolalar 2 bo'lakdan birini (yarmini), 4 bo'lakdan birini, ikkala yarmini, 4 bo'lakning 2 (3,4) tasini ko'rsatadi. Ular barmoqlari bilan narsalarni ushlab ko'rib, bo'laklarning o'lchamlarini taqqos- laydilar. Bunda pedagog (tarbiyachi) bolalarning teng ikkiga o'lish, yarmi, teng bo'laklar, butun, ikkidan biri, to'rtdan birini og'zaki to'g'ri ishlatishlarini kuzatib boradi.
Bolalar bilan birgalikda ularning uylarida, bolalar bog'chasida, do'konda va boshqa joylarda duch kelgan narsalarni teng bo'lakka bo'lishni esga olib, u bolalarning narsalarni bo'laklarga ajratish haqidagi tushunchalarini boyitadi.



Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə