Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57

31
Chala rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkasi tashqi ko‘rinishi
jihatidan voyaga yetgan bosqichiga o‘xshaydi (16-rasm). Faqat
kichikligi, jinsiy yetilmaganligi va qanotlari to‘la taraqqiy etmaganligi
bilan yetuk bosqichidan farq qiladi. Chala o‘zgarish bilan
rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkalari to‘rt marta po‘st tashlaydi
va besh yoshni o‘tab voyaga yetadi. Har bir po‘st tashlash oralig‘i
15-rasm. 
Hasharot tuxumlari.
A—tuxum ti plari: 1—tunlam kapalakniki; 2—barg burgachasiniki;
3—qandalaniki; 4—karam pashshasiniki; 5—oq kapalakniki; 6—bargxo‘r
qo‘ng‘izniki; 7—chigirtkaniki; 8—chigirtka tuxumi, xorion parchasining katta
qilib olingan qismining ko‘rinishi; 9—pashsha tuxumining tuzilishi:
(a—mikropili; b—xorioni; d—sariqlik parda; e—yadro; f—sariqligi;
g—qutb tangachalari). B—tuxum to‘plamlarining ochiq holda qo‘yilishi: 1—
zararli xasvaniki; 2—karam oq kapalaginiki; 3—sholg‘om oq kapalaginiki;
4—karam tunlaminiki; 5—karam bargxo‘riniki; 6—halqa li pakchisiniki.
V—tuxum to‘plamlarining yopiq holda ko‘rinishi: 1—tengsiz kapalaginiki
(tuklari bilan qoplangan); 2—suvarakniki (kapsulada); 3—olcha arrakashiniki;
(o‘simlik to‘qimasining ichida).  G—chigirtkalarning ko‘zacha xillari: 1—cho‘l
chigirtkasiniki; 2—voha chigirtkasiniki; 3—marokash chigirtkasiniki;
4—ko‘chmanchi chigirtkaniki.


32
bir yosh hisoblanadi. Ninachi, qandala, suvarak va chigirtka kabi
hasharotlar chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarga misol
bo‘ladi.
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkasi
tashqi ko‘rinishi jihatidan voyaga yetgan bosqichiga o‘xshamaydi
(16-rasm).
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkalari
tashqi ko‘rinishi, yashash sharoiti, oziqlanishi, og‘iz tuzilishi,
qanoti va murakkab ko‘zlarining bo‘lmasligi bilan voyaga yetgan
bosqichidan tubdan farq qiladi. Ayrim hasharotlarning lichinkalari
4 — 5 marta po‘st tashlasa, ba’zi bir turlari 20 — 30 martagacha
po‘st tashlaydi. Har bir po‘st tashlash oralig‘i bir yosh hisoblanadi.
Hasharotlar po‘st tashlash vaqtida yashab turgan muhitidagi biror
narsaga yopishadi va bu davrda umuman oziqlanmaydi. Qo‘ng‘iz,
kapalak, chumoli, burga kabi hasharotlar to‘liq o‘zgarish bilan
rivojlanuvchi hasharotlarga misol bo‘ladi. To‘liq o‘zgarish bilan
rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkalari bir necha marta po‘st
16-rasm. 
Hasharotlarning lichinka  ti plari.
I—chala  o‘zgarish  bilan rivojlanuvchi hasharotlarning lichinka   ti plari:
1—to‘g‘ri qanotlilar (buzoqboshi); 2—qandalalar (zararli xasva); 3—teng
qanotlilar (shiralar). II—to‘liq o‘zgarib rivojlanuvchi hasharotlarning lichinka
ti plari; chuvalchangsimon lichinkalari (1—don qo‘ng‘izi,  2—gessin
pashshasi; 3—lavlagi uzunburun qo‘ng‘izi). Qurtsimon lichinkalar (4—karam
kuyasi,
5—undov arrakashining soxta qurti). Kampodesimon lichinkalar (6—don
vizilldog‘i, 7—oltinko‘z).


33
tashlagach, g‘umbak bosqichiga o‘tadi. Hasharotlar g‘umbak
bosqichida oziqlanmaydi. G‘umbaklar tuzilishiga ko‘ra uch guruhga
bo‘linadi: 1. Erkin yoki ochiq g‘umbak. Mazkur  g‘umbakda qanot
va oyoqlari tanaga ji ps tegib turadi,  lekin yopishmaydi. 2. Yopiq
g‘umbak — bunda mo‘ylov, oyoq va qanotlar tanaga yopishib turadi.
Ularni tanadan ajratib bo‘lmaydi. Oyoq va qanotlari qotib qolgan
po‘stdan ko‘rinib turadi. 3. Soxta  g‘umbak — g‘umbakda oyoq va
qanotlar aniq ko‘rinmaydi (17-rasm). G‘umbakdan voyaga yetgan
hasharot shakllanib chiqadi.
17-rasm. 
G‘umbak   ti plari.
1—erkin yoki ochiq g‘umbak (qo‘ng‘izlarda); 2—yopiq g‘umbak
(kapalaklarda); 3—soxta g‘umbak (pashshalarda); 4—pillali g‘umbak (karam
kuyasida).
 Savollar
Hasharotlarda erkak va urg‘ochi individlari qaysi belgilari bilan farqlanadi?
Hasharotlarda spermatozoid va tuxum hujayralar qayerda yetiladi?
Tuxumdan chiqqan lichinkaning rivojlanishiga ko‘ra hasharotlar qan-
day guruhlarga bo‘linadi?
Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar qaysi bosqichlarda
rivojlanadi?
5.1. Hasharotlarning ekologiyasi
Ekologiya — yunoncha so‘z bo‘lib (“eykos” — yashash joyi,
“logos” — fan so‘zlaridan olingan), organizmlarning yashash
muhiti va o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi fandir. Ekologiya


34
tushunchasini fanga 1866-yilda nemis olimi E. Gekkel kiritgan.
Ekologiya fanining asosiy vazifalariga tirik organizmlarning atrof-
muhit turli omillari bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish,
organizmlar yashab turgan muhitiga ta’sirini aniqlash va shularga
asoslanib,  qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurash
usullarini ishlab chiqish kabi muammolarni hal etish kiradi.
Ma’lum muhitda yashayotgan tirik organizmlar yig‘indisi
ekosistemani (ekologik jamoani) tashkil etadi. Ekologik jamoa
tushunchasi ilmiy adabiyotlardagi biotsenoz   tushunchasi bilan bir
xil ma’noga ega.
Atrof muhitning tirik organizmlarga ko‘rsatadigan tarkibiy
qismlari  ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar uch guruhga
bo‘linadi: 1. Abiotik. 2. Biotik. 3. Antropogen.
Abiotik omillarga — harorat, yorug‘lik, namlik, tuproq relefi
kabi jonsiz tabiatning omillari kiradi.
Biotik omillarga — tirik organizmlarning o‘zaro bir-biriga  va
atrof-muhitga ta’siri kiradi.
Antropogen omillarga — inson faoliyati bilan bog‘liq omillar
kiradi.
Organizmga ta’sir etadigan omillarning organizm uchun eng
yaxshi holati — qulay (optimal) daraja deyiladi. Bu darajada organizm
uchun kerakli jarayonlarning barchasi jadal kechadi va organizm
uchun foydali bo‘ladi. Optimal darajadan tashqari ekologik
omillarning organizmga ta’sir etadigan eng yuqori va eng quyi
darajalari ham bo‘ladi. Uy pashshasi uchun  haroratning quyi darajasi

0
C,  yuqori darajasi 50 
0
C  va qulay darajasi esa 36—40 
0
C ni
tashkil etadi.
5.2. Abiotik omillar
Harorat. Hasharotlarning hayot kechirishida harorat muhim
ahamiyatga ega. Hasharotlar sovuq  qonli organizmlar guruhiga
mansub bo‘lib, ularning  tana harorati doimiy emas.
Hasharotlarning o‘sish va rivojlanishi muhit harorati bilan
aniqlanadi. Haroratning 10—40 
0
C oralig‘ida bo‘lishi hasharotlar
uchun qulay hisoblanib, bunday muhitda ular yaxshi faoliyat
kechiradi. Haroratning hasharotlar uchun quyi darajasidan
pasayishi va yuqori  darajasidan ko‘tarilishi ularga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bunday holatda hasharotlar organizmidagi jarayonlar
sustlashadi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə