Eng qadimgi davlatlar tarixi



Yüklə 118 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü118 Kb.
#147578
Eng qadimgi davlatlar tarixi



Eng qadimgi davlatlar tarixi


Yozma manbalar. Miloddan avvalgi IX- VIII asrlar O’rta Osiyo tarixida bronza davridan ilk temir asriga o’tish davri bo’lgan.
O’rta Osiyoning temir davri tarixini o’rganishda yozma manbalarning kamligi hamda to’liq emasligini e’tiborga olish lozim. Asosiy yozma manbalar ahamoniylar va yunon-rim davriga taalluqli bo’lib, ular O’rta Osiyo xududidan tashqarida tuzilgandir.
O’rta Osiyo va O’zbekistonning qadimiy viloyatlari jamiyati to’g’risida muhim yozma manbalar «Avesto», ahamoniylar davri yozma yodgorliklari va qadimgi yunon tarixshunoslari hikoya qiladilar.
«Avesto» eng qadimgi qismlarining barchasi zamonamizgacha yetib kelmagan. Bu to’plam eramizning III-VII asrlarida tahrir qilingan.
«Avesto»ning bizgacha yetib kelgan matnlari to’rt kitobni o’z ichiga oladi. Yasna (duolar yoki qurbonlik keltirish), Yashtlar (ma’budalar uchun madhiyalar), Videvdat (devlarga qarshi kurash), Visprat (barcha xukmdorlar). Bu kitoblar yozilgan tilni avesto tili deyiladi, chunki bu til «Avesto» tufayli ma’lum.
«Avesto» ko’p qatlamli, murakkab manba bo’lib, asrlar davomida shakllangan. Uning turli qismlarida Zaratushtra «zaotara» yoki «ataurvon», ya’ni koxin tarzida tilga olinadi. Zardushtiylik dini tarixi bo’yicha yetakchi mutaxassislar mazkur xolatga o’z e’tiborlarini qaratib, Zaratushtra bu dinning yagona asoschisidir, shuning bilan birga u ham koxin, ham payg’ambar edi, deb faraz qiladilar.
«Avesto» ma’lumotlarining tarixiy sanalari ko’p yillardan beri olimlar orasida tortishuvlarga sabab bo’lib kelmoqda. «Avesto»da ko’rsatilgan mamlakatlarning geografik o’rnini va chegaralarini aniqlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumini va «Avesto» tushunchalarini o’rganishga bag’ishlangan katta ilmiy adabiyot mavjud.
«Avesto»ning eng qadimiy qismlari keng xududda joylashgan jamiyatni tasvirlab, bu jamiyat haqidagi yozuvsiz zamonlarga oid tasavvurlarni saqlaganlar. Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, «Avesto» tili qadimda fors tilidan nisbatan ancha oldingi bosqichda paydo bo’lgan. O’rta Osiyo uchun «Avesto» ma’lumotlari arxeologik manbalar bilan solishtirilgan holda keng davriy chegara oralig’ida - bronza davridan tortib qadimgi dunyo - antik davrgacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy tarixni yoritishsa foydalaniladi.
Bunday yondashuv hamisha ham o’zini oqlayvermasada, yozma va arxeologik manbalarni bir-biriga solishtirish zaruratidan kelib chiqqan.
«Avesto» Zaratushtra (Zardusht) dinidagi xalqlarning shariat qonunlari majmuidir va zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. Zaratushtra (yunoncha Zoroastr) ismi bilan atalgan zardushtiylik (zaratushtrizm, zoroastrizm) O’rta Osiyoda islom dini joriy etilgandan oldin keng tarqalgan. «Avesto» O’rta Osiyo viloyatlarining qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hayoti va ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim manbadir.
O’rta Osiyoda Zaratushtra e’tiqodini birinchi bo’lib podsho Kavi Vishtasp qabul qilgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O’rta Osiyo xududidagi xalqlar zardushtiylikka e’tikod qilgan. Shu davrdan boshlab yangi din milodiy VIII asrgacha O’rta Osiyoda diniy e’tiqod sifatida keng yoyildi.
«Avesto»ning qadimgi qismlari ahamoniylar davridan oldinroq zamonlarga oid bo’lgan. «Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, ushbu davr kabilalari birlashmasi viloyat - «daxsho» bo’lgan, urug’ jamoasi - «vis», ayrim oilalar - «nmana»dan tashkil topgan, qabila esa «zantu» deb atalgan. Aholi kohinlar, jangchilar, dehqonlar va chorvadorlar toifasiga bo’lingan. «Avesto» to’g’risida chorvachilik va dehqonchilik hayotiga oid ma’lumotlar juda ham ko’p saqlangan.
«Avesto»ning eng qadimgi xududiy geografik nomlari O’rta Osiyo viloyatlari bilan bog’langan (Yasht, 10 bob). Ro’yxatdagi bi­rinchi mamlakat - «Arenam Vaychax» yoki «Aryoshayyona», «Arenam Vay-jo». U yurtda ko’pdan-ko’p yaylovlarga ega baland tog’lar, keng daryolar va chuqur ko’llar bo’lgan. Yasht kitobida tilga olingan boshqa mamlakatlar - Iskata, Porutu, Mouru, Gava So’g’da (So’g’d makoni) va Xorazm.
«Avesto» Videvdat kitobining birinchi bobida sanab o’tilgan viloyatlar Yasht mamlakatlari ro’yxatidan ancha farq qiladi: Arenam Vayjo, Gava, Mouru, Baxdi, Nisayya, Aryo, Vaekereta, Urva, Xnanta, Xaytumant, Raga, Chaxro va Varna.
«Avesto»ning qadimgi geografik tushunchalari va manbada ko’rsa­tilgan mamlakatlarning ro’yxati asosida zardushtiylikning ilk vatani va Zaratushara tug’ilgan yurti haqida hikoya qilish mumkin. Olimlar o’rtasida «Avesto» vatani - Xorazm, zardushtiylikning yoyilish markazlari esa O’rta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bog’lanadi. Bu nazariyaning tarafdorlari «Avesto»ning yirik mamlakatlari Xorazm, Marg’iyona, So’g’d, Baqtriya O’rta Osiyoda joylashganligiga e’tibor beradilar. Shuning bilan birga Arenam Vayjoni ham bu keng o’lka deb tushunish mumkin. U yerda baland tog’lar -Pomir, Xisor, Tangritog’, chuqur ko’llar - Kaspiy, Orol, Issiqko’l, kesh daryolar - Amudaryo va Sirdaryo joylashgan deb faraz qilinadi.
«Avesto» da keltirilgan qadimgi ma’lumotlar O’rta Osiyoda harbiy siyosiy birlashma tashkil topgan davrlarga (mil.avv.IX-VIII asrlar) mansubdir. Bu birlashma - Aryoshayyona yoki Arenam Vayjo, juda katta harbiy ahamiyatga ega bo’lgan. Shu davr aholisining bir qismi o’troq dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan, boshqa bir guruhi esa ko’chib yuradigan chorvachilik shakliga o’tgan. Ular o’rtasidagi siyosiy qarama-qarshiliklar, kurash va tinimsiz bosqinlar «xonadonlarga, qishloq, viloyat va mamlakatga qashshoqlik va vayronlik keltirdilar». «Avesto»da shu davr xukm surgan podsholar sulolasi - kaviylar («Shoxnoma»la - kayyoniylar) ro’yxati quyidagicha: Xaosh’yonx («Shoxdoma»da - Xushang), Yima (Jamshid), S’yovarshon (Siyovush), Kavi Xaosrov (Kay-Xisrov), Kavi Vishtasp, Kavi Kavat (Kay-Qubot), Kavi Pian (Kaykovus), Kavi Pi-shin (Kay-Pishin), Kavi Arshan (Key-Aresh). Kavi Vishtaspdan boshlab so’ngilari Zaratushtra ta’limotining tarafdorlari bo’lgan.
Kavi Xaosrav ariylar mamlakatlarini birlashtiruvchi podsho bo’­lib, «tur» - chorvador qabilalarning yo’lboshchisi Frangrasyon («Shohnoma»da-Afrosiyob) bilan jang qilgan. «Avesto»da yoritilgan qadimgi qabilalarning tillari bir-biriga yaqin edi, ularning etnik qiyofasida ham ancha o’xshashliklar mavjud bo’lgan. O’troq va ko’chmanchi kabilar o’rtasidagi asosiy farqlar e’tiqod. Ma’naviy va moddiy madaniyati hamda ho’jaliklarida bo’lib, ularni bir-biridan ajratib turgan. «Avesto»ning Mouru, So’g’da, Baxdi, Xorazm aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan, «tur» qabilalarining (va keyin sak-massaget kabilalarining) iqtisodiy hayotida chorvachilik ustunlik qilgan. O’rta Osiyoning dashtlari va tog’lari chorvachilik rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan.
«Avesto»da tilga olingan kabilalarning dastlabki vatani Aryoshayyona (Arenam Vayjo) ham yaylovlarga serob yerlar bilan boy bo’lgan. Yasht kitobining o’ninchi bobida bunday xabar qilinadi: «U mamlakatning jasur sardorlari ko’pdan-ko’p harbiy yurishlar qiladi, u yerda o’tloqlar va suvga serob baland tog’lar chorvachilik hayotiga asos solgan». Shuning uchun ham Arenam Vayjo tangri Axuramazda ifodasi bilan yashash uchun eng yaxshi joy deb hisoblangan va «Avestoshing ro’yxatlarida bu o’lka birinchi navbatda tilga olinadi.
«Avesto»ning geografik tushunchalari qadimgi fors tilida yoritilgan ahamoniylar yozma manbalarida va qadimgi tarixshunoslar asarlarida takror etilgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida O’rta Osiyoda yashab o’tgan kabilalar yanga etnik jarayonlarga asos solib, shu xududda so’g’dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, marg’iyonaliklar va sak-massagetlar paydo bo’lishlariga sababchi bo’lgan. Ushbu elatlarning tarixi o’zaro keng madaniy ta’sirlar va aloqalar asosida rivojlanib, bir-biriga yaqin bo’lgan.
Ahamoniylar mixsimon yozuvlari (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) Bexdstun va Naqshi Rustam qoyatoshlari, Suza, Xamadon va Persepol shaharlarida toshib tekshirilgan. Ular qadimgi fors tilidagi turli ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarga doir pod­sho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat. Ahamoniylar davri yozuvlarida O’rta Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida ayrim ma’lumotlar bor.
Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida (540-530-522 yillar davomida) O’rta Osiyo viloyatlari ahamoniylar xukmronligi ostida tushib qoladi. Ular O’rta Osiyoda ikki yuz yilcha xukmronlik qilganlar. Erondaga qadimgi Persepol shahri saroyining devorlarida baqtriyaliklar, xorazmliklar, so’g’dlar va saklarning o’sib ishlangan bo’rtma rasmlari topilgan (Doro I va Kserks podsholar saroy devorlaridagi bo’rtma rasmlarida turli xalqlarning xiroj keltirish manzarasi tasvirlangan). Bu rasmlar O’rta Osiyoda yashagan xalqlarning o’ziga xos qurollari, kiyim-boshlari va qiyofasini ko’rsatib turadi. Persepol saroylari devorlariga solingan bo’rtma rasmda Xorazm, So’g’d, Baqtriya va saklar viloyatlaridan xiroj to’lovchilar shohga turli xil idishlar, kiyim-kechaklar, gazmollar, zeb-ziynatlar, harbiy qurollar yoki ot, tuya hamda kuy olib kelayotganligi ko’satilgan.
Kadimgi yunon tarixchilari Gekatey, Gerodot va Ktesiy asarlari O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy va geografik qiyofasini ko’rsatib beradi.
Ko’chmanchi qabilalarni yunon tarixchilari skiflar va sarmatlar, saklar va massagetlar deb ataganlar. Ahamoniylar davri yozuvlarida esa ular «shak»-saklar deb yoritilgan va to’rt katta guruhga bo’lingan: saka-xaumovarka, saka-tigraxauda, saka-tiay-para so’gdam va saka-tiay-darayyo.


Ahamoniy podsholariga tegishli bo’lgan eng muhim yozuvlar-Bexistun yozuvlari bo’lib, ular Doro I buyrushga ko’ra, qoyaga o’yib yozilgan (bu g’oya Karmoy-Xamadon yo’lida joylashgan).
Nakshi Rustam, Suza, Xamadon yozuvlari hamda Doro I haykali-dagi yozuvlar shu podshox xukmronlik qilgan yillarga mansubdir. Bu yozuvlarning barchasi qadimgi fors, elom va akkad tillarida bitilgan. «Devlarga karshi» Kserks davri yozuvlari (mil. avv. 486-465 i.) hamda Artakserks III (mil. avv. 359-358 i.) yozuvlari bir muncha keyingi davrga taalluqlidir. Shuningdek, Ur va Urukdan topilgan, akkad tilida bitilgan Kir II (mil. avv. 559-530 i.) qisqa matnlari, Kuddusdagi ibodatxonaning tiklanishi to’g’risidagi qadimgi yaxudiy va oromiy tillarida bitilgan.
Qadimgi fors yozuvlari turli xildagi tarixiy tadqiqotlar uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, bu soxada ko’plab tadqiqotchilar asarlari mavjud.
Soliq to’lovchilar viloyatlarning umumiy ro’yxatini hisobga olmagan xolda (Doro I va Kserks xukmronligi davrlari) bu yozuvlar, asosan O’rta Osiyo o’lkalari to’g’risida juda ham kam ma’lumot beradi.
Miloddan avvalgi V-IV asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixi, qadimga yunon tarixshunoslarining diqqat markazida tushib qol­gan. Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi ayniqsa qimmatlidir. Bu muhim va dunyoda mashhur asarda Gerodot Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklar, sak-massagetlar, so’g’dlar, xorazmliklarni tilga olib, ularni moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan.
Gerodotning O’rta Osiyo to’g’risida ma’lumotlari turli masalalar bilan birga bevosita yunon-fors urushlariga borib taqaladi. Forslarning sak-massagetlarga qarshi yurishlari hamda Akes-Amudaryo daryosining suvlaridan foydalanish to’g’risidagi manbalar bundan mustasnodir.
Boshqa bir yunon tarixshunosi Ktesiy Kichik Osiyodagi Knid shahridan bo’lib, miloddan avvalgi 414 yildan boshlab, ahamoniylar podshosi Artakserks II saroyida tabib vazifasini bajargan. Ktesiyni qadimgi Sharq tarixi juda qiziqtirgan, shuning uchun ham u qadimgi viloyatlar va shaharlar to’g’risida ancha ma’lumotlar to’plagan. Ayniqsa yunon tarixshunosini Hindiston va Baqtriya qiziqtirgan. Shuning uchun ham Ktesiy o’zining «Persika» deb nomlangan asari-ning katga bir qismini baqtriyaliklar tarixiga bag’ishlagan.
Ktesiy Baqtriyaning shaharlari, uning mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan poytaxti haqida, shu shaharni qamal qilgan Ossuriya podshosi Nin to’g’risida hikoya qiladi: «...Nin baqtriyaliklarga qarshi harbiy yurish qilgan. U Baqtriyaning mustahkam qal’alari, adolisining ko’p sonligi va jasurligi haqida xabardor bo’lib, o’ziga bo’ysundirgan xalqlardan ko’p sonli qo’shinlarni yig’ib olgan. Ularga sardor bo’lib, Nin Baqtriya yurtiga bostirib kirgan, ammo viloyatdagi xilma-xil tor tog’-daralaridan o’tish uchun u o’z qo’shinlarini bir necha qismlarga bo’lishga majbur bo’lgan. Baqtriyadaga yirik shaharlar orasida, mashhur Baqtra nomli shahar bo’lgan. Bu shahar mamlakat poytaxti bo’lib, mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan, unda ichki qal’a - podsho saroyi alohida ajralib turgan».


Baqtraning ossuriyaliklar tomonidan qamal qilinishi to’g’risida yana bir yunon tarixshunosi Ksenofont ham ma’lumot beradi. O’rta Osiyoning boshqa shahar va manzilgohlari to’g’isida qadimga yunon mualliflari asarlarida ma’lumotlar uchramaydi. Mavjud shaharlar ularga noma’lum bo’lgan bo’lsa kerak.
«Avestoshing eng qadimgi qismlari, ahamoniylar yozuvlari, Gerodot, Kteyesiy va Ksenofont asarlari O’rta Osiyo to’g’risidagi yozma manbalarning ilk turlari hisoblanib, o’lkamizdagi aholi, viloyatlar, alohida joylar va daryolar nomlarini, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzum to’g’risidagi ma’lumotlarni, ahamoniylar podsholarining O’rta Osiyoga yurishlari, qadimgi xalqlar turmushi, dini, madaniyati va boshqa yorituvchi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Arxeologiya manbalari. O’rta Osiyo ilk temir davriga oid moddiy madaniyat yodgorliklariga nihoyatda boydir. O’lkada keng ko’lamda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topib tekshirilgan qishloq va shahar harobalari qadimiy madaniy o’choqlar bo’lib hisoblanadi. Quyi Murg’ob, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida, Xorazm va Fargona vodiylarida ilk temir davriga oid juda ko’p yodgorliklar borligi ma’lum bo’ldi.
Eng qadimgi temir buyumlar O’rta Osiyodagi 22 ta yodgorliklardan topilgan bo’lib, ular asosan O’zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonning janubidagi topilmalar - temir pichoq, o’roq, harbiy va ro’zg’or buyumlaridan iborat bo’lib, O’rta Osiyoda temirchilik kashf etilishi haqidagi tasavvurlarimizni ancha kengaytiradi.
Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlariga oid yodgorliklaridan Janubiy Turkmanistonda Yoztepa, Arvalitepa, Uchtena, Surxondaryoda Kuchuktepa, Bandixon va Qiziltepa, Qashqadaryoda Sangirtepa, Uzunqir va Yerqo’rg’on, Zarafshon vohasida - Afrosiyob va Ko’ktepa, Farg’ona vodiysida Dalvarzin, Chust, Boztepa va boshqalar hisoblanadi. Shu davrga oid hom g’ishtdan va paxsadan qurilgan binolar, mehnat qurollari, xunarmandchilik buyumlari va boshqa topilmanar O’rta Osiyoda moddiy madaniyat yuksak darajada bo’lganligi haqida dalolat beradi.
Miloddan avvalgi VII-IV asrlarga mansub Baqtriya, Marg’iyona va So’g’diyona yerlarida toshib tekshirilgan arxeologik yodgorliklarning o’zi 350 ta dir, qadimgi Xorazm yerlarida 200 dan ortiq ilk temir davri qishloq va shahar xarobalari topib tekshirilgan. Ular sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan aholi madaniyatidan dalolat beradi.
Qadimgi ko’chmanchilar tarixini o’rganishda Quyi Sirdaryoda joylashgan Tagisken maqbaralariga e’tibor berish lozim (miloddan avvalgi IX-VII asrlar). Ular xom g’ishtdan bino qilingan to’rtburchak, xalqasimon maqbaralardir.
Saklarning yodgorliklari quyi Zarafshon, Amudaryo, Orol dengizi atrofida, Pomir va Tangritog’ xududlaridan topilgan. Ular asosan mozor-qo’rg’onlardan iboratdir. Topilmalar orasida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. Pomirdaga Okbeit Tomdi va Alichur, Farg’onadagi Dashti Asht, Quyi Sirdaryo Uygarak yodgorliklari qadimgi ko’chmanchilardan qolgan mozor-qo’rg’onlar yoki katta jamoa qabristonlaridir.


Moddiy madaniyat yodgorliklari O’rta Osiyoda xunarmanchilik, qurilish va me’morchilik qay darajada taraqqiy qilganligini, ho’jalik hayotining turli tomonlari, turmush va ijtimoiy munosabatlarini o’rganishga imkon beradi. Topilgan arxeologik yodgorliklar muhim tarixiy ahamiyatga ega. Moddiy madaniyat manbalari orasida mehnat qurollari (pichoq, o’roq, bolta), kulolchilik buyumlari va turli xil idishlar, yarog’ aslahalar (qilich, o’q va nayza uchi, dubulga, xanjar) va boshqa buyumlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Ilk temir davri moddiy manbalari ishlab chiqarish va iqtisodiy jarayonlarning rivojlanganligi to’g’risida aniq ravishda ma’lumot beradi.
O’rta Osiyo yodgorliklari (Afrosiyob, qadimgi Marv, Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir, Qo’zaliqir)da o’tkazilgan qazishlar natijasida topilgan moddiy manbalar marg’iyonaliklar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va so’g’dlar tarixini chuqur o’rganishga imkon berib, qo’shni mamlakatlarning xalqlari bilan o’zaro munosabatlarini aniqlash imkonini yaratadi.
Arxeologik qiziqishlar natajasida madaniy, iqtisodiy va harbiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan eng qadimgi shaharlarning harobalari topildi. Savdo yo’llari yoqasida joylashgan Af­rosiyob (Marokanda), Uzunqir, Ko’ktepa, Qiziltepa, Yerqal'a va boshqalar qalin mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, shahar ichkarisidan turli qurilishlar topilgan.
Ahamoniylar davriga mansub “Amudaryo xazinasi” haqida ham alohida aytib o’tish kerak. Bu xazina 1877 yilda Janubiy Tojikistondagi Kubadiyon bekligi yerlarida topilgan (hozir Londondaga Britan muzeyida saqlanmoqda) va 180 ta zargarlik zeb-ziynat buyumlaridan iborat bo’lgan. Ular yuksak darajada ishlangan san’at buyumlaridir. Amudaryo xazinasida Eron va kadimgi Yunoniston shaharlarida zarb etilgan kumushdan va oltindan ishlangan tanga pullar ham bor.
Tarixiy geografiya. Qadimgi yunon va rim mualliflari O’rta Osiyo viloyatlari (Baqtriya, So’g’diyona) chegaralari to’g’risida yozib ko’rsatganda, tarixshunoslar mahalliy elatlarning aralash joylashuvi vaziyatini hisobga olmaganlari kabi, turli viloyatlarning o’ziga xos geografik xususiyatlari hamda halqlarning xududiy yoyilishi turlarini aniq belgilab berolmaganlar. Gerodot ma’lumotlarida «Baqtriya xalqi» tushunchasi ma’lum bir etnik birlikni birlashtirgan bo’lishi mumkin. Ammo bu birlik yagona etnos-xalqni birlashtirganmi yoki bir necha elatlarni birlashtirganmi, bu narsa noaniq.
O’rta Osiyoda eng qadimgi xalqlarning alohida shakllanishi va etnik xududlarning ajrala boshlash masalasi juda murakkab ilmiy muammo hisoblanadi. Buning sababi, yozma manbalarda qadimgi xalqlarning ajrala borish jarayoni aniq ko’rsatilmaganidir.
«Xalq» ma’nosini beruvchi «etnos» so’zi Gerodotning «Tarixi»da juda ko’p uchraydi (tadqiqotchilar hisobiga ko’ra, tarixchi bu so’zni 145 marta ishlatgan va faqat ikki joydagina bu so’z Baqtriyaga nisbatan ishlatiladi). Baqtriya, baqtriyaliklar (yoki So’g’diyona, so’g’diylar) nomlari yozma manbalarda bosqinchilarga (Kir II, Iskandar) qarshi turgan xalqlar yoki davlatning bir qismi bo’lib nazarda tutilgan.
O’rta Osiyoda aholi joylashgan viloyatlarning nomlari turli davrlarga oid yozma manbalarda saqlanib qolgan. Biz ko’rib chiqayotgan xududlar yunon-rim mualliflari asarlarida Marg’iyona, Baqtriyona, Xorasmiya, So’g’diyona bo’lsa, shunga mos ravishda qadimgi fors yozuvlarida Marg’ush, Baqtrish, Xvarazmi, So’g’da «Avesto» ning eng qadimgi qismlarida tilga olingan Mouru, Baxdi, Xvarizam va So’g’dadir.
Qadimgi fors yozuvlarini o’rganish asosida O’rta Osiyoning siyosiy tarixi to’laroq tadqiq qilindi. Qadimgi fors yozuvlarida O’rta Osiyo o’lkalari satrapliklarining sanab o’tilishi, ularni ahamoniylar tomonidan bosib olinishi aniq ko’rsatib beriladi, lekin ushbu o’lkalarning chegaralari va tarixiy geografiyasi to’g’risida yetarli darajada ma’lumotlar yo’q.
Yozma manbalarda O’rta Osiyo viloyatlarining nomlarini keltirilishi ma’lum izchillikka ega bo’lsada, ularning tartib sanalari turlichadir:


Mamlakatlar

Yasht

Videvdat

Axamoniylar yozuvlari




Bexistun

Suza

Naqshi Rustam

Marriyona

3

3

Yo’q

Yo’q

Yo’q

Baqtriya

Yo’q

4

16

6

5

So’g’diyona

5

2

17

7

6

Xorazm

6

Yo’q

15

11

7

Ahamoniylar yozuvlarida (Gerodotning «Tarix» asarida ham) Marg’iyona mustaqil viloyat sifatida ajratilmagan. So’g’d esa shu manbalarda chekka viloyat sifatida ko’rsatiladi. «Avesto»ning Videvdat kitobidagi ro’yxatda Baqtriyaning So’g’ddan keyin tilga olinishi qadimgi fors yozuvlarida So’g’dning har doim Baqtriyadan so’ng sanab o’tilishi, ular orasida xududiy chegara bo’lgan bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Lekin, Gerodot, Ksenofont va Ktesiy bu vaqtga kelib, nafaqat O’rta Osiyodagi xalqlarning aniq joylashuvi, balki ularning umumiy xududiy chegaralaridan ham bexabar bo’lgan bo’lsalar kerak.
Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari tarixiy geografiyaning dolzarb muammolarini hal qilishdasa asos bo’ldi. Manbalar shu nuqtai nazardan hozirgi tarixiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilgan.
Yunon davri yozma manbalarida, Marokandaga yurish qilayotgan Aleksandr qo’shinlari yo’lida Amudaryo Baqtriya va So’g’d o’rtasidagi chegara sifatida ko’rsatilgan. Oks-Amudaryodan shimolroqda so’g’diylar yerlarining joylashganligi to’g’risida dalillar uchramaydi. Strabon «Oke daryosi Baqtriya yerlarini So’g’diyonadan ajratadi» deb hisoblagan. Uning fikriga ko’ra, Baqtriya Areya chegarasi bo’ylab, shimol yo’nalishida Marg’iyona va So’g’diyona oralig’ida bo’lib, Oks-Amudaryodan janub tomonda joylashgan.


Bu manbalar ahamoniylar davri ma’lumotlari bilan tugri ke-ladi. Chunki bu yozuvlarda Baqtriya, So’g’d bilan Areya yoki So’g’d bilan Parfiya oralig’ida joylashgan deb ta’kidlanadi. Ammo qadimda fors manbalarida O’rta Osiyo viloyatlarining chegaralari haqida aniq ma’lumotlar yo’q.
Qadimgi yunon tarixshunosi Arrianning yozishiga ko’ra, Oke daryosidan o’tish bilan So’g’diyona yerlari boshlangan. Strabon ma’lumotlarida So’g’diyona chegaralari ancha keng bo’lib, muallif So’g’diyonani «Baqtriyadan yuqorida, sharqiy yo’nalishda» Oke va Yaksart oralig’iga joylashtiradi. U xolda So’g’d tarkibiga Almudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan, manbalarda tilga olinmagan va nomsiz qolayotgan Vaxsh, Kofirnixon va Surxon vodiylarini kiritish mum­kin. Ammo ushbu daryolar vohalari tarixiy va geografik jihatdan Baqtriyaning tarkibida bo’lib, uning shimoliy qismida joylashganlar.
Qadimgi mualliflarning O’rta Osiyo janubidagi xalqlarning joylashuvi hamda tarixiy viloyatlarning hududiy chegaralari to’g’risidagi tasavvurlari bir muncha umumiy bo’lgan. Rimlik tarixchi Kursiy Rufning bitta gapi bunga misol bo’ladi: «Tanais (Sirdaryo) baqtriyaliklarni skiflardan ajratib turadi», yoki tarixchi yana shu narsani ta’kidlaydiki, baqtriyaliklar «urushqoq skif qabilalaridan ancha uzoq bo’lmagan joylarda yashaydi».
«Avesto»ning eng qadimgi qismlari So’g’diyonaga ta’rif berib, mamlakatni ikkita nomda ajratib ko’rsatadi – So’g’dda va Gava So’g’dda. Bu dalil So’g’dda «mamlakati» yana Gava singari alohida viloyatlarga bo’linishidan dalolat bermasmikan yoki Gava, So’g’ddaning eng qadim­gi nomini tashkil etganmi?
«Avesto»ning mamlakatlar ro’yxatida birinchi navbatda tilga olinayotgan Aryoshayyona, AryonamVayjoni - bu keng xududda joy­lashgan o’lka deb tushunish mumkin. Videvdat kitobning maxsus bobida Arenam Vayjo Vanxvi Daiti daryosi atrofida joylashgan deb e’lon qilingan. «Qish u yerda o’n oy davom etadi, yoz ikki oy, qish oylarining suvlari sovuq, yerlari sovuq, o’simliklari sovuq, qishning oxirida u yerda katta toshqin suv paydo bo’ladi».
Vanxvi Daiti daryosi bizga noma’lum bo’lib, u xaqida - bu yirik sersuv daryo deb farz qilish mumkin. Aryonam Vayjo iqlimi baland torli viloyatlar tabiatiga yaqin bo’lib ko’rinadi. Ammo Arenam Vayjoning geografik chegaralari to’g’risida «Avesto»da aniq ma’lumotlar yo’q.
Xuddi shunday vaziyat O’rta Osiyo kuchmanchi elatlarining tari­xiy geografiyaini o’rganishda takrorlanadi. Gerodot massagetlarning xududiy joylashuvi haqida bunday yozadi: «Bu massagetlar jasur va bexisob qabiladir. Ular sharqda, quyosh chiqishi yo’nali­shida, Araks daryosining narigi yog’ida joylashganlar... Araks daryosi Matiyona tog’laridan boshlab oqadi». Araks - bu Amudaryo, Matiyona tog’lari Gerodotning tushunishicha, Pomir yoki Xindiqush tizmalaridir, chunki tarixchining aytishicha, Matiyona tog’laridan Xind daryosi 5am boshlanadi.
Ahamoniylar yozuvlari saklarning yashash joylarini dengiz va daryolar bilan bog’laydi. Katta sersuv daryo yonida (Amudaryo) «cho’qqi qalpoq kiyib yurgan» ko’chmanchilar, «dengizdan narigi yog’dagi saklar» to’g’risida ham manbalarda ma’lumot bor.


So’nggi yillar ilmiy adabiyotlarida O’rta Osiyo qadimgi vilo­yatlarining xududiy chegaralari to’g’risidagi bahs-munozaralar yana jonlanib ketdi.
Ayniqsa, Baqtriya va So’g’diyona chegaralari to’g’risidagi mavzu eng dolzarb masala bo’lib, bu muammoni hal qilish uchun olimlar maxsus tadqiqootlar olib borishgan.
Yunon-rim tarixchilari xududiy chegaralarni O’rta Osiyodagi yirik daryolar bo’yicha ko’rsatib berishlari an’anasiga aniq fikr bidirish mumkin. Bunday an’ana mahalliy aholining yashash yerlari va viloyatlarning chegaralari to’g’risida qadimgi tarixshunoslar aniq va to’la tasavvurga ega bo’lmaganlari haqida dalolat beradi. Shuning uchun ham yunon-rim tarixchilari xududiy chegaralarni daryolar bo’yicha ajratganlar.
Araks, Oks yoki Amudaryoni chegara sifatida ko’rsatganda, «daryo madaniy chegara» va «daryo ma’muriy yoki siyosiy chegara» sifatida ta’kidlash mumkin. Ba’zi bir olimlar fikricha, Amudaryo ko’p hollarda xududiy-siyosiy chegara vazifasini bajargan bo’lsada, viloyatlar o’rtasida hech qachon madaniy chegara bo’lmagan. Bu fikr bilan to’la qo’shilib bo’lmaydi, chunki turli davrlarda, ahamoniylar davri yoki antik davrda Amudaryo davlatlar o’rtasidagi chegara vazifasini bajarmagan.
Qadimgi zamonlarda Amudaryo bo’yidagi zamonaviy Karki shahri atrofidan boshlab hech kim yashamaydigan yoki juda kam aholi yashaydigan «hech kimga qarashli» bo’lmagan bepoyon dashtlar va cho’llar boshlangan. Bunday «chegaralar» - xududlar yuzlab kilometrlarga cho’zilgan. Shuning uchun ham bu yerlar yozma manbalarda bevosita so’g’diylarga qarashli deb ko’rsatilgan.
So’g’diyona xududi ahamoniylar davrida va bundan qadimroq za­monlarda Amudaryodan o’tish bilan boshlanmagan, chunki Qashqadaryo vohasida topib tekshirilgan o’troq so’g’diy aholining qishloq xarobalari Amudaryodan ancha olis masofada joylashgan. Shuning uchun ham So’g’diyona bilan Baqtriya o’rtasidagi xududiy chegaralar Amu­daryodan (ayniqsa, hozirgi Termizdan Karkigacha bo’lgan yerlarda) o’tmagan bo’lishi kerak. Kavi Xaosrav ariylar mamlakatlarini birlashtiruvchi podsho bo’­lib, «tur» - chorvador qabilalarning yo’lboshchisi Frangrasyon («Shohnoma»da-Afrosiyob) bilan jang qilgan. «Avesto»da yoritilgan qadimgi qabilalarning tillari bir-biriga yaqin edi, ularning etnik qiyofasida ham ancha o’xshashliklar mavjud bo’lgan. Vanxvi Daiti daryosi bizga noma’lum bo’lib, u xaqida - bu yirik sersuv daryo deb farz qilish mumkin. Aryonam Vayjo iqlimi baland torli viloyatlar tabiatiga yaqin bo’lib ko’rinadi. Ammo Arenam Vayjoning geografik chegaralari to’g’risida «Avesto»da aniq ma’lumotlar yo’q.
Xuddi shunday vaziyat O’rta Osiyo kuchmanchi elatlarining tari­xiy geografiyaini o’rganishda takrorlanadi. Gerodot massagetlarning xududiy joylashuvi haqida bunday yozadi: «Bu massagetlar jasur va bexisob qabiladir. Ular sharqda, quyosh chiqishi yo’nali­shida, Araks daryosining narigi yog’ida joylashganlar... Araks daryosi Matiyona tog’laridan boshlab oqadi». Araks - bu Amudaryo, Matiyona tog’lari Gerodotning tushunishicha, Pomir yoki Xindiqush tizmalaridir, chunki tarixchining aytishicha, Matiyona tog’laridan Xind daryosi 5am boshlanadi.
Ahamoniylar yozuvlari saklarning yashash joylarini dengiz va daryolar bilan bog’laydi. Katta sersuv daryo yonida (Amudaryo) «cho’qqi qalpoq kiyib yurgan» ko’chmanchilar, «dengizdan narigi yog’dagi saklar» to’g’risida ham manbalarda ma’lumot bor.
O’troq va ko’chmanchi kabilar o’rtasidagi asosiy farqlar e’tiqod. Ma’naviy va moddiy madaniyati hamda ho’jaliklarida bo’lib, ularni bir-biridan ajratib turgan. «Avesto»ning Mouru, So’g’da, Baxdi, Xorazm aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan, «tur» qabilalarining (va keyin sak-massaget kabilalarining) iqtisodiy hayotida chorvachilik ustunlik qilgan. O’rta Osiyoning dashtlari va tog’lari chorvachilik rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan.
«Avesto»da tilga olingan kabilalarning dastlabki vatani Aryoshayyona (Arenam Vayjo) ham yaylovlarga serob yerlar bilan boy bo’lgan. Yasht kitobining o’ninchi bobida bunday xabar qilinadi: «U mamlakatning jasur sardorlari ko’pdan-ko’p harbiy yurishlar qiladi, u yerda o’tloqlar va suvga serob baland tog’lar chorvachilik hayotiga asos solgan». Shuning uchun ham Arenam Vayjo tangri Axuramazda ifodasi bilan yashash uchun eng yaxshi joy deb hisoblangan va «Avestoshing ro’yxatlarida bu o’lka birinchi navbatda tilga olinadi.
«Avesto»ning geografik tushunchalari qadimgi fors tilida yoritilgan ahamoniylar yozma manbalarida va qadimgi tarixshunoslar asarlarida takror etilgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida O’rta Osiyoda yashab o’tgan kabilalar yanga etnik jarayonlarga asos solib, shu xududda so’g’dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, marg’iyonaliklar va sak-massagetlar paydo bo’lishlariga sababchi bo’lgan. Ushbu elatlarning tarixi o’zaro keng madaniy ta’sirlar va aloqalar asosida rivojlanib, bir-biriga yaqin bo’lgan.
Ahamoniylar mixsimon yozuvlari (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) Bexdstun va Naqshi Rustam qoyatoshlari, Suza, Xamadon va Persepol shaharlarida toshib tekshirilgan. Ular qadimgi fors tilidagi turli ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarga doir pod­sho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat. Ahamoniylar davri yozuvlarida O’rta Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida ayrim ma’lumotlar bor.
Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida (540-530-522 yillar davomida) O’rta Osiyo viloyatlari ahamoniylar xukmronligi ostida tushib qoladi. Ular O’rta Osiyoda ikki yuz yilcha xukmronlik qilganlar. Erondaga qadimgi Persepol shahri saroyining devorlarida baqtriyaliklar, xorazmliklar, so’g’dlar va saklarning o’sib ishlangan bo’rtma rasmlari topilgan (Doro I va Kserks podsholar saroy devorlaridagi bo’rtma rasmlarida turli xalqlarning xiroj keltirish manzarasi tasvirlangan). Bu rasmlar O’rta Osiyoda yashagan xalqlarning o’ziga xos qurollari, kiyim-boshlari va qiyofasini ko’rsatib turadi. Persepol saroylari devorlariga solingan bo’rtma rasmda Xorazm, So’g’d, Baqtriya va saklar viloyatlaridan xiroj to’lovchilar shohga turli xil idishlar, kiyim-kechaklar, gazmollar, zeb-ziynatlar, harbiy qurollar yoki ot, tuya hamda kuy olib kelayotganligi ko’satilgan.
Kadimgi yunon tarixchilari Gekatey, Gerodot va Ktesiy asarlari O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy va geografik qiyofasini ko’rsatib beradi.
Ko’chmanchi qabilalarni yunon tarixchilari skiflar va sarmatlar, saklar va massagetlar deb ataganlar. Ahamoniylar davri yozuvlarida esa ular «shak»-saklar deb yoritilgan va to’rt katta guruhga bo’lingan: saka-xaumovarka, saka-tigraxauda, saka-tiay-para so’gdam va saka-tiay-darayyo.


Ahamoniy podsholariga tegishli bo’lgan eng muhim yozuvlar-Bexistun yozuvlari bo’lib, ular Doro I buyrushga ko’ra, qoyaga o’yib yozilgan (bu g’oya Karmoy-Xamadon yo’lida joylashgan).
Nakshi Rustam, Suza, Xamadon yozuvlari hamda Doro I haykali-dagi yozuvlar shu podshox xukmronlik qilgan yillarga mansubdir. Bu yozuvlarning barchasi qadimgi fors, elom va akkad tillarida bitilgan. «Devlarga karshi» Kserks davri yozuvlari (mil. avv. 486-465 i.) hamda Artakserks III (mil. avv. 359-358 i.) yozuvlari bir muncha keyingi davrga taalluqlidir. Shuningdek, Ur va Urukdan topilgan, akkad tilida bitilgan Kir II (mil. avv. 559-530 i.) qisqa matnlari, Kuddusdagi ibodatxonaning tiklanishi to’g’risidagi qadimgi yaxudiy va oromiy tillarida bitilgan.
Qadimgi fors yozuvlari turli xildagi tarixiy tadqiqotlar uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, bu soxada ko’plab tadqiqotchilar asarlari mavjud.


O’troq aholi yashovchi viloyatlar o’rtasida chegara vazifasini tabiiy geografik omil sifatida cho’llar va tog’lar bajargan. Ko’p xollarda cho’l va tog’lar etnik chegaralarda aralash joylashuv yerlarga aylanib qolganligi tasodif bo’lmasa kerak Xisor, Boysun va Ko’hi tog’ tizmalari Baqtriya va So’g’d o’rtasidagi tabiiy chegara bo’lgan.
Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, qadimgi Xorazm xududi o’rta Amu­daryo oqimidan boshlab Orol dengizigacha yerlarni o’z ichiga olgan, Baqtriya yerlari - bu Afg’onistonning shimoli-sharqi (Balxob, Kunduz, Panj, Badaxshon voxalari), Janubiy Tojikiston (Kofirnihon, Vaxsh, Panj vohalari), Surxondaryo viloyati.
Baqtriyaning xududiy chegaralari: janubda - Xindiqush tizmasi, shimolda - Hisor tog’lari, sharqda - Pomir, g’arbda - Amudaryoning o’rta oqimi hisoblanadi. «Baqtriya» nomi Baqtra daryosidan olingan (hozirgi Balxob).
So’g’diyona - hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalaridir. So’g’diyonaning geografik chegaralari: g’arbda Buxoro vohasidan sharqda Hisor tog’lari bo’ylab, janubda Qashqadaryo va Ko’xitog’ oraligida, shimolda esa Nurota tizmalariga borib taqalgan.
Marg’iyona - Turkmaniston janubidaga Murg’ob vohasi, Parfiya –Turkmanistonning janubi-g’arbi, Eronning shimoli-sharqi. O’rta Osiyo o’troq viloyatlarining qo’shni yerlarida ko’chmanchi sak-massagetlar qabilalari yashagan (Pomir, Tang’ritog’, Janubiy Qozog’iston, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Quyi Zarafshon, Quyi Amudaryo va Sirdaryo, Orol dengizi atroflari).
Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə