Energetika auditi va energiya samaradorlik bo‘yicha asosiy tushunchalar


Energetik audit o‘tkazishning xozirgi zamon sanoat korxonalarida tutgan o‘rni va energiya resurs tejamkorligining asosi



Yüklə 33,67 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü33,67 Kb.
#141032
1   2   3   4
Energetika auditi va energiya samaradorlik bo‘yicha asosiy tushunchalar

Energetik audit o‘tkazishning xozirgi zamon sanoat korxonalarida tutgan o‘rni va energiya resurs tejamkorligining asosi.

Butun dunyoda, shu jumladan Respublikamizda energiya resurslar narxini oshib borishi xalq xo‘jaligining barcha sohalarida energiya tejamkorlik masalasini ilgari suradi [1, 2, 5]. Ko‘pgina ishlab chiqarish cohalarida mahsulot tannarxini asosiy tashkil etuvchisi energiyaga to‘lovlar tashkil etmoqda. Mahsulot birligiga sarflanayotgan nisbiy energiya sarfining ko‘pligi eksportga tayyor mahsulotga nisbatan xom-ashyo chiqarish samaraliroq bo‘lishini ta’minlamoqda. Energiya resurslarni tejash orqali mahsulot tannarxini kamaytirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotimizni tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirishni asosiy omillaridan biridir [2, 5]. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarflanayotgan nisbiy energiya sarfi rivojlangan Evropa davlatlari AQSH va YAponiyaga nisbatan 3-4 marta katta ekanligini ko‘rish mumkin [1, 12, 47]. Bu esa elektr energiya nisbiy sarfini kamaytirish bo‘yicha imkoniyatlarimiz borligini ko‘rsatadi va ishlab chiqarish korxonalarida energiya tejash bo‘yicha tekshiruvlarni - energiya auditini o‘tkazishni taqozo qiladi [31, 49, 78].


Korxona energoxo‘jaligini real holatini belgilovchi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish energetik tadqiqotlarni mohiyatini belgilaydi. Elektr energiyasi bo‘yicha energiya auditi tekshiruvlarini asosiy vazifasi solishtirma energiya sarfi katta bo‘lgan iste’mol manbalarini, katta isroflar sabablarini aniqlash va bu ortiqcha isroflarni yo‘qotish bo‘yicha tadbirlar dasturini ishlab chiqish [49, 88]. Elektr energiyasini tejash bo‘yicha tadbirlar dasturi tashkiliy, huquqiy, texnik xarakterda bo‘lgan tadbirlar asosida korxona faoliyatini oqilona tashkil etishni ko‘rsatib beradi.
Korxonada o‘tkaziladigan energiya tejash bo‘yicha tadqiqotlar samarasi asosan energetik balanslarni qay darajada detallashtirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Energiya oqimining elektr ta’minoti sxemasi barcha elementlari bo‘yicha aniqlangan quvvat balanslari noo‘rin sarflanayotgan elektr energiyasini tezroq aniqlash imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida korxonada elektr energiyasini texnologik mashinaga bo‘lgan bo‘g‘inlarda qanday taqsimlanishi, korxonada ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfi, ishlab chiqarish uchastkalari, sexlar bo‘yicha energiya oqimlarini hisoblashni taqozo qiladi. Energiya resurslarni quvvatini oshirishdan ko‘ra energiya tejamkor tadbirlar orqali energiyadan ratsional foydalanish bir necha marta samarador ekani ma’lum. Bu esa o‘z navbatida sanoat korxonalarining mavjud elektr ta’minoti tizimini energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan tadqiqotlar o‘tkazish va rekonstruksiyalashni taqozo etadi. Energiya samaradorlik asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish har bir rivojlanayotgan davlatning oldida turgan ustivor vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiyotni yaratish ishlab chiqarishda energiya samarador texnologiyalarni qo‘llash, energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va raqobatli muhitni yaratish hamda fan bilan ishlab chiqarishni uzviy bog‘liqligini taqozo etadi.
Ishlab chiqarishda energiya tejashga quyidagi 3 yo‘l bilan erishish mumkin:

  1. Samarasiz sarflanayotgan energiya istemolini kamaytirish orqali.

  2. Energiyani uzatishda va o‘zratirishda isroflarni kamaytirish.

  3. Energiya samarador texnologiyalarni qo‘llash orqali.

Demak, energiya samaradorlik energiya tejashni bir yuli ekanini ko‘rish mumkin. «Energiya samaradorlik» tushunchasi energiya istemoli (masalan, uyni isitish) bo‘yicha ma’lum bir natijani odatdagidan kamroq energiya miqdorini sarflab erishishga tushuniladi. Energiya tejamkor chiroqlarni qo‘llash bunga yaqqol misol bo‘la oladi. CHunki, bu chiroqlar cho‘g‘lanma chiroqlar hosil qilgan yorug‘lik oqimini 5 marta kichik energiya sarfi bilan ta’minlaydi.
Energiya tejashning asosiy maqsadi energiya istemolini kamaytirish bo‘lib unga masalan elektr energiyasini o‘chirib ham erishish mumkin. Energiya samaradorlik energiyani samarali sarflab yuqori natijaga erishishni ko‘zda tutadi. YA’ni energiya samaradorlik energiyani oqilona sarflab oldingidan yuqoriroq natijaga erishishni talab qiladi.
SHunday qilib, energiya samaradorlik energiya istemolini ko‘paytirmasdan ishlab chiqarish hajmini oshirib uni rivojlantirish imkonini beradi. Davlatni energiya resurslarga bo‘lgan qaramlikni kamaytiradi. Hozirgi kunda, iqtisodiyotni jadal rivojlantirishni, energiyaga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishni, atrof muhit muhofazasini yaxshilashning va har bir insonni kundalik xarajatlarini salmoqli kamaytiradigan asosiy yo‘li ishlab chiqarishda va kundalik hayotimizda energiya samaradorlikni oshirish hisoblanadi.
Energiya samarador qurilmalar jumladan, faqat ehtiyoj bo‘lganda energiya sarfini ta’minlaydigan qurilmalar bo‘lishi mumkin, masalan, inson xonaga kirganda yoki eshikni ochganda yoritish yoki boshqa energiya iste’mol qiluvchi qurilmalarni ishga tushishi bunga misol bo‘la oladi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlarida energiya samaradorlik ko‘rsatkichlari rivojlangan Evropa davlatlariga nisbatan 3-4 marta past ekanini ko‘rishimiz mumkin. Buning asosiy sababi bu davlatlarda asosan energiya resurslarni intensiv qazib olishga va qayta ishlashga, energiya sarfi ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganligini va mehnat unumdorligini pastligini aytish mumkin. Bundan tashqari, bu davlatlarda eski texnologiyalar va uskunalar ishlatilayotganligi hamda ishlab chiqarish modernizatsiya qilinmaganligi mahsulot birligiga energiya sarfini yuqori bo‘lishini ta’minlamoqda.
Energiya samaradorlik yuqori bo‘lgan davlatlarda kam energiya sarflab narxi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyot tashkil etilganini ko‘rishimiz mumkin. Bu davlatlarda innovatsiyaga asoslangan iqtisodiyotni tashkil etilgani, axborot texnologiyalarga asoslangan kam energiya sarfi va qiymati baland yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini ko‘rish mumkin.
Ststistika ma’lumotlarida uy joy kommunal xo‘jaligida energiyaning taxminana 70 % binolarni isitishga, 15 % ovqat tayyorlashga, 10 % maishiy texnika va 5 % yoritishga sarflanishi keltirilgan. Uy sharoitida energiya tejamkor qurilmalardan foydalanish energiya sarfini kamaytiradi, xayot farovonligini oshiradi va atrof-muhti muhofazasini ta’minlaydi. SHunday qilib, har bir insonni energiya samaradorlik tamoyillariga rioya qilishi uning kommunal – xo‘jalik xarajatlarini kamayishiga olib keladi.
Energiya samaradorlik va muqobil energiya manbalaridan foydalanish atmosferaga zararli gazlarni chiqarishni kamaytirishni samarali yo‘li hisoblanadi. BMT ma’lumotriga ko‘ra energiya samarador texnologiyalarni qo‘llash atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirishga nisbatan arzonroq va samaraliroq tadbir ekanini ta’kidlab o‘tilgan.
Yüklə 33,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə