Enterprise Resource Planning System



Yüklə 215,03 Kb.
səhifə2/2
tarix23.05.2023
ölçüsü215,03 Kb.
#112216
1   2
Microsoft Word Document (9)

ERP tizimlar orqali ishlab chiqarish jarayoniga standardlarni joriy etish
Bu imkoniyat katta korxonalarda juda zarur bo'lib, bunga sabab korxonaning filiallari va bo'limlari bir-biridan uzoqda joylashgan bo'ladi. Bunday hollarda har bir filial yoki bo'lim ish jarayonini boshqarish uchun har xil turdagi dasturiy ta'minotlardan foydalanishi mumkin va bunda juda ko'plab chalkashliklar va muommolar yuzaga keladi. Shu muommolarni hal qilish(oldini olish) uchun ERP tizimlar ishlatilinadi. Internet tizimi orqali kerakli ma'lumotni hech qanday qiyinchiliklarsiz olish mumkin.

ERP yordamida xodimlarni boshqarish tizimida standardlarni joyir etish
ERP tizimlarida hamma vazifalarni xodimlar bilan birlashtirish imkoniyati mavjud bo'lib, ular yordamida xodimlarni tanlab olish, ularni qayta tayyorlash, ularni kelajakdagi professional rivojlanishlarini belgilab qo'yish mumkin. Bundan tashqari, ERP tizimlar orqali har bitta xodim ish faoliyatini samaradorligini hisoblash(aniqlash) mumkin.
ERP tizimni qachon joriy etish kerak?

ERP tizimlarni korxonalarga tadbiq etish korxona faoliyat olib boradigan sohaga bog'liq. Kichikroq, "oddiy" korxona yangi faoliyatini boshlagandan darrov u korxonada ERP tizimni joriy etish shart emas. Korxona ichida yaratilinadigan barcha hujjatlar oddiy ofis dasturlari yordamida yaratilinadi(va ular oddiy messenjerlar yordamida tezkorlik bilan korxona ichida boshqa bo'limga/xodimga yuboriladi).


Lekin korxona faoliyati kattalashib borgani sari, yuqorida keltirilgan vazifalar, jarayonlar ko'payib boradi. Va bunda korxona ichidagi bo'limlar(kadrlar, buxgalteriya va boshqalar)da o'zlarini ichki ma'lumotlar bazasi paydo bo'lishi va ular kattalashishi boshlanadi. Shu ketishda, ular korxona bo'limlari o'rtasidagi axborotlar almashinuvini qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi.
Bunday hollarda boshqaruv samaradorligini oshirish, resurslarni optimallash va to'g'ri taqsimlash, ishlab chiqarish tezligini oshirish juda qiyin vazifa hisoblanadi. Va yordamga ERP tizimlar keladi. ERP tizim korxona yoki kompaniya ichida yagona, yaxlit ma'lumotlar bazasini shakllantiradi. Va yuqorida keltirilgan muommolarni yechish, ish jarayoni optimallash, samaradorlikni aniqlash va uni yaxshilash uchun xizmat qiladi.

KIRISH


ERP so'z qisqartmasi inglizcha Enterprise Resource Planning System so'zlarining bosh harfidan olingan bo'lib, "korxona resurslarini rejalashtirish tizimi" degan ma'noni bildiradi. Deylik bir korxona qandaydir mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda korxona ichidagi bir qancha bo'limlar, sexlar va boshqa korxonani tashkil etivchi qismlarini ishtirokini talab qiladi. Ya'ni korxona bo'limlarining funksiyalari va boshqa imkoniyatlarini qandaydir kompyuter tizimida shakllantirish zarurati tug'iladi. Aynan shu tizim orqali korxonadagi haqiqiy vaziyatni kuzatish va boshqarish mumkin. Masalan, omborxonada qandaydir hom-ashyoda kam miqdorda qolgan, va agar yana huddi shunday hom-ashyo keltirilmasa, korxona ma'lum muddatdan so'ng ishlashdan, mahsulot ishlab chiqarishdan to'xtab qoladi. Bu esa korxona uchun juda katta moddiy ziyon keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shunday holatlarda ERP tizimlar yordamga keladi. Ushbu tizimga korxonaning har bitta bo'limi ulanadi va bu tizim yordamida korxona bo'limlari o'rtasida doimiy ma'lumot almashinuvi jarayoni sodir bo'ladi.

XULOSA


ERP tizimlarni korxonalarga tadbiq etish korxona faoliyat olib boradigan sohaga bog'liq. Kichikroq, "oddiy" korxona yangi faoliyatini boshlagandan darrov u korxonada ERP tizimni joriy etish shart emas. Korxona ichida yaratilinadigan barcha hujjatlar oddiy ofis dasturlari yordamida yaratilinadi(va ular oddiy messenjerlar yordamida tezkorlik bilan korxona ichida boshqa bo'limga/xodimga yuboriladi). Bunday hollarda boshqaruv samaradorligini oshirish, resurslarni optimallash va to'g'ri taqsimlash, ishlab chiqarish tezligini oshirish juda qiyin vazifa hisoblanadi. Va yordamga ERP tizimlar keladi. ERP tizim korxona yoki kompaniya ichida yagona, yaxlit ma'lumotlar bazasini shakllantiradi. Va yuqorida keltirilgan muommolarni yechish, ish jarayoni optimallash, samaradorlikni aniqlash va uni yaxshilash uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati


1. Борисов Е.Ф. Экономическая теория. Учебник. Перераб. и доп. 2-е изд.- М.: Проспект, 2005.- с. 144-208-544.
2. Шишкин А. Ф. Экономическая теория. Учебник. 2-я книга.- М.: ВЛАДОС, 1996.- с. 154.
3. Иохин В.Я. Экономическая теория. Учебник.- М.: Экономист, 2005, IX-глава.
4. Камаев В.Д. Экономическая теория. Учеб. для студ. высш. учеб. заведений. Под ред. автора перераб. и доп. 10-е изд.- М.: ВЛАДОС, 2004, VI-глава,- с. 175-217-291.
5. Кочетков А.А. Экономическая теория: Учебник для бакалавров. М.: Дашков и К, 2016.- с. 696
6. Gaibnazarova Z.T., Isamuxametov Sh.A. Iqtisodiyot nazariyasi. O‘quv qo‘llanma.- Т.: Iqtisodiyot, 2017.- 368 б

Yüklə 215,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə