Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57

51
aylanadi. G‘umbagi 17—21 mm bo‘lib, och pushti sariqdan
qizg‘ish-jigarranggacha o‘zgaradi.
Ko‘sak qurti kuzda oziqlangan o‘simlik dalasida tuproqning 10—
15 sm chuqurligida g‘umbak bosqichida qishlaydi. Aprel—may oylarida
tuproq harorati 16 °C ga yetganda uchib chiqadi. O‘zbekistonda ko‘sak
qurti 1 yilda 3—4 marta avlod beradi.
Kurash choralari. G‘o‘zaning o‘suv davrida qator oralariga o‘z
vaqtida ishlov berish, o‘z vaqtida o‘simlikni chekanka qilib olingan
o‘suv nuqtalarini daladan chiqarib tashlash natijasida ko‘sak qurti
tuxumlari keskin kamayadi. Chigitni  erta ekish, kuzda hosil
yig‘ishtirib olingach,  yerni  chuqur shudgorlash, qishki yaxob
suvini berish kabi chora-tadbirlar zararkunanda zarar yetkazishini
ma’lum darajada cheklaydi.
Tabiatda hozirgi kungacha ko‘sak qurtining 90 turga yaqin tabiiy
kushandalari mavjudligi aniqlangan. Ushbu kushandalar ko‘sak
qurtining turli rivojlanish bosqichlarini zararlab sonini kamaytirib
turadi. Ko‘sak qurtining tabiiy kushandalariga apanteles, trixogramma
va brakonlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
21-rasm.  
G‘o‘za tunlami yoki ko‘sak qurti.
1—kapalagi; 2—tuxumi; 3—zararlangan gul tugunchasi; 4—zararkunandaning
tuproq ostidagi g‘umbagi; 5—qurt zararlayotgan ko‘sak.


52
O‘zbekistondagi mavjud biolaboratoriyalarda ko‘sak
q u r t i n i n g   k u s h a n d a l a r i d a n   t r i x o g r a m m a   v a   b r a k o n
ko‘paytiriladi. G‘o‘za unib chiqqandan so‘ng dalaga feromon
tutqichlar tarqatiladi. Har bir feromon tutqichga  3—4 donadan
ko‘sak qurti kapalaklari tushsa, 200000 dona trixogramma bir
gektarga uch marta 2—5 kun oralatib birinchi marta 60000,
ikkinchi marta 80000 va uchinchi marta yana 60000 donadan
tarqatiladi. Agar har 100 tup o‘simlikda 2—5 dona turli
yoshdagi ko‘sak qurti lichinkalari uchrasa, brakon foydali
hasharoti zararkunandaga qarshi 1:5 va 1:15 nisbatda bir hafta
orasida 2—3 marta tarqatiladi.
G‘o‘za dalasidagi feromonlarga 15—20 tadan ko‘sak qurti
kapalaklari tusha boshlasa kimyoviy kurash olib boriladi. Kimyoviy
kurashda benzofosfat 30% k.e — 1,7-2,3 l/ga; karate 5% k.e — 0,5
l/ga;  fyuri 10% k.e — 0,3 l/ga; mospilan 20% n.k — 0,3 kg/ga va
boshqa shu kabi O‘zbekistonda ishlatishga ruxsat etilgan va kuzgi
tunlamga tavsiya qilingan pestitsidlardan biri bilan ishlov berish
zarur.
7.2. G‘o‘za barg qurti — karadrina
Karadrina madaniy o‘simliklardan 70 turiga va yovvoyi
o‘simliklardan 44 turiga zarar yetkazishi aniqlangan.  Karadrina
mamlakatimizning Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand
viloyatlari va Qoraqalpog‘iston hududida uchrab paxtachilikka
ma’lum darajada zarar yetkazadi. Qurtlari  g‘o‘zaning barglari bilan
kemirib oziqlanadi.
Karadrina qanotlarini yozganda 23—30 mm, tanasi to‘q kul
rangda bo‘lib, ularda ikkitadan qizg‘ish rangli dog‘ bo‘lishi bilan
boshqa tunlamlardan ajralib turadi (22-rasm). Dog‘larning birinchisi
qanot markazida bo‘lib, loviya ko‘rinishida, ikkinchisi qanot tubiga
yaqin joylashgan bo‘lib, dumaloq shaklda va ochroq rangli bo‘ladi.
Keyingi qanotlari esa oq popukli bo‘ladi.
Tuxumlarini to‘p-to‘p qilib ustiga qorintangalarini pardalab
qo‘yadi. Tuxumi dumaloq, qirrali bo‘lib, 0,5 mm keladi.
Karadrinaning voyaga yetgan qurtlari 2,5—3 smga yetadi.
Qurtning bosh qismi qo‘ng‘ir rangli, tanasi esa och yashildan
qoramtir ranggacha bo‘ladi. G‘umbagi 13 mm, qo‘ng‘ir rangda.
G‘umbagining keyingi uchida alohida bo‘rtmachaga joylashgan
qorincha tomonga qayrilib turadigan ikkita tikani bor. Shu


53
b o ‘ r t m a c h a   u s t i g a
keyinroqda yana ikkita
tikancha joylashgan.
Karadrina g‘umbagi
tuproqning 5 sm gacha
chuqurligida tuproqdan
yasalgan uya (pilla)da
bo‘ladi.
Karadrina ko‘pincha
g‘umbak holida, ayrim
hollarda tuxum va voyaga
y e t g a n   b o s q i c h i d a
qishlaydi.
Kapalaklari erta
ko‘klamda paydo bo‘lib,
o‘simlik barglariga tuxum
qo‘yadi. Tuxumdan
chiqqan qurtlari o‘simlik
bargini kemirib oziq-
lanadi. Karadrina
O‘zbekistonda 5—6
marta avlod beradi.
Kurash choralari — Chigitni  erta ekish, kuzda hosil yig‘ishtirib
olingach esa yerni  chuqur shudgorlash, qishki yaxob suvini berish,
g‘o‘zani o‘suv davrida qator oralariga o‘z vaqtida ishlov berish,
to‘g‘ri  o‘g‘itlash, begona o‘tlarni yo‘qotish, g‘o‘za maydonida qurt
paydo bo‘lganda sug‘orish kabi chora-tadbirlar zararkunanda zarar
yetkazishini ma’lum darajada cheklaydi.
Tabiatda karadrina miqdorini  oltinko‘z lichinkalari, brakon,
taxin pashshalari kabi hasharotlar va chumchuq,  qora qarg‘a qushlari
kamaytirib turadi.
G‘o‘za dalasida karadrina ko‘payib ketsa, ko‘sak qurtiga qarshi
tavsiya etilgan pestitsidlardan birini qo‘llash mumkin.
 Savollar
Tunlam qurtlari biologiyasiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
Kuzgi tunlam biologiyasi va unga qarshi kurash choralari qanday?
Ko‘sak qurti  bir yilda necha marta avlod beradi?
Tunlamlarga qarshi qanday foydali hasharotlarni qo‘llash mumkin?
22-rasm. 
Karadrina.
1 — kapalagi; 2 — g‘o‘za barglaridagi
tuxumlari; 3 — g‘o‘za bargini zararlayotgan
qurt;  4,5 — zararlangan  g‘o‘za barglari.


54
7.3. Qattiq qanotli hasharotlar — qo‘ng‘izlar
Qattiq qanotlilarning hozirgi kunda 300 mingga yaqin turi fanga
ma’lum. Mazkur turkum vakillarining asosiy belgisi birinchi juft
qanotlari qattiq. Tinch turganda ushbu qanotlar orqasiga yopishib
turadi. Qattiq qanotlari ostida bir juft pardasimon qanotlari
joylashgan. Qo‘ng‘izlarning ba’zi turlarida ( masalan: qora tanlilarda)
qanotlar yo‘q.  Qo‘ng‘izlarning tanasi bir necha mm dan  10—15
sm va undan ham katta bo‘lishi mumkin. Qattiq qanotlilarning og‘iz
apparati kemiruvchi  ti pda  tuzilgan. Yuqori jag‘lari taraqqiy etgan
bo‘lib kemirish vazifasini bajaradi.
Qattiq qanotlilar  oziqlanishiga ko‘ra yirtqichlar, o‘laksaxo‘rlar,
o‘simlikxo‘rlar va go‘ngxo‘rlarga ajratiladi.
Qattiq qanotlilar turkumi go‘shtxo‘rlar  va turli xo‘rlar  kenja
turkumlariga bo‘linadi.
Qarsildoq qo‘ng‘izlar oilasiga mansub Kukuxo nomli qo‘ng‘iz
o‘zidan nur chiqaradi. Kukuxo qo‘ng‘izi chiqargan yorug‘lik  kechasi
kitob o‘qish uchun yetarli bo‘ladi.
Ayrim tur yirtqich qo‘ng‘izlar (masalan: xonqizilar)
o‘simliklarga zarar yetkazuvchi o‘simlik bitlari kabi zararkunanda
hasharotlar bilan oziqlanib foyda keltiradi.
Ushbu turkum vakillari ichida qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar
yetkazuvchi turlari mavjud. Masalan: mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar —
turli daraxtlarning yog‘och qismini kemiradi. Bargxo‘r qo‘ng‘izlar
— barglar bilan oziqlanadi, po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlar — daraxt
po‘stloqlari bilan oziqlanadi,  kolorada qo‘ng‘izi(10-rasm) —
kartoshka va boshqa ituzumdoshlarga,  poliz qo‘ng‘izi — poliz
ekinlariga kuchli zarar yetkazadi.
7.4. Yog‘och kemiruvchilar yoki uzun mo‘ylovlilar
Uzun mo‘ylovlilar  oilasining yer yuzida 17 mingdan ortiq
turi mavjud. O‘zbekistonda 50 dan ortiq turdagi mo‘ylovdorlar
aniqlangan bo‘lib, ulardan 22 turi o‘rmon manzarali va mevali
daraxtlarining tana, shox va ildizlarini kemirib zararlaydi. Ushbu
oila vakillarining mo‘ylovlari uzun bo‘lib, tanasi bo‘ylab orqa
tomonga egilishi mumkin.  Voyaga yetgan turlarining tanasi cho‘ziq.
Lichinkalari yo‘g‘on, bosh qismi ko‘krakka botiq birikkan, ko‘krak
oyoqlari juda kichik yoki umuman bo‘lmaydi. Mo‘ylovdorlarning
ko‘p turlari o‘rmon daraxtlariga zarar yetkazadi. Lichinkalari


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə