Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57

14
oyoq mavjud. Hasharotlarning oyoqlari o‘ziga xos tuzilishga ega va
yashash sharoitiga moslashgan bo‘ladi (4-rasm). Masalan, chigirtka,
temirchak va chirildoqlar o‘t-o‘lanlar orasida yashaganligi uchun
ularning uchinchi juft oyoqlari sakrovchi ti pda,  buzoqboshi
tuproqda  yashaydi,  uning oldingi bir  juft oyog‘i qazuvchi ti pda va
kapalaklarning oyog‘i esa yuruvchi ti pda tuzilgan. Hasharot
ko‘kragining yuqori qismida bir yoki ikki juft qanot mavjud. Qanoti
bir juft bo‘lsa, ko‘krakning ikkinchi bo‘g‘imida, ikki juft bo‘lsa,
ikkinchi va uchinchi bo‘g‘imida joylashadi. Burga, bit va to‘shak
qandalasi kabi hasharotlar qanotsiz bo‘lib,  parazit hayot kechirishga
moslashgan.
4-rasm.  
Hasharotlar  oyoqlarining ti plari.
a — yuguruvchi; b — sakrovchi; d — qazuvchi; e — suzuvchi; f — qamrovchi;
g — yig‘uvchi; 1 — tozcha; 2 — o‘ynagich; 3 — son; 4 — boldir; 5 — panja;
6 — tirnoq.
Hasharotlarning qorin qismi — bir nechta bo‘g‘indan tashkil
topgan. Qorin bo‘lagi bronza qo‘ng‘izida 8 ta, tuban hasharot
(protura) larda 12 ta bo‘g‘imdan iborat. Qorin bo‘lagi ko‘krakka
harakatchan birikadi. Faqat pardaqanotlilar turkumining vakillarida
birinchi qorin bo‘g‘imi ko‘krak bilan harakatsiz birikkan. Qorin
bo‘g‘imlarini va ko‘kragining ikkinchi va uchinchi bo‘g‘imining yon
tomonida nafas olish teshikchalari joylashgan. Nafas olish
teshikchalari har bir bo‘g‘imda bir juftdan bo‘lib, 9 va 10
bo‘g‘imlarda uchramaydi. Hasharotlarning voyaga yetgan bosqichida
qorin qismida oyoqlar uchramaydi. Ayrim hasharotlarning qorin


15
qismida esa turli xil o‘simtalar bo‘lishi mumkin. Hasharot turiga
qarab  qorin poyasimon, keng, osilgan, botiq va boshqa
ko‘rinishlarda bo‘ladi (5-rasm). Hasharotlar qorin qismida jinsiy va
ayirish sistemasining yo‘llari maxsus teshikchalar orqali tashqariga
ochiladi.
5-rasm.  
Hasharotlarning qorin xillari.
1 — botiq; 2 — keng bandli; 3 — osuluvchan; 4 — uzun poyachali.
 Savollar
Hasharotlar tanasi qanday qismlardan tuzilgan?
Hasharotlar boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan qanday farq qiladi?
Hashoratlarning kemiruvchi og‘iz apparati qanday qismlardan tashkil
topgan?
Hasharotlarning ko‘krak qismi va uning o‘simtalari tuzulishi qanday?
Hasharotlarning mo‘ylovlari qanday vazifani bajaradi?
Hasharotlarning qorin qismi qanday tuzilgan?
3.2. Hasharotlarning ichki tuzilishi
Nafas olish sistemasi. Hashoratlar ham boshqa tirik mavjudotlar
kabi kislorod yutib, karbonat angidrid gazini chiqaradi.
Hasharotlarning nafas olishida boshqa ko‘pchilik hayvonlardan farqli
ravishda qon ishtirok etmaydi. Havo hasharot  organizmiga qorin
bo‘g‘imlari va ko‘krakning ikkinchi, uchinchi bo‘g‘imini yon
tomonida joylashgan maxsus nafas olish teshikchalari orqali qabul
qilinadi. Nafas olish teshikchalari 9—10 juftni tashkil etadi. Ba’zi
hasharotlarda (pashshalarda) ikki juft nafas teshigi mavjud bo‘ladi.


16
Ko‘pchilik hasharotlarda nafas olish teshikchalarini yopuvchi klapan
mavjud bo‘lib, zarur vaziyatda (havoda zahar tarqalganda) ma’lum
vaqtgacha nafas olish teshikchalarini berkitib qo‘yadi. Havo nafas
olish teshikchalaridan maxsus naycha (traxeya)larga o‘tadi.
Traxeyalar o‘z navbatida yanada mayda naychalarga bo‘linib, barcha
organ, to‘qima va hatto hujayralargacha kirib boradi (6-rasm). Shu
yo‘sinda kislorod naychalardan to‘g‘ri organ va to‘qimalarga,
karbonat angidrid esa organ va to‘qimalardan naychalarga diffuziya
yo‘li bilan o‘tadi. Traxeyalardagi havo qorin muskullarining
qisqarishi natijasida tashqi muhit havosi bilan almashinadi.
6-rasm. 
Hasharotlarning traxeya sistemasi.
a — qora suvarakning asosiy traxeya naylari; b — bo‘g‘imlarida traxeyaning
shoxlanish sistemasining ko‘ndalang kesimi; d — bo‘g‘imlarida traxeya
nayining uzunasiga kesik sxemasi; e — traxeyaning mayda naychalar bilan
tugallanishi;
1 — yurak; 2 — yuqori diafragma; 3 — nafas teshigi; 4 — nerv zanjiri;
5 — pastki diafragma; 6 — traxeyalar; 7 — ichak; 8 — spiralsimon i p;
9 — ingichka kapillar  nay.
Qon aylanish sistemasi. Hasharotlarda qon ochiq sistemada
harakat qiladi. Bunda yurak vazifasini qorin qismida ichakni ustki
tomonida joylashgan muskulli yelka qon tomiri bajaradi. Mazkur
yelka qon tomiri 5—13 kameradan iborat naychadan tashkil
topgan. Yurak kameralari klapanlar yordamida ajralib turadi.
Klapanlar qonning faqat bir tomonlama oldinga harakatlanishini
ta’minlaydi. Klapanlar qonning orqaga qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Har bir kameraning ikki  yon tomonida bittadan ikkita teshikcha
mavjud. Bu teshikchalar orqali qon tana bo‘shlig‘idan yurakka


17
o‘tadi. Hasharotlarning qoni yelka qon tomiri bo‘ylab oldinga
harakatlanadi. Hasharot yuragidan bosh qismiga qarab bitta qon
tomiri chiqadi. Bu qon tomiri orqali qon bosh qismiga va undan
ichki bo‘shliqqa quyiladi. Qon hasharot tana ichki bo‘shlig‘ini
to‘ldirib turadi. Barcha ichki organlar va to‘qimalar qon
suyuqligida joylashadi. Qondagi oziq moddalar qondan
to‘qimalarga va to‘qimalardagi parchalanish mahsulotlari
to‘qimalardan qonga o‘tadi. Hasharotlarda qon gaz almashinuvida,
ya’ni nafas olishda ishtirok etmaydi.
Ovqat hazm qilish sistemasini chigirtkalar misolida ko‘rib
chiqamiz. Chigirtkalar o‘simliklarning turli a’zolarini kemirib
oziqlanadi. Chigirtkalar o‘tkir yuqori jag‘lari yordamida  o‘simlik
to‘qimasini uzib oladi, so‘ngra pastki jag‘lari yordamida uni chaynab
maydalaydi. Maydalangan oziq og‘izda so‘lak bilan aralashib, halqum
orqali qizilo‘ngachga, undan esa muskulli oshqozonga o‘tadi.
Muskulli oshqozonda mayda o‘simtalar (tishchalar) yordamida oziq
maydalanib, haqiqiy oshqozonga o‘tkaziladi. Muskulli oshqozon
kemiruvchi og‘iz apparatiga ega hasharotlarda yaxshi rivojlangan.
Hasharotlarda oziq qisman haqiqiy oshqozonda hazm bo‘lgandan
so‘ng ichakka (ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak) o‘tadi (7-rasm).
7-rasm. 
Erkak suvarakning ichki organlari.
a — orqa tomonidan; b — yon tomonidan ko‘rinishi; 1,2 — so‘lak bezlari va
ularning xaltasi; 3 — jig‘ildon; 4 — oshqozon; 5 — o‘rta ichak; 6 — malpigi
naylari; 7 — orqa ichak; 8,9 — traxeya sistemasi naychalari; 10 — qorin nerv
zanjiri; 11 — urug‘don; 12 — qo‘shimcha bez; 13 — yurak; 14 — bosh miya;
15 — simpatik nerv sistemasi; pilorik o‘simtalar.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə