Emotsiyalar va xronologik yosh


Turli emotsional holatlarda nafas olishning o’zgarishi



Yüklə 26,77 Kb.
səhifə2/14
tarix19.04.2022
ölçüsü26,77 Kb.
#85666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
emotsiya va xronologik yosh

Turli emotsional holatlarda nafas olishning o’zgarishi

a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;

b) faol xafalikda 9 marta;

v) qo’rqishda 64 marta;

d) jahl chiqqanda 40 marta.

Ikkinchidan, emotsiya imo - ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo’ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko’rinadi.Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo’ladigan yanada chuqur o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.Demak, emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va qad-qomatning o’zgarishlari, ayrim tashqi sekresiya bezlarining faoliyati yosh, so’lak, ter ajralishi hamda ayrim harakatlarning xususiyatlaridagi o’zgarishlar, ya'ni ularning tezligi, kuchi, koordinasiyasi va hokazolar kiradi. Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko’rinishlaridan biri kulgi bilan yig’idir. L.N.Tolstoy o’z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. "Har xil sabab bilan yig’lagan paytda odamning boshi va og’zi har xil qiyofada o’zgaradi" - degan edi. Leanardo da-Vinchi. Kayfiyat tushunchasiga psixologik manbalarda turli nuqtai nazardan yondashilgan taqdirda ham mazmunan ular bir xillikni anglatadi. Jumladan Q.Turg’unov lug’atida shaxsning kuchsiz yoki o’rtacha kuchga ega bo’lgan nisbatan barqaror umumiy emosional holati, A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi, deb ta'kidlanadi. Professor E.G’.G’oziev fikricha, kayfiyat shaxsning ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emosional holatdir. Kayfiyat, ya'ni odamning xursand yoki g’amgin kayfiyati hech vaqt sababsiz maydonga kelmaydi. Odam bajarayotgan biror ishning mavaffaqiyatli tugashi yoki imtihondan yaxshi o’tish- yaxshi tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi. Qilayotgan ishingizni oldinga yurmasligi yoki ishga berilgan yomon baho odamda ma'yuslik, kuchiga ishonmaslik kayfiyatini tug’diradi. Kayfiyatning xush yoki noxush bo’lishi, birinchi navbatda odamning sihat-salomatligi bilan ham bog’liqdir. Masalan, ichimiz qattiq og’rib turgan vaqtda kayfiyat choq bo’lmaydi. Affekt tushunchasiga berilgan ta'riflarga asosiy e'tiborni qaratadigan bo’lsak bu ham shaxsning kuchli emosional holatlari bilan bog’liqdir. Q.Turg’unovning lug’atida aytilishicha, affekt tez va kuchli paydo bo’lib, shiddat bilan o’tadigan qisqa muddatli emosional holatdir. A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida affekt haddan ziyod tez kechishi bilan miyada paydo bo’luvchi, shaxsni tez qamrab oluvchi, jiddiy o’zgarishlarni yuzaga keltiruvchi jarayonlar ustidan irodaviy nazorat buzilishiga yetaklovchi organizm a'zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emosional jarayonlarga aytiladi. M.Vohidov darsligida affekt to’satdan tez paydo bo’lib, tez orada o’tib ketadigan nihoyatda kuchli hissiy holat sifatida e'tirof etiladi. Affekt lotincha so’z bo’lib, ruhiy hayajon ehtiros degan ma'noni anglatadi. Affektlar ko’pincha to’satdan paydo bo’ladi va ba'zan bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishini ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda portlash singari birdaniga boshlanib ketadi. Ba'zan affektlar tormozlanish holati tarzida namoyon bo’ladi va bunday holatda organizm bo’shashib, harakatsiz bo’lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko’pincha odam birdaniga qo’rqqanida, to’satdan quvonganida va shu kabi holatlarda o’zini yo’qotib qo’yish ko’rinishida namoyon bo’ladi. Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress-ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko’ra kayfiyatlarga yaqin bo’lgan his-tuyg’ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta'rif beriladi. Profssor E.G’ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og’ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me'yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug’ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo’rig’ishlar sifatida ko’rsatiladi. Stress - inson organizmini haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan tanglik jarayonidir.


Yüklə 26,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə