Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57

35
Hasharotlarning ko‘payish mahsuldorligi va avlodlar soni
haroratga chambarchas bog‘liq. Masalan, Suli shved pashshasi 22
0
C
da — 10 kundan so‘ng, 14 
0
C da esa 36 kundan so‘ng tuxum qo‘ya
boshlaydi.
Namlik. Muhit namligi hasharotlar hayotida muhim ahamiyatga
ega. Namlik hasharotlarning yashovchanligiga va pushtdorligiga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Namlikning hasharotlarga ta’sir etish darajasi
turlicha bo‘lib, ayrim hasharotlar yuqori namlik sharoitida yaxshi
faoliyatda bo‘lsa, ayrim hasharotlar namlik kam sharoitda yaxshi
faoliyat kechiradi. Masalan, chigirtkalar nam kam sharoitda yaxshi
rivojlanadi va ko‘payadi, o‘simlik bitlari esa aksincha namlik yetarli
sharoitda yaxshi rivojlanadi va tez ko‘payadi.
Hasharotlarning ko‘pgina turlarining hayoti suv yoki tuproq
bilan bog‘liq. Hasharotlar hayotida chuchuk suv muhim ahamiyatga
ega. Ko‘pchilik hasharotlar rivojlanishini ma’lum bosqichlari
chuchuk suv bilan chambarchas bog‘liq. Masalan: ninachi, chivin
kabi hasharotlarning lichinkalari chuchuk suvda rivojlanadi.
Bir qancha hasharot turlarining hayotida tuproq ham katta
ahamiyatga ega.  Ayrim qanotsiz hasharotlar hayotining barcha
rivojlanish bosqichlarini tuproqda o‘tkazsa, ayrim qo‘ng‘izlar,
chigirtkalar,  tri pslar,  tunlam kapalaklari kabi hasharotlarni faqat
ba’zi bir rivojlanish bosqichi tuproqda kechadi. Tuproqda yashovchi
hasharotlar tuproqdagi boshqa tirik organizmlar bilan birgalikda
tuproq hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
5.3. Biotik omillar
Muhitning tirik tarkibiy qismi (tirik organizmlar) hasharotlar
organizmiga ma’lum bir darajada ta’sir etadi. Hasharotlarning
ozuqaga bo‘lgan talabi ularning boshqa tirik organizmlar bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi. Hasharotlarning ozuqa manbai
turli-tuman bo‘lib, ayrim hasharotlar faqat o‘simliklar bilan, ayrim
hasharotlar boshqa hayvonlar bilan parazitlik yoki yirtqichlik qilib,
ayrim hasharotlar o‘simlik qoldiqlari, go‘ng va o‘lik organizmlar
bilan oziqlanadi. Masalan, chigirtkalar, bargxo‘rlar, kolorada
qo‘ng‘izi, poliz qo‘ng‘izi, po‘stloqxo‘rlar va boshqalar faqat
o‘simliklar bilan oziqlanadi. Faqat o‘simliklar bilan oziqlanadigan
hasharotlar fitofaglar deyiladi. Faqat hayvonlar bilan oziqlanadigan
hasharotlar zoofaglar deyiladi. Ular yirtqich va parazitlarga bo‘linadi.
Yirtqich hasharotlarga — ninachilar, xonqizilar, oltinko‘z, beshik-


36
tebratar va boshqalar misol bo‘ladi. Parazit hasharotlarga ayrim
ikki qanotlilar, brakon, trixogramma kabi hasharotlar misol bo‘ladi.
Fitofag hasharotlar qishloq xo‘jalik o‘simliklari bilan oziqlanishi
natijasida ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hasharotlar o‘simliklarning
barg, poya, ildiz, gul va meva kabi organlari bilan oziqlanib, o‘simlik
hosildorligining keskin kamayishiga sabab bo‘ladi.
Hasharotlarning o‘simliklarga zararidan tashqari, bir necha
turlari o‘simliklarning changlatishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Masalan, asalarilar qishloq xo‘jalik ekinlaridan nektar yig‘ish bilan
birga ularning hosildorligini 7 — 8% oshirishi aniqlangan.
Hasharotlar o‘zaro va boshqa  hayvonlar bilan xilma-xil
munosabatda bo‘ladi. Mazkur munosabatlarga parazitizm,
yirtqichlik,  simbioz kabilar misol bo‘ladi.
Simbioz — ikki organizm birga yashaydi va bir-biriga foyda kel-
tiradi. Masalan, ayrim chumolilar o‘simlik bitlari chiqargan shirani
yeydi va o‘z navbatida o‘simlik bitlarini dushmanlaridan himoya
qiladi.
Parazitizm  — bir organizm boshqa bir organizmdan yashash
joyi va ozuqa sifatida foydalanadi. Ko‘pchilik hasharotlar boshqa
hasharotlarda parazitlik qiladi. Masalan, brakon g‘o‘zaga zarar
yetkazuvchi ko‘sak qurti kabi hasharotlarning qurtida parazitlik qilib
foyda keltiradi.
Yirtqichlik — bir organizm boshqa bir organizmdan faqat oziqa
sifatida foydalanadi. Yirtqich hasharotlarga xonqizilar, oltinko‘z va
vizildoq qo‘ng‘izlarni misol qilib keltirish mumkin. Hozirgi kunda
mamlakatimiz qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi
kurashish uchun biolaboratoriyalarda ularni brakon, trixogramma,
oltinko‘z kabi parazit va yirtqichlari ko‘paytiriladi.
 Savollar
Ekologiya fanining asosiy vazifasi nimadan iborat? Ekologik omillar
hasharotlarga qanday ta’sir qiladi?.
Biotik va  antropogen omillarning hasharotlar hayotidagi ahamiyatini
gapirib bering?
Abiotik omillar va ularning hasharotlar hayotidagi ahamiyati qanday?
Hasharotlarning o‘zaro va boshqa hayvonlar bilan qanday  munosabatlari
mavjud?


37
6-BOB. So‘ruvchi hasharotlar
6.1. O‘simlik bitlari
O‘simlik bitlari hasharotlar sinfining tengqanotlilar
turkumining bitlar oilasiga mansub. Mazkur hasharotlarning
og‘iz apparati sanchib so‘ruvchi ti pda   tuzilgan  bo‘lib,   o‘simlik
shirasini so‘rib oziqlanishga moslashgan. Og‘izni sanchib
so‘ruvchi hartumchasi to‘rtta qilchadan iborat. Bu qilchalar
pastki lab g‘ilofi ichiga joylashadi. O‘simlik bitlarining ko‘pchilik
turlari to‘da-to‘da bo‘lib o‘simliklarda yashaydi. O‘simliklarga
so‘rib oziqlanib zarar yetkazadi. Hujayra shirasini so‘rib
o‘simlikni holsizlantiradi. Natijada o‘simlik hosildorligini
pasaytiradi. Qorin qismidagi shira chiqarish naychalari orqali
shirali chiqindilar chiqarib, o‘simlik tanasini ifloslantiradi. Bu
chiqindilarda zamburug‘lar rivojlanib, turli kasalliklar kelib
chiqadi.
O‘simlik bitlarining bir necha turlari g‘o‘za, beda, poliz
ekinlari, mevali daraxtlar va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga
zarar yetkazib hosildorlikning keskin kamayishiga sabab
bo‘ladi.
Katta g‘o‘za biti. Katta g‘o‘za biti mamlakatimizning g‘o‘za
yetishtiriladigan barcha mintaqasida uchraydi. Mazkur zararkunanda
g‘o‘za, loviya, mosh, begona o‘tlar va yantoqda ko‘p uchraydi
(18-rasm).
Katta g‘o‘za bitining tanasi 2—3,5 mm keladi. Barcha
rivojlanish bosqichlarida ko‘kish yoki sarg‘ish rangli bo‘ladi.
Chala o‘zgaruvchan hasharot bo‘lib, tuxum, lichinka va voyaga
yetish bosqichlarida rivojlanadi. Qanotsiz va qanotli ko‘rinishlari
mavjud.
Katta g‘o‘za biti g‘o‘zapoya va yantoqzorda qishlaydi. U mayning
ikkinchi yarmida g‘o‘zada paydo bo‘ladi. Yozda partenogenetik usulda
tirik tug‘ib, kuzda esa jinsiy yo‘l bilan, tuxum qo‘yib rivojlanadi.
G‘o‘za shirasini so‘rib zarar yetkazadi. Hosildorlikni kamaytiradi
va tola sifatini pasaytiradi.
Akatsiya biti. Akatsiya  biti mamlakatimizning qishloq
xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan barcha mintaqasida


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə